ar
Feedback
DTM tarixdan Testlar

DTM tarixdan Testlar

الذهاب إلى القناة على Telegram

Baxtiyor Abduraxmonovning Tarix Huquqshunoslik Ma'naviyat fanlariga oid kanali @Madrasaga_tayyorlanamiz Murojaat uchun: @Tarix_ustoz

إظهار المزيد
8 232
المشتركون
+5124 ساعات
+4677 أيام
+1 89230 أيام
أرشيف المشاركات
❗️ Yurisprudensiya yo‘nalishlariga IQ test topshirish tartibi belgilandi IQ test Toshkent davlat yuridik universitetining (TDYU) “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda o‘tkaziladi. Qarorga ko‘ra, mazkur yo‘nalishdagi abituriyentlar uchun IQ test sinovlari har yili 10-iyulga qadar o‘tkaziladi. Uni TDYU IQ test oluvchi hamkor xorijiy tashkilot bilan o‘zaro shartnoma asosida o‘tkazadi. IQ test sinovlarini o‘tkazish va natijalarni baholash xorijiy tashkilot talablariga asosan amalga oshiriladi. Faqatgina IQ test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarga OTT va bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash jarayonida boshqa mos yo‘nalishlar bilan birga TDYUning  “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” va “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati yaratiladi. Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga tanlovda chet tillari bo‘yicha kamida B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab qilinadi. 👉 @Dtm_tarixdan_testlar 👈

⚡️Ertadan oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari boshlanadi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga hujjatlar qabuli muddatlarini e’lon qildi. Ma’lum qilinishicha, hujjatlar 2026-yil 30-iyundan 20-iyulgacha qabul qilinadi.
Qabul quyidagi oliy diniy ta’lim muassasalariga amalga oshiriladi: – Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti (bakalavr, magistratura va modul ta’lim tizimi); – Mir Arab oliy madrasasi; – Hadis ilmi maktabi; – Imom Termiziy nomidagi islom instituti.
Oliy diniy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga hujjat topshiruvchi abituriyentlar qabul hay’atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
– ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza; – pasport yoki ID karta nusxasi (asl nusxasi ko‘rsatiladi); – o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasini tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi nusxasi (asl nusxasi ko‘rsatiladi); – 3,5 × 4,5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oy ichida olingan, oq fonda bo‘lishi talab etiladi); – xorijiy davlatlardagi diniy ta’lim muassasalarini tamomlagan va O‘zbekistonda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan diplomga ega O‘zbekiston fuqarolari ham hujjat topshirishlari mumkin. O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga hujjat topshiruvchi abituriyentlardan esa quyidagi hujjatlar talab etiladi:
– ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza; – pasport yoki ID karta nusxasi (asl nusxasi ko‘rsatiladi); – ma’lumoti to‘g‘risidagi attestat yoki diplom nusxasi (asl nusxasi ko‘rsatiladi); – 3,5 × 4,5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oy ichida olingan, oq fonda bo‘lishi talab etiladi); – chet tillari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat nusxasi (asl nusxasi ko‘rsatiladi). Mazkur sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan imtihonsiz belgilangan maksimal ball taqdim etiladi; – chet tilini bilish to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi (ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan chet tilidan boshqa tilda imtihon topshiruvchilar uchun)
.

Majburiy qo'llanma (TARIX).pdf1.67 MB

Tavsiya majburiydan 20 kunda 4 ta kitob o'qib kamida 8-10 ta ishlash imkon bor.

1. Amir Nasrullo 1843-yilda bosib olgan hududlarni o‘z vaqtida qaysi Qo‘qon hukmdori bosib olgan edi? A) Shohruhbiy B) Abdukarimbiy C) Abdurahimbiy +D) Erdonabiy 2. 12 ming baytdan tuzilgan ilohiy ma’rifatning she’riy talqini hisoblangan asarni belgilang? A) “Risolai Aziza” B) “Chor kitob” C) “Farzi ayn” D) “Sabot ul-ojizin” 3. 1841-yilda qaysi shahar madrasalarida 1000 nafar mulla tahsil olganini toping. A) Qo‘qon B) Buxoro C) Xiva D) Toshkent 4. Qonunshunoslar uchun “Faqihlar madrasasi” qurilgan davrda barham topgan davlatlarni aniqlang? A) Anushteginiylar va Arab xalifaligi B) Qoraxoniylar va G‘aznaviylar C) Safforiylar va Somoniylar D) Saljuqiylar va Qoraxitoylar 5. Amir Temur quyidagi shaxslar bilan harbiy to‘qnashgan vaqtini ketma-ketlik tartibida belgilang? 1) Sulton Boyazid; 2) amir Husayn; 3) Ilyosxo‘ja; 4) To‘xtamishxon. A) 3, 2, 1, 4 B) 2, 3, 1, 4 C) 3, 2, 4, 1 D) 2, 3, 4, 14 6. Abu Rayhon Beruniyning qaysi fikri XV-XVI asrlarda o‘z tasdig‘ini topganini aniqlang? A) sayyoralarning joylashish o‘rni B) tabobatda ilgari surgan qarashlari C) g‘arbiy yarim sharda quruqlik borligi D) yerning quyosh atrofida aylanishi7. Turkistonda “kuchaytirilgan qo‘riqlov” va “favqulodda qo‘riqlov” holati boshlangan (a) va tugagan (b) yillarda kimlar podsho Rossiyasida hukmronlik qilayotgan edi? A) a – Aleksandr III, b – Nikolay II B) a – Nikolay I, b – Aleksandr II C) a – Aleksandr II, b – Aleksandr III D) a – Aleksandr I, b – Nikolay I 8. 1902-yilda Matyoqub pishiq boshchiligida bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon qaysi davlat siyosatiga qarshi qaratilganini aniqlang? A) Buxoro amirligi B) podsho Rossiyasi C) Xiva xonligi D) Qo‘qon xonligi 9. 1899-yilda …… . A) Samarqandga dastlabki poyezd keldi B) Orenburgdan Toshkentga qadar temir yo‘l qurib kelindi C) Buxoro amirligi hududi orqali dastlabki temir yo‘l o‘tkazildi D) temir yo‘l Toshkent orqali Andijongacha qurib bitkazildi 10. Quyidagi shaxslarning Sovet hokimiyati vakillari bilan shartnoma imzolashini ketma-ketlik tartibida belgilang? 1) Mirza Salimbek; 2) Madaminbek; 3) Junaidxon. A) 1, 3, 2 B) 2, 1, 3 C) 2, 3, 1 D) 3, 1, 2

Jizzax shahridagi 3-sonli ixtisoslashgan maktab bitiruvchisi Omon bugun Buyuk Britaniyaning nufuzli University of Birmingham universitetida tahsil olmoqda! 🇬🇧🎓 U “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyanti sifatida dunyo reytingida 76-oʻrinni egallab turgan ushbu universitetda oʻz bilimlarini yanada mustahkamlamoqda. Omonning tengdoshlari va kelajakka qadam qoʻyayotgan yoshlarga maslahati bitta: “Oʻzingizga ishoning, til oʻrganing va katta maqsadlar sari intilishdan toʻxtamang!” 🚀 Kelajak sizning qoʻlingizda!

189 ball qiziq bo'lmay qoldi. Maqsadimiz Chet elda grand bilan o'qish top 100 tallikda. Yoshlarga shuni tavsiya beraman

Zaripova Muxsina Xusan qizi 4 ta sertifikatga ega. Diplomatiya 189 ball bilan goo Jizzax shahar 3-IM o'quvchisi @Dtm_tarixdan
Zaripova Muxsina Xusan qizi 4 ta sertifikatga ega. Diplomatiya 189 ball bilan goo Jizzax shahar 3-IM o'quvchisi @Dtm_tarixdan_testlar

Abdivaliyev Bexruz Sheraliyevich 5 ta sertifkati bor. Jizzax shahar 3-IM o'quvchisi @Dtm_tarixdan_testlar
Abdivaliyev Bexruz Sheraliyevich 5 ta sertifkati bor. Jizzax shahar 3-IM o'quvchisi @Dtm_tarixdan_testlar

Uktamov Asadbek Kodirjon o'g'li Jizzax shahar 3-IM o'quvchisi 6 ta sertifikatga. Sizda nechta @Dtm_tarixdan_testlar
Uktamov Asadbek Kodirjon o'g'li Jizzax shahar 3-IM o'quvchisi 6 ta sertifikatga. Sizda nechta @Dtm_tarixdan_testlar

Sizda nechta sertifikatiz bor, va nechtasi 100%li

1. O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi (O‘zSSR FA) tashkil topgan yilni belgilang? A) 1932-yil B) 1943-yil C) 1952-yil D) 1938-yil 2. Turkiston Muxtoriyatida Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari nomini aniqlang? A) Obidjon Mahmudov B) Solomon Gersfeld C) Abdurahmon O‘rozayev D) Islom Sulton Shoahmedov 3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‘ra hokimlarning vakolat muddati necha yil etib belgilangan? A) 5 yil B) 3 yil C) 7 yil D) 10 yil 4. Quyidagi ma’lumotlarni moslashtiring. 1) 1977-yil noyabrda Toshkent metropolitenining ….. ta bekati ishga tushirildi; 2) 2001-yil avgustdaYunusobod yo‘nalishining …… ta bekatdan iborat birinchi qismi foydalanishga topshirildi. a) 6 ta; b) 7 ta; c) 8 ta; d) 9 ta. A) 1 – a, 2 – b B) 1 – d, 2 – a C) 1 – b, 2 – a D) 1 – a, 2 – d 5. Toshkentda BMT vakolatxonasi ish boshlagan yilga aniqlik kiriting? A) 1992-yil sentabr B) 1993-yil oktabr C) 1994-yil avgust D) 1995-yil dekabr 4-variant 6. Amir Nasrullo 1843-yilda bosib olgan hududlarni o‘z vaqtida qaysi Qo‘qon hukmdori bosib olgan edi? A) Shohruhbiy B) Abdukarimbiy C) Abdurahimbiy D) Erdonabiy 7. 12 ming baytdan tuzilgan ilohiy ma’rifatning she’riy talqini hisoblangan asarni belgilang? A) “Risolai Aziza” B) “Chor kitob” C) “Farzi ayn” D) “Sabot ul-ojizin” 8. 1841-yilda qaysi shahar madrasalarida 1000 nafar mulla tahsil olganini toping. A) Qo‘qon B) Buxoro C) Xiva D) Toshkent 9. Qonunshunoslar uchun “Faqihlar madrasasi” qurilgan davrda barham topgan davlatlarni aniqlang? A) Anushteginiylar va Arab xalifaligi B) Qoraxoniylar va G‘aznaviylar C) Safforiylar va Somoniylar D) Saljuqiylar va Qoraxitoylar 10. Amir Temur quyidagi shaxslar bilan harbiy to‘qnashgan vaqtini ketma-ketlik tartibida belgilang? 1) Sulton Boyazid; 2) amir Husayn; 3) Ilyosxo‘ja; 4) To‘xtamishxon. A) 3, 2, 1, 4 B) 2, 3, 1, 4 C) 3, 2, 4, 1 D) 2, 3, 4, 14

Tarqating 8000 ta bo'lsik davom etamiz

Javoblari: 👇👇👇 1-B, 2-C, 3-D, 4-B, 5-D, 6-D, 7-A, 8-A, 9-D, 10-A.

O'zbekiston tarixi 1. Amir Temur kimga qarshi yurishi paytida tashrif buyurgan Said Baraka uning buyuk kelajagini bashorat qilgan? A) To‘xtamishxon B) amir Husayn C) Genrix III D) BoyazidYildirim 2. Ilk O‘rta asrlarda quyidagi shaharlar qanday nomlanganini aniqlang? 1) Chirchiq; 2) Ohangaron; 3) Toshkent. a) Binkat; b) Eloq; c) Parak. A) 1 – b, 2 – c, 3 – a B) 1 – a, 2 – b, 3 – c C) 1 – c, 2 – b, 3 – a D) 1 – b, 2 – a, 3 – c 3. Arab xalifasi Mansur davrida bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olonni aniqlang? A) Bobak qo‘zg‘oloni B) Abu Muslim qo‘zg‘oloni C) Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni D) “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni 4. Samarqand shahrini 7 oydan ziyod qamal qilgan sarkarda nomini belgilang? A) Chingizxon B) BoburMirzo C) Shayboniyxon D) Avaneshxon 5. Ahmad Donish quyidagi fikrlari bilan qaysi mang‘it hukmdori faoliyatiga yuksak baho berganini aniqlang? «U amirlik qalamini kambag‘allik kiyimi bilan bezadi. Jahon bog‘idan dushmanlik va yomonlikni tomiri bilan sug‘urib tashladi va adolat nihollarini o‘tqazdi». A) amir Haydar B) amir Nasrullo C) amir Muzaffar D) amir Shohmurod 6. Miloddan avvalgi V asrda bunyod etilgan shaharni aniqlang? A) Ko‘hna Urganch B) Ko‘zaliqir C) Vazir D) Xiva 7. Buxoroda birinchi jaded maktabi ochilganda Buxoro hukmdori kim edi? A) amir Abdulahad B) amir Nasrullo C) amir Muzaffar D) amir Olimxon 8. Buxoro amirligi va Rossiya munosabatlarini belgilab bergan shartnomalar qaysi yillarda imzolanganini ko‘rsating? 1) 1855-yil. 2) 1868-yil. 3) 1873- yil. 4) 1918-yil. 5) 1920-yil. A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 4 C) 2, 3, 5 D) 3, 4, 5 9. 1913-yilga kelib Buxoro amirligida ……. A) dastlabki poyezd keldi B) birinchi rus manzilgohlari paydo bo‘ldi D) soliqlar ilk marta qisqartirildi D) barcha jaded maktablari yopildi 10. Buxoro amirligini tugatish maqsadida Samarqand-Buxoro guruhi (fronti) ni tuzish haqida kim buyruq berganini belgilang? A) M.V.Frunze B) O.Manjara C) M.Kalinin D) F.Kolesov

Tushunadiganlar bormi?
Tushunadiganlar bormi?

O‘ZBEKISTON TARIXI 1. Quyidagilardan Turkiston general-gubernatori sifatida faoliyat ko‘rsatgan shaxsni toping. A) A.Bekovich-Cherkasskiy B) N.Muravyov C) I.Xoxlov D) A.Vrevskiy 2. 2001-yil O‘zbekiston Respublikasi qaysi tashkilotga a’zo sifatida qabul qilingan? A) YuNESKO B) BMT C) ShHT D) MDH 3. Qaysi hukmdor davridan davlat rasman Qo‘qon xonligi deb atala boshlangan? A) Umarxon B) Husayn Boyqaro C) Xudoyorxon D) Olimxon 4. Quyidagilardan 1865-yilda tashkil etilgan Turkiston viloyati gubernatori etib tayinlangan shaxsni toping. A) M.Chernyayev B) V.Perovskiy C) G.Rozenbax D) M.Skobelev 5. 305-yilda Xorazmshoh Afrig‘ o‘z qarorgohini qaysi qadimgi shaharga ko‘chirgan? A) Afrosiyob B) Kat C) Tuproqqal’a D) Balx 6. Quyidagilardan Qo‘qon xonligida hukmronlik qilgan shaxsni aniqlang. A) Abdurahimbiy B) Muhammad Rahimxon I C) Ubaydullaxon I D) Abdullaxon II 7. Mirzo Ulug‘bek 1424-1429-yillarda qaysi shaharda rasadxona qurdirdi? A) G‘ijduvon B) Samarqand C) Buxoro D) Hirot 8. Quyidagilardan qaysi biri XX asrning birinchi yarmida tashkil topgan? A)Xorazm Xalq Sovet Respublikasi B)Turkiston general-gubernatorligi C) Samarqand xonligi D)Toshkent bekligi 9. 999-yilda Buxoroda somoniylar hukmronligiga barham bergan qoraxoniy hukmdorni aniqlang. A) Sobuqtegin B) xalifa Ma’mun C) Nasr Eloqxon D) Mahmud G‘aznaviy 10. Qaysi javobda tosh davri bosqichlaridan biri to‘g‘ri berilgan? A) bronza davri B) o‘rta asrlar davri C) mezolit davri D) temir davri Davomi.. @Dtm_tarixdan_testlar @Dtm_tarixdan_testlar