©️SUDEX.UZ | RSEM | РЦСЭ
الذهاب إلى القناة على Telegram
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi ☎️ +99871-209-11-55 🌐 sudex.uz 📩 info@sudex.uz 📱 facebook.com/sudexuz 📹 youtube.com/@sudekspertiza 🌐 instagram.com/sudex_uz
إظهار المزيد1 086
المشتركون
+124 ساعات
+77 أيام
+2630 أيام
أرشيف المشاركات
Repost from Олий суд | Расмий канал
+6
ҲАМКОРЛИК ИСТИҚБОЛЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
Олий суд раисининг ўринбосари А. Шукуров бошчилигида суд тизими вакиллари Ҳадича Сулаймонова номидаги Республика суд-экспертиза марказида бўлди ва бу бежиз эмас. Чунки, одил судловни амалга оширишда судга оид экспертизанинг аҳамияти алоҳида. Яъниким, суд жараёнларида ҳақиқатни аниқлаш учун ваколатли органнинг холис хулосаларига ҳамиша зарурият бор.
Ташриф жараёнида Марказ томонидан илмий-техника ютуқлар ва илғор хорижий тажрибалар асосида амалга оширилаёттган ишлар ҳамда олиб борилаётган илмий-тадқиқотлар билан яқиндан танишилди. Ўзаро мулоқотда эса экспертиза жараёнида фуқароларнинг қонун билан қўриқланадиган ҳуқуқ ва манфаатлари ҳимоясини янада кучайтиришга алоҳида эътибор қаратилди.
Бундан ташқари ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари ва судларнинг махсус билимларга бўлган эҳтиёжларини тизимли ўрганиш юзасидан ҳамкорликни кучайтиш масалалари ҳам муҳокама қилинди.
Veb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
#seminar
❗️OAV biz haqimizda!
❤️🔥X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi tomonidan Bojxona qo‘mitasida “Sud ekspertizalarini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan tadqiqot obyektlarini yig‘ish, saqlash va taqdim etish usullari hamda sud ekspertizasining imkoniyatlari” mavzusida tashkil etilgan seminar (vebinar) tafsilotlari.
Batafsil ma'lumot⬇️
💬71-209-11-55
✉️ info@sudex.uz
✅Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹youtube | 🌐sudex.uz
+9
❗️Bojxona qo‘mitasida seminar bo‘lib o‘tdi!
❤️🔥Joriy yilning 17-iyul kuni X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi va hududlardagi Bojxona boshqarmalari xodimlari uchun “Sud ekspertizalarini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan tadqiqot obyektlarini yig‘ish, saqlash va taqdim etish usullari hamda sud ekspertizasining imkoniyatlari” mavzusida seminar (vebinar) tashkil etildi.
✅Tadbirda Markazning Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti, Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi, Sud-avtotexnika ekspertizasi, Sud-ballistika va izshunoslik ekspertizasi, Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalari hamda Tovarshunoslik ekspertizasi bo‘limi ekspertlari tomonidan Markaz faoliyati va sohada amalga oshirilgan islohotlar haqida ma’ruza qilinib, yaratilgan imkoniyatlar, joriy etilgan yangi ekspertiza turlari borasida batafsil ma’lumotlar berildi.
✅Seminar yakunida ekspertiza tayinlashda yuzaga keladigan savollar yuzasidan munozara bo‘lib o‘tdi hamda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olishdi.
Batafsil ma'lumot⬇️
💬71-209-11-55
✉️ info@sudex.uz
✅Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹youtube | 🌐sudex.uz
#Tayinlov
Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markaziga direktor o'rinbosari tayinlandi
Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Mavlonov Abdurauf Xasan o'g'li Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktorining Ekspertlik faoliyatini raqamlashtirish va innovatsiyalar bo'yicha o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Abdurauf Mavlonov 1993-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2017-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – axborotlashtirish va kutubxonashunoslik. 2-darajali yurist.
Mehnat faoliyatini 2017-yilda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi davlat muassasasi “Elektron hukumat” axborot tizimlarini rivojlantirish departamenti Axborot tizimlari komplekslarini rivojlantirish bo‘limida mutaxassis saifatida boshlagan.
