Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
前往频道在 Telegram
Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot
显示更多未指定国家未指定类别
4 702
订阅者
-624 小时
-587 天
-1 73630 天
帖子存档
👍 Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining sunnat to‘yi o‘tkazildi
🔵 Yangihayot tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi hamda Xalq demokratik partiyasi hamkorligida tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 12 nafar farzandi uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi.
🖼 Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir davomida bolajonlar hamda ularning ota-onalari uchun bayram dasturi tashkil etilib, ularga quvonchli lahzalar ulashildi.
🖼 Tadbir yakunida mutasaddilar hamda homiylar tomonidan bolalar va ularning ota-onalariga esdalik sovg‘alari topshirilib, ezgu tilaklar bildirildi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
#Life
😎 Press tur topilmagalarga boy bo’lmoqda
👨🏻💻 “Yangi Umid” mahallasining yoshlar yetakchisi nafaqat yetakchilik, balki “Dolzarb 90 kun” doirasida oromgohdagi bolalarga ham o’z bilimlarini ulashib kelmoqda.
👏🏻 Oila+Maktab+Mahalla hamkorigining yorqin namunasi
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
🇺🇿 Ayni vaqtda Yangihayot tumanida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida yozgi oromgohlar faoliyatini tashkil etish jarayoniga bag‘ishlangan press-tur bo’lib o’tmoqda.
🏕️ Mazkur press-tur davomida OAV vakillari yozgi oromgohlar faoliyati, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ularning mazmunli hordiq chiqarishini ta'minlashga qaratilgan ishlar bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratilmoqda.
📍Birinchi manzil “Yangi Darxon” mahallasida joylashgan 356-umumta’lim maktabi
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
#Bilasizmi
👍 Endi "bolnichniy" pulini faqat ish beruvchi to‘lamaydi!
👍 Gap shundaki, 1-iyuldan boshlab vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildi.
🇺🇿 "Bilasizmi?" loyihasining ushbu sonida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini to‘lashning yangi tartibi hamda ayrim fuqarolar uchun joriy etilgan qo‘shimcha imtiyozlar haqida batafsil bilib olishingiz mumkin.
👍 Foydali deb o'ylasangiz, ushbu videoni yaqinlaringizga ham yuborib qo'ying!
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Inson qadrini ulugʻlash, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan izchil islohotlar bugun Sergeli tumanidagi mahallalar qiyofasida, odamlarning kundalik hayotida yaqqol namoyon boʻlmoqda.
—
Последовательные реформы, направленные на возвышение чести и достоинства человека, повышение благосостояния населения, сегодня находят яркое отражение и в облике махаллей Сергелийского района.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
📣 Hurmatli jurnalistlar, OAV vakillari hamda blogerlar!
📍 6-iyul kuni Yangihayot tumanida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida yozgi oromgohlar faoliyatini tashkil etish jarayoniga bag‘ishlangan press-tur bo‘lib o‘tadi.
🏕️ Mazkur press-tur davomida yozgi oromgohlar faoliyati, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ularning mazmunli hordiq chiqarishini ta'minlashga qaratilgan ishlar bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratiladi.
🇺🇿 Press-turda ishtirok etishni istagan jurnalist va blogerlarni soat 09:30 da Yangihayot tumani hokimligi binosi oldida kutib qolamiz.
😊 Barchangizni ushbu press-turda ishtirok etishga taklif etamiz!
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahri, xususan, Sergeli tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahallalarda xavfsiz muhit yaratish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
—
Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам социально-экономического развития города Ташкента, в том числе Сергелийского района, а также создания безопасной среды в махаллях.
#Mirziyoyev #videoselektor #Sergeli #mahalla
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yig‘ilishda mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha poytaxt namunasini yaratish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Poytaxt tumanlariga respublika rahbarlari biriktirilgani o‘z natijasini berayotgani ta’kidlandi.
Olti oyda oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar kamaydi. 230 ta mahallada jinoyat sodir etilmadi, 332 ta mahallada jinoyat keskin qisqardi.
Kriminogen vaziyati tashvishli mahallalar soni 60 tadan 23 taga tushdi. Bu shaharda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yangi yondashuvlar samara berayotganini ko‘rsatmoqda.
Sergeli tumanida ham xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha ijobiy natijalar qayd etildi. Kriminogen vaziyati og‘ir deb baholangan 29 ta mahalla “yashil” toifaga o‘tdi. 17 ta mahallada jinoyat sodir etilmadi.
Sergeli bu borada Toshkent shahri tumanlari orasida eng yaxshi natijalardan birini ko‘rsatdi.
