DTM tarixdan Testlar
前往频道在 Telegram
Baxtiyor Abduraxmonovning Tarix Huquqshunoslik Ma'naviyat fanlariga oid kanali @Madrasaga_tayyorlanamiz Murojaat uchun: @Tarix_ustoz
显示更多8 232
订阅者
+5124 小时
+4677 天
+1 89230 天
帖子存档
8 232
❗️ Yurisprudensiya yo‘nalishlariga IQ test topshirish tartibi belgilandi
IQ test Toshkent davlat yuridik universitetining (TDYU) “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda o‘tkaziladi.
Qarorga ko‘ra, mazkur yo‘nalishdagi abituriyentlar uchun IQ test sinovlari har yili 10-iyulga qadar o‘tkaziladi.
Uni TDYU IQ test oluvchi hamkor xorijiy tashkilot bilan o‘zaro shartnoma asosida o‘tkazadi. IQ test sinovlarini o‘tkazish va natijalarni baholash xorijiy tashkilot talablariga asosan amalga oshiriladi.
Faqatgina IQ test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarga OTT va bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash jarayonida boshqa mos yo‘nalishlar bilan birga TDYUning “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” va “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati yaratiladi.
Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga tanlovda chet tillari bo‘yicha kamida B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab qilinadi.
👉 @Dtm_tarixdan_testlar 👈
8 232
⚡️Ertadan oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari boshlanadi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga hujjatlar qabuli muddatlarini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, hujjatlar 2026-yil 30-iyundan 20-iyulgacha qabul qilinadi.
Qabul quyidagi oliy diniy ta’lim muassasalariga amalga oshiriladi: – Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti (bakalavr, magistratura va modul ta’lim tizimi); – Mir Arab oliy madrasasi; – Hadis ilmi maktabi; – Imom Termiziy nomidagi islom instituti.
Oliy diniy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga hujjat topshiruvchi abituriyentlar qabul hay’atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:– ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza; – pasport yoki ID karta nusxasi (asl nusxasi ko‘rsatiladi); – o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasini tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi nusxasi (asl nusxasi ko‘rsatiladi); – 3,5 × 4,5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oy ichida olingan, oq fonda bo‘lishi talab etiladi); – xorijiy davlatlardagi diniy ta’lim muassasalarini tamomlagan va O‘zbekistonda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan diplomga ega O‘zbekiston fuqarolari ham hujjat topshirishlari mumkin. O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga hujjat topshiruvchi abituriyentlardan esa quyidagi hujjatlar talab etiladi:
– ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza; – pasport yoki ID karta nusxasi (asl nusxasi ko‘rsatiladi); – ma’lumoti to‘g‘risidagi attestat yoki diplom nusxasi (asl nusxasi ko‘rsatiladi); – 3,5 × 4,5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oy ichida olingan, oq fonda bo‘lishi talab etiladi); – chet tillari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat nusxasi (asl nusxasi ko‘rsatiladi). Mazkur sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan imtihonsiz belgilangan maksimal ball taqdim etiladi; – chet tilini bilish to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi (ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan chet tilidan boshqa tilda imtihon topshiruvchilar uchun).
8 232
Tavsiya
majburiydan 20 kunda 4 ta kitob o'qib kamida 8-10 ta ishlash imkon bor.
8 232
1. Amir Nasrullo 1843-yilda bosib olgan
hududlarni o‘z vaqtida qaysi Qo‘qon
hukmdori bosib olgan edi?
A) Shohruhbiy B) Abdukarimbiy
C) Abdurahimbiy +D) Erdonabiy
2. 12 ming baytdan tuzilgan ilohiy
ma’rifatning she’riy talqini hisoblangan
asarni belgilang?
A) “Risolai Aziza” B) “Chor kitob”
C) “Farzi ayn” D) “Sabot ul-ojizin”
3. 1841-yilda qaysi shahar
madrasalarida 1000 nafar mulla tahsil
olganini toping.
A) Qo‘qon B) Buxoro
C) Xiva D) Toshkent
4. Qonunshunoslar uchun “Faqihlar
madrasasi” qurilgan davrda barham
topgan davlatlarni aniqlang?
