Nilufar Matkarimova | Rasmiy
前往频道在 Telegram
🇺🇿O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari 🇺🇿Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 🇺🇿 Instagram: https://www.instagram.com/n.b.matkarimova
显示更多未指定国家未指定类别
6 754
订阅者
-224 小时
+1 6867 天
+3 49130 天
帖子存档
FRAKSIYA YIG'ILISHI
Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting, qonun loyihalaridagi yangiliklar, kiritilayotgan o‘zgartirishlar bilan sizlarni batafsil tanishtirib boramiz.
🌱 “ECO YOUTH SUMMIT” muvaffaqiyatli yakun va natijadorlik!
Joriy yilning 8–9-iyul kunlari “Ziyo Forum” anjumanlar zalida tashkil etilgan “Eco Youth Summit” xalqaro ekologik sammiti muvaffaqiyatli yakunlandi.
📊 Sammit yakunlari:
✅ Google havolasi orqali 723 nafar yosh ro‘yxatdan o‘tdi;
✅ Sammitda 200 nafar yosh bevosita ishtirok etdi;
✅ Hududlarda tashkil etilgan markaziy studiyalar orqali 1000 nafardan ortiq yosh qamrab olindi;
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi targ‘ibot ishlari orqali 16 970 nafar kuzatuvchiga yetib borildi.
🌍 Sammit davomida:
Ishtirokchilarning ekologik bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi;
Ekologik islohotlar va xalqaro tajribalar o‘rganildi;
Ijtimoiy soha vakillari, yosh olimlar, ekologlar hamda volontyorlar o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi;
Xorijning TOP universitetlarida tahsil olayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi;
O‘zbekiston Ekologik partiyasi safiga 30 nafarga yaqin yangi yoshlar a’zo bo‘ldi.
🤝 “Eco Youth Summit” ekologik madaniyatni yuksaltirish, yoshlarni atrof-muhit muhofazasiga keng jalb etish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida muhim platformaga aylandi.
💚 Barcha ishtirokchilar, hamkor tashkilotlar va volontyorlarga sammit muvaffaqiyatiga qo‘shgan hissasi uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz!
#EcoYouthSummit #Ekologiya #Yoshlar #GreenFuture #OEP #EcoYouth #Sustainability
⭐️ Bugun jamoamiz uchun quvonchli va faxrli kun.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Mohinur Ergash yoshlarning yuksak e’tiroflaridan biri — "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ushbu yuksak mukofot munosabati bilan Mohinur Ergashni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Yoshlar siyosatini amalga oshirish, ekologik madaniyatni yuksaltirish, yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz, mas’uliyat va tashabbuskorligingiz munosib e’tirof etilgani barchamizni quvontiradi.
Sizga mustahkam sog‘lik, cheksiz g‘ayrat, yangi yutuqlar hamda Vatanimiz ravnaqi va yoshlar manfaatlari yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Yuksak e’tirof muborak bo‘lsin!
🌿 Eco Youth Summit yakunlandi. Natija esa yangi imkoniyatlar, yangi bilimlar va yangi safdoshlar bo‘ldi!
Ikki kun davom etgan Eco Youth Summit ekologik g‘oyalar, yoshlar tashabbuslari va siyosiy faollikni bir maydonda jamladi.
Sammit ishtirokchilari nimalarga ega bo‘ldilar?
📚 Ekologiya va barqaror rivojlanish bo‘yicha amaliy bilimlar;
🤝 Respublikaning turli hududlaridan kelgan faol yoshlar bilan keng qamrovli networking;
💡 Tengdoshlar bilan fikr almashish, yangi g‘oyalar ishlab chiqish va kelgusidagi loyihalar uchun hamkorlar topish imkoniyati;
🫂 Yangi do‘stlar va mustahkam jamoa;
🏛 Ekologik siyosat, fuqarolik faolligi hamda partiyaviy faoliyat yuzasidan siyosiy bilimlarini boyitish;
🌱 O‘zbekiston Ekologik partiyasi safiga qo‘shilib, ekologik islohotlarda faol ishtirok etish imkoniyati.
Eco Youth Summit — bu shunchaki sammit emas. Bu ekologik tafakkur, liderlik va siyosiy faollik maktabi bo‘ldi.
Yashil kelajakni qurish — bugungi faol yoshlarning qo‘lida!
#EcoYouthSummit #OʻzbekistonEkologikPartiyasi #EkofaolYoshlar #YashilKelajak #SiyosiyFaollik #BarqarorRivojlanish
+2
🟢Eco Youth Summit doirasida partiyamiz safi yangi a’zolar bilan kengaydi
Eco Youth Summit davomida ekologik masalalarga befarq bo‘lmagan, tashabbuskor yoshlar O‘zbekiston Ekologik partiyasining maqsad va vazifalari, shuningdek, amalga oshirilayotgan ekologik loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.
