1 120
订阅者
无数据24 小时
-127 天
-9030 天
数据加载中...
吸引订阅者
九月 '269月 '26
九月 '26
+39
在0个频道中
八月 '26
+542
在18个频道中
Get PRO
七月 '26
+121
在0个频道中
Get PRO
六月 '26
+25
在2个频道中
Get PRO
五月 '26
+18
在1个频道中
Get PRO
四月 '26
+49
在0个频道中
Get PRO
三月 '26
+19
在0个频道中
Get PRO
二月 '26
+28
在0个频道中
Get PRO
一月 '26
+25
在0个频道中
Get PRO
十二月 '25
+258
在1个频道中
Get PRO
十一月 '25
+17
在0个频道中
Get PRO
十月 '25
+48
在2个频道中
Get PRO
九月 '25
+49
在0个频道中
Get PRO
八月 '25
+451
在18个频道中
Get PRO
七月 '25
+46
在0个频道中
Get PRO
六月 '25
+23
在18个频道中
Get PRO
五月 '25
+28
在0个频道中
Get PRO
四月 '25
+49
在1个频道中
Get PRO
三月 '25
+134
在0个频道中
Get PRO
二月 '25
+23
在1个频道中
Get PRO
一月 '25
+39
在0个频道中
Get PRO
十二月 '24
+43
在2个频道中
Get PRO
十一月 '24
+115
在6个频道中
Get PRO
十月 '24
+16
在0个频道中
Get PRO
九月 '24
+15
在0个频道中
Get PRO
八月 '24
+81
在0个频道中
Get PRO
七月 '24
+14
在0个频道中
Get PRO
六月 '24
+49
在1个频道中
Get PRO
五月 '24
+13
在0个频道中
Get PRO
四月 '24
+6
在0个频道中
Get PRO
三月 '24
+93
在2个频道中
Get PRO
二月 '24
+13
在0个频道中
Get PRO
一月 '24
+15
在1个频道中
Get PRO
十二月 '23
+27
在5个频道中
Get PRO
十一月 '23
+10
在0个频道中
Get PRO
十月 '23
+97
在2个频道中
Get PRO
九月 '23
+7
在0个频道中
Get PRO
八月 '23
+13
在0个频道中
Get PRO
七月 '23
+60
在0个频道中
Get PRO
六月 '23
+11
在0个频道中
Get PRO
五月 '23
+44
在0个频道中
Get PRO
四月 '23
+202
在0个频道中
Get PRO
三月 '23
+13
在0个频道中
Get PRO
二月 '23
+99
在0个频道中
Get PRO
一月 '23
+13
在0个频道中
Get PRO
十二月 '22
+36
在0个频道中
Get PRO
十一月 '22
+29
在0个频道中
Get PRO
十月 '22
+14
在0个频道中
Get PRO
九月 '22
+30
在0个频道中
Get PRO
八月 '22
+106
在0个频道中
Get PRO
七月 '22
+57
在0个频道中
Get PRO
六月 '22
+53
在0个频道中
Get PRO
五月 '22
+27
在0个频道中
Get PRO
四月 '22
+107
在0个频道中
Get PRO
三月 '22
+42
在0个频道中
Get PRO
二月 '22
+314
在0个频道中
Get PRO
一月 '22
+66
在0个频道中
Get PRO
十二月 '21
+26
在0个频道中
Get PRO
十一月 '21
+32
在0个频道中
Get PRO
十月 '21
+9
在0个频道中
Get PRO
九月 '21
+63
在0个频道中
Get PRO
八月 '21
+111
在0个频道中
Get PRO
七月 '21
+220
在0个频道中
Get PRO
六月 '21
+38
在0个频道中
Get PRO
五月 '21
+30
在0个频道中
Get PRO
四月 '21
+70
在0个频道中
Get PRO
三月 '21
+44
在0个频道中
Get PRO
二月 '21
+56
在0个频道中
Get PRO
一月 '21
+128
在0个频道中
Get PRO
十二月 '20
+414
在0个频道中
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 30 九月 | 0 | |||
| 29 九月 | +2 | |||
| 28 九月 | +1 | |||
| 27 九月 | +1 | |||
| 26 九月 | +2 | |||
| 25 九月 | +1 | |||
| 24 九月 | +1 | |||
| 23 九月 | 0 | |||
| 22 九月 | +4 | |||
| 21 九月 | +2 | |||
| 20 九月 | +5 | |||
| 19 九月 | +1 | |||
| 18 九月 | +4 | |||
| 17 九月 | +1 | |||
| 16 九月 | +1 | |||
| 15 九月 | +1 | |||
| 14 九月 | 0 | |||
| 13 九月 | 0 | |||
| 12 九月 | 0 | |||
| 11 九月 | +2 | |||
| 10 九月 | 0 | |||
| 09 九月 | 0 | |||
| 08 九月 | +3 | |||
| 07 九月 | 0 | |||
| 06 九月 | 0 | |||
| 05 九月 | +1 | |||
| 04 九月 | +2 | |||
| 03 九月 | +3 | |||
| 02 九月 | 0 | |||
| 01 九月 | +1 |
频道帖子
Repost from Edu.uz
#qabul2026 #imkoniyat #Qoraqalpoq_yoshlari
Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi
Davlat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yili uchun qoraqalpog‘istonlik yoshlar oliy taʼlimga kirishda quyidagi 2 ta qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘ldi.
1️⃣ 1-imkoniyat:
2026-yil 2–6-oktyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashovchi va kirish imtihonlarida 68 ball va undan yuqori natija ko‘rsatib, davlat oligohlarining kunduzgi taʼlim shakliga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar 500 ta maqsadli qabul parametrlari uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Roʻyxatdan oʻtish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Bunda abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etadi.
Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijasiga koʻra toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlariga tavsiya etiladi.
2️⃣ 2-imkoniyat:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining murojaatiga muvofiq Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimida toʻlov-kontrakt asosida viloyatlardagi davlat oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha 6 500 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.
Bunda bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlari davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtgan Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan, oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantiriladi.
Tanlov qaydnomalari tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun yetkaziladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
| 2 | #bayram_tadbiri
Ustozga ehtirom ko‘rsatish yuksak qadriyat va kelajakka hurmat ifodasi hisoblanadi
1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Bilim va malakalarni baholash agentligida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
So‘zga chiqqan Agentlik direktori M.Karimov bugungi kunda Bilim va malakalarni baholash agentligi zimmasidagi muhim vazifalarni amalga oshirishda ustoz va mutaxassislarning tajribasi, bilim va mas’uliyati alohida ahamiyat kasb etayotgani, zero, bilim va malakani xolis, adolatli va shaffof baholash, barcha talabgorlar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash, baholash jarayonlarida zamonaviy yondashuv va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, tadbir yakunida ta’lim va ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shib, o‘zining fidoyiligi, mas’uliyati va samarali mehnati bilan jamoaga o‘rnak bo‘lib kelayotgan xodimlar alohida tilga olindi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan yuqori va samarali faoliyati e’tirof etilgan xodimlarga "Oliy ta’lim a’lochisi" ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Ushbu e’tirof, avvalo, ta’lim sifatini oshirish, inson kapitalini rivojlantirish va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilayotgan fidoyi insonlar mehnatiga bildirilgan yuksak hurmat ifodasidir.
O‘z navbatida taqdirlanganlar tomonidan ham bugungi e’tirof – nafaqat alohida xodimlarning mehnatiga berilgan baho, balki ta’lim va baholash tizimida halollik, xolislik, shaffoflik va adolat tamoyillarini qaror toptirish yo‘lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarning ham munosib e’tirofi ekani, Agentlik jamoasiga yangi kuch, yangi maqsad va yanada katta marralar sari intilish uchun ilhom berishi qayd etib o‘tildi.
Aziz ustoz va murabbiylar! Ustoz – bilim beruvchi, murabbiy – yo‘l ko‘rsatuvchi, baholovchi esa adolat mezonini qaror toptiruvchi mas’uliyatli kasb egasidir.
Sizlarni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy tabriklaymiz! Mashaqqatli va sharafli mehnatingiz, ilm-ma’rifat yo‘lidagi fidoyiligingiz hamda yosh avlod kelajagiga qo‘shayotgan beqiyos hissangiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz!
Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz ustoz va murabbiylar!
