ch
Feedback
Ochiq muloqot 2026

Ochiq muloqot 2026

前往频道在 Telegram

Ushbu kanal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi. Murojaat va takliflar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot 1100 va 1094 qisqa raqamlari

显示更多
未指定国家未指定类别
1 076
订阅者
-6224 小时
-3707 天
-1 61930 天
帖子存档
✅Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari respublika bo'ylab davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv 3-iyun kuni Buxoro tumanida o'tkaziladi.
✔️ Agentlik hududlarga bevosita chiqib, tadbirkorlarning muammo va takliflarini joyida o'rganadi. Ochiq muloqot davomida: ✍️ davlat xaridlari tizimidagi dolzarb masalalar; ✍️ sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish imkoniyatlari; ✍️ tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar hamda ularning yechimlari muhokama qilinadi.
✔️3-iyun kuni Agentlikning loyiha ofisi mas'ullari quyidagi hududlardan bevosita ishtirok etadi: Buloqboshi, Zomin, Gʻuzor, Nurota, Kosonsoy, Kattaqo'rgʻon, Angor, Bo'stonliq, Buvayda, Xonqa, Shayxontohur, Qo'ng'irot, Boyovut tumanlari. 🎤 Savol yoki takliflaringiz bormi? Murojaat va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin. Mutaxassislar tomonidan bevosita javob beriladi.
➡️ 3-iyun 2026-yil, ⚫️ Soat 11:00, 📌 Buxoro tumani.
🎥Ochiq muloqotda onlayn ishtirok etish. 🔴Eslatib o'tamiz may–iyul oylarida 208 ta hududda uchrashuvlar bo'lib o'tadi. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ 🟣 Samarqand viloyatida turizm va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq mul
+2
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ 🟣 Samarqand viloyatida turizm va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi Ochiq muloqot davomida sohani rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar muhokama qilindi. Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi: ✔️ turizm sohasini jadal rivojlantirish, ichki va xalqaro turistlar oqimini kengaytirish hamda turoperatorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan soliq va bojxona imtiyozlarini kengaytirish; ✔️ turistik obyektlar, mehmonxonalar, vokzallar va aeroportlar o‘rtasidagi transport qatnovini takomillashtirish, yo‘l tirbandliklarini kamaytirish hamda turistlar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish tizimini yaratishga qaratilgan transport-logistika yechimlari. Muloqot davomida ko‘tarilgan masalalar, bildirilgan takliflar va ilgari surilgan murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda amaliy choralar ko‘rish uchun tegishli vazirlik va idoralarga yuborildi. #Samarqand #Turizm #UmumiyOvqatlanish #OchiqMuloqot #Tadbirkorlar Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х

#DIQQAT Surxondaryolik qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi tadbirkorlari diqqatiga! 🏘 Bugun Qurilish va uy-joy komm
#DIQQAT Surxondaryolik qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi tadbirkorlari diqqatiga! 🏘 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari qurilish sohasi tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi. 💬 Muloqot davomida: — sohadagi mavjud muammolar; — tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar; — taklif va tashabbuslar muhokama qilinadi. 📍Manzil: Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi binosi 🕖Vaqt: 18:00 📞 Ro’yxatdan o’tish uchun aloqa: (99) 673-89-89 Sohadagi barcha tadbirkorlar taklif etiladi! Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

👍 Қашқадарёда қурилиш материаллари саноатини ривожлантиришга бағишланган учрашув бўлиб ўтди Ўзбекистон Республикаси Президен
+3
👍 Қашқадарёда қурилиш материаллари саноатини ривожлантиришга бағишланган учрашув бўлиб ўтди Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрациясининг 12 майдаги топшириғига мувофиқ, тадбиркорлар билан навбатдаги VI очиқ мулоқотга тайёргарлик кўриш мақсадида 30 май куни Қашқадарё вилояти ҳокимлигида учрашув ташкил этилди. Тадбирда вилоят ҳокимлиги, «Ўзсаноатқурилишбанк» АТБ раҳбарияти, «Ўзсаноатқурилишматериаллари» уюшмаси, вазирлик ва тегишли идораларнинг ҳудудий бошқармалари масъуллари, шунингдек, соҳада фаолият юритаётган 130 га яқин корхонадан 150 дан ортиқ вакиллар иштирок этди.
Очиқ мулоқотда соҳадаги муаммолар, уларни ҳал этиш чоралари ва Қашқадарё вилоятида Хитой тажрибаси асосида қурилиш материаллари ишлаб чиқарувчиларни бирлаштирувчи махсус уюшма (Альянс) ташкил этиш масалалари алоҳида муҳокама қилинди.
Бундан ташқари, тадбиркорлар ўз фаолиятларида дуч келаётган сертификатлаштириш, логистика, инфратузилма, импортни қисқартириш ва экспортни кенгайтириш каби масалалар бўйича муаммоларни кўрсатиб, уларга ўз таклифларини билдирди. Бундай учрашувларни соҳа вакиллари ўртасидаги ҳамкорликни мустаҳкамлаш ва ҳудудларда саноат салоҳиятини ошириш йўлида яхши ҳаракат деса бўлади. OCHIQ MULOQOT 2026

