ch
Feedback
©️SUDEX.UZ | RSEM | РЦСЭ

©️SUDEX.UZ | RSEM | РЦСЭ

前往频道在 Telegram

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi ☎️ +99871-209-11-55 🌐 sudex.uz 📩 info@sudex.uz 📱 facebook.com/sudexuz 📹 youtube.com/@sudekspertiza 🌐 instagram.com/sudex_uz

显示更多
1 081
订阅者
-124 小时
+17
-730
帖子存档
❗️X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag’ishlangan bayram dasturi bo
+9
❗️X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida Mustaqilligimizning 35 yilligiga bagishlangan bayram dasturi bo'lib o'tdi. ⚡️Tadbirni Markaz direktori Murodjon Maxkamov Zaxidovich tabrik so'zi bilan ochib berib, barcha xodimlarni bayram bilan muborakbod etdi. ✔️ Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi Farmoniga asosan Markazning qator fidoiy xodimlariga ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi. ✔️ Shuningdek, bayram munosabati bilan Markazda faoliyat yuritib kelayotgan, samarali mehnati, erishilgan yuksak natijalari hamda yuklatilgan vazifalarni ma'suliyat va vijdonan bajarayotgan, jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlash fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishda va Sud ekspertlik sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlarda faol ishtirok etib kelayotgan bir qator xodimlar "Faxriy yorliq" va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi. 🦅Markaz jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Mustaqillik bayrami bilan chin dildan muborakbod etib, kelgusi ishlarida omad tilab qoladi! Batafsil ma'lumot⬇️ 💬71-209-11-55 ✉️ info@sudex.uz ✅Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹youtube | 🌐sudex.uz

❗️ X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida "Ma'naviyat soati" - seminar tashkil etildi. ❤️‍🔥 Joriy yilni
+9
❗️ X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida "Ma'naviyat soati" - seminar tashkil etildi. ❤️‍🔥 Joriy yilning 27-avgust kuni Markaz jamosining siyosiy bilimlarini rivojlantirish maqsadida “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” mavzusida Ma’naviyat soati tashkil etildi. ✅ Tadbir davomida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi dotsenti, siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori Qolqanov Nuriddin Tashpulatovich tomonidan mavzu bo'yicha ma'ruza qilindi. ✅Tadbir yakunida mavzu yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi hamda xodimlarning bilim va ko'nikmalari oshirildi. Batafsil ma'lumot⬇️ 💬71-209-11-55 ✉️ info@sudex.uz ✅Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹youtube | 🌐sudex.uz

#seminar ❗️X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida tashkil etilgan seminar tafsilotlariga oid videolavha. Batafsil ma'lumot⬇️ 💬71-209-11-55 ✉️ info@sudex.uz ✅Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹youtube | 🌐sudex.uz

❗️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida seminar bo‘lib o‘tdi! ⚡️ Joriy yilning 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy s
+9
❗️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida seminar bo‘lib o‘tdi! ⚡️ Joriy yilning 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi ishtirokida Oliy sud va tizim sudyalari uchun “Tadqiqot obyektlarini yig‘ish, saqlash va taqdim etish usullari hamda sud ekspertizasining imkoniyatlari” mavzusida seminar tashkil etildi. ✔️ Tadbirda Oliy sud raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Kalandarova Malikaxon Pirnazarovna, Markaz direktori Maxkamov Murodjon Zaxidovichlar ishtirok etishdi. ✔️ Markaz direktori M.Maxkamov tomonidan Markaz faoliyati, sohada amalga oshirilgan islohotlar va kelgusidagi vazifalar mavzusida ma’ruza qilinib, yaratilgan imkoniyatlar, joriy etilgan yangi ekspertiza turlari haqida toxtalib otildi.
✔️ Shuningdek, 😄Markaz direktorining orinbosari A.Mavlonov, 😄Sud-lingvistik va psixologik ekspertizasi bo‘limi mudiri N.Nishanova, 😄Sud-avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi bosh eksperti U.Abdumajidov, 😄Sud-qurilish-texnik ekspertizasi bo‘limi yetakchi eksperti B.Xabibullayev, 😄Sud iqtisodiy ekspertizasi boʼlimi eksperti M.Xamidovlar tomonidan ma’ruzalar o‘qilib, tushuntirishlar berildi.
✔️ Tadbir davomida ekspertiza tayinlash jarayonida yuzaga kelayotgan holatlar va kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinib, muammoli holatlarning yechimi borasida hamkorlikda ishlash kelishib olindi. ✔️ Seminar yakunida ishtirokchilarning mavzu bo‘yicha savollariga batafsil javoblar berildi. Batafsil ma'lumot⬇️ 💬71-209-11-55 ✉️ info@sudex.uz ✅Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹youtube | 🌐sudex.uz