Davlatimiz rahbari O‘zgarish mahallasidagi profilaktika ishlari bo‘yicha tajribani ommalashtirish, tumandagi qolgan 46 ta mahallani “yashil” toifaga o‘tkazish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi yondashuvlarni joriy etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
Yig‘ilishda hokimlar va mas’ullarning axboroti tinglandi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yil boshidan buyon Toshkent shahriga qariyb 3 million xorijlik sayyoh tashrif buyurdi. Ularning ko‘pchiligi tarixiy obidalar, istirohat bog‘lari, bozorlar, kafe-restoranlar va turistik mahallalarga piyoda borib, xotirjam sayr qilishni istaydi.
Buning uchun yo‘l ko‘rsatkichlari, qulay marshrutlar va raqamli xaritalar zarurligi qayd etildi. Mutasaddilarga avtobus bekatlari, vokzal, aeroport va metro stansiyalarida sayyohlar uchun shahar marshrutlarini ko‘rsatuvchi, telefonga bepul va oson yuklab olinadigan xaritalarni joriy etish topshirildi.
Davlatimiz rahbari Toshkent azaldan toza, ozoda va “yashil” shahar sifatida e’tirof etib kelinganini ta’kidladi. Shu bilan birga, ko‘chalar, xiyobonlar va parklardagi tozalik muhiti aholi va turistlar talabiga qay darajada mos ekani tanqidiy tahlil qilindi.
Bu masala oddiy ko‘rinsa-da, aslida, madaniyat va qadriyat ekani qayd etildi. Mahalla raislari, nuroniylar va faollarga aholi bilan birga obodonchilik, daraxt ekish va ularni sug‘orish ishlariga bosh-qosh bo‘lish, yoshlarga “Tozalik ostonadan boshlanadi” degan qadriyatni singdirish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, poytaxt mehmonlari va sayrga chiqqan aholi uchun hojatxonalar yetishmasligi qayd etildi. Bir oy muddatda alohida dastur ishlab chiqib, shu yilning o‘zida har bir tumanda 15-20 ta zamonaviy hojatxona qurish uchun yerlarni auksionga chiqarish vazifasi qo‘yildi.
Chiqindi qutilarini keskin ko‘paytirish bo‘yicha ham choralar ko‘riladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Sergeli va Yangihayot tumanlarining aholisini qiynab kelayotgan yana bir masala – suv tozalash inshooti atrofidagi badbo‘y hiddir. Mutasaddilarga 1-sentabrgacha oqova suv qabul qilish inshootiga zamonaviy filtrlash uskunalarini o‘rnatib, bu muammoni bartaraf etish topshirildi.
Kelasi yildan Birlashgan Arab Amirliklaridagi hamkorlar bilan Quyi Chirchiq tumanida quvvati 300 ming kub metr bo‘lgan zamonaviy suv tozalash inshooti qurilishi boshlanadi. Buning hisobidan Sergelidagi suv tozalash inshootiga yuklama keskin kamayadi.
Joriy yil aholiga qulaylik yaratish maqsadida Sergelining asosiy 23 kilometr yo‘lida harakat xavfsizligi qayta ko‘rib chiqilmoqda. Chorrahalarga 455 ta “aqlli” svetofor o‘rnatiladi, 150 ta avtobus bekati yangilanadi, 10 ming o‘rinli avtoturargoh tashkil etiladi.
Kelasi yil Yangi Sergeli ko‘chasida avtobus uchun 5,5 kilometrlik BRT yo‘lak qurish rejalashtirilgan. Bu yo‘lak Shota Rustaveli ko‘chasi bilan bog‘lanadi.
Sergeli, Bektemir va Yangihayot tumanlarini poytaxtning boshqa hududlari bilan bog‘laydigan Toshkent halqa yo‘lidagi yangi ko‘prik qurilishini tezlashtirish zarurligi qayd etildi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Sergeli tumani hokimligining vaziyatlar markazi davlatimiz rahbariga taqdimot qilindi.
—
Главе нашего государства представлена работа ситуационного центра хокимията Сергелийского района.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumani hokimligiga tashrif buyurib, boshqaruvni raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил хокимият Сергелийского района, где ознакомился с проводимой работой по цифровизации управления.
#Mirziyoyev #tanishuv #Sergeli #raqamlashtirish
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimiz Sergelidagi O‘zgarish mahallasining hayoti bilan tanishdi.
—
Президент нашей страны ознакомился с жизнью махалли Узгариш в Сергели.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanidagi Oʻzgarish mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с созидательной работой в махалле Узгариш Сергелийского района.
#Mirziyoyev #tanishuv #Sergeli #mahalla
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Davlatimiz rahbari zamonaviy tibbiyot markazida bo‘ldi.
—
Глава нашего государства посетил современный медицинский центр.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida joylashgan “Global International Hospital” xususiy koʻp tarmoqli tibbiyot markazi faoliyati bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью частного многопрофильного медицинского центра «Global International Hospital» в Сергелийском районе.
#Mirziyoyev #tanishuv #Sergeli #tibbiyot
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimiz Yangi Sergeli ko‘chasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi.
—
Президент нашей страны ознакомился с преобразованиями на улице Янги Сергели.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