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 160 |
| 3 | 💝 “Mashina ham kerak, lekin kelajak kelinlar uchun uy kerak” – Prezidentdan samimiy hazil
Prezident Shavkat Mirziyoyev qarori bilan shaxmat bo‘yicha olimpiada chempionlariga uy-joy, mashina va pul mukofoti berildi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official | 154 |
| 4 | ⚡Saida Mirziyoyeva bilan yonma-yon. Missiya. # 13
"Bugun shunaqa qarorlar qabul qilishimiz kerakki, ular yangi imkoniyatlarni yaratib, keyingi avlodlar uchun tinch, barqaror va yanada adolatli kelajakni shakllantirsin!" – Saida Mirziyoyeva.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official | 174 |
| 5 | 〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Barcha hududlarda umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda
📖 Bugun, 29-sentyabrdan respublikamizning barcha hududlarida umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari doirasida fizika fanidan test sinovlari boshlandi.
🧑💻 Mazkur imtihonlarning e’tiborli jihati – talabgorlar fizika fanidan milliy sertifikat imtihonini ilk bor kompyuterda topshirmoqdalar.
📱 Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etilayotgan mazkur jarayon imtihonlarni yanada qulay, shaffof va samarali o‘tkazishni ta’minlaydi.
📍 Imtihonlar respublikaning barcha hududlarida belgilangan tartibda davom etmoqda.
Barcha talabgorlarga imtihonlarda muvaffaqiyat tilaymiz!
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 145 |
| 6 | O‘tgan hafta voqeliklari dayjesti
▶️ Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi
▶️ Milliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlar bo‘yicha ovozli chat o‘tkazildi
▶️ Davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihon bo‘lib o‘tdi
▶️ Xo‘jalik sohalari mutaxassislari uchun sertifikatlash imtihoni bo‘lib o‘tdi
▶️ Qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlari tashkil etildi
▶️ Diplomlarni nostrifikatsiya qilish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi
▶️ Nogironligi bor talabgorlar uchun chet tilidan imtihon natijalari e'lon qilindi
▶️ Davlat organlari va tashkilotlari ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini sertifikatlash bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi
▶️ Yosh avlod – O‘zbekistonning eng katta kapitali
▶️ Musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari sertifikat imtihonlarini topshirdilar
✅Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 169 |
| 7 | Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish hamda oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish yuzasidan taqdimotlar bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентациями по вопросам внедрения учебников нового поколения в школах и организации дуального обучения в сотрудничестве вузов и предприятий.
#Mirziyoyev #taqdimot #maktabtalimi #dualtalim
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 178 |
| 8 | Bilim hám mamanlıqları bahalaw agentligi Qaraqalpaqstan Respublikası bóliminde ximiya hám biologiya pánlerinen milliy sertifikat imtixanları bolıp ótti. | 217 |
| 9 | Bilim hám mamanlıqları bahalaw agentligi Qaraqalpaqstan Respublikası bóliminde ximiya hám biologiya pánlerinen milliy sertifikat imtixanları bolıp ótti. | 1 |
| 10 | Bilim hám mamanlıqları bahalaw agentligi Qaraqalpaqstan Respublikası bóliminde «Jasıl mákan» sheńberinde ámelge asırılǵan jumısları | 234 |
| 11 | Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Davlatimiz rahbari transport-logistika loyihalarini o‘zaro uyg‘unlikda amalga oshirishni topshirdi. “Yashil makon” umummilliy loyihasida ilmiy yondashuvga e’tibor yanada kuchayadi. Prezidentimiz Andijon viloyatiga tashrifi davomida qiymati 9,4 milliard dollarlik loyihalar faoliyatiga va qurilishiga start berdi.
—
Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Mámleketimiz basshısı transport-logistika joybarların ózara úylesimli túrde ámelge asırıwdı tapsırdı. “Jasıl mákan” ulıwmamilliy joybarında ilimiy jantasıwǵa itibar jáne de kúsheyedi. Prezidentimiz Ándijan wálayatına saparı dawamında qunı 9,4 milliard dollarlıq joybarlardıń iskerligine hám qurılısına start berdi.
—
Обзор важнейших событий за неделю: Глава нашего государства поручил обеспечить взаимосвязанную реализацию проектов в транспортно-логистической сфере. В общенациональном проекте «Яшил макон» усилится внимание к научному подходу. В ходе поездки в Андижанскую область Президент Шавкат Мирзиёев дал старт работе и строительству проектов на 9,4 миллиарда долларов.
—
Weekly review of the most important events: The Head of state instructed to ensure the coordinated implementation of projects in the transport and logistics sector. The nationwide project “Yashil Makon” will place greater emphasis on a scientific approach. During his visit to Andijan region, President Shavkat Mirziyoyev launched the implementation and construction of projects worth $9.4 billion.
Facebook|Instagram|X | 167 |
| 12 | Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik
—
Поздравление членам сборной команды Узбекистана по шахматам
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 161 |
| 13 | ⚡️ Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining minbaridagi Saida Mirziyoyevaning nutqi xalqaro hamjamiyat va nufuzli anjuman ishtirokchilarining diqqat markazida bo'ldi.
"Biz hammamiz, inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyoda yashashni istaymiz. Biz farzandlarimizga hozirgidan ko‘ra yaxshiroq dunyo qoldirishni istaymiz. Inson qadri yuksak bo‘lgan dunyo. Ammo kelajak bizni imkoniyatlarimiz bilan emas, ulardan qanday foydalanganimiz bilan baholaydi. O‘zbekiston xalqi va Prezidenti tinchlik, birdamlik, ishonch va inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyo barpo etilishiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor."
https://t.me/Rasmiy_axborot_official | 158 |
| 14 | Prezidentimizning qadami qutlug‘, e’tibori cheksiz!
Ma’lumki, Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 19–20-sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurgan edi.
Ko‘pchilikda ushbu tashrif davomida Prezidentning turli soha rivoji bilan tanishgani, sarmoya ko’lamini kengaytirish tashabbusi, imkoniyatlar va boshqa muhim voqeliklar bilan yodda qolgan.
Lekin yana bir shunday samimiy voqea bo‘lib o‘tgandiki, uni hammayam eslay olmasa kerak. Yurtboshimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida ijtimoiy tarmoqlarda Muhammedali ismli bolaning samimiy murojaati va Vatanga bo‘lgan mehri aks etgan videosi e’tiborni tortgan edi.
Prezident o‘shanda bolaning murojaatini ko‘rib, uning samimiy tilaklaridan mamnun bo‘lganini bildirgan hamda Muhammedaliga minnatdorlik maktubini yo‘llagan ekan.
Bugun ushbu maktub hamda Prezident sovg‘alari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, Muhammedaliga, uning ota-onasi va tarbiyalanayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga Prezident sovg‘alari topshirildi. Bolakayning tarbiyachisi Gulbahar Saparovaga esa Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumi qarori bilan «Vatan fidoyisi» ko‘krak nishoni berildi.
Adolat, xalqparvarlik bor joyda mehr-muruvvatning adog‘i bo‘lmaydi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 193 |
| 15 | Musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari sertifikat imtihonlarini topshirdilar
📆 Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil 25-sentyabr kuni 🎵 musiqa madaniyati fanidan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazildi.
⛳ Talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
💼 Talabgorlar test sinovlarini “Onlayn test” axborot tizimi orqali topshirdilar va test yakunida o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
👥 Jarayonda 260 nafardan ziyod musiqa madaniyati o‘qituvchilari ishtirok etdi. Ulardan 2 nafari belgilangan tartib-qoidalarga amal qilmagani uchun jarayondan chetlatildi.
🗓️ Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 203 |
| 16 | YOSH AVLOD — O‘ZBEKISTONNING ENG KATTA KAPITALI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSHga safari davomida BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) rahbari Diene Keyta bilan uchrashdi.
Muloqotda O‘zbekistonda demografik barqarorlikni ta’minlash, inson kapitalini rivojlantirish, yosh avlod uchun munosib shart-sharoit va keng imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
"O‘zbekistonning eng asosiy kapitali – uning yosh avlodi”, - dedi Saida Mirziyoyeva.
Albatta, chunki davlatning haqiqiy boyligi faqat tabiiy yoki moddiy resurslar bilan emas, balki bilimli, sog‘lom, xavfsiz muhitda ulg‘ayayotgan va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniga ega bo‘lgan insonlar bilan belgilanadi.