50 trillion so‘mlik 163 ta obyekt: Prezidentimiz eng ulug‘, eng aziz bayram arafasida yangi quvvatlarni ishga tushirdi. — 163 объекта на 50 триллионов сумов: Президент нашей страны ввел новые мощности по случаю самого великого, самого дорогого праздника. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududlarda umumiy qiymati
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududlarda umumiy qiymati 50 trillion so‘mlik 163 ta yangi obyektni ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi. — С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония ввода в эксплуатацию 163 новых объектов на общую сумму 50 триллионов сумов в регионах страны по случаю 35-летия независимости. #Mirziyoyev #marosim #mustaqillik35 #obyektlar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#YuksakE'tirof ❗️X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi xodimining fidokorona mehnati yuksak e’tirof etildi
#YuksakE'tirof ❗️X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi xodimining fidokorona mehnati yuksak e’tirof etildi! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan Prezident Farmoniga muvofiq Adliya vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. ⚡️ Xususan, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud-ballistika va izshunoslik ekspertiza laboratoriyasi mudiri - Churyakov Erkin Ibragimovich - “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi. 🤔 Erkin Churyakov 1979-yilda Toshken davlat universitetini tamomlagan. ✔️ Erkin Churyakov X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida o'z mehnat faoliyatini 1983-yilda Sud-ballistika va izshunoslik ekspertiza laboratoriyasida ekspert-fizik lavozimidan boshlab, hozirda ushbu laboratoriya mudiri sifatida ish faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Muqaddam II darajali "Mehnat faxriysi" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan. Markaz jamoasi Churyakov Erkin Ibragimovichni ushbu yuksak e’tirof bilan qutlaydi hamda kelgusi ishlarida yanada ulkan yutuqlar, sog‘lik, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi! Batafsil ma'lumot⬇️ 💬71-209-11-55 ✉️ info@sudex.uz ✅Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹youtube | 🌐sudex.uz

#Adliya_xabari #Mukofot 🇺🇿 Adliya tizimi xodimlarining fidokorona mehnati yuksak e’tirof etildi O‘zbekiston Respublikasi da
#Adliya_xabari #Mukofot 🇺🇿 Adliya tizimi xodimlarining fidokorona mehnati yuksak e’tirof etildi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezident Farmoniga muvofiq Adliya vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. 🏅 “Do‘stlik” ordeni bilan: 🔹 Li Adik — Toshkent davlat yuridik universitetining Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi professori. 🏅 “Mehnat shuhrati” ordeni bilan: 🔹 Churyakov Erkin Ibragimovich — X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Sud-ballistika va izshunoslik ekspertiza laboratoriyasi mudiri. 🎖 “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan: 🔹 Kuchkarov Shuxrat Xamidovich — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi boshlig‘i; 🔹 Musayev Akbar Muxidinovich — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqni qo‘llash departamenti boshlig‘i; 🔹 Nosirxodjayeva Gulnora Abdukaxxarovna — Toshkent davlat yuridik universiteti Huquq, jamiyat va madaniyat kafedrasi mudiri; 🔹 Fomenko Tatyana Dauletovna — O‘zbekiston Milliy arxivi bo‘limi mudiri. 🎖 “Shuhrat” medali bilan: 🔹 Boltayeva Shoira Xudayberganovna — Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani adliya bo‘limi boshlig‘i; 🔹 Kulmatova Gulibaxor Baratovna — Toshkent shahar Shayxontohur tumani adliya bo‘limi 1-son FHDY bo‘limi 1-toifali inspektori. 👏 Yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan hamkasblarimizni samimiy muborakbod etamiz! ⚖️ Ushbu e’tirof — qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan adliya tizimi xodimlari mehnatiga berilgan yuksak bahodir. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