➖ 2017–2018-yillarda “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi Axborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘limi muhandisi, yetakchi muhandisi, bosh mutaxassisi;
➖ 2018–2019-yillarda “O‘zstandart” agentligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish guruxi bosh mutaxassisi;
➖ 2019–2020-yillarda “O‘zstandart” agentligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari;
➖ 2020–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Davlat xizmatlarini raqamlashtirish boshqarmasi Innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘limi bosh maslahatchisi;
➖ 2021–2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Davlat xizmatlarini raqamlashtirish boshqarmasi Axborot tizimlarini joriy etish, integratsiya qilish va raqamlashtirish bo‘limi bosh maslahatchisi;
➖ 2022–2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini raqamlashtirish boshqarmasi Axborot tizimlarini joriy etish, integratsiya qilish va boshqarish bo‘limi bosh maslahatchisi;
➖ 2023–2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Raqamlashtirish boshqarmasi Axborot tizimlari va innovatsion texnologiyalarni joriy etish va boshqarish bo‘limi bosh maslahatchisi;
➖ 2024–2025-yillarda Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi davlat muassasasi AKTni strategik rivojlantirish va innovatsion faoliyat bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar (2025-yildan) Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi davlat muassasasi Adliya organlari faoliyatini raqamlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Adliya vazirligi hamda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi jamoasi Abdurauf Mavlonovni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
Batafsil ma'lumot⬇️
💬71-209-11-55
✉️ info@sudex.uz
✅Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹youtube | 🌐sudex.uz
+9
❗️ X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
⚡️ Joriy yilning 16-iyul kuni X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi ekspert xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
✔️ Intellektual bahsda 10 ta jamoa xalqaro standartlarga mos, mantiqiy va huquqiy mazmundagi 24 ta savol (2 tur, har bir turda 12 tadan savol) orqali o‘z bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazdi. Har bir savol uchun jamoalarga 1 daqiqa muhokama vaqti ajratilib, har bir to‘g‘ri javob 1 ball bilan baholandi.
Tadbir natijalariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rinni – “Avtotex” jamoasi;
🥈 2-o‘rinni – “Xatshunoslar” jamoasi;
🥉 3-o‘rinni – “Fayz” jamoasi qo‘lga kiritdi.
✔️ Bunday intellektual tadbirlar jamoada do‘stona muhitni mustahkamlash, hamjihatlikni rivojlantirish, xodimlarning mantiqiy fikrlashi, huquqiy bilimlari va intellektual salohiyatini yuksaltirish, shuningdek, ularning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladi.
✔️ G‘olib va sovrindor jamoalar diplom, esdalik sovg‘alar hamda pul mokofotlari bilan taqdirlandi.
Batafsil ma'lumot⬇️
💬71-209-11-55
✉️ info@sudex.uz
✅Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹youtube | 🌐sudex.uz
📣 Nodavlat sud eksperti boʻlish istagini bildirgan shaxslarni qayta tayyorlash kurslariga qabul e'lon qilinadi!
🗓 Qayta tayyorlash kurslari 6 oy (24 hafta) davom etadi
⏰ Hujjatlarni qabuli: 10-iyuldan 10-avgustgacha
📌 Qabul shakli: Onlayn yoki offlayn
📋 Talabgor quyidagi hujjatlarni topshiradi:
🔹 Institut direktori nomiga ariza (qaysi tilda ta’lim olmoqchiligi va imtihon topshirmoqchiligini ko‘rsatgan holda);
🔹 Tavsiyanoma (nodavlat sud ekspertiza tashkilotlari xodimlari uchun)
🔹 Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
🔹 3,5x4,5 hajmdagi ikki dona fotosurat;
🔹 Maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
🔹 Mehnat daftarchasining ish joyida tasdiqlangan nusxasi yoxud undan koʻchirma yoki ekspertlik faoliyati va turini tasdiqlovchi boshqa hujjat.
🗣 Qabul suhbat shaklida o'tkaziladi.
👥 Kurslar o‘n nafardan yigirma nafargacha tinglovchidan iborat akademik guruhlarda tashkil etiladi.
❗️Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi DIPLOM beriladi.
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 55 518 47 77
+998 91 191 47 84
➡️Telegramdan: @ShA0484
minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
#Ekspert #Sud_eksperti_adolat_kumakchisi
❗️ OAV biz haqimizda
⚡️ X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud-avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi faoliyati haqida reportaj.
Batafsil ma'lumot⬇️
💬71-209-11-55
✉️ info@sudex.uz
✅Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹youtube | 🌐sudex.uz
❗️ X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi tomonidan Aholi va jamoatchilik fikrini o'rganish bo'yicha so'rovnoma o'tkazilmoqda.
⚡️ Mazkur so'rovnoma anonim bo'lib, aholi va jamoatchilik fikrini o'rganish oqali davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini baholash maqsadida o'tkazilmoqda.So'rovnomada quyidagi havola orqali ishtirok etish mumkin: https://sudex.uz/?p=9323
#Seminar
❗️OAV biz haqimizda!
