ch
Feedback
Raqamli texnologiyalar

Raqamli texnologiyalar

前往频道在 Telegram

Raqamli texnologiyalar, Fan, Texnika, Ilm, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga qiziquvchilar uchun Qo'qon universitetining Raqamli texnologiyalar va matematika kafedrasi kanali

显示更多
192
订阅者
无数据24 小时
无数据7 天
无数据30 天
帖子存档
Repost from Edu.uz
#diqqat_tanlov 🟢 "Bo'lajak olim" tanlovida ishtirok eting! 📣 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innova
#diqqat_tanlov 🟢 "Bo'lajak olim" tanlovida ishtirok eting! 📣 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Yoshlar akademiyasi yoshlarning ilmiy g'oyalari va startap loyihalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida "Bo'lajak olim" tanlovini e'lon qiladi. 🖥 Tanlovda shartlari va ishtirok etishga qo'yiladigan talablar bilan batafsil BU YERDA tanishishingiz mumkin. ✉️ Tanlovga arizalar joriy yilning 15-avgust 00:00 ga qadar qabul qilinadi. ⌛️ Tanlovda ishtirok eting va o'z tashabbusingizni biz bilan rivojlantiring!
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube

“Талаблар кучли, рақобат катта” – Amazon’да ишлаётган ўзбекистонлик IT мутахассиси ҳикояси Ўзбекистонлик Нодиржон Турдиев АҚШ
“Талаблар кучли, рақобат катта” – Amazon’да ишлаётган ўзбекистонлик IT мутахассиси ҳикояси Ўзбекистонлик Нодиржон Турдиев АҚШнинг бешта йирик технологик компанияларидан бири – Amazon’да ишлайди. У Kun.uz’га берган интервюсида бу компанияга кириш осон бўлмаганини айтади. Қаҳрамонимиз Кремний водийсига етиб боргунга қадар йўл ҳаракати хавфсизлигини сунъий интеллект ёрдамида бошқарадиган қурилма, 60 мингдан зиёд шифохоналар ишлатаётган тиббиёт компютерлари ва бошқа қизиқарли IT ечимларни ишлаб чиққан. 📹 ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ

Repost from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universiteti tashkil etildi Bu haqda O‘zbekiston Respublik
#qonunchilik_yangiliklari Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universiteti tashkil etildi Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori tasdiqlandi. Prezident qaroriga ko‘ra, universitet muhandislik, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari, arxitektura va dizayn, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlaydi. Universitet faoliyati 2024/2025-o‘quv yilidan boshlanib, talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bitiruvchilarga Arizona davlat universitetining yoki Amerika Qo‘shma Shtatlarida tan olinadigan hamkor xorijiy oliy ta’lim tashkilotining diplomi beriladi. Bunda bitiruvchilarga berilgan diplom O‘zbekiston Respublikasida tan olinadi. Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/16612
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube

Президент Шавкат Мирзиёев Қўқон университетида яратилган шароитлар билан танишди ҳамда Тепақўрғон археология ёдгорлигини кўзд
+9
Президент Шавкат Мирзиёев Қўқон университетида яратилган шароитлар билан танишди ҳамда Тепақўрғон археология ёдгорлигини кўздан кечирди. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с условиями, созданными в Кокандском университете, а также посетил археологический памятник Тепакурган. #Mirziyoyev #safar #Fargona #talim Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Repost from Rustam Karimjonov
🤩Oʻzbekistondagi eng yaxshi IT taʼlim o'quv markazlari reytingi e'lon qilindi. Reyting IT taʼlim rezidentlarining erishgan n
🤩Oʻzbekistondagi eng yaxshi IT taʼlim o'quv markazlari reytingi e'lon qilindi. Reyting IT taʼlim rezidentlarining erishgan natijalari, CRM platformasiga kiritilgan maʼlumotlar asosida shakllanadi hamda quyidagi asosiy ko'rsatkichlardan kelib chiqib maʼlumotlar real vaqt rejimida yangilanib boradi:
🟠Oʻquv markazidagi mavjud kurslar soni; 🟠Oʻquv markazida taʼlim olayotgan oʻquvchilar soni; 🟠Kurslarni muvaffaqiyatli bitirganlar soni; 🟠Ishga kirgan oʻquvchilar soni; 🟠IT eksportyor kompaniyalarga ishga kirgan bitiruvchilar soni va boshqa.
Sizning fikringizcha qaysi IT o'quv markazi Top 10 talik ro'yhatiga kirishga munosib va nima uchun? Izohlarda kommentlarni qoldiramiz 👇