Sammit yakunida partiyamizning dasturiy g‘oyalari va ekologik islohotlarni qo‘llab-quvvatlagan 30 nafarga yaqin yosh O‘zbekiston Ekologik partiyasi safiga a’zo bo‘ldi.
Yoshlarning partiyamizga bo‘lgan ishonchi va faolligi ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda yurtimizda yashil taraqqiyotni ta’minlash yo‘lidagi ezgu maqsadlarimizga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi — sog‘lom atrof-muhit va barqaror kelajak yo‘lida! 🌱
#OʻzbekistonEkologikPartiyasi #EcoYouthSummit #YashilKelajak #EkofaolYoshlar
Repost from EKOPARTIYA BUXORO|Rasmiy kanal
+3
#ECO_YOUTH_SUMMIT
☘O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tashabbusi bilan Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro “ECO YOUTH SUMMIT” Buxoro viloyat studiyasidan online qatnashgan yoshlar munosib taqdirlandilar.
🍃Ikki kun davom etgan tadbir davomida ekspertlar tomonidan ekologik madaniyatni yuksaltirish, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirish, ularning tashabbuslari va innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ma’ruza va treninglari bo‘lib o‘tdi.
📲Bizga obuna bo’ling
👇👇👇👇👇👇👇
@Eco_partiya ecouz.uz
#OAV_biz_haqimizda
│"Poytaxt" Informatsion dasturi │8-iyul
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan Yoshlar xalqaro eko-sammati mazmunli muloqotlar, maqsadli uchrashuvlar va qiziqarli treninglarga boy bo‘ldi.
🤝 Kuchli jamoa — yuksak natijalar garovi.
Har qanday muvaffaqiyat zamirida o‘z oldiga aniq maqsad qo‘ygan, mas’uliyatni chuqur his etadigan va yagona g‘oya yo‘lida birlashgan jamoa turadi. Jamoaning har bir a’zosi o‘z vazifasini sidqidildan ado etgandagina yuksak natijalarga erishish mumkin.
Jamoa lideri esa jamoani boshqarish bilangina cheklanmay, uning har bir a’zosini ilhomlantiradi, qo‘llab-quvvatlaydi va umumiy maqsad sari birlashtiradi. Xodimlarning fidoyiligi, tashabbuskorligi va professionalligi esa jamoaning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan eng muhim omillardandir.
Bugungi yutuqlar — o‘zaro ishonch, hamjihatlik va mas’uliyatli mehnatning amaliy natijasidir.
“Eco Youth Summit”ni o’tkazishda yaqindan yordam bergan hamkorlarimiz:
⭐️ Ziyo Forum
⭐️”Ming kitob”loyihasi
⭐️”Mutolaa”loyihasi
⭐️Yosh olimlar kengashi
⭐️ “Ekosan”xalqaro foniga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz!
#Jamoa #Liderlik #Hamjihatlik #Muvaffaqiyat #Taraqqiyot #ProfessionalJamoa
🌿 Eco Youth Summitning ikkinchi kuni mazmunan boy va samarali trening hamda seminarlar bilan davom etdi.
Dastur doirasida ishtirokchilar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish, iqlim o‘zgarishi sharoitida ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda yoshlarning ushbu yo‘nalishdagi faolligini oshirishga qaratilgan mavzularda malakali ekspertlar ishtirokidagi o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar.
Trening va seminarlar davomida ekologik muammolarga zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or tajribalar hamda innovatsion yechimlar muhokama qilinib, ishtirokchilarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Eco Youth Summit doirasida tashkil etilayotgan mazkur tadbirlar yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatimizda barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga munosib hissa qo‘shishga xizmat qilmoqda.
🟢Birinchi kuni yakunida O‘zbekiston Ekologik partiyasi safiga qabul qilingan bir guruh faol yoshlarga partiya a’zolik guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.
Shundan so‘ng ishtirokchilar uchun volontyorlik faoliyatini rivojlantirish, yoshlarning fuqarolik faolligini oshirish hamda ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan Amaliy trening tashkil etildi.
Trening davomida volontyorlik harakatining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, yoshlarning ekologik loyihalardagi ishtiroki va tashabbuskorligini kuchaytirish masalalari yuzasidan tavsiya va amaliy yondashuvlar taqdim etildi.
Shu tariqa, “ECO YOUTH SUMMIT”ning birinchi kuni ekologik ta’limni rivojlantirish, xalqaro tajriba almashish, yoshlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ekologik tashabbuslarini rag‘batlantirishga qaratilgan mazmunli tadbirlar bilan yakunlandi.
Ijtimoiy muloqot va networking imkoniyatlari kengaytirildi.
Xalqaro “ECO YOUTH SUMMIT” doirasida ishtirokchilar o‘rtasida ijtimoiy muloqotni rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish hamda yangi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Sammit yoshlar, davlat idoralari vakillari, ekspertlar va xorijiy mutaxassislarni yagona muloqot maydonida birlashtirib, ekologiya sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish uchun qulay imkoniyat yaratdi.