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ ⏺Buxoro viloyatida turizm sohasida faoliyat yuritayotgan biznes vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi Ochiq m
+3
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ Buxoro viloyatida turizm sohasida faoliyat yuritayotgan biznes vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi Ochiq muloqot jarayonida sohaga doir dolzarb muammo va takliflar ilgari surildi hamda ular yuzasidan masʼullar ishtirokida muhokamalar olib borildi. Xususan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha masalalar koʻrib chiqildi: ☑️mamlakatimizda turizm sohasini jadal rivojlantirish, ichki va xalqaro turistlar oqimini kengaytirish hamda xususiy sektor faolligini oshirish maqsadida turoperatorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan soliq va bojxona imtiyozlarini kengaytirishga e’tibor qaratildi; ☑️hududning turistik jozibadorligini oshirish maqsadida zamonaviy va xavfsiz yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, turistik obyektlarga olib boruvchi yo‘llarni ta’mirlash hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash masalalari muhokama qilindi; ☑️turistik obyektlar, mehmonxonalar, vokzallar va aeroportlar o‘rtasidagi transport qatnovini takomillashtirish, yo‘l tirbandliklarini kamaytirish hamda turistlar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish tizimini yaratishga qaratilgan transport-logistika yechimlari yuzasidan takliflar bildirildi. Muloqot davomida koʻtarilgan masalalar, bildirilgan takliflar va ilgari surilgan murojaatlar belgilangan tartibda koʻrib chiqish hamda amaliy choralar koʻrish uchun tegishli vazirlik va idoralarga yuborildi. #ochiq_muloqot #tadbirkorlar #turizm Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

👍 O‘zbekistonning iqtisodiy barqarorligi raqamlarda Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimiz xorijiy investorlar va tadbirkorlar uchun eng jozibador bozorlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Bugungi kunda asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar quyidagicha: 👍 YaIM (Yalpi ichki mahsulot): $147,1 mlrd (o‘sish 5,9%) 👍 Aholi soni: 38,2 mln kishi (har yili +1 millionga ko‘paymoqda) 👍 Iqtisodiy faol aholi: 20 mln kishi (ularning 51 foizi 55 yoshdan kichiklar) 👍 Tadbirkorlik subyektlari: 474,9 mingdan ortiq korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. 👍 Inflyatsiya darajasi: 7,3% gacha pasaygan. 👍 Xorijiy investorlar uchun valyutani erkin konvertatsiya qilish va foydani repatriatsiya qilish (olib chiqib ketish) to‘liq kafolatlangan.
👍 Batafsil ma’lumot bilan taqdimotda tanishishingiz mumkin. OCHIQ MULOQOT 2026

👍 PREZIDENT BILAN OCHIQ MULOQOT: SIZNING OVOZINGIZ MUHIM! Yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va tizimli muammolarga ba
👍 PREZIDENT BILAN OCHIQ MULOQOT: SIZNING OVOZINGIZ MUHIM! Yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va tizimli muammolarga barham berish maqsadida Davlatimiz Rahbarining navbatdagi Ochiq muloqotiga arizalar qabul qilinmoqda. Biznes muhitini yangi bosqichga olib chiquvchi qonuniy hujjatlar aynan Sizning taklifingiz asosida yaratilishi mumkin!
Buning uchun 40 dan ortiq vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat Respublika shtabi tunu kun ishlamoqda.
📞 Murojaat uchun telefonlar: 1100 yoki 1094 👍 Tezkor aloqa: @ochiqmuloqot2026_bot OCHIQ MULOQOT 2026

#dayjest 👍 Ochiq muloqot-2026 ga tayyorgarlik qizg‘in davom etmoqda   Joriy yilning 15-may kuni navbatdagi Ochiq muloqotga tayyorgarlik ishlariga start berilgan edi.  
Respublika shtabi qanday ishlamoqda? Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi tomonidan Respublika shtabi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Uning ishiga 44 ta vazirlik va idoralarning malakali mutaxassis hamda ekspertlari jalb etilgan.
  👍 31-may holatiga koʻra raqamlar:   👍 Shtabga jami 268 ta murojaat kelib tushdi.   👍 Eng koʻp murojaatlar: tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, soliq tizimini takomillashtirish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash sohalariga toʻgʻri keladi.   👍 Hududlarda 120 ta uchrashuv va muloqotlar oʻtkazildi. Ularda 1 150 nafardan ziyod tadbirkor ishtirok etib, 400 ga yaqin taklif va muammolarni oʻrtaga tashladi.   OCHIQ MULOQOT 2026

✅Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari respublika bo'ylab davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv 2-iyun kuni Olmazor tumanida o'tkaziladi. ✔️ Agentlik hududlarga bevosita chiqib, tadbirkorlarning muammo va takliflarini joyida o'rganadi.
Ochiq muloqot davomida: ✍️ davlat xaridlari tizimidagi dolzarb masalalar; ✍️ sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish imkoniyatlari; ✍️ tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar hamda ularning yechimlari muhokama qilinadi.
✔️2-iyun kuni Agentlikning loyiha ofisi mas'ullari quyidagi hududlardan bevosita ishtirok etadi: Bulung'ur, Qamashi, Xatirchi, Andijon, Sergeli, Davlatobod, Izboskan, Kogon, Zafarobod, Sariosiyo, Xoʻjayli, Toshkent, Quvasoy, Oqoltin, Yangiobod tumanlari va Urganch shahri. 🎤 Savol yoki takliflaringiz bormi? Murojaat va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin. Mutaxassislar tomonidan bevosita javob beriladi. ➡️ 2-iyun 2026-yil, ⚫️ Soat 11:00, 📌 Olmazor tumani. 🎥Ochiq muloqotda onlayn ishtirok etish. 🔴Eslatib o'tamiz may–iyul oylarida 208 ta hududda uchrashuvlar bo'lib o'tadi. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin

Repost from Biznes-ombudsman
#sayyor_qabullar_grafigi 🔈Tadbirkorlar diqqatiga! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan
#sayyor_qabullar_grafigi 🔈Tadbirkorlar diqqatiga! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2026-yil 1–6-iyun kunlari yurtimiz bo‘ylab Biznes-ombudsman devoni tomonidan Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi. Tadbirkorlik faoliyatida duch kelayotgan to‘siqlar, huquqlaringiz buzilishi holatlari yoki sohani takomillashtirishga doir fikrlaringiz bo‘lsa, sizni taklif etamiz. 👍 Ro‘yxatdan o‘tish uchun jadvalda ko‘rsatilgan telefon raqami orqali Biznes-ombudsman devonining tegishli hududiy shu’basi bilan bog‘laning.
📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting. 👍 @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay.
OCHIQ MULOQOTDA FAOL ISHTIROK ETIB, YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA VA BIZNES MUHITI RIVOJIGA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING! Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube

#Adliya_xabari ❗️Tadbirkorlar murojaatlari e’tibor markazida 🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI
+6
#Adliya_xabari ❗️Tadbirkorlar murojaatlari e’tibor markazida 🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Farg'ona viloyati Quvasoy shahrida tadbirkorlik subyektlari vakillari uchun sayyor qabul tashkil etildi. 🔹Unda viloyat va shahar darajasidagi mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda o‘z murojaat va takliflari bilan qatnashgan tadbirkorlar ishtirok etdi. 🔹Qabul davomida tadbirkorlik faoliyatini yuritishda uchrayotgan muammolar, biznesni rivojlantirish, yer, infratuzilma, kredit va boshqa yo‘nalishlardagi masalalar muhokama qilinib, murojaatlar yuzasidan tegishli choralar belgilandi. 📌 Bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlarning muammolarini joyida o‘rganish, ularni tezkor hal etish hamda biznes yuritish uchun qulay muhit yaratishga xizmat qilmoqda.