Repost from Rustam Karimjonov
O'zbekiston va xorijdagi o'zbek Frilanserlar diqqatiga! Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyati o'zini-o'zi band qilgan frilanserlar bilan yangi tizimni yo'lga qo'yish borasida ochiq muloqot o'tkazadi.
☑️ Prezidentimiz raisligida joriy yilning 28-iyun kuni bo'lib o'tgan yigʼilishda IT sohasida oʼzini oʼzi band qilgan frilanserlarga yangi tizim yo'lga qo'yish ularga IT-Park rezidenti maqomini berish va ularni uch yilgacha barcha soliqlardan ozod etish va boshqa imkoniyatlarni o'z ichiga olgan yangi tizim ishlab chiqish belgilandi.
‼️ Sizlarni 6-iyul soat 11:00 da bo‘lib o‘tadigan "Freelance forumi"da ishtirok etishga hamda qaror loyihasini muhokamasida faol qatnashishga taklif qilamiz. 🔻 Forumda ishtirok etish yoki takliflarni yuborish uchun shu yerda Ro'yhatdan o'ting! 🏬 Manzil: "IT-Park" majmuasi Kongresslar zali; 📱 Tel: 71 203-03-43 (111).

РОБОТИКА ОТАСИ: ИСМОИЛ АЛ-ЖАЗАРИЙ (1136-1206) Исмоил Ал-Жазарий полимат (катта олим) эди: Месопотамиядаги Жазира Артуқидлар с
РОБОТИКА ОТАСИ: ИСМОИЛ АЛ-ЖАЗАРИЙ (1136-1206) Исмоил Ал-Жазарий полимат (катта олим) эди: Месопотамиядаги Жазира Артуқидлар сулоласидан бўлган бу инсон олим, ихтирочи, механик муҳандис, ҳунарманд, рассом ва математик эди. "Механик қурилмалар билимлари китоби" - 12-асрда Исмоил ал-Жазарий томонидан ўрта асрларда араб тилида ёзилган китоб. Китобда элликдан ортиқ механик қурилмалар ва автоматлар, жумладан, соатлар, сув кўтарувчи машиналар, мусиқий автоматлар ва одамсимон роботлар тасвирланган. Ал-Жазарий ҳар бир қурилмани қуриш бўйича батафсил кўрсатмалар беради, ҳамда китоб латифалар ва тарихий манбаларни ўз ичига олади. Китоб Европа соатсозлик ва автоматларининг ривожланишига сезиларли таъсир кўрсатади ва у ўрта асрларда ислом оламидаги кундалик ҳаёт ва технологик янгиликлар ҳақида тушунча ҳам беради. Айнан унинг китоби замонавий робототехниканинг асосий тушунчаларига таъсир қилган.

🐦 Umumiy sovrin jamgʻarmasi 1 million dollarni tashkil qiluvchi “President Tech Award” tanlovining ikkinchi toʻlqini uchun arizalar qabuliga start berildi! Qiziqarli musobaqada qatnashish va oʻz gʻoyalaringizni hayotga tatbiq etish uchun noyob imkoniyatni qoʻldan boy bermang! Oʻz kuchingizni sinab koʻrish va ilgʻor IT-yechimlarini yaratishga tayyor boʻlsangiz, ushbu imkoniyat aynan siz uchun! 📝! Tanlov asosiy va maxsus yoʻnalishlarga boʻlinadi. Tanlovning asosiy yoʻnalishi quyidagi toifalar boʻyicha oʻtkaziladi: 1. Sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalar; 2. Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar; 3. MicroSaaS va AdTech; 4. Kompyuter va mobil oʻyinlar; 5. Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar. 📢 Maxsus yoʻnalish 72 soat ichida raqamli yechim yaratishni oʻz ichiga oluvchi Gran-Pri Hakatondan iborat. Sovrin jamg‘armasi o‘zgarishsiz qolmoqda — 5 ta yo‘nalishning har birida 1, 2, 3-o‘rin sovrindorlari aniqlanib, quyidagi mukofotlarga ega bo‘lishadi: 1-oʻrin — $100,000 2-oʻrin — $50,000 3-oʻrin — $30,000 🤔 Tanlovning rasmiy veb-saytida roʻyxatdan oʻtishingiz, asosiy yoʻnalishlar, oʻtkazilish sanalari va ishtirok etish tafsilotlari bilan tanishishingiz mumkin. ✈️ Telegram