❗️ X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi va hududiy bo’limlar ishtirokida Ilmiy kengashning majlisi bo‘lib
+9
❗️ X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi va hududiy bo’limlar ishtirokida Ilmiy kengashning majlisi bo‘lib o‘tdi va Markazning 2026-yilning 1-yarmida amalga oshirgan ish faoliyati sarhisob qilindi. ☄️ Joriy yilning 21-avgust kuni Markazning navbatdagi Ilmiy Kengash majlisi o'tkazildi, unda hududiy bo'limlar konferens-aloqa formatida ishtirok etdi. ✔️ lmiy kengashda Markaz direktori M.Maxkamov so'zga chiqib, Adliya vazirligi tomonidan belgilangan vazifalar, shuningdek kelgusidagi amalga oshirilishi rejalashtirilgan choralar to‘g‘risida alohida to'xtaldi. ✔️ Markaz direktori o'rinbosari O.Negmatovning Markaz va uning hududiy bo‘limlari tomonidan 6-oy davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusidagi vazifalar haqidagi hisoboti tinglandi. ✏️ Shuningdek, Adliya vazirligi Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i Sh.Asadov X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni va ularni bartaraf qilish yo‘llari bo‘yicha ma’ruza qildi. ✔️ Ilmiy kengashda Markazning sud ekspertlik, norma ijodkorligi, huquqiy targ’ibot va boshqa sohalari birma-bir tahlil qilinib, Markaz oldiga qo’yilgan vazifalar belgilab olindi. Batafsil ma'lumot⬇️ 💬71-209-11-55 ✉️ info@sudex.uz ✅Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹youtube | 🌐sudex.uz

#Mustaqillik 🇺🇿 Mustaqillikning 35 yillik taraqqiyot yo‘lida sud ekspertiza faoliyati yuksaldi 🇺🇿Mustaqillik - sud ekspertiza sohasi, xususan, Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida ilm-fan rivojlanishiga katta turtki bo'ldi hamda sud ekspertiza tadqiqotlari olib borilishida zamonaviy texnologiyalar sari yo‘l ochdi. ❗️ Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyoti, qonun ustuvorligi va adolat yo‘lida xizmat qilamiz! Batafsil ma'lumot⬇️ 💬71-209-11-55 ✉️ info@sudex.uz ✅Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹youtube | 🌐sudex.uz

Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti: birinchi qadamdan boshlab katta biznesga aylangunga qadar qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ulkan imkoniyatlar yaratilmoqda. — Открытый диалог Президента с предпринимателями: создаются огромные возможности для всесторонней поддержки – от первых шагов до становления крупного бизнеса. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Ochiq muloqot davomida mamlakatimiz yetakchisi tadbirkorlarning taklif va tashabbuslarini tingladi. – Sizlar bilan gaplashib,
Ochiq muloqot davomida mamlakatimiz yetakchisi tadbirkorlarning taklif va tashabbuslarini tingladi.
– Sizlar bilan gaplashib, bir narsaga amin bo‘ldim. Yurtimizda zamonaviy fikrlaydigan, o‘z biznesini kengaytirish uchun yangilikka intilayotgan yangi avlod tadbirkorlari shakllanmoqda.
Hech qachon oldinga intilishdan, o‘sishdan, rivojlanishdan, yangilik qilishdan to‘xtamang! Sizlarning ortingizda doimo qo‘llab-quvvatlaydigan kuchli davlat, huquq va manfaatingizni himoya qiladigan qonun, tashabbus va maqsadlaringizni ro‘yobga chiqarishda yelkadosh boʻlgan Prezident bor!
– dedi davlatimiz rahbari yakunda. Prezidentimiz yig‘ilganlarni yana bir bor Tadbirkorlar kuni bilan tabriklab, barchaga sihat-salomatlik, ishlarida rivoj va oilaviy xotirjamlik tiladi. Facebook|Instagram|X