⚡️ X.Sulaymonova nomidagi Respublika Sud ekspertiza markazi tomonidan Namangan viloyatida sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun tashkil etilgan sud ekspertiza imkoniyatlari va istiqbollari mavzusidagi seminar tafsilotlari.
Batafsil ma'lumot⬇️
💬71-209-11-55
✉️ info@sudex.uz
✅Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹youtube | 🌐sudex.uz
+2
❗️ Sariosiyo tumani prokuraturasida seminar tashkil etildi.
⚡️ Joriy yilning 30-iyun kuni X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Surxondaryo viloyati bo‘limi eksperti A.Sarsenbayev tomonidan Sariosiyo tumani prokuraturasi xodimlari uchun "Sud-xatshunoslik va Hujjatlar texnik kriminalistik ekspertizalarini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan tadqiqot obyektlarini yig‘ish, saqlash va taqdim etish usullari" va "Hujjatlar elektron almashinuvining afzalliklari" mavzularida seminar tashkil etildi.
✔️ Shuningdek, ishtirokchilarga 2026-yil 11-iyun kuni qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Sud-ekspertlik faoliyat qonuni toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1152-son Qonuni mazmun-mohiyati, sud ekspertiza tizimda joriy etilayotgan yangiliklar va mavjud imkoniyatlar yaqindan tanishtirildi.
✔️ Seminar yakunida ishtirokchilarning mavzu bo‘yicha savollariga batafsil javoblar berildi.
Batafsil ma'lumot⬇️
💬71-209-11-55
✉️ info@sudex.uz
✅Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹youtube | 🌐sudex.uz
❗️ Andijon viloyati prokuraturasida seminar tashkil etildi.
⚡️ Joriy yilning 27-iyun kuni Andijon viloyat prokuraturasida “Sud ekspertizalarini o’tkazishga zarur bo’lgan tadqiqot obyektlarini yig’ish, saqlash va taqdim etish usullari" mavzusida seminar tashkil etildi. X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Farg’ona viloyati bo‘limi ekspertlari X.Nurmamtova M.Ermatova, B.Zaynabiddinov, A.Akbarov hamda Andijon viloyati bo‘limi ekspertlari D.Xojimatov va S.Qaxxorovalar ishtirokida sud ekspertiza faoliyatiga oid normativ huquqiy hujjatlar, shu jumladan 2026-yil 11-iyun kuni qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Sud-ekspertlik faoliyat qonuni toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1152-son Qonuni mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qilib, tadbir ishtirokchilariga “E-ekspertiza” elektron axborot tizimidan foydalanishning afzalliklari hamda imkoniyatlari haqida tushuntirishlar berdi.
✔️ Shuningdek, ishtirokchilarga sud ekspertiza tizimda joriy etilayotgan yangiliklar va mavjud imkoniyatlar, sud ekspertizasini zamon talablari asosida o'tkazish imkonini beruvchi yangi turdagi jihozlar yaqindan tanishtirildi.
✔️ Seminar yakunida ishtirokchilarning mavzu bo‘yicha savollariga batafsil javoblar berildi.
Batafsil ma'lumot⬇️
💬71-209-11-55
✉️ info@sudex.uz
✅Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹youtube | 🌐sudex.uz
❗️ OAV biz haqimizda
⚡️ O‘zbekiston Respublikasining “Sud-ekspertlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati hamda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi faoliyatiga oid videolavha.
Ma'lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining “Sud-ekspertlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-1152-son Qonuni 2026-yil 11-iyun kuni qabul qilingan.Batafsil ma'lumot⬇️ 💬71-209-11-55 ✉️ info@sudex.uz ✅Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹youtube | 🌐sudex.uz
#Sayyor_qabul
❗️OAV biz haqimizda!
⚡️ X.Sulaymonova nomidagi Respublika Sud ekspertiza markazining Namamngan viloyati bolimi faoliyati hamda Markaz direktori o'rinbosari Uzakov Uchkun Xamidovich tomonidan Namangan viloyatida jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida tashkil etilgan sayyor qabul tafsilotlari.
Batafsil ma'lumot⬇️
💬71-209-11-55
✉️ info@sudex.uz
✅Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹youtube | 🌐sudex.uz
+9
❗️ X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi tomonidan Namangan viloyati sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari uchun seminar tashkil etildi.
⚡️ Joriy yilning 30-iyun kuni Namangan viloyatida Markaz direktori o‘rinbosari Uchkun Uzakov tomonidan sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun sud ekspertiza imkoniyatlari va istiqbollari to‘g‘risida seminar o‘tkazildi.
