ch
Feedback
Nilufar Matkarimova | Rasmiy

Nilufar Matkarimova | Rasmiy

前往频道在 Telegram

🇺🇿O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari 🇺🇿Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 🇺🇿 Instagram: https://www.instagram.com/n.b.matkarimova

显示更多
未指定国家未指定类别
4 974
订阅者
-3524 小时
-1187 天
+2 68230 天
帖子数量

数据加载中...

反应
评论
Telegram 星星
按以下排序的热门帖子

数据加载中...

发布分析
帖子
浏览量动态
#Kechki_mulohaza Bolaligimizda bilagimizni tishlab, soat yasardik... Go‘yo vaqt bir kun kelib jonimizni og‘ritishini oldindan
#Kechki_mulohaza Bolaligimizda bilagimizni tishlab, soat yasardik... Go‘yo vaqt bir kun kelib jonimizni og‘ritishini oldindan bilgandek. O‘shanda vaqt o‘tishini kutardik. Bugun esa biroz sekinroq o‘tishini istaymiz. Bolalikning qadrini ulg‘ayganda, vaqtning qadrini esa ortga qaytarib bo‘lmasligini anglaganda bilarkanmiz. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook
630018Loading...
没有文字...
77103Loading...
#Startap ♻️Bir martalik stakanlarga ekologik yechim Mohina Roxnurova — EcoCups loyihasi asoschisi. Loyiha issiq ichimliklar u
#Startap ♻️Bir martalik stakanlarga ekologik yechim Mohina Roxnurova — EcoCups loyihasi asoschisi. Loyiha issiq ichimliklar uchun qayta foydalanish mumkin bo‘lgan ekologik stakanlarni taklif etadi. ➡️EcoCups stakanlari issiq ichimlikni 30 daqiqagacha issiq holda saqlashga yordam beradi. ➡️Loyihaning asosiy maqsadi — qog‘oz hamda plastik chiqindilarining atrof-muhitga zararini kamaytirish.
83205Loading...
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatini yangi bosqichga olib chiqish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab+3
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatini yangi bosqichga olib chiqish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Faceboo
76005Loading...
没有文字...
65007Loading...
🎙 YASHIL HAYOT FORMULASI PODKASTI 3-son | Yashil avlodni kim tarbiyalaydi? 🌱 Ayol, ta’lim va ekologik mas’uliyat mavzusida
🎙 YASHIL HAYOT FORMULASI PODKASTI 3-son | Yashil avlodni kim tarbiyalaydi? 🌱 Ayol, ta’lim va ekologik mas’uliyat mavzusida navbatdagi podkastimiz bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida yashil avlodni tarbiyalashda ayolning o‘rni, ta’limning ekologik madaniyatni shakllantirishdagi ahamiyati hamda jamiyatda ekologik mas’uliyatni kuchaytirish masalalari haqida fikr almashdik. 💚 Yashil kelajak — bugungi ong, tarbiya va mas’uliyatdan boshlanadi! 🎥 Podkastdan videolavhani tomosha qiling. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook
66105Loading...
🟢Maqsad — yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish 📇Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning ekolog+4
🟢Maqsad — yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish 📇Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhit muhofazasiga oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ekologik muammolarga daxldorligini oshirish hamda yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yishdan iborat. 🎲Tadbirda so‘zga chiqqan A.Xamzayev hamda X.Sattorovlar bugungi kunda global iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining tanqisligi, chiqindilarni boshqarish, bioxilma-xillikni asrash va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabat kabi masalalar yoshlarning ekologik ongi va faolligini yanada oshirishni taqozo etayotgani, shu nuqtai nazardan, ekologik tafakkurga ega, zamonaviy bilim va innovatsion g‘oyalarga tayanib harakat qiladigan yoshlar barqaror taraqqiyotning eng muhim kuchi ekanini ta’kidlab o‘tdilar.