Prezidentimiz muloqot yakunida iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha asosiy maqsadlarni belgilab berdi. – Biz 4
Prezidentimiz muloqot yakunida iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha asosiy maqsadlarni belgilab berdi.
– Biz 40 millionli xalqmiz. Odamlarimiz hayotini yanada yaxshilash uchun yuqori iqtisodiy o‘sishni saqlab qolishimiz zarur,
– dedi davlatimiz rahbari. Joriy yil yalpi ichki mahsulotni 180 milliard dollardan, eksportni 40 milliard dollardan oshirish marrasi olingan. Buning uchun tadbirkorlarga yuqori daromadli ish o‘rinlari, qo‘shilgan qiymat va tashqi bozorlarni kengaytirish uchun barcha sharoitlar yaratib boriladi. Toshkentda eksportga yo‘naltirilgan biznes, Andijon, Farg‘ona va Namanganda to‘liq zanjirli to‘qimachilik va mashinasozlik, Samarqand, Buxoro va Xorazmda turizm, kreativ industriya va agrosanoat brendlari yangi o‘sish nuqtalari bo‘lishi kerakligi taʼkidlandi. Navoiy va Toshkent viloyatida tog‘-kon, metallurgiya va ilmiy kimyo, Qashqadaryo va Surxondaryoda agrosanoat va neft-gaz kimyosida uzun qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratish vazifasi qo‘yildi. Qoraqalpog‘istonda “yashil” energetika, AT va sunʼiy intellekt iqtisodiy drayverga aylantiriladi. Jizzax va Sirdaryoda avtomobilsozlik, elektrotexnika va qurilish materiallari bo‘yicha raqobatbardosh klasterlar rivojlantiriladi.
– Ana shunda odamlarimiz chetga chiqib ishlashiga zarurat qolmaydi, Yangi O‘zbekiston tadbirkorlari yangi rivojlanish bosqichiga chiqadi. Ishonchim komil, bunga kuchimiz ham, imkoniyatimiz ham, salohiyatimiz ham yetadi!
– dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X

Yil boshidan O‘zbekistonga 8 million xorijlik sayyoh tashrif buyurdi, ularning mamlakatimizda qolish muddati 8 kungacha uzayd
Yil boshidan O‘zbekistonga 8 million xorijlik sayyoh tashrif buyurdi, ularning mamlakatimizda qolish muddati 8 kungacha uzaydi. Davlatimiz rahbari turizm islohotlari aholi daromadida yanada ko‘proq sezilishi kerakligini taʼkidladi. Mehmonxona qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun 50 million dollar resurs ajratiladi. Tadbirkorlarga 10 yil muddatga milliy valyutada 16 foizli kredit beriladi. Uch, to‘rt va besh yulduzli mehmonxona qurish uchun subsidiya berish muddati yana ikki yilga uzaytiriladi. Subsidiya uchun mehmonxona “yulduzi”ni tasdiqlashda xorijiy kompaniya xulosasini talab qilish amaliyoti bekor qilinadi. Mehmonxonalar uchun yer va mulk solig‘ini 10 barobar kam stavkada to‘lash imtiyozi 2030-yilgacha uzaytiriladi. 50 tadan ko‘p joylashtiruv o‘rniga ega mehmonxonalarga naqd valyuta qabul qiladigan bankomatlarni banklarning o‘zi o‘rnatib beradi. Turoperatorlarning xorijlik turistlarga ko‘rsatgan xizmati eksportga tenglashtirilib, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi. Turistik avtobus, elektrobus va mikroavtobuslar olib kelishdagi bojxona imtiyozi yana bir yilga uzaytiriladi. Bunday transport vositalari uchun utilizatsiya yig‘imi ham undirilmaydi. Facebook|Instagram|X

Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi. Yaʼni ariza belgilangan muddatda
Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi. Yaʼni ariza belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmasa, u avtomatik ravishda tadbirkor foydasiga hal qilingan hisoblanadi. Litsenziya bo‘yicha ariza rad etilgan har bir holatni Biznes-ombudsman o‘rganadi. Asossiz rad qilish uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Tez orada 30 dan ziyod faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi, yana 35 tasini berish muddati 2-3 karra qisqaradi. 10 ta ruxsat xabardor qilish tartibiga o‘tkaziladi. Oziq-ovqat eksporti uchun talab etiladigan veterinariya, sanitariya va fitosanitariya ruxsatnomalarining o‘rniga yagona “Salomatlik sertifikati” beriladi. Yangi litsenziya va ruxsatnoma joriy etishdan oldin u uch hududda olti oy eksperimentdan o‘tkaziladi. Tadbirkorlar mulkiga ijro hujjatlari asosida taqiq qo‘yish bilan bog‘liq eʼtirozlar ham ko‘pligi qayd etildi. Mazkur masalalar bo‘yicha alohida uchrashuv o‘tkazilib, tizimli yechimlar belgilanadi. Facebook|Instagram|X