Dastur doirasida tashkil etilgan Coffee Break ishtirokchilarning norasmiy muloqoti va networking aloqalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Ushbu jarayonda yoshlar o‘zaro tajriba almashib, istiqbolli ekologik loyihalar va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.
Bunday muloqotlar yoshlar o‘rtasida hamkorlik muhitini mustahkamlash, yangi tashabbuslarning shakllanishi hamda ekologik yo‘nalishdagi qo‘shma loyihalarni rivojlantirish uchun muhim zamin yaratdi.
#ECO_YOUTH_SUMMIT
O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi tomonidan tashkil etilgan xalqaro "ECO YOUTH SUMMIT" ekologik madaniyatni yuksaltirish va yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirishga qaratilgan muhim muloqot maydoni boʻldi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
+3
🌱Yoshlar — yashil kelajak bunyodkorlari, ekologik taraqqiyotning asosiy kuchidir.
🟢Ekologik muammolar yechimida yoshlar startaplarining o‘rni
🟢Xalqaro “ECO YOUTH SUMMIT” doirasida ekologik yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan yosh startaperlarning innovatsion loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
✔️Sessiya davomida yoshlar atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni qayta ishlash, resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan istiqbolli loyihalarini ekspertlar va soha mutaxassislari e'tiboriga havola etdilar.
🗣️Taqdimotlar jarayonida loyihalarning dolzarbligi, amaliy ahamiyati va ularni hayotga tatbiq etish imkoniyatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
💬Mutaxassislar tomonidan har bir tashabbus yuzasidan tavsiya va takliflar bildirilib, ekologik yo‘nalishdagi innovatsion g‘oyalarni yanada takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
⭐️Mazkur sessiya yoshlarning innovatsion salohiyatini namoyon etish, istiqbolli ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ekologik muammolar yechimiga qaratilgan amaliy loyihalarni rivojlantirish uchun samarali muloqot maydoniga aylandi.
🟢“ECO YOUTH SUMMIT”ning birinchi kuni yoshlarning ekologik bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda ularning jamiyat hayotidagi faolligini kuchaytirishga qaratilgan o‘quv-ma’rifiy sessiyalar bilan davom etdi.
✔️Sessiyalar davomida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, ularni ekologik muammolar yechimiga faol jalb etish hamda volontyorlik harakatini rivojlantirish masalalari yuzasidan ma'ruzalar va taqdimotlar o'tkazildi. 🌐Xalqaro muloqotlar doirasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan taklif etilgan mutaxassislar ekologik ta'lim hamda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. 🔔Shuningdek, xorijda tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik yoshlar ishtirokidagi ochiq muloqot bilim va tajriba almashish uchun muhim platforma bo‘ldi.🟢Bundan tashqari, yoshlar uchun volontyorlik faoliyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan amaliy trening tashkil etilib, ekologik tashabbuslarni amalga oshirishda yoshlarning o‘rni va mas'uliyatini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
🌿"ECO YOUTH SUMMIT"ga rasman start berildi!
📍 Bugun ekologiya, innovatsiyalar va yoshlar tashabbuslarini yagona maydonda birlashtirgan ECO YOUTH SUMMIT o‘z ishini boshladi.
⚡️ Sammitning ochilish marosimi avvalida tashrif buyurgan rahbar va faxriy mehmonlarimiz yosh startaperlar tomonidan taqdim etilgan ekologik hamda innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi bilan tanishib, ularning ishlanmalari, zamonaviy yechimlari va istiqbolli tashabbuslarini ko‘zdan kechirdilar.
👥 Ochilish marosimida quyidagi qadrli mehmonlarimiz ishtirok etdilar:
-O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Xamzayev Abdushukur Xudoyqulovich;
-O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi – Кozixonova Orzigul Muydinovna;
-O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari – Boqiyev Farxod Esanovich;
-O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi boshqarma boshlig‘i – Olimov Sherzod Murodullayevich;
-O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Abdullayeva Zarina A’zamovna;
-O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va ma’naviy-tarbiyaviy ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Laziz Mingishov tashrif buyurishgan.
🤝Shuningdek sammitda faxriy mehmonlari sifatida :
-Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari;
-O‘zbekiston Respublikasi markaziy banki;
-Kasbiy ta’lim agentligi;
-O‘zbekiston Milliy Iqtisodiy hamkorlik uyushmasi;
-Tadbirkor ayollar uyushmasi mas’ul hodimlari ishtirok etdilar.
🌱 ECO YOUTH SUMMIT ekologiya yo‘nalishida faol va tashabbuskor yoshlarni davlat organlari, ekspertlar hamda hamkor tashkilotlar bilan bir maydonda jamlab, istiqbolli g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, tajriba almashish va yangi loyihalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim platforma hisoblanadi.
💚 Bu — yashil kelajak sari tashlangan navbatdagi muhim qadam!