✔️ Tadbirda viloyat Sudi, viloyat Prokuraturasi, Ichki ishlar boshqarmasi, Bojxona boshqarmasi xodimlari hamda advokatlar ishtirok etishdi.
✔️ TDYU huzuridagi Namangan viloyati Akademik litseyi binosida bo‘lib o‘tgan tadbirda Markaz direktori o‘rinbosari U.Uzakov mamlakatimizda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sud ekspertiza yo‘nalishi bo‘yicha yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, shu jumladan, 2026-yil 11-iyun kuni qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Sud-ekspertlik faoliyat qonuni toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1152-son Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan ma’ruza qildi.
✔️ Seminar yakunida ishtirokchilarning mavzu bo‘yicha savollariga batafsil javoblar berildi.
Batafsil ma'lumot⬇️
💬71-209-11-55
✉️ info@sudex.uz
✅Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹youtube | 🌐sudex.uz
+6
❗️ Namangan viloyatida sayyor qabul tashkil etildi.
⚡️X.Sulaymonova nomidagi Respublika Sud ekspertiza markazi direktori o'rinbosari Uzakov Uchkun Xamidovich tomonidan joriy yilning 30-iyun kuni Namangan viloyatida jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
✔️Sayyor qabul davomida sud-ekspertiza sohasi bilan bog‘liq masalalarda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan murojaatlar kelib tushdi.
✔️Qabul jarayonida kelib tushgan murojaatlar bo'yicha joyida tushuntirishlar berildi, ayrim murojaatlar o'rganib chiqish uchun alohida nazoratga olindi.
✔️ Shuningdek, sayyor qabul davomida U.Uzakov tomonidan mamlakatimizda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yuridik va jismoniy shaxslarga sud ekspertiza yo‘nalishi bo‘yicha yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar hamda 2026-yil 11-iyun kuni qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Sud-ekspertlik faoliyat qonuni toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyat borasida tushuntirishlar berildi.
Batafsil ma'lumot⬇️
💬71-209-11-55
✉️ info@sudex.uz
✅Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹youtube | 🌐sudex.uz
+9
❗️ X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
⚡️ Joriy yilning 29-iyun kuni X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi 270-son qarori ijrosi yuzasidan sud-ekspertlik faoliyatidagi qayta ko‘rib chiqilishi va jahon standartlariga moslatirilishi lozim bo‘lgan uslubiyotlar muhokamasiga bag‘ishlangan Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
✔️ Yig‘ilishda “Sud-yong‘in texnikaviy ekspertizasi obyektlari – mis va aluminiy elektr simlarida qisqa tutashuv alomatlarini va ularning yong‘indan oldin yoki yong‘in vaqtida sodir bo‘lganligini “Empyrean” rusumli (PANalytical Netherlands) Rentgen uskunasi yordamida aniqlash”, “Sud-moliya-kredit ekspertizasi”, “Комплексное криминалистическое исследование некоторых синтетических наркотических средств современными инструментальными методами”, “Криминалистическая экспертиза замков” nomli yangi tahrirdagi uslubiy tavsiyalar hamda “NGS texnologiyasi asosida perenatal tadqiqot yo‘li bilan biologik otalikni aniqlash” nomli texnik jarayon xujjati (QTP) ning muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
✔️Shuningdek, Ilmiy kengash yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri A. Tashkulov tomonidan 2025-yil 11-dekabrda tasdiqlangan “2026-yil davomida Sud-ekspertlik sohasidagi qayta ko‘rib chiqilishi va amaliyot bilan uyg‘unlashtirilish lozim bo‘lgan uslubiyotlarning ro‘yxati”ga kiritilgan, Davlat sud ekspertiza muassasalarining sud ekspertlik faoliyatida foydalanib kelinayotgan uslubiyotlarning yil davomida (har chorakda) qayta ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan metodik tavsiyalar hamda uslubiy qo‘llanmalar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Xususan, ushbu maqsadda tashkil etilgan ishchi guruh faoliyatining borishi, bajarilgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Batafsil ma'lumot⬇️
💬71-209-11-55
✉️ info@sudex.uz
✅Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹youtube | 🌐sudex.uz
❗️ OAV biz haqimizda
⚡️ X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari uchun tashkil etilgan seminar tafsilotlari.
Batafsil ma'lumot⬇️
💬71-209-11-55
✉️ info@sudex.uz
✅Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹youtube | 🌐sudex.uz
❗️ OAV biz haqimizda
⚡️ X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi tomonidan Xorazm viloyati sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari uchun tashkil etilgan seminar tafsilotlari.