Hozir 51 ta idora moliyaviy jarima qo‘llash vakolatiga ega. Ayrim idoralarda jarimadan tushgan mablag‘ning bir qismi o‘zida q
Hozir 51 ta idora moliyaviy jarima qo‘llash vakolatiga ega. Ayrim idoralarda jarimadan tushgan mablag‘ning bir qismi o‘zida qolishi “tekshirsa – qo‘rqadi, qo‘rqsa – to‘laydi” degan noto‘g‘ri yondashuvni keltirib chiqarayotgani tanqid qilindi.
Jarima mablag‘ yig‘ish uchun emas, sohada tartib-intizom va profilaktika uchun xizmat qilishi kerak,
– dedi Prezidentimiz. Shu bois, barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi. Davlat korxonalari xarid qilgan tovarlar bo‘yicha tadbirkorning zakalat pulini qaytarish avtomatlashtiriladi. Kelasi yildan tadbirkor va davlat o‘rtasidagi nizolarda “Tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi” joriy etiladi. Tadbirkorning aybi sudda isbotlanmaguncha u aybsiz hisoblanadi va unga jarima yoki boshqa taʼsir chorasi qo‘llanmaydi. Shuningdek, “Birinchi xato uchun ogohlantirish” qoidasi joriy etiladi. Birinchi bor qoida buzgan va odamlar hayoti, sog‘lig‘i yoki mulkiga zarar yetkazmagan tadbirkorga kamchilikni bartaraf etish uchun 10 kun beriladi. Nazorat organlari birinchi instansiyadan keyingi har bir sud bosqichida davlat bojini to‘laydi. Savdo-sanoat palatasi huzuridagi ekspert kengashiga bojxona, qurilish, sanitariya, karantin va veterinariya sohalaridagi nizolarni ham ko‘rib chiqish vakolati beriladi. Facebook|Instagram|X

Beshinchi yo‘nalish – biznesga maʼmuriy bosimni keskin kamaytirish. So‘nggi uch yilda soliq yuki 13,4 foizdan 12 foizga, o‘n
Beshinchi yo‘nalish – biznesga maʼmuriy bosimni keskin kamaytirish. So‘nggi uch yilda soliq yuki 13,4 foizdan 12 foizga, o‘n yilda yashirin iqtisodiyot ulushi 50 foizdan 26 foizga tushdi.
– Iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish tekshirish bilan emas, tadbirkorga yo‘l ko‘rsatib, to‘g‘ri ishlashga o‘rgatish orqali bo‘lishi kerak,
– dedi davlatimiz rahbari. Tahlil qilingan 5 ming tadbirkorning yarmidan ko‘pida bir yilda 2-3 marta, yana 21 foizida 4 martadan soliq tekshiruvi o‘tkazilgan. Bunga yong‘in, qurilish, sanitariya, karantin va energiya inspeksiyalarining takroriy tekshiruvlari ham qo‘shilmoqda.
Bir narsani tushunish kerak: xotirjamlik bo‘lmagan joyda erkinlik ham, rivojlanish va yangilikka intilish ham bo‘lmaydi,
– dedi Prezident. Shu bois, kichik biznesda inson sog‘lig‘i va boshqa tadbirkorlar manfaatiga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday tekshirish uchun uch yil muddatga moratoriy eʼlon qilinadi. O‘rta va yirik tadbirkor o‘z korxonasini ixtiyoriy profilaktik auditdan o‘tkazsa, uning xulosasini soliq organi tan oladi. Kamchilikni bartaraf qilgan tadbirkor jarimaga tortilmaydi, bir yilda takroriy tekshiruv esa faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan o‘tkaziladi. Facebook|Instagram|X

– Bugun dunyoda bozor uchun kurash kun sayin kuchayib boryapti. Bunday vaziyatda xorijga chiqqan tadbirkor hech qachon o‘zini
Bugun dunyoda bozor uchun kurash kun sayin kuchayib boryapti. Bunday vaziyatda xorijga chiqqan tadbirkor hech qachon o‘zini yolg‘iz his qilmasligi kerak,
– dedi Prezident. Elchilarga qayerda yangi imkoniyat va bozor bo‘lsa, tadbirkorlarni birinchi bo‘lib “qo‘lidan ushlab” olib borish vazifasi qo‘yildi. Eksportning 60 foizi to‘g‘ri kelayotgan 20 ta davlat va istiqboli yuqori yana 5 ta davlatda “eksport elchilari” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ularni o‘sha bozorga eng ko‘p eksport qilayotgan tadbirkorlarning o‘zi saylaydi. “Eksport elchilari” savdo tarmoqlari, sertifikat va marketing masalalarida boshqa tadbirkorlarga ko‘maklashadi. Ularning borish-kelish va yashash xarajatlari qoplab beriladi. Eksportda muddati o‘tgan qarzdorlik muammosi bo‘yicha ham yangi yengilliklar beriladi. Yil yakunigacha qarzni qoplash uchun bank hisobraqamiga valyuta qo‘yilsa, u eksport tushumi sifatida qabul qilinadi. Tovar uchun to‘lov kelmagan bo‘lsa ham eksportga cheklov bekor qilinadi, invoysda 50 foiz oldindan tushum talabi olib tashlanadi. Savdo uylari va distribyutorlar orqali eksportda valyuta tushumini taʼminlash muddati 180 kundan 365 kunga uzaytiriladi. Facebook|Instagram|X

