263
订阅者
-124 小时
-37 天
-630 天
帖子存档
263
Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab
https://t.me/KTIxM
263
Repost from Kundalik.com I Buxoro viloyati
🔰Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufida yangi tashkil etilgan Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 1-20-iyunga qadar hujjatlarni qabul qilinadi.
🔻O'quvchilar kirish imtihonlarini quyidagi yo'nalishlar bo'yicha topshiradilar:
🔹Aniq fanlar yoʻnalishi 5-6-sinf uchun:
▫️Matematika
▫️Ingliz tili
🔹Aniq fanlar yoʻnalishi 7-11-sinflar uchun:
▫️Matematika
▫️Fizika
▫️Ingliz tili
🔸Tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinflar uchun:
▫️Biologiya
▫️Ingliz tili
🔸Tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 8-11-sinflar uchun:
▫️Biologiya
▫️Kimyo
▫️Ingliz tili
❗️Farzandingiz kelajagiga befarq bo'lmang. Zamonaviy ta'lim muassasida va mahoratli pedagoglar qo'lida ta'lim olish imkoniyatidan foydalanib qoling.
📕Hujjatlar ariza.piima.uz saytida onlayn qabul qilinmoqda.
📲 +998934743425
263
Repost from ▶️ KUN YANGILIGI | Rasmiy
⚡️Umumta'lim maktablarida 2023 yildan yakuniy davlat imtihonlarini davlat test markazi oladi.
Yakuniy davlat imtihonlaridan o'ta olmagan o'quvchilar attestat ham ololmay qolishi mumkin.
Kun Yangiligi l Instagram l Kinolar l Music
263
Repost from Bilimni baholash agentligi
#SavollargaJavoblar #qabul2022
❔ Savol: 2021-yildagi o‘tish ballarini qayerdan bilish mumkin?
✅ Javob: 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari bo‘yicha o‘tish ballari bilan Davlat test markazining mandat.dtm.uz sayti orqali tanishish mumkin.
👉 Oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha o‘tish ballari: https://mandat.dtm.uz/BallVuz/Index
👉 Imtiyozlar doirasida o‘tish ballari: https://mandat.dtm.uz/Imtiyoz/Index
Shuningdek, mazkur saytda hududlar kesimida talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari, davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilganlar soni, o‘rtacha ballar, quyi chegara ballar kabi ko‘plab ma’lumotlar keltirilgan.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
263
Repost from Qitmir chol Official
#Улар_битиришмоқда
Эҳтиёт бўлиб қўяверасизлар😅
@QitmirChol • юмор, танқид, кулгу ва тезкор янгиликлар фақат бизда!
263
Repost from Shov - Shuv UZ
#Диққат
❗️Олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқуловнинг маълум қилишича, бу йил магистратурага ҳужжат топшириш учун чет тили сертификати мажбурийлигича қолади. Мутахассислик фанидан имтиҳон бўлмайди, фақат дипломнинг ўртача бали ҳисобга олинади. Квота тўлмаса, қишда яна бир марта қабул бўлади
(Pressuzb)
Канал👉 @Shov_ShuvUz
263
Repost from Shov - Shuv UZ
#Тезкор #Диққат
⚡️«Энди ўқишни кўчиришга фақат 2 тоифадаги талабаларга рухсат берилади: турмуш қурса ва давлат хизматчисининг иши бошқа жойга ўтсагина ўқишини кўчира олади» — Абдуқодир Тошқулов.
Абдуқодир Тошқуловнинг қайд этишича, ўқишни кўчиришда вазир хати талаб этилади. Бошқа тоифалардаги талабаларга ҳеч қайси ҳолатда ўқишини кўчиришга рухсат берилмайди.
Канал👉 @Shov_ShuvUz
263
263
Repost from Buxoroliklar | Расмий канал
Юқоридаги суратда Нигер давлати фуқароларининг бир кунлик суви. Миқдор ҳам кам, сув ҳам тоза эмас.
Иккинчи суратда Нью-Йорклик оила бир кунлик ичадиган ва ишлатадиган сув. Сув тиниқ ва истеъмол кўп. Агар вақтида хулоса қилинмаса иккинчиларнинг ҳолати биринчиларга яқин бўлиб қолиши хеч гап эмас.