Batafsil ma'lumot⬇️
💬71-209-11-55
✉️ info@sudex.uz
✅Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹youtube | 🌐sudex.uz
+8
❗️ Markaz delegatsiyasi XIV Peterburg xalqaro yuridik forumi va MDH ishtirokchi-davlatlarining sud-ekspertlik faoliyati sohasida muvofiqlashtiruvchi Kengashi yigʻilishida ishtirok etdi: Xalqaro hamkorlikning yangi ufqlar.
☄️ X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtgan nufuzli XIV Peterburg xalqaro yuridik forumida faol ishtirok etdi.
✔️ Tadbirlar doirasida U.Uzakov Forumning plenar yigʻilishida hamda “Deepfake: sud ekspertizasi uchun yangi chaqiriq” mavzusidagi sessiyada qatnashdi. Unda xorijiy spikerlarning zamonaviy sud ekspertizasi imkoniyatlari boʻyicha maʼruzalari tinglanib, Oʻzbekiston sud ekspertizasi sohasida amalga oshirilgan tizimli ishlar xususida forum ishtirokchilariga batafsil maʼlumot berildi.
🤝Markaz direktori oʻrinbosari U.Uzakov forum doirasida tigʻiz ish grafigi asosida bir qator strategik uchrashuvlar va muzokaralar oʻtkazdi.
✔️ U.Uzakov Forum koʻrgazmalar maydonida Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi huzuridagi Professor A.R. Shlyaxov nomidagi Rossiya Federal sud-ekspertiza markazi RFSEM stendiga tashrif buyurdi. RFSEM direktori Yu.A. Mamontov bilan oʻtkazilgan uchrashuvda ikki muassasa oʻrtasidagi amaliy hamkorlik aloqalarini kengaytirish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha muzokaralar olib borildi. ✔️ Shu bilan birga, Vyetnam Respublikasi stendining ochilish marosimida ishtirok etilib, osiyolik hamkorlar bilan sohaviy tajriba almashildi. ✔️ Safar davomida Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirining oʻrinbosari Zabarchuk Yevgeniy Leonidovich bilan rasmiy uchrashuv oʻtkazildi. Muloqotda ikki davlat oʻrtasida sud ekspertizasi masalalari boʻyicha maʼlumot almashildi va kelgusidagi hamkorlik yoʻnalishlarini yanada kengaytirish boʻyicha muhim kelishuvlarga erishildi.☄️ Forum maydonlarida MDHga aʼzo davlatlarning sohadagi vakolatli organlari vakillari (Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston) ishtirokida MDH ishtirokchi-davlatlarining sud-ekspertlik faoliyati sohasida muvofiqlashtiruvchi kengashining III yigʻilishi hamda Ishchi guruhining majlisi boʻlib oʻtdi.
🟢 Kengash yigʻilishida quyidagi dolzarb masalalar muhokama etildi. 🟢 MDH mamlakatlarida sud ekspertizasi sohasida xalqaro hamkorlik va integratsiyani rivojlantirish mexanizmi sifatida standartlashtirish; 🟢 Muvofiqlashtiruvchi kengash ishchi guruhi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari; 🟢 Sud ekspertizasi sohasida MDH davlatlari Muvofiqlashtiruvchi kengashining yillik konferensiyasini taʼsis etish va boshqa masalalar.✏️ Markaz delegatsiyasi Kengash ishida faol qatnashib, sohani rivojlantirishga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilinishida ishtirok etdi. ✨ X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi delegatsiyasining XIV Peterburg xalqaro yuridik forumi va MDH Muvofiqlashtiruvchi kengashi yigʻilishidagi ishtiroki sermahsul va oʻta samarali yakunlandi. Batafsil ma'lumot⬇️ 💬71-209-11-55 ✉️ info@sudex.uz ✅Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹youtube | 🌐sudex.uz
❗️ E ' L O N
⚡️ Jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini joyida o‘rganish hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktori o'rinbosari Uzakov Uchkun Xamidovich tomonidan Namangan viloyatida jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillarini sayyor qabul qilish kuni belgilangan.
✔️ Sayyor qabul TDYU huzuridagi Namangan viloyat akademik litseyi binosida 2026-yil 30-iyun kuni soat 11:00 da boshlanadi.
📍Manzil: Namangan viloyati, Namangan shahri, A.Temur ko‘chasi, 32-uy.
Batafsil ma'lumot⬇️
💬71-209-11-55 (180,154,190)
✉️ info@sudex.uz
✅Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹youtube | 🌐sudex.uz
