ch
Feedback
198-maktab hayoti | Rasmiy kanal

198-maktab hayoti | Rasmiy kanal

前往频道在 Telegram

🏢1️⃣9️⃣8️⃣-maktab haqidagi so'nggi va barcha rasmiy 📰yangiliklar bilan tanishib boring!🔝 Birinchi bo'lib blogerlik faoliyatini yurigizishni boshlagan maktab❤️ Maktab hayoti,qiziqarli darslar va trend videolar✅ Biz bilan aslo zerikmaysiz😍

显示更多
683
订阅者
+124 小时
+17 天
+530 天
帖子存档
🏅 YOSH IJODKORNING YUTUG‘I Maktabimizning 10-sinf o‘quvchisi Pirmatova Omina Doniyor qizi neyrobiologiya yo‘nalishida kitob
+2
🏅 YOSH IJODKORNING YUTUG‘I Maktabimizning 10-sinf o‘quvchisi Pirmatova Omina Doniyor qizi neyrobiologiya yo‘nalishida kitob yozishdagi faol ishtiroki hamda ilmiy-ijodiy izlanishlari uchun faxriy mukofot va orden bilan taqdirlandi. Ominaning inson miyasi, neyrobiologiya va zamonaviy ilm-fanga bo‘lgan qiziqishi uning mazkur yo‘nalishda izlanish olib borishiga va o‘z ijodiy ishini yaratishiga zamin bo‘ldi. 🏆 Ushbu yutuq bilan bir qatorda, Omina o‘zining bilimga bo‘lgan intilishi, ijodkorligi va ilm-fanga qiziqishi bilan tengdoshlariga ham o‘rnak bo‘lib kelmoqda. Pirmatova Omina ushbu yuksak e’tirof bilan muborakbod etamiz! Kelgusida yanada ulkan ilmiy va ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🎖🌟 10-sinf o‘quvchisi — Pirmatova Omina Doniyor qizi.

🇺🇿 198-MAKTABDA ERTALABKI SAF TORTISH TADBIRI 🇺🇿 14-sentabr kuni Toshkent shahar Yashnobod tumani 198-sonli umumiy o‘rta
+4
🇺🇿 198-MAKTABDA ERTALABKI SAF TORTISH TADBIRI 🇺🇿 14-sentabr kuni Toshkent shahar Yashnobod tumani 198-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ertalabki saf tortish tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi. 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangragan chog‘da o‘quvchilar va pedagoglar saf tortib, Vatanimizga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtiromlarini namoyon etdilar. 📢 Saflanish davomida o‘quvchilarga Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, intizom, mas’uliyat va jamoaviylik haqida tushunchalar berildi. 🌟 Tadbir davomida o‘quvchilarni yangi kunni yaxshi kayfiyat, yuksak maqsad va ezgu niyatlar bilan boshlashga undovchi fikrlar bildirildi. 🇺🇿 Vatan madhiyasi — qalblarimizda faxr va iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi! ✨ 198-maktab — birlik, intizom va yuksak maqsadlar sari!

🇺🇿 KELAJAK SOATI — YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARI! 📚 14-sentabr kuni Toshkent shahar Yashnobod tumani 198-sonli umumiy o‘rta t
+9
🇺🇿 KELAJAK SOATI — YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARI! 📚 14-sentabr kuni Toshkent shahar Yashnobod tumani 198-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “KELAJAK SOATI” darslari mazmunli va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. ✨ Darslar sinflar kesimida quyidagi mavzularda olib borildi: 🔹 1–4-sinflar: 🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” 🔹 5–8-sinflar: 🇺🇿 “Yangi O‘zbekiston” 🔹 9–11-sinflar: 🇺🇿 “Yagona Vatan — yagona xalq” 📖 Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarning Vatanga muhabbat tuyg‘usini yuksaltirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, xalqimiz birdamligini anglash va porloq kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. 💬 Darslar suhbat, savol-javob, fikr almashish, bayonnoma yozish, ijodiy topshiriqlar hamda plakatlar bilan ishlash kabi qiziqarli usullar asosida tashkil etildi. 🌟 Kelajak — bilimli, vatanparvar va faol yoshlar qo‘lida!