66000Loading...
#OchiqMuloqot #YoshlarTashabbusi 🙋‍♂️ Yangi g‘oyalar uchun ochiq muloqot 💬 Yoshlar, sizni ekologiya, yoshlar siyosati va ke
#OchiqMuloqot #YoshlarTashabbusi 🙋‍♂️ Yangi g‘oyalar uchun ochiq muloqot 💬 Yoshlar, sizni ekologiya, yoshlar siyosati va kelgusidagi istiqbolli loyihalar yuzasidan ochiq, samimiy va mazmunli muloqotga taklif etamiz. 👥 Spikerlar: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Sattarov Xayrulla Fayzullayevich hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi raisi Abdushukur Hamzayev Xudoyqulovich ⏰ Sana: 10-sentabr, soat 11:00 🗺 Manzil: O‘zbekiston Ekologik partiyasi 🔗 Ishtirok etish uchun quyidagi HAVOLA orqali ro‘yxatdan o‘ting!
74006Loading...
Olimlarimiz antioksidant va gipoksiyaga qarshi xususiyatga ega fitokompleks yaratmoqda Rayhonni ko‘pchiligimiz xushbo‘yligi v
Olimlarimiz antioksidant va gipoksiyaga qarshi xususiyatga ega fitokompleks yaratmoqda Rayhonni ko‘pchiligimiz xushbo‘yligi va taomlarga beradigan o‘ziga xos ta’mi bilan yaxshi bilamiz. Ammo bu o‘simlik va unga turdosh ayrim dorivor o‘simliklar tarkibida inson organizmi uchun foydali bo‘lgan ko‘plab biologik faol moddalar mavjud. Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘simlik moddalari kimyosi instituti olimlari ana shu imkoniyatdan foydalanib, mahalliy o‘simliklar asosida yangi fitokompleks yaratish ustida ish olib bormoqda. Tadqiqotlar Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Rayhon, astragal va turdosh o‘simliklarning ekstraktlari asosida fitokomplekslar yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida amalga oshirilmoqda. 🌐 Batafsil
77008Loading...
Olimlarimiz antioksidant va gipoksiyaga qarshi xususiyatga ega fitokompleks yaratmoqda Rayhonni ko‘pchiligimiz xushbo‘yligi va taomlarga beradigan o‘ziga xos ta’mi bilan yaxshi bilamiz. Ammo bu o‘simlik va unga turdosh ayrim dorivor o‘simliklar tarkibida inson organizmi uchun foydali bo‘lgan ko‘plab biologik faol moddalar mavjud. Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘simlik moddalari kimyosi instituti olimlari ana shu imkoniyatdan foydalanib, mahalliy o‘simliklar asosida yangi fitokompleks yaratish ustida ish olib bormoqda. Tadqiqotlar Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Rayhon, astragal va turdosh o‘simliklarning ekstraktlari asosida fitokomplekslar yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 1 milliard 409 million 357 ming so‘m bo‘lib, 2025–2027-yillarga mo‘ljallangan. Loyihaga institut Fizikaviy tadqiqot usullari laboratoriyasi yetakchi ilmiy xodimi, biologiya fanlari doktori Daniya Asilbekova rahbarlik qilmoqda. 🌐 Batafsil
2000Loading...
#AFORIZM Ko‘pchilik birinchi qadamni tashlash o‘rniga, eng oson va sehrli yo‘lni izlab yuradi. Mukammal vaqtni, qulay sharoitni, tayyor imkoniyatni kutadi... Aslida esa ko‘p narsaning siri juda oddiy, o‘rningdan tur. Boshlagin. Yo‘l yurayotganingda ochiladi. Birinchi qadam mukammal bo‘lishi shart emas. Faqat tashlanishi kerak.
781011Loading...
🟢 “AVTOMOBILSIZ KUN” AKSIYASI 🗓10-SENTABR “AVTOMOBILSIZ KUN” 🐈‍⬛Toza havo — sog‘lom hayot sari birgalikdagi qadam! 🗓10-se