Uchrashuvda, shuningdek, demografik jarayonlarni uzoq muddatli va aniq rejalashtirish maqsadida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda “Demografik dividend – 2050” strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotgani qayd etildi.
Demografik dividend – bu shunchaki aholi sonining ko‘payishi emas. Bu – insonlarning bilim, salohiyat va mehnati mamlakat taraqqiyotining yangi imkoniyatiga aylanishidir.
Bugungi yosh avlodga berilgan imkoniyat – ertangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng mustahkam poydevoridir.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 195 |
| 17 | Kitobxonlik — bilim va tafakkur kaliti
Kitob o‘qish insonning bilimini oshirib, fikrlash doirasini kengaytiradi. Kitobxon inson voqea-hodisalarga chuqurroq yondashadi, o‘z fikrini aniq va ravon ifodalashni o‘rganadi. Yoshlar orasida kitobxonlikni rivojlantirish ularning ma’naviy dunyosini boyitish va kelajakda bilimli, faol shaxs bo‘lib shakllanishiga yordam beradi. Shuning uchun har kuni kitob o‘qishga vaqt ajratish foydali odatlardan biridir. | 237 |
| 18 | O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining xorijiy safari davomida yana bir muhim uchrashuv o‘tkazdi.
BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasida ishtirok etgan va nutq so‘zlagan S.Mirziyoyeva endi Jahon savdo tashkiloti (JST) Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashgdi.
Muloqot davomida O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni qanday ketayotganini hamda mamlakat oldida turgan yakuniy vazifalar muhokama qilindii.
JSTga a’zolik — yangi imkoniyatlar sari yo‘l. Bu jarayon O‘zbekiston iqtisodiyotining xalqaro savdo tizimiga yanada chuqur integratsiyalashuvi uchun muhim qadamdir.
Batafsil
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 179 |
| 19 | #SMirziyoyevaning_BMTga_tashrifi
Saida Mirziyoyevaning BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasidagi nutqidan muhim iqtiboslar (2-qism)
1️⃣1️⃣ Ta’lim va sog‘liqni saqlash
“Maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga oshdi. Oliy ta’lim qamrovi 9 foizdan 45 foizga yetdi. O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 66 yoshdan 75 yoshdan ziyodga oshdi. Onalar va go‘daklar o‘limi to‘rt baravar kamaydi. Islohotning haqiqiy qiymati ana shu insonlarning hayotida namoyon bo‘ladi”.
1️⃣2️⃣ Bola — davlatning eng katta mas’uliyati
“Bola — davlatning eng katta mas’uliyati. Bola sog‘lom tug‘ilmasa, sifatli ta’lim ololmasa, biz bir insonning emas, butun jamiyatning kelajagini xavf ostiga qo‘ygan bo‘lamiz. Shu kunlarda BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi bilan demografik barqarorlik masalalariga bag‘ishlangan muloqotni o‘tkazamiz”.
1️⃣3️⃣ Orol fojiasi
“Markaziy Osiyoning butun dunyoga berishi mumkin bo‘lgan yana bir sabog‘i bor. Bu — Orol dengizi fojiasi. Orol tabiiy ofat tufayli qurimadi. Bu — o‘nlab yillar davomida qabul qilingan noto‘g‘ri qarorlar va tabiatga bo‘lgan adolatsiz munosabatning oqibati. Yangi O‘zbekiston qurigan dengiz tubida yashil hududlar barpo etmoqda”.
1️⃣4️⃣ Ekologik yechimlar
“Suv tejovchi zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etyapmiz. 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazishni maqsad qilganmiz. Biz Orolbo‘yining faqat ekologik fojia ramzi bo‘lib qolishini istamaymiz. U ekologik yechimlar sinovdan o‘tadigan hududga aylanishi kerak. O‘zbekiston tashabbusi bilan 2027–2036-yillar “O‘rmonzorlashtirish va o‘rmonlarni qayta tiklash bo‘yicha harakatlar o‘n yilligi” deb e’lon qilindi”.
1️⃣5️⃣ Sun’iy intellekt va inson
“Bugun insoniyat yana bir ulkan inqilobiy o‘zgarish qarshisida turibdi. Bu — sun’iy intellekt. Texnologiya insonga xizmat qiladimi yoki inson texnologiyaga moslashishga majbur bo‘ladimi? Texnologik taraqqiyotning markazida inson va uning taqdiri turishi shart”.
1️⃣6️⃣ Texnologiya inson hayotini yaxshilashi kerak
“Sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya inson huquqlari, xavfsizlik, teng imkoniyat hamda javobgarlikdan ajralmasligi lozim. Texnologik taraqqiyot insonni qaram qilishga emas, aksincha, hayotini yaxshilashga xizmat qilishi kerak. O‘zbekiston bu borada xalqaro muloqotni kuchaytirish tarafdori”.
1️⃣7️⃣ Qonun ustuvorligi
“Hokimiyat qonundan ustun emas. Sudga murojaat qilgan har bir inson, kimligidan qat’i nazar, adolat qaror topishiga ishonishi shart. Toshkent xalqaro moliya markazida ingliz huquqi prinsiplariga asoslangan alohida xalqaro tijorat sudi tashkil etilmoqda”.
1️⃣9️⃣ Ayollar huquqlari va imkoniyatlari
“Bolalar mehnati va tizimli majburiy mehnatga barham berdik. Oiladagi zo‘ravonlik uchun javobgarlikni kuchaytirdik. Ayollarning huquq va imkoniyatlari masalasida ham shu mezonga tayanamiz. Shuning uchun ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashning alohida tizimini yaratdik. Bugun parlamentimiz a’zolarining 39 foizini ayollar tashkil qiladi”.
1️⃣9️⃣ Islom sivilizatsiyasi markazi
“Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev g‘oyasi va tashabbusi bilan Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etildi. Biz uni faqat o‘tmishni namoyish etadigan maskan sifatida emas, ilm, tafakkur va ma’rifat makoni sifatida ko‘ramiz. O‘zbekiston madaniyatlar va dinlar o‘rtasidagi muloqotni, ma’rifat va bag‘rikenglikni mustahkamlashga qaratilgan xalqaro hamkorlikni izchil davom ettiradi”.
2️⃣0️⃣ Inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyo
“Biz hammamiz, inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyoda yashashni istaymiz. Biz farzandlarimizga hozirgidan ko‘ra yaxshiroq dunyo qoldirishni istaymiz. Inson qadri yuksak bo‘lgan dunyo. Ammo kelajak bizni imkoniyatlarimiz bilan emas, ulardan qanday foydalanganimiz bilan baholaydi. O‘zbekiston xalqi va Prezidenti tinchlik, birdamlik, ishonch va inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyo barpo etilishiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor”.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 153 |
| 20 | #Yoshlar_kuni
Yoshlar bor ekan – izlanish bor. Izlanish bor ekan – taraqqiyot bor!
🇺🇿 Yoshlar – jamiyatning buguni, kelajakka yo‘l ochib beradigan eng katta kuchdir. Ularning fikri, tashabbusi va izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bilan ochiq muloqot qilish esa taraqqiyotning muhim omillaridan biri hisoblanadi.
⛳ Yoshlar kuni munosabati bilan Bilim va malakalarni baholash agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona va Buxoro viloyatlaridagi hududiy bo‘limlarida yoshlar bilan samimiy uchrashuvlar va ochiq muloqotlar tashkil etildi.
📖 Uchrashuvlarda yoshlarning ta’lim olishi, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishi, kasbiy yo‘nalishini belgilashi, zamonaviy imkoniyatlardan samarali foydalanishi, kelajakdagi maqsadlari, shuningdek, davlat dasturlari, jumladan “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi haqida fikr almashildi.
👥 Ochiq muloqotlar davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, imtihon va baholash jarayonlari, sertifikatlash tizimi, ayniqsa, ro‘yxatdan o‘tishda limit o‘rnatilgani, ta’limdagi imkoniyatlar hamda yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan taklif va mulohazalarini bildirdilar. Ular shunchaki tinglovchi emas, balki muloqotning faol ishtirokchisi bo‘ldilar.
😎 Agentlikning hududiy bo‘limlarida yoshlar bilan bunday ochiq, samimiy va mazmunli muloqotlarni davom ettirish muhim vazifalardan biri bo‘lib qoladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 166 |