Ilm olishda 6 ta muhim qoida: 1. Ota-ona duosi: Ularning duosi bilan ilming mukammal va ziyoda bo'lur, Ishonmasang ertalab qo'llaringni duoga och. 2. Ustozlar duosi: Ilm olinmaydi, u yuqadi. Ustozlarimizni sevaylik va sevilaylik, shunda ustozingni tajribasini o'zingda ko'rasan. 3. Xulq-atvor: O'ta darajada jiddiy yurish kibrga olib keladi va o'rganish sustlashtiradi, o'rgangan narsalaringni kibr ila ishlatma, mehr ila ishlat. 4. Uyqu: Dars qilayotganda uyqu bu shaytondan, shuning uchun do'stim tahoratda yurish va dars qilish bu muhim. 5. Dars qoldirmaslik: Bugungi qilinmagan dars + ertangi dars og'irlik qiladi, Ertangi og'irlik qilingan ish bu sening sustlashayotganligingdan dalolat. 6. Vaqt: Vaqt hech qachon kelmaydi. Vaqt faqat ketadi. @ilmiy_darajali_kadrlar

Bir kunda bir soat Tadqiqotlarga ko’ra, siz istalgan bir sohada muvaffaqqiyatga erishishni istasangiz, kuniga bor yo’g’i bir
Bir kunda bir soat Tadqiqotlarga ko’ra, siz istalgan bir sohada muvaffaqqiyatga erishishni istasangiz, kuniga bor yo’g’i bir soatdan vaqt ajratishingiz ham kifoya qiladi. Har kuni 1 soatdan muntazam shug’ullanib borsangiz, 3 yilda juda kuchli mutaxassisga aylanasiz. 5 yilda yurtingizda shu sohaning eng kuchli vakillaridan biri bo’lasiz. 7 yilda esa dunyodagi eng kuchli mutaxassislardan biriga aylanasiz. Ko'p mashxur sportchilar birdan porlab, ma’lum muddat yulduz bo’lishib, darrov so’nishadi. Buning asosiy sababi esa ularning “yulduzlik kasali”ga chalinishlaridir. Ya’ni men eng zo’riman, menga teng keladigani yo’q deya, o’zlaridan xotirjam bo’lishadi. Natijada o’z ustilarida ishlashni susaytiradilar yoki butunlay to’xtatishadi. Orqadan kelayotgan yosh avlod esa darrov ularning o’rnini egallashadi. @ilmiy_darajali_kadrlar

Repost from EDU.DIGITAL.UZ
Hududlarda IT-ta'lim bo'yicha menejerlikka nomzodlar izlayapmiz 📖Raqamli ta'limni rivojlantish markazi hududlarda IT ta'limn
Hududlarda IT-ta'lim bo'yicha menejerlikka nomzodlar izlayapmiz
📖Raqamli ta'limni rivojlantish markazi hududlarda IT ta'limni rivojlantirishga hissa qo'shuvchi loyiha menejerlarini izlamoqda!
✅ Talablar:
🟠 Oliy maʼlumot. 🟠Shartnomalar va dastlabki hujjatlar bilan ishlash tajribasi. 🟠IT sohasidagi loyihalar/mahsulotlarni amalga oshirishda tajriba 1 yil. 🟠 Word dasturlarini professional darajada bilish, Excel jadvallar (formulalar) tuzish darajasida bilish. 🟠 Rus, oʻzbek va ingliz tillarini malakali yozma va ogʻzaki nutq darajasida bilish.
✅ Malakalar/koʻnikmalar:
⚫️ Muloqotga kirishuvchanlik. ⚫️ Bir vaqtning oʻzida turli vazifalar bilan ishlay olish. ⚫️ Qisqa vaqt ichida natijaga erishish mahorati. ⚫️ Tahliliy koʻnikmalar.
✅ Jamoamizga kimni izlamoqdamiz:
🟠 Tashabbus va natija koʻrsata oladigan faol xodim; 🟠 Oʻz hamkasblarini eshita va tinglay oladigan, shuningdek, ish vaqtida yuzaga kelgan muammolarni samarali hal qiluvchi jamoa aʼzosi; 🟠 Mijozlarimizning muammolarini oʻrganishga va ularga yordam berishga intiluvchi hamkasb.
✅ Ish haqi: suhbat asnosida belgilanadi. 📢Azirani yuborish: https://forms.yandex.ru/cloud/6668258d5d2a062e82e7fce0/ 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