A) Anushteginiylar va Arab xalifaligi
B) Qoraxoniylar va G‘aznaviylar
C) Safforiylar va Somoniylar
D) Saljuqiylar va Qoraxitoylar
5. Amir Temur quyidagi shaxslar bilan
harbiy to‘qnashgan vaqtini ketma-ketlik
tartibida belgilang?
1) Sulton Boyazid; 2) amir Husayn;
3) Ilyosxo‘ja; 4) To‘xtamishxon.
A) 3, 2, 1, 4 B) 2, 3, 1, 4
C) 3, 2, 4, 1 D) 2, 3, 4, 14
6. Abu Rayhon Beruniyning qaysi fikri
XV-XVI asrlarda o‘z tasdig‘ini
topganini aniqlang?
A) sayyoralarning joylashish o‘rni
B) tabobatda ilgari surgan qarashlari
C) g‘arbiy yarim sharda quruqlik borligi
D) yerning quyosh atrofida aylanishi7. Turkistonda “kuchaytirilgan
qo‘riqlov” va “favqulodda qo‘riqlov”
holati boshlangan (a) va tugagan (b)
yillarda kimlar podsho Rossiyasida
hukmronlik qilayotgan edi?
A) a – Aleksandr III, b – Nikolay II
B) a – Nikolay I, b – Aleksandr II
C) a – Aleksandr II, b – Aleksandr III
D) a – Aleksandr I, b – Nikolay I
8. 1902-yilda Matyoqub pishiq
boshchiligida bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon
qaysi davlat siyosatiga qarshi
qaratilganini aniqlang?
A) Buxoro amirligi B) podsho
Rossiyasi
C) Xiva xonligi
D) Qo‘qon xonligi
9. 1899-yilda …… .
A) Samarqandga dastlabki poyezd keldi
B) Orenburgdan Toshkentga qadar temir
yo‘l qurib kelindi
C) Buxoro amirligi hududi orqali
dastlabki temir yo‘l o‘tkazildi
D) temir yo‘l Toshkent orqali
Andijongacha qurib bitkazildi
10. Quyidagi shaxslarning Sovet
hokimiyati vakillari bilan shartnoma
imzolashini ketma-ketlik tartibida
belgilang?
1) Mirza Salimbek; 2) Madaminbek;
3) Junaidxon.
A) 1, 3, 2 B) 2, 1, 3
C) 2, 3, 1 D) 3, 1, 2
8 232
Jizzax shahridagi 3-sonli ixtisoslashgan maktab bitiruvchisi Omon bugun Buyuk Britaniyaning nufuzli University of Birmingham universitetida tahsil olmoqda! 🇬🇧🎓
U “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyanti sifatida dunyo reytingida 76-oʻrinni egallab turgan ushbu universitetda oʻz bilimlarini yanada mustahkamlamoqda.
Omonning tengdoshlari va kelajakka qadam qoʻyayotgan yoshlarga maslahati bitta: “Oʻzingizga ishoning, til oʻrganing va katta maqsadlar sari intilishdan toʻxtamang!” 🚀
Kelajak sizning qoʻlingizda!
8 232
189 ball qiziq bo'lmay qoldi.
Maqsadimiz Chet elda grand bilan o'qish top 100 tallikda.
Yoshlarga shuni tavsiya beraman
8 232
Zaripova Muxsina Xusan qizi 4 ta sertifikatga ega.
Diplomatiya 189 ball bilan goo
Jizzax shahar 3-IM o'quvchisi
@Dtm_tarixdan_testlar
8 232
Abdivaliyev Bexruz Sheraliyevich 5 ta sertifkati bor.
Jizzax shahar 3-IM o'quvchisi
@Dtm_tarixdan_testlar
8 232
Uktamov Asadbek Kodirjon o'g'li
Jizzax shahar 3-IM o'quvchisi 6 ta sertifikatga.
Sizda nechta
@Dtm_tarixdan_testlar
8 232
1. O‘zbekiston SSR Fanlar
akademiyasi (O‘zSSR FA) tashkil
topgan yilni belgilang?
A) 1932-yil B) 1943-yil
C) 1952-yil D) 1938-yil
2. Turkiston Muxtoriyatida Ichki ishlar
vazirining o‘rinbosari nomini aniqlang?
A) Obidjon Mahmudov
B) Solomon Gersfeld
C) Abdurahmon O‘rozayev
D) Islom Sulton Shoahmedov
3. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga ko‘ra hokimlarning
vakolat muddati necha yil etib
belgilangan?
A) 5 yil B) 3 yil C) 7 yil D) 10 yil
4. Quyidagi ma’lumotlarni
moslashtiring.
1) 1977-yil noyabrda Toshkent
metropolitenining ….. ta bekati ishga
tushirildi;
2) 2001-yil avgustdaYunusobod
yo‘nalishining …… ta bekatdan iborat
birinchi qismi foydalanishga topshirildi.
a) 6 ta; b) 7 ta; c) 8 ta; d) 9 ta.
A) 1 – a, 2 – b B) 1 – d, 2 – a
C) 1 – b, 2 – a D) 1 – a, 2 – d
5. Toshkentda BMT vakolatxonasi ish
boshlagan yilga aniqlik kiriting?
A) 1992-yil sentabr
B) 1993-yil oktabr
C) 1994-yil avgust
D) 1995-yil dekabr
4-variant
6. Amir Nasrullo 1843-yilda bosib olgan
hududlarni o‘z vaqtida qaysi Qo‘qon
hukmdori bosib olgan edi?
A) Shohruhbiy B) Abdukarimbiy
C) Abdurahimbiy D) Erdonabiy
7. 12 ming baytdan tuzilgan ilohiy
ma’rifatning she’riy talqini hisoblangan
asarni belgilang?
A) “Risolai Aziza” B) “Chor kitob”
C) “Farzi ayn” D) “Sabot ul-ojizin”
8. 1841-yilda qaysi shahar
madrasalarida 1000 nafar mulla tahsil
olganini toping.
A) Qo‘qon B) Buxoro
C) Xiva D) Toshkent
9. Qonunshunoslar uchun “Faqihlar
madrasasi” qurilgan davrda barham
topgan davlatlarni aniqlang?
A) Anushteginiylar va Arab xalifaligi
B) Qoraxoniylar va G‘aznaviylar
C) Safforiylar va Somoniylar
D) Saljuqiylar va Qoraxitoylar
10. Amir Temur quyidagi shaxslar bilan
harbiy to‘qnashgan vaqtini ketma-ketlik
tartibida belgilang?
1) Sulton Boyazid; 2) amir Husayn;
3) Ilyosxo‘ja; 4) To‘xtamishxon.
A) 3, 2, 1, 4 B) 2, 3, 1, 4
C) 3, 2, 4, 1 D) 2, 3, 4, 14
8 232
O'zbekiston tarixi
1. Amir Temur kimga qarshi yurishi
paytida tashrif buyurgan Said Baraka
uning buyuk kelajagini bashorat qilgan?
A) To‘xtamishxon B) amir Husayn
C) Genrix III D) BoyazidYildirim
2. Ilk O‘rta asrlarda quyidagi shaharlar
qanday nomlanganini aniqlang?
1) Chirchiq; 2) Ohangaron; 3)
Toshkent.
a) Binkat; b) Eloq; c) Parak.
A) 1 – b, 2 – c, 3 – a
B) 1 – a, 2 – b, 3 – c
C) 1 – c, 2 – b, 3 – a
D) 1 – b, 2 – a, 3 – c
3. Arab xalifasi Mansur davrida bo‘lib
o‘tgan qo‘zg‘olonni aniqlang?
A) Bobak qo‘zg‘oloni
B) Abu Muslim qo‘zg‘oloni
C) Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni
D) “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni
4. Samarqand shahrini 7 oydan ziyod
qamal qilgan sarkarda nomini belgilang?
A) Chingizxon B) BoburMirzo
C) Shayboniyxon D) Avaneshxon
5. Ahmad Donish quyidagi fikrlari bilan
qaysi mang‘it hukmdori faoliyatiga
yuksak baho berganini aniqlang? «U
amirlik qalamini kambag‘allik kiyimi
bilan bezadi. Jahon bog‘idan
dushmanlik va yomonlikni tomiri bilan
sug‘urib tashladi va adolat nihollarini
o‘tqazdi».
A) amir Haydar B) amir Nasrullo
C) amir Muzaffar D) amir
Shohmurod
6. Miloddan avvalgi V asrda bunyod
etilgan shaharni aniqlang?
A) Ko‘hna Urganch B) Ko‘zaliqir
C) Vazir D) Xiva
7. Buxoroda birinchi jaded maktabi
ochilganda Buxoro hukmdori kim edi?
A) amir Abdulahad B) amir
Nasrullo
C) amir Muzaffar D) amir Olimxon
8. Buxoro amirligi va Rossiya
munosabatlarini belgilab bergan
shartnomalar qaysi yillarda
imzolanganini ko‘rsating?
1) 1855-yil. 2) 1868-yil. 3) 1873-
yil. 4) 1918-yil. 5) 1920-yil.
A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 4
C) 2, 3, 5 D) 3, 4, 5
9. 1913-yilga kelib Buxoro amirligida
…….
A) dastlabki poyezd keldi
B) birinchi rus manzilgohlari paydo
bo‘ldi
D) soliqlar ilk marta qisqartirildi
D) barcha jaded maktablari yopildi
10. Buxoro amirligini tugatish
maqsadida Samarqand-Buxoro guruhi
(fronti) ni tuzish haqida kim buyruq
berganini belgilang?
A) M.V.Frunze B) O.Manjara
C) M.Kalinin D) F.Kolesov
8 232
O‘ZBEKISTON TARIXI
1. Quyidagilardan Turkiston general-gubernatori
sifatida faoliyat ko‘rsatgan shaxsni toping.
A) A.Bekovich-Cherkasskiy B) N.Muravyov
C) I.Xoxlov D) A.Vrevskiy
2. 2001-yil O‘zbekiston Respublikasi qaysi
tashkilotga a’zo sifatida qabul qilingan?
A) YuNESKO B) BMT C) ShHT
D) MDH
3. Qaysi hukmdor davridan davlat rasman Qo‘qon
xonligi deb atala boshlangan?
A) Umarxon B) Husayn Boyqaro
C) Xudoyorxon D) Olimxon
4. Quyidagilardan 1865-yilda tashkil etilgan
Turkiston viloyati gubernatori etib tayinlangan
shaxsni toping.
A) M.Chernyayev B) V.Perovskiy
C) G.Rozenbax D) M.Skobelev
5. 305-yilda Xorazmshoh Afrig‘ o‘z qarorgohini
qaysi qadimgi shaharga ko‘chirgan?
A) Afrosiyob B) Kat C) Tuproqqal’a
D) Balx
6. Quyidagilardan Qo‘qon xonligida hukmronlik
qilgan shaxsni aniqlang.
A) Abdurahimbiy
B) Muhammad Rahimxon I
C) Ubaydullaxon I D) Abdullaxon II
7. Mirzo Ulug‘bek 1424-1429-yillarda qaysi
shaharda rasadxona qurdirdi?
A) G‘ijduvon B) Samarqand C) Buxoro
D) Hirot
8. Quyidagilardan qaysi biri XX asrning birinchi
yarmida tashkil topgan?
A)Xorazm Xalq Sovet Respublikasi
B)Turkiston general-gubernatorligi
C) Samarqand xonligi
D)Toshkent bekligi
9. 999-yilda Buxoroda somoniylar hukmronligiga
barham bergan qoraxoniy hukmdorni aniqlang.
A) Sobuqtegin B) xalifa Ma’mun
C) Nasr Eloqxon D) Mahmud G‘aznaviy
10. Qaysi javobda tosh davri bosqichlaridan biri
to‘g‘ri berilgan?
A) bronza davri B) o‘rta asrlar davri
C) mezolit davri D) temir davri
Davomi..
@Dtm_tarixdan_testlar
@Dtm_tarixdan_testlar
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