To‘rtinchi yo‘nalish – eksport salohiyatini oshirish va milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish. Prezidentimiz tashq
To‘rtinchi yo‘nalish – eksport salohiyatini oshirish va milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish. Prezidentimiz tashqi bozorda har bir dollar eksport uchun kuchli raqobat ketayotganini taʼkidladi. O‘rganishlarga ko‘ra, eksportchilarning 40 foizi xorijlik mijoz topishga, 36 foizi standart va sertifikatsiya talablariga moslashishga qiynalmoqda. 37 foizida qulay moliyaviy instrumentlar, 33 foizida bozor, marketing va brend bo‘yicha ko‘nikmalar yetishmaydi. Shu bois, tashqi bozorga chiqishning barcha bosqichlarida kompleks xizmat ko‘rsatadigan “eksport navigator” tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Xorijda talab yuqori bo‘lgan 100 ta mahsulotning ro‘yxati shakllantiriladi. Har bir mahsulot bo‘yicha tashqi bozordagi raqobatchilar, tarif tizimi va logistika yechimlari ishlab chiqiladi. 2 mingta korxonaning ishlab chiqarish jarayoni tashqi bozor va xaridor segmentiga moslashtiriladi. Tadbirkorlarga xorijiy brendmeyker jalb qilish xarajatining yarmi – 500 ming dollargacha qoplab beriladi. Milliy brendni tashqi bozorda targ‘ib qilish va xalqaro talablarga moslashtirish uchun 50 ming dollargacha subsidiya ajratiladi. Marketpleyslarda omborga joylashtirish va sotish xarajatining yarmi, xalqaro tenderlar uchun konsalting xarajatining 80 foizi kompensatsiya qilinadi. Eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashning yagona tizimiga kamida 1 milliard dollar yo‘naltiriladi. Facebook|Instagram|X

Joriy yil ilk bor 13 ta strategik kompaniya aktiviga ega Milliy investitsiya jamg‘armasining 30 foiz ulushi Toshkent va Londo
Joriy yil ilk bor 13 ta strategik kompaniya aktiviga ega Milliy investitsiya jamg‘armasining 30 foiz ulushi Toshkent va London fond birjalariga chiqarildi. Mazkur tajriba xususiy sektor uchun ham tashqi kapital bozorlarga yo‘l ochdi. Endi mahalliy korxonalarni kapital bozoriga olib chiqish uchun nufuzli investitsiya banklari bilan akseleratsiya dasturi yo‘lga qo‘yiladi. Har yili daromadi 1 trillion so‘mdan yuqori bo‘lgan 50 ta korxona tanlab olinadi. Ularni IPOga tayyorlash, hisobotlarini xalqaro standartlarga moslashtirish xarajatining yarmi qoplanadi. Bu xususiy korxonalarga chetdan yiliga kamida 1 milliard dollar jalb qilish imkonini beradi. Prezidentimiz har yili 50 milliard dollarlik yuqori texnologik investitsiya loyihalari amalga oshirilayotganini qayd etib, ularda kadr tayyorlash komponenti bo‘lishi shartligini taʼkidladi.
Har bir loyihaning samarasi faqat texnologiyaga emas, uni ishlata oladigan malakali kadrlarga bog‘liq,
– dedi davlatimiz rahbari. Urganchda Germaniya va Xitoy tajribasi asosida o‘quvchilarni “yashil” energetika, qurilish, hamshiralik, agronomlik, elektrotexnika kabi 10 turdagi kasbga yo‘naltirish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tajriba respublikaning barcha hududlariga tatbiq etiladi. Texnikum tashkil qiladigan yoki davlat texnikumini olib xalqaro standart asosida kadr tayyorlaydigan tadbirkorlarning xarajatlari solig‘idan chegirib beriladi. Shu tizim orqali 1 million yoshni zamonaviy kasblarga o‘rgatib, yuqori daromadli ishlarga joylashtirish maqsad qilingan. Facebook|Instagram|X