Notcoinchi va Hamsterchilarga yuborib qoʻyamiz

Repost from Alisher Tojiev
Notcoin va Hamster oʻyinlari haqida kichik bir video olgandik. Oʻyinni texnologik reverse qilib beraman keyinchalik, hozircha idealogiya haqida ozgina fikrimni aytdim. Koʻrib, fikrlarizni bersangiz. Harom va halol degan gaplarni shu boradagi ilm egalariga qoldiraylik. Videoni instagramdagi sahifamga joyladim: 👉🏻 https://www.instagram.com/reel/C7zPRNqR02_

Bugungi kun uchun dolzarb maʼlumot

Repost from Sherzod Shermatov
Tekin muzqaymoq yoki o‘yinchoqdan asl narhi ming baravar qimmat ta’limni BEPUL O‘QIB, YUQORI DAROMADLI ISHGA EGA BO‘LING! Qan
Tekin muzqaymoq yoki o‘yinchoqdan asl narhi ming baravar qimmat ta’limni BEPUL O‘QIB, YUQORI DAROMADLI ISHGA EGA BO‘LING! Qaniydi asl narhi ancha qimmat, lekin aholi uchun bepul ta’limga ham odamlarimiz arzimagan pulga olsa bo'ladigan tekin muzqaymoq yoki o‘yinchoqqa qiziqqandek yopirilishganida edi, yoshlarimiz kelajagi yanada yorqin bo’lardi. Endi School21da TEKINga nafaqat Samarqandda, balki Toshkentda ham o‘qishingiz mumkin bo’ladi. Marhamat online hujjat topshiring va harakat qiling: https://t.me/skd21school/166 https://21-school.uz/ Kelajakda yuqoriroq daromad topish uchun yozda quyidagi imkoniyatlardan TEKINGA foydalaning: - Ingliz va boshqa chet tillarini TEKINGA Ibrat Farzandlari loyihasi orqali o‘rganing: https://t.me/ibratfarzandlari - Ingliz tilini B2 va undan yuqori darajada bilgan yoshlarimiz esa IT sertifikatini TEKINGA olishlari mumkin (o‘qish va sertifikat olish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi): https://t.me/shshermatov/553 - ITni TEKINGA o‘qishning boshqa imkoniyatlari ham bor: https://t.me/shshermatov/574 https://code.org/ https://www.khanacademy.org/ - Linkedinda profil yaratib yarim milliondan ortiq masofadan ishlash mumkin bo‘lgan vakansiyalarga topshiring: https://t.me/shshermatov/552 - yoki IT Park residentlariga ishga kiring: https://t.me/itmarket_uz

O'zbekistonlik birinchi marta Garvardda fan doktori darajasini olganligi ma'lum bo'ldi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi oli
O'zbekistonlik birinchi marta Garvardda fan doktori darajasini olganligi ma'lum bo'ldi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi. Garvard universitetida dissertatsiya himoya qilgan va doktorlik darajasini (PhD) olgan birinchi o'zbekistonlik iqtisodchi Botir Kobilov bo'ldi. Kobilov Dyuk universitetining bitiruvchisi hamdir. Ushbu universitetni 1988 yilda Apple xalqaro korporatsiyasining amaldagi rahbari Tim Kuk tamomlagan. Ilgari Kobilov O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankida yetakchi iqtisodchi bo'lib ishlagan. https://t.me/raqamlitexno

Repost from Alisher Sadullaev
⚡️Kitob o‘qing va 100 million so'm egasiga aylaning! “Yosh kitobxon oila” tanloviga ro’yxatdan o’tish uchun atigi 10 kun qoldi. 📝Hoziroq @kitobxonoila_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting. @alisher_sadullaev

Нол бюджет билан ясалган ўзбекча ўйин — ёш дастурчилар “Шумтака”ни қандай ишлаб чиқди? Дастурчилар Илҳом Қодиров ва Абзалхўжа
Нол бюджет билан ясалган ўзбекча ўйин — ёш дастурчилар “Шумтака”ни қандай ишлаб чиқди? Дастурчилар Илҳом Қодиров ва Абзалхўжа Иброҳимовлар ўзбекча руҳдаги “Шумтака” ўйинини ишлаб чиқди. “Ўзимиз дастурчи бўлганимиз учун уни ишлаб чиқишга деярли пул сарфламадик”, дейди ғоя муаллифлари. “Шумтака”да нон, ош, чойнак, қовун, тарвуз, узумзор каби атрибутлардан фойданилган. Қаҳрамон эса миллий кийинтирилган. Дастурчилар Kun.uz’га берган интервюсида “Шумтака”нинг пайдо бўлиши ҳақида гапириб берди. 📹 ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