Бу пост шукр қилишимиз ва сувни қадрига етишимиз учун ёзилди.
Обуна бўлинг 👉
@Buxoroliklar_uz
263
Repost from Kundalik.com I Buxoro viloyati
Чет тили ўқитувчиларининг имтиҳон харажатларини қайтариш бўйича АРИЗА намунаси
Камида C1 даражали халқаро сертификатга эга бўлган бўлсангиз ариза билан Туман (шаҳар) ХТБ Мудирига мурожаат қилишингиз мумкин.
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Хорижий тилларни ўрганишни оммалаштириш агентлиги ва Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекциясининг 2021 йил 31 августдаги 1-мҳ ва 23-мҳ-сон қарорига 1-ИЛОВА
❗️1-иловада кўрсатилган сертификатларнинг барчаси имтиҳон харажатларини қоплаб берилади
https://t.me/kundalikbuxoro
263
#Mutaxassis_javob_beradi
❓Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilar nechanchi sinflarga qabul qilinadi va kirish imtihonlari qaysi fanlardan bo‘lib o‘tadi?
📞Call-markaz raqami: 1206
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
263
Repost from Raqamli pedagogik xizmatlar
#hikmatlar
Muallimni eng quyi tabaqadan Singapurdagi eng yuqori martabaga ko‘tardim. Men Singapurda mo‘jiza yaratmadim. Davlatdagi “mo‘jiza”larni qilgan insonlar – muallimlardir. Ular ilm, axloq, mehnat va haqiqatni sevadigan kamtar avlodni yetishtirib chiqardilar. Buning uchun ulardan minnatdormiz.
©️LI KUAN YU
Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring👇🏻
telegram | facebook | youtube
263
#Эълон
#Qabul_2022
❗️DIQQAT E'LON!
📣📣PRЕZIDЕNT VA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR 2022-2023-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!
✅Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga 2022/2023-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-IYUNdan-20-IYUNga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
✅Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• ma’lumotnoma shakli (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).
⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarga qanday hujjatlar talab etiladi?
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).
❗️Shuningdek, agar ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirayotgan talabgor xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadasida g‘olib (viloyat bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rin) bo‘lgan bo'lsa, bu haqida tasdiqlovchi hujjat nusxasini yuklashi lozim.
✅Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2022-2023-o'quv yilida Toshkent, Nukus, Xiva, Namangan, Guliston, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona, Qarshi, Navoiy, Nurafshon va Termiz shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul bo'lib o'tadi.
⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2022-2023-o'quv yilida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o'tkazilgan 168 ta ixtisoslashtilgan maktablarning:
▶️ aniq fanlar yo'nalishiga 5-11-sinflarga
▶️ tabiiy fanlar yo'nalishiga 7-11-sinflarga qabul bo'lib o'tadi.
👉Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring:
Veb-sayt: piima.uz
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Instagram: piima.uz
263
Repost from BUXORO MAKTABI | O'quv markazi
⚡️ Maktablarni bitiruvchi o'g'il-qizlarimizga
Qadrli maktab bitiruvchilari!
Sizlarni maktab ta'limini muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga – umringizning yanada go'zal va mas'uliyatli bosqichiga qadam qo'yayotganingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
O’zbekistondagi har bir maktabni bitirayotgan o’quvchi yosh o’qib chiqishi tavsiya etiladi.
Batafsil 👉 https://bit.ly/3thERGf
@buxoro_maktabii
263
Repost from Xushnudbek.uz
⚡️РАСМАН: иш ҳақлари 12 фоизга оширилди
Президентнинг тегишли фармонига биноан, 2022 йил 1 июндан бошлаб бюджет ташкилотлари ходимларининг иш ҳақи 12 фоизга оширилади. Бу ҳақда ЎзА (@uzauz) хабар бермоқда.
2022 йил 1 июндан бошлаб:
➖ меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори - 920 минг сўм миқдорида (ҳозир 822 минг сўм);
➖ базавий ҳисоблаш миқдори - 300 минг сўм миқдорида (ҳозир 270 минг сўм) белгиланди.