🟢 “AVTOMOBILSIZ KUN” AKSIYASI 🗓10-SENTABR “AVTOMOBILSIZ KUN” 🐈‍⬛Toza havo — sog‘lom hayot sari birgalikdagi qadam! 🗓10-sentabr kuni avtomobildan foydalanishni imkon qadar cheklab, piyoda yurish, velosiped va jamoat transportidan foydalanishni tanlaymiz. 🌿 Atrof-muhitni asraylik! 🚲 Sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlaylik! 🌱 Yashil va qulay shahar uchun birgalikda harakat qilaylik! ⚡️AVTOMOBILSIZ KUN — TOZA SHAHAR UCHUN BIR QADAM!
80104Loading...
💧 Suv — hayot manbai. Ammo uning taqdirini biz qanchalik o‘ylaymiz? 🎨 “ARTepa” galereyasida suv muammosiga bag‘ishlangan no
💧 Suv — hayot manbai. Ammo uning taqdirini biz qanchalik o‘ylaymiz? 🎨 “ARTepa” galereyasida suv muammosiga bag‘ishlangan noodatiy ko‘rgazma — “O‘zaro oqimlar” (Interflows) ochiladi. Ko‘rgazma suvning inson, tabiat va jamiyat hayotidagi o‘rnini san’at va tadqiqotlar orqali yoritadi. Tomoshabin nafaqat san’at asarlarini ko‘radi, balki suv bilan bog‘liq ekologik muammolar haqida o‘ylashga undaydigan yangi nigoh bilan tanishadi. 📍 Manzil: “ARTepa” galereyasi, Green University 📅 Sana: 18-sentabr ⏰ Vaqt: 18:30 🤝 Ko‘rgazma “Art Station” va “DAVRA” tadqiqot jamoasi hamkorligida tashkil etilmoqda. Batafsil: https://gov.uz/oz/eco/news/view/216914
80107Loading...
EKOFAOL YOSHLAR SAFIGA QO‘SHILING! Atrof-muhitga befarq emasmisiz? Ekologik tashabbuslarni ilgari surish, yangi loyihalarni a
EKOFAOL YOSHLAR SAFIGA QO‘SHILING! Atrof-muhitga befarq emasmisiz? Ekologik tashabbuslarni ilgari surish, yangi loyihalarni amalga oshirish va jamiyatda ijobiy o‘zgarishlar yaratishga tayyormisiz? Unda O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan tashkil etilayotgan EKOFAOL VOLONTYOR YOSHLAR safiga qo‘shiling! 🤩 Biz kimlarni izlayapmiz? — ekologik muammolarga befarq bo‘lmagan; — tashabbuskor va faol; — jamoa bilan ishlay oladigan; — yangi g‘oya va loyihalarga ega; — mediasavodxon; — volontyorlik faoliyatida o‘z hissasini qo‘shishga tayyor yoshlarni. 🙋🏻‍♀️Jamoaga qo‘shilish istagida bo‘lgan yoshlarni suhbat asosida saralaymiz. Agar siz ham eko faol yoshlarning bir qismi bo‘lishni istasangiz — safimizga qo‘shiling! 💚 Birgalikda — yashil kelajak sari!
275627Loading...
Oʻzbekiston Prezidentining Serbiyaga ilk tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarda yangi bosqichning boshlanishi sifa
Oʻzbekiston Prezidentining Serbiyaga ilk tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarda yangi bosqichning boshlanishi sifatida tarixga kiradi. — Первый визит Президента Узбекистана в Сербию войдет в историю как начало нового этапа в отношениях между двумя странами. Telegram | Instagram | Facebook
94000Loading...
Partiya faoliyatini yanada kuchaytirish – ustuvor vazifa Bugun partiya Markaziy Kengashida partiya rahbari Abdushukur Xamzaye+4
Partiya faoliyatini yanada kuchaytirish – ustuvor vazifa   Bugun partiya Markaziy Kengashida partiya rahbari Abdushukur Xamzayev ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda partiya faoliyatini yanada rivojlantirish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligi va ta’sirchanligini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni partiyaviy jarayonlarga keng jalb etish hamda ekologik tashabbuslarni izchil kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, davlatimiz rahbarining Mustaqilligimizning 35 yilligi tantanalaridagi nutqida ilgari surilgan muhim tashabbus va vazifalarga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, suv va ekologiya masalalariga bag'ishlangan to‘rtinchi milliy dastur hamda "Yashil makon" umummilliy harakatini yangi sifat bosqichiga olib