#diqqat_eʼlon #elektron_xizmat 📣 Hurmatli ota-onalar! ✅ Oʻquvchini xorijga ketishi munosabati bilan uni umumiy oʻrta taʼlim
#diqqat_eʼlon #elektron_xizmat 📣 Hurmatli ota-onalar! ✅ Oʻquvchini xorijga ketishi munosabati bilan uni umumiy oʻrta taʼlim maktabi safidan chiqarish uchun onlayn ariza berish imkoniyati yaratildi. Buning uchun: my.gov.uz portaliga yoki MyGov mobil ilovasidagi “Oʻquvchini xorijiy davlatga ketishi munosabati bilan taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish” xizmati orqali elektron soʻrovnoma toʻldiriladi hamda ariza beriladi. ❗️ Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul va hech qanday hujjat talab qilinmaydi. Barcha kerakli maʼlumotlar idoralararo elektron tizim orqali onlayn olinadi. 🔹 Sizning arizangiz bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi tomonidan 5 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va tegishli qaror qabul qiladi. ➖ Tegishli taʼlim tashkiloti mazkur qaror asosida bir ish kuni ichida oʻquvchini elektron tizim (baza)dagi oʻquvchilar safidan chiqaradi. 👉 Bu haqida ariza beruvchi fuqaroning my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasidagi shaxsiy kabinetiga xabar yuboriladi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

“Бирорта ғўдайган бойвачча пайдо бўлса — кечирмайман! Давлат бўлиши керак” — Шавкат Мирзиёев👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAEC3FZ6kdZ99w4BwBg

Davlatimiz rahbari Koreyadagi vatandoshlar bilan suhbatlashdi. — Глава нашего государства побеседовал с соотечественниками в Корее.

🌈 “JADIDLAR IZDOSHIMIZ” — BILIM VA MA’RIFAT SARI! 🌈 Yashnobod tumani 198-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-“E” sinf r
🌈 “JADIDLAR IZDOSHIMIZ” — BILIM VA MA’RIFAT SARI! 🌈 Yashnobod tumani 198-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-“E” sinf rahbari Sh.K. Fayzullayeva tomonidan “Jadidlar izidan” haftaligi doirasida “Jadidlar izdoshimiz” mavzusida qiziqarli, interaktiv va sun’iy intellekt asosidagi zamonaviy metodlarga boy dars mashg‘uloti o‘tkazildi. 📚✨ Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar faol ishtirok etib, jadid bobolarimizning hayoti, ma’rifatparvarlik faoliyati va millat taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari haqida bilimlarini mustahkamladilar. 🇺🇿 ✅ Maqsad: o‘quvchilarda jadidlar merosiga hurmat uyg‘otish, ilm-ma’rifatga qiziqishni oshirish hamda mustaqil fikrlash, izlanish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.

Ота-оналар учун муҳим маълумот! Мактабларда янги баҳолаш тизими жорий қилинади Энди боланинг чораклик натижаси битта “3”, “4” ёки “5” билан эмас, уч хил баҳолаш натижасидан йиғилган 100 балл билан аниқланади.
Янги тизимда ўқувчининг фақат маълумотни ёдлаб олгани эмас, мавзуни тушуниши, мустақил фикрлаши ва олган билимини амалда қўллай олиши ҳам баҳоланади. Чораклик натижа жами 100 баллдан иборат. 🟢 Форматив баҳолаш — 10 балл. Бу ўқувчининг кундалик дарсдаги ўзлаштиришини кузатиб боради. Муҳими, бола хатога йўл қўйса, уни дарҳол аниқлаш ва тузатиш имконига эга бўлади. 🔵 БСБ — боб бўйича сумматив баҳолаш — 50 балл. Асосий улуш шу ерда: ўқувчи ўтилган мавзу ёки бўлимни қай даражада ўзлаштиргани текширилади. 🟣 ЧСБ — чорак бўйича сумматив баҳолаш эса 40 балл. Унда бутун чорак давомида олинган билим ва амалий кўникмалар умумлаштирилади. Демак, формула оддий: 10 + 50 + 40 = 100 балл.
👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAEC3FZ6kdZ99w4BwBg

#Долзарб Гонгконг таълим вазири Ўзбекистондаги  болалардан хайрон қолди Яқинларга юбориб қўямиз 👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAEC3FZ6kdZ99w4BwBg