ch
Feedback
Ochiq muloqot 2026

Ochiq muloqot 2026

前往频道在 Telegram

Ushbu kanal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi. Murojaat va takliflar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot 1100 va 1094 qisqa raqamlari

显示更多
未指定国家未指定类别
1 076
订阅者
-6224 小时
-3707 天
-1 61930 天
帖子存档
👍 Shtabga kelib tushgan murojaatlar nazoratda Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan bo‘
👍 Shtabga kelib tushgan murojaatlar nazoratda   Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tuzilgan Respublika shtabi ayni paytda faol ish olib bormoqda. Tezkor munosabat tizimi tufayli kelib tushayotgan murojaatlarga qisqa muddatda amaliy yechimlar topilmoqda.   Jumladan, Namangan viloyati Pop tumanida umumiy ovqatlanish bilan shug‘ullanuvchi “B.N.S.T.” MChJ rahbari tabiiy gaz bo‘yicha shartnoma tuzishda qiyinchilikka duch kelib, 1100 qisqa raqami orqali yordam so‘ragan.  
👍 Mutasaddi tashkilotlar va “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali hamkorligida murojaat zudlik bilan o‘rganildi. Natijada qisqa fursatda korxona va ta’minotchi o‘rtasida tabiiy gazni yetkazib berish va qabul qilish bo‘yicha shartnoma rasmiylashtirib berildi.
  🔈 Hurmatli tadbirkorlar! Agar sizning ham faoliyatingizda muammolar bo‘lsa yoki biznes muhitini yaxshilash, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish bo‘yicha takliflaringiz bo‘lsa, Respublika shtabiga murojaat qiling:   📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlari 👍@ochiqmuloqot2026_bot OCHIQ MULOQOT 2026

Repost from Biznes-ombudsman
#faoliyat 👍 Zarbdor tumanida chorvador tadbirkorlarning muammolari tinglandi va joyida hal etildi O‘zbekiston Respublikasi P
+2
#faoliyat 👍 Zarbdor tumanida chorvador tadbirkorlarning muammolari tinglandi va joyida hal etildi  
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida hududlarda tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish va ularga tezkor yechim topish borasidagi uchrashuvlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
  Joriy yilning 26-may kuni Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida chorvadorlik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun maxsus ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita tinglash maqsadida Biznes-ombudsman Jizzax viloyati shu’basi boshlig‘i S.Usmanov, Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Azimov, Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i B.Umurzakov, Zarbdor tumani hokimi B.Toshpulatov ishtirok etdilar.   Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida chorvadorlar tomonidan bildirilgan murojaatlarning bir qismi joyining o‘zida hal etildi. Muayyan vaqt va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan masalalar esa qonuniy tartibda ko‘rib chiqilishi uchun mas’ullar tomonidan nazoratga olindi. Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube

📌 Samarqandda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi 25-may kuni Samarqand viloyatida sanoat korxonalari va tadbirkor
+3
📌 Samarqandda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi 25-may kuni Samarqand viloyatida sanoat korxonalari va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori o‘rinbosari Ilhomjon Pardayev, Agentlikning hududiy loyiha ofisi vakillari, “O‘zbekekspertiza” AJ, tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari hamda mahalliy tadbirkorlar ishtirok etdi. ➡️ Muloqotda 55 ta korxonadan 70 nafar ishtirokchi qatnashdi. Shuningdek, 13 ta hududiy studiya orqali 140 nafar ishtirokchi jarayonga ulandi. Umumiy hisobda ochiq muloqot 200 nafardan ortiq ishtirokchini qamrab oldi. Uchrashuv davomida 10 ta korxona tomonidan 17 ta muammo va taklif bildirildi. Shundan 4 ta korxonaning 4 ta muammosi muloqot jarayonida hal etildi, 6 ta korxonadan kelib tushgan 8 ta muammo va 5 ta taklif esa tegishli ijrochilarga yo‘naltirildi.
Ochiq muloqotdan so‘ng Agentlik vakillari hududdagi yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi. Xususan, “OPTIMA SOBIRJON” MChJning tibbiyotda ishlatiladigan infuzion sistema va tibbiy qo‘lqop ishlab chiqarish, “SAM RAFOAT TEKSTIL” MChJning parda matosi ishlab chiqarish hamda “SAMARKAND-ENGLAND-ECO-MEDICAL” MChJ QKning infuzion eritmalar va parenteral dorilar ishlab chiqarish loyihalari ko‘zdan kechirildi.
Mazkur ochiq muloqotlar tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni amaliy hal etishga xizmat qiladi. ➡️Ma’lumot uchun, may oyida 42 ta hududda, iyun–iyul oylarida esa yana 166 ta tuman va shaharda ochiq muloqotlar tashkil etilib, jami 208 ta hudud qamrab olinadi. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin

#Axborot24 | 26.05.2026 Qurilish materiallari sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram

🏦 АСАКАБАНК РАҲБАРИЯТИ ҲАФТА ДАВОМИДА ТАДБИРКОРЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИБ, УЛАРНИНГ МУАММО ВА ТАКЛИФЛАРИНИ ЎРГАНДИ Ҳафта
+7
🏦 АСАКАБАНК РАҲБАРИЯТИ ҲАФТА ДАВОМИДА ТАДБИРКОРЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИБ, УЛАРНИНГ МУАММО ВА ТАКЛИФЛАРИНИ ЎРГАНДИ Ҳафта давомида Асакабанк Юнусобод БХМ, Гулистон БХМ, Автотранспорт БХМ, Пойтахт БХМ, Термиз БХМ, Шайҳонтоҳур БХМ ҳамда Самарқанд вилоятидаги банк хизматлари марказларида тадбиркорлар иштирокида очиқ мулоқотлар ўтказилди. Мулоқотлар жараёнида тадбиркорлар томонидан ўз фаолиятида учраётган муаммолар, янги инвестицион ва тадбиркорлик лойиҳалари, кредит маблағлари ажратиш, айланма маблағларни молиялаштириш ҳамда банк хизматларини янада такомиллаштириш бўйича таклиф ва мурожаатлар билдирилди. Айрим масалалар юзасидан жойида амалий ечимлар ишлаб chiqилиб, тадбиркорларга масъул ходимлар томонидан атрофлича тушунтиришлар берилди. Учрашувларда бизнесни ривожлантириш, янги иш ўринлари яратиш, экспорт салоҳиятини ошириш, кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик субъектларини қўллаб-қувватлаш ҳамда замонавий банк хизматларидан самарали фойдаланиш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди. Шунингдек, тадбиркорлар томонидан билдирилган таклиф ва ташаббуслар келгусидаги ҳамкорликни янада мустаҳкамлаш, бизнес учун қулай шарт-шароитлар яратиш ва хизматлар сифатини оширишда муҳим аҳамият касб этиши таъкидланди.
🏦 Асакабанк томонидан тадбиркорлар билан доимий очиқ мулоқот ўтказиш ва уларни амалий қўллаб-қувватлаш ишлари изчил давом эттирилади.
📱Instagram📱Facebook📺Youtube

#uchrashuv Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari biznes vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi Tadbirda soliq madaniyatini oshirish, tadbirkorlik muhitini yaxshilash va muammolarga yechim topish masalalari muhokama qilindi. Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads

Tadbirkorlardan murojaatlar kelishda davom etmoqda! Joriy yilning 23-may holatiga ko‘ra tadbirkorlardan jami 136 ta murojaat
Tadbirkorlardan murojaatlar kelishda davom etmoqda! Joriy yilning 23-may holatiga ko‘ra tadbirkorlardan jami 136 ta murojaat qabul qilindi. Shundan: 📞 106 tasi — qo‘ng‘iroqlar orqali 📲 30 tasi — Telegram bot orqali yuborilgan. Murojaatlar mazmuniga ko‘ra: 🤩34 tasi — bank va kredit masalalari 🤩32 tasi — soliq masalalari 🤩20 tasi — davlat organlari xodimlarining xatti-harakatlari 🤩19 tasi — yer maydoni yoki bino ajratish 🤩18 tasi — infratuzilma bilan bog‘liq muammolar 🤩13 tasi — boshqa masalalar yuzasidan. 📢 Tadbirkorlarning har bir murojaati Respublika shtabiga jamlangan ekspertlar tomonidan atroflicha o‘rganilib, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish chorasi ko‘rilmoqda. OCHIQ MULOQOT 2026