👉 @xushnudbek 👈
263
Repost from Bilimni baholash agentligi
#SavollargaJavoblar #qabul2022
❔ Savol: 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha qabul parametrlari kamaydimi?
✅ Javob: Qayd etish lozimki, qabul parametrlarini ishlab chiqish va tasdiqlashda Davlat test markazi ishtirok etmaydi. Bu masala Davlat test markazi vakolatiga kirmasada, ko‘pchilikda tushunmovchilik bo‘layotgani sababli quyidagilarni ma’lum qilmoqchimiz:
Ma’lumki, 2022-yil 17-may kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida qaror loyihasi e’lon qilindi.
Mazkur qaror loyihasiga e’tibor qaratilsa, uning 2-bandida 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari oliy ta’lim muassasalari Kuzatuv kengashlari tomonidan mustaqil belgilanishi qayd etilgan.
Shuningdek, qaror loyihasining ilovalaridan ko‘rish mumkinki, moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida faqatgina davlat granti asosidagi qabul parametrlari ko‘rsatilgan. To‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlari esa ko‘rsatilmagan.
Qaror loyihasida mazkur oliy ta’lim muassasalari uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining keltirilmagani qabul parametrlari kamaytirilibdi degan yanglish fikrga olib kelmasligi lozim.
Albatta, qabul parametrlari qanchalik o‘zgarganini barcha oliy ta’lim muassasalari uchun qabul parametrlari tasdiqlanganidan so‘ng bilish mumkin.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
263
Repost from Bilimni baholash agentligi
⚡️ Abituriyentlarga ta’lim yo‘nalishlarini turli ta’lim shakllari doirasida tanlash imkoniyati yaratilishi mumkin
🔰 “2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” qaror loyihasida abituriyentlarga bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash imkoniyati yaratish ko‘zda tutilmoqda.
✅ Qaror loyihasida belgilanishicha, 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab:
👉 moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari oliy ta’lim muassasalari Kuzatuv kengashlari tomonidan mustaqil belgilanadi;
👉 davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichida tahsil oluvchi xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt pullari to‘liq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;
👉 abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 15-iyunidan 15-iyuliga qadar (15-iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi;
👉 bunda, chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish 15-iyunidan 5-iyuliga qadar (5-iyul kuni ham) amalga oshiriladi;
👉 test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash imkoniyati yaratiladi.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
263
Repost from Vachaaach | Rasmiy Kanal
#Тезкор
⚡️2022-2023-ўқув йили учун ОТМга қабул квоталари сони эълон қилинди.
Қайд этилишича, 2022-2023-ўқув йили учун давлат буюртмаси параметрлари:
❕ бакалаврлар тайёрлаш бўйича:
— кундузги таълим шаклига —76 728 нафар;
— сиртқи таълим шаклига — 27 365 нафар;
— кечки таълим шаклига — 2 575 нафар;
— масофавий таълим шаклига — 3 610 нафар;
❕ магистрлар тайёрлаш бўйича — 11 082 нафар.
Обуна Бўлинг 👉🏻 @VACHACH
https://telegram.me/joinchat/AAAAAD6mIb_kRa0xbprMuw
Хаммага Тарқатила ❗️❗️
263
Repost from Kun u Tun | Tezkor xabarlar
❗️Абитуриентлар эндиликда барча таълим шаклларига ҳужжат топширишлари мумкин бўлиши кутилмоқда.
Бу бўйича президент қарори лойиҳаси муҳокамага қўйилди.
Жорий йилдан тест синови топшириладиган фанлар мажмуаси ва фанлар кетма-кетлиги бир хил бўлган бештагача бакалавриат таълим йўналишларини ҳамда бир вақтнинг ўзида барча таълим шаклларини танлаш имконияти яратилади.
ИЗОҲ: Бу дегани 5 та таълим йўналишини ҳам кундузги, ҳам сиртқи ва кечки таълим шакллари учун ҳам ҳужжат топшириш мумкин бўлиши кутилмоқда.
Канал👉 @KunuTun_UZB
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