📞 Ochiq muloqot – 2026: murojaatlar qabul qilinmoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning navbatdagi O
📞 Ochiq muloqot – 2026: murojaatlar qabul qilinmoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning navbatdagi Ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilgan Respublika shtabi tomonidan tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojaatlar va takliflar qabul qilinmoqda. 📊 Joriy yilning 31-may holatiga ko‘ra: 🔹 Jami 268 ta murojaat kelib tushgan; 🔹 Shundan 228 tasi qo‘ng‘iroqlar orqali; 🔹 40 tasi esa @biznesombudsmanrasmiy_bot orqali yuborilgan. 📌 Murojaatlar tahlili bilan quyidagi infografika orqali tanishishingiz mumkin! 🔈 Hurmatli tadbirkorlar! Faoliyatingizda uchrayotgan muammolar, biznes yuritishdagi to‘siqlar yoki tadbirkorlik muhitini yaxshilashga qaratilgan takliflaringiz bo‘lsa, Respublika shtabiga murojaat qiling. 📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlari 🤖 @ochiqmuloqot2026_bot 📢 OCHIQ MULOQOT 2026 @Ochiqmuloqot2026 OCHIQ MULOQOT 2026

👍 Tadbirkorlar murojaatlari amaliy yechim topmoqda Prezidentning tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan navbatdagi Ochiq muloqoti
👍 Tadbirkorlar murojaatlari amaliy yechim topmoqda   Prezidentning tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan navbatdagi Ochiq muloqotiga tayyorgarlik jarayonida joylarda o‘tkazilayotgan uchrashuvlar va sayyor qabullar davomida tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha manzilli choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, Farg‘ona viloyati Furqat tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkor sayyor qabul jarayonida korxonasiga asossiz ravishda yuqori miqdorda soliq hisoblanayotgani yuzasidan murojaat qildi. O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida korxonaga tegishli kadastr ma’lumotlari texnik xatolik sababli axborot tizimiga takroran kiritilgani aniqlandi. Shu bois mol-mulk solig‘i ikki marotaba hisoblanayotganligi ma’lum bo‘ldi. 👍 Mutasaddi idoralar tomonidan masala tezkor tartibda ko‘rib chiqilib, kadastr ma’lumotlaridagi xatolik bartaraf etildi. Natijada tadbirkorga ortiqcha soliq hisoblanishining oldi olinib, muammo ijobiy hal etildi.   🔈 Hurmatli tadbirkorlar! Agar sizning ham faoliyatingizda muammolar bo‘lsa yoki biznes muhitini yaxshilash, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish bo‘yicha takliflaringiz bo‘lsa, Respublika shtabiga murojaat qiling:   📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlari 👍@ochiqmuloqot2026_bot OCHIQ MULOQOT 2026

Repost from Biznes-ombudsman
#infografika 👍 Kichik va o‘rta biznesni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari 👍 2026-yil 1-iyundan boshlab: umumiy ovqatl
#infografika 👍 Kichik va o‘rta biznesni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari 👍 2026-yil 1-iyundan boshlab: umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun: 👍 ayrim toifadagi xodimlarni mehnat organlarining mobil ilovasi orqali soddalashtirilgan tartibda shu kunning o‘zida va muayyan muddatga rasmiylashtirish va ish haqini to‘lash tartibi joriy etiladi; 👍 to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish, tushumning naqd pulsiz shaklda tushgan ulushidan qat’i nazar, to‘langan soliq summasining 40 foizi miqdorida amalga oshiriladi; 👍 umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga tegishli bino va inshootlarga hamda yer uchastkalariga tutash hududlardan foydalanishda to‘lanadigan ijara to‘lovi miqdori Soliq kodeksida belgilangan tartibda aniqlanadigan yer solig‘ining bir baravari miqdorida belgilanadi. Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube

#Axborot24 | 29.05.2026 Bank va tadbirkor: muammodan yechimga. “Hamkorbank” tadbirkorlar muammolarini hal qilmoqda mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram

🔈 TADBIRKORLAR DIQQATIGA: “OCHIQ MULOQOT 2026” DOIRASIDA MUROJAAT VA TAKLIFLAR QABUL QILINMOQDA! Bugun biznesni qo‘llab-quvv
🔈 TADBIRKORLAR DIQQATIGA: “OCHIQ MULOQOT 2026” DOIRASIDA MUROJAAT VA TAKLIFLAR QABUL QILINMOQDA! Bugun biznesni qo‘llab-quvvatlash — davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri. Shu maqsadda “Ochiq muloqot 2026” Respublika shtabi tadbirkorlarning murojaatlari, takliflari va muammolari bilan faol ishlamoqda.
👍 Sizni qiynayotgan masala bormi? 👍 Taklif yoki tashabbusingizni bildirmoqchimisiz? 👍 Faoliyatingizdagi to‘siqlar bo‘yicha amaliy yordam kerakmi? 👍 Unda Respublika shtabiga murojaat qiling!
👍 O‘z murojaat va takliflaringizni quyidagi kanallar orqali yo'llashingiz mumkin: 📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlari; 👍 @ochiqmuloqot2026_bot @biznesombudsmanrasmiy_bot 👍 my.chamber.uz/ochiq_muloqot/oz business.gov.uz 👍“Ochiq muloqot 2026”da ishtirok eting va biznes muhitini yaxshilashga o‘z hissangizni qo‘shing! OCHIQ MULOQOT 2026

Repost from UzA | Rasmiy kanal
Raqamli texnologiyalarni joriy etishda qanday muammolar mavjud? Iqtisodiyot va moliya vazirligida elektron tijorat va axborot
Raqamli texnologiyalarni joriy etishda qanday muammolar mavjud? Iqtisodiyot va moliya vazirligida elektron tijorat va axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. 📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

#Axborot24 | 28.05.2026 Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram

Repost from Biznes-ombudsman
#infografika Mazkur infografika orqali Davlatimiz rahbari tomonidan maʼqullangan kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, soliq ma
#infografika Mazkur infografika orqali Davlatimiz rahbari tomonidan maʼqullangan kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish hamda tadbirkorlar uchun yangi yengilliklar yaratish bo‘yicha takliflar bilan tanishishingiz mumkin. Ushbu choralar 600 mingdan ortiq kichik biznes subyektlari uchun faoliyatni kengaytirish va qonuniy o‘sish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube

Repost from Rasmiy axborot
📢 Qurbon hayiti arafasida tadbirkorlarga katta sovg‘a: soliq yengillashadi, tekshiruvlar qisqaradi 🟢Prezident Shavkat Mirzi
📢 Qurbon hayiti arafasida tadbirkorlarga katta sovg‘a: soliq yengillashadi, tekshiruvlar qisqaradi
🟢Prezident Shavkat Mirziyoyev har doim tadbirkorlar masalasiga alohida e’tibor qaratib, ular uchun yangi imkoniyat va qulayliklar yaratishga intiladi. 🟢Davlat rahbariyati biznes vakillarini iqtisodiyotni rivojlantiradigan asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida ko‘radi. 🟢Yangi qarorlar esa “tadbirkor boy bo‘lsa — davlat ham boy bo‘ladi” degan tamoyil asosida qabul qilinadi.
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tashabbusi va bevosita davlat rahbarining qo‘llab-quvvatlovi bilan tadbirkorlarga qulaylik yaratadigan yana yangi imkoniyatlar e’lon qilindi. 📈 Eng muhim yangilik — 2026- yil 1- iyundan kichik biznesning soddalashtirilgan soliq rejimi chegarasi 1 mlrd so‘mdan 5 mlrd so‘mga oshirilishi kutilmoqda. ✅ Bu ko‘plab tadbirkorlarga QQS va foyda solig‘i to‘lashga erta o‘tish jarayonini yengillashtirib, tadbirkorlarga faoliyatini kengaytirish imkonini beradi.
➡️Shuningdek: 👀 umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat sohalari uchun 6%lik soddalashtirilgan QQS tartibi joriy etiladi; 👀past xavfli tadbirkorlar uchun QQS qaytarish jarayoni avtomatlashtiriladi; 👀QQS guvohnomasini vaqtincha to‘xtatish amaliyoti bekor qilinadi; 👀soliq auditi va sayyor tekshiruvlariga cheklovlar kiritiladi; 👀 bank hisobraqamlarini ochish va ayrim jarayonlar raqamlashtiriladi.
⚡️ Maqsad — kichik biznesni “soya”dan chiqarish, aylanmani yashirishga ehtiyojni kamaytirish va tadbirkor uchun adolatli, sodda muhit yaratish.
➡️ Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yengilliklar 600 mingdan ortiq kichik biznes sub’yektiga qonuniy o‘sish imkonini beradi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official