🔈 TADBIRKORLAR DIQQATIGA: “OCHIQ MULOQOT 2026” DOIRASIDA MUROJAAT VA TAKLIFLAR QABUL QILINMOQDA! Bugun biznesni qo‘llab-quvv
🔈 TADBIRKORLAR DIQQATIGA: “OCHIQ MULOQOT 2026” DOIRASIDA MUROJAAT VA TAKLIFLAR QABUL QILINMOQDA! Bugun biznesni qo‘llab-quvvatlash — davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri. Shu maqsadda “Ochiq muloqot 2026” Respublika shtabi tadbirkorlarning murojaatlari, takliflari va muammolari bilan faol ishlamoqda.
👍 Sizni qiynayotgan masala bormi? 👍 Taklif yoki tashabbusingizni bildirmoqchimisiz? 👍 Faoliyatingizdagi to‘siqlar bo‘yicha amaliy yordam kerakmi? 👍 Unda Respublika shtabiga murojaat qiling!
👍 O‘z murojaat va takliflaringizni quyidagi kanallar orqali yo'llashingiz mumkin: 📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlari; 👍 @ochiqmuloqot2026_bot @biznesombudsmanrasmiy_bot 👍 my.chamber.uz/ochiq_muloqot/oz business.gov.uz 👍“Ochiq muloqot 2026”da ishtirok eting va biznes muhitini yaxshilashga o‘z hissangizni qo‘shing! OCHIQ MULOQOT 2026

🛩“Ochiq muloqot 2026” rasmiy Telegram kanali faoliyati yo‘lga qo‘yildi 🇺🇿 Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkaz
🛩“Ochiq muloqot 2026” rasmiy Telegram kanali faoliyati yo‘lga qo‘yildi 🇺🇿 Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan navbatdagi ochiq muloqotiga tayyorgarlik jarayonlari, tadbirkorlik sohasidagi yangiliklar, rasmiy ma’lumotlar hamda sohadagi muhim e’lonlarni keng jamoatchilikka yetkazib borish maqsadida “Ochiq muloqot 2026” rasmiy Telegram kanali ishga tushirildi. 🖥Mazkur kanal orqali tadbirkorlar, ishbilarmonlar va soha vakillari ochiq muloqot doirasidagi dolzarb axborotlar, murojaat qilish tartibi hamda Respublika shtabi faoliyati haqida muntazam ma’lumot olib borishlari mumkin. Shuningdek, tadbirkorlar o‘z taklif va murojaatlarini quyidagi aloqa kanallari orqali yo‘llashlari mumkin: ✈️ 1100 yoki 1094 qisqa raqamlari 🤖 @ochiqmuloqot2026_bot 📱Rasmiy kanal: @Ochiqmuloqot2026 Mazkur kanal tadbirkorlar, soha vakillari va keng jamoatchilik uchun ochiq muloqot jarayonlariga oid rasmiy ma’lumotlarni kuzatib borishda qulay axborot manbasi bo‘lib xizmat qiladi. ____________________ 🛩Запущен официальный Telegram-канал «Открытый диалог 2026» 🇺🇿 В целях оперативного и широкого информирования общественности о ходе подготовки к очередному открытому диалогу Главы государства с предпринимателями, новостях в сфере предпринимательства, официальной информации и важных объявлениях запущен официальный Telegram-канал «Открытый диалог 2026». 🖥Через данный канал предприниматели, представители бизнеса и профильных сфер смогут регулярно получать актуальную информацию в рамках открытого диалога, сведения о порядке направления обращений, а также о деятельности Республиканского штаба. Кроме того, предприниматели могут направлять свои предложения и обращения через следующие каналы связи: ✈️ короткие номера 1100 или 1094 🤖 @ochiqmuloqot2026_bot 📱Официальный канал: @Ochiqmuloqot2026 Данный канал служит удобным источником официальной информации об открытом диалоге для предпринимателей, представителей профильных сфер и широкой общественности. YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot

Repost from Biznes-ombudsman
👍 Brifing: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik jarayonlari   Bugun, 25-may kuni Biznes-ombudsman Axborot xizmati rahbari Guljamol Shukurova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.   Unda 2026-yil 20-avgust – Tadbirkorlar kuni arafasida o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik jarayonlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.   Tayyorgarlik raqamlarda: 👍 44 ta vazirlik va idora mutaxassislaridan iborat Respublika shtabi va ekspert guruhlari tuzildi.   👍 Mas’ul tashkilotlar tomonidan hududlarda 65 ta uchrashuv o‘tkazilib, 890 nafar tadbirkorning murojaatlari qabul qilindi (23-may holatiga).   👍 Biznes-ombudsman va SSP tomonidan o‘tkazilgan 5 ta uchrashuvda tekshiruvlar bilan bog‘liq 149 ta tizimli takliflar olindi (23-may holatiga).   👍 Batafsil saytda o‘qishingiz mumkin. Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube

Repost from Biznes-ombudsman
👍 Ayni vaqtda Biznes-ombudsman Axborot xizmati rahbari Guljamol Shukurova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tmoqda. Mavzu: O‘zbek
👍 Ayni vaqtda Biznes-ombudsman Axborot xizmati rahbari Guljamol Shukurova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tmoqda. Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik jarayonlari 👍 Brifingni Biznes-ombudsman YouTube rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin. Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube

#live Хоразмда тадбиркорлар билан очиқ мулоқот ўтказилмоқда 🔴 Ўзбекистон Республикаси Президентининг тадбиркорлар билан VI о
#live Хоразмда тадбиркорлар билан очиқ мулоқот ўтказилмоқда 🔴 Ўзбекистон Республикаси Президентининг тадбиркорлар билан VI очиқ мулоқотига тайёргарлик кўриш доирасида тадбиркорларни қийнаётган муаммоларни жойларда ўрганиш ва уларга ечим топиш мақсадида ҳудудларда очиқ мулоқотлар давом этмоқда. Шу муносабат билан айни дамда Савдо-саноат палатаси ҳамда Бизнес-омбудсман томонидан Урганч шаҳридаги Маданият марказида тадбиркорлар билан навбатдаги очиқ мулоқот ўтказилмоқда. 🟥 ЖОНЛИ ЭФИР 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube

🎥 Ayni paytda Samarqand tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda. Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilinmoqda:
✍️ tadbirkorlarning davlat xaridlari tizimidagi ishtiroki; ✍️ davlat xaridlari tizimidagi muammolar; ✍️ mahsulotlarni sotish mexanizmlari; ✍️ elektron platformalardan samarali foydalanish; ✍️ sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish imkoniyatlari; ✍️ mahsulotlarni sertifikatlash va amaldagi standartlarga muvofiqlashtirish.
📌 Shuningdek, Agentlikning loyiha ofisi rahbarlari ochiq muloqotda tuman va shahar studiyalaridan bevosita ishtirok etib, tadbirkorlarning murojaat va takliflarini joyida o‘rganmoqda. 🔠 Uchrashuvda onlayn ishtirok etish. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin

✅Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari respublika bo'ylab davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv 25-may kuni Samarqand tumanida o'tkaziladi. ✔️ Agentlik hududlarga bevosita chiqib, tadbirkorlarning muammo va takliflarini joyida o'rganadi.
Ochiq muloqot davomida: ✍️ davlat xaridlari tizimidagi dolzarb masalalar; ✍️ sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish imkoniyatlari; ✍️ tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar hamda ularning yechimlari muhokama qilinadi.
✔️25-may kuni Agentlikning loyiha ofisi rahbarlari quyidagi hududlarda bevosita ishtirok etadi: Shahrixon, Peshku, Paxtakor, Shahrisabz, Ellikqalʼa, Uchquduq, Chortoq, Sayxunobod, Sherobod, Yuqori Chirchiq, Yunusobod, O‘zbekiston va Yangibozor tumanlari. 🎤 Savol yoki takliflaringiz bormi? Murojaat va takliflaringizni @Icppa_aloqa_bot orqali yuborishingiz mumkin. Mutaxassislar tomonidan bevosita javob beriladi. ➡️ 25-may 2026-yil, ⚫️ Soat 11:00, 📌 Samarqand tumani 🎥Ochiq muloqotda onlayn ishtirok etish. 🔴Eslatib o'tamiz may oyida 42 ta hudud, iyun–iyul oylarida yana 166 ta tuman va shahar — jami 208 ta hududda uchrashuvlar bo'lib o'tadi. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin

Repost from Biznes-ombudsman
👍 «OCHIQ MULOQOT 2026»: MUAMMOLARINGIZGA BIRGALIKDA YECHIM TOPAMIZ!   Biznes shiddat bilan rivojlanmoqda, davlat esa bu yo‘lda tadbirkorning eng yaqin tayanchi va ishonchli himoyachisiga aylanmoqda.   «Ochiq muloqot 2026» doirasida tadbirkorlarning muammo va tashabbuslarini tinglash, ularga tezkor yechim topish maqsadida Respublika shtabi faoliyat yuritmoqda.  
👍 Shtabda siz uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan?   👍 40 dan ortiq vazirlik, idoralar va soha ekspertlari bir joyda jamlangan.   👍 Har kuni Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati tadbirkorlarni shaxsan qabul qiladi (hududlardan turib onlayn ishtirok etish imkoniyati mavjud).
  📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting. 👍 @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay. OCHIQ MULOQOTDA FAOL ISHTIROK ETIB, YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA VA BIZNES MUHITI RIVOJIGA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING! Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube

Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari! “Biznes muloqot” dasturini televideniya orqali tomosha qilishishni xohlaysizmi? 📗 Ayni pa
+1
Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari! “Biznes muloqot” dasturini televideniya orqali tomosha qilishishni xohlaysizmi? 📗 Ayni paytda Agrobank tomonidan tashkil etilgan “Biznes muloqot” tadbiri O‘zbekiston 24 telekanalida jonli efirga uzatilmoqda. Soat 11:45 dan boshlab tadbir tafsilotlarini jonli tarzda kuzatishingiz mumkin. 📱 Facebook 📱 Instagram 🖥 Sayt

#Axborot24 | 22.05.2026 Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram

FOTOREPORTAJ — Tadbirkorlar ishtirokida dolzarb masalalar muhokama qilindi Favqulodda vaziyatlar hamda yong‘in xavfsizligi ta
+8
FOTOREPORTAJ — Tadbirkorlar ishtirokida dolzarb masalalar muhokama qilindi   Favqulodda vaziyatlar hamda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan tekshiruvlar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.   Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda boshqa mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etgan uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan amaliyotda uchrayotgan dolzarb masalalar muhokama qilindi. 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting. 👍 @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay. Telegram

Тадбиркорлар билан очиқ мулоқотлар республика ҳудудларида давом этмоқда 🇺🇿 "Ўзбекистон Республикаси Президентининг тадбирко
+3
Тадбиркорлар билан очиқ мулоқотлар республика ҳудудларида давом этмоқда 🇺🇿 "Ўзбекистон Республикаси Президентининг тадбиркорлар билан VI очиқ мулоқоти"га тайёргарлик кўриш доирасида тадбиркорларнинг мурожаатлари, муаммолари ва таклифларини тизимли ўрганиш мақсадида, Рақобат қўмитаси томонидан республиканинг барча ҳудудлари кесимида тадбиркорлар билан очиқ мулоқотлар ўтказилмоқда.Жумладан, Қорақалпоғистон Республикаси
Қорақалпоғистон Республикаси Рақобат қўмитаси раиси в.в.б. А.Аминов бошчилигида ўтказилган учрашувда тадбиркорлар томонидан кредит ва суғурта шартлари, таъминотчилар реестрига кириш ҳамда реклама объектларини паспортлаштириш жараёнларидаги муаммолар юзасидан мурожаатлар билдирилди. Масъул мутахассислар томонидан ҳуқуқий тушунтиришлар берилиб, айрим масалалар жойида ҳал этилди.
Андижон вилояти
Ҳудудий бошқарма раҳбарияти томонидан ушбу туманларда сайёр қабул ҳамда тадбиркорлар билан учрашувлар бўлиб ўтди. Тадбирдан кўзланган асосий мақсад аҳоли ва тадбиркорларни қийнаб келаётган масалаларни жойида ўрганиш ҳамда ижобий ҳал этишдан иборат бўлди.
Бухоро вилояти
Жорий йилнинг 18-май куни Худудий бошқарма томонидан ўтказилган очиқ мулуоқотда ишлаб чиқариш ва хизмат кўрсатиш бозорида фаолият юритаётган тадбиркорлик субъектлари иштирокида ўтказилган учрашувда асосий эътибор табиий монополия субъектлари кўрсатаётган хизматлар сифати, реклама фаолиятидаги муаммолар ҳамда биржа савдолари билан боғлиқ масалаларга қаратилди. Мурожаатлар ечими бўйича фикр алмашилиб, қонуний ижросини таъминлаш учун масъуллар бириктирилди.
Жиззах вилояти
Ҳудудий бошқармада ўтказилган учрашувда тадбиркорларнинг рақобат, истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш ва реклама соҳасидаги муаммолари ўрганилди. Жумладан, "Effektive sinergiya" МЧЖ ва "Forward advertise" МЧЖ вакилларининг реклама паспортларини шакллантириш тизими ва тўловлари бўйича мурожаатлари қабул қилиниб, ижрога йўналтирилди.
👍 Мулуоқотлар давомида қабул қилинган мурожаатлар бўйича масъул мутахассислар томонидан ҳуқуқий тушунтиришлар берилиб, айрим масалалар жойида ҳал этилди, қўшимча ўрганиш талаб этувчи мурожаатлар эса назоратга олинди. ✈️ Шунингдек, учрашувларда билдирилган ҳар бир мурожаат ва таклифлар алоҳида ўрганилиб, "VI очиқ мулоқот"да муҳокамага киритиш учун умумлаштирилмоқда. Telegram |Press_service| Facebook | Instagram | Youtube

📌Sirdaryo tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonid
+3
📌Sirdaryo tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan respublika hududlarida tashkil etilayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda. ✔️ 21-may kuni Sirdaryo tumanida o‘tkazilgan uchrashuvda mahalliy tadbirkorlar, 14 ta hududdan bittadan tuman tadbirkorlari (onlayn), mas’ul tashkilotlar hamda Agentlik vakillari ishtirok etdi.
Ochiq muloqot davomida davlat xaridlari tizimi, sanoat kooperatsiyasi, mahalliylashtirish imkoniyatlari hamda tadbirkorlarni qiynayotgan amaliy masalalar muhokama qilindi. Tadbirda respublika bo‘yicha jami 116 nafar tadbirkor ishtirok etdi. Uchrashuv davomida 24 ta murojaat va taklif ko‘rib chiqildi hamda 8 ta masala joyida o‘z yechimini topdi.
Mazkur ochiq muloqotlar tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni amaliy hal etishga xizmat qiladi. ➡️Ma’lumot uchun, may oyida 42 ta hududda, iyun–iyul oylarida esa yana 166 ta tuman va shaharda ochiq muloqotlar tashkil etilib, jami 208 ta hudud qamrab olinadi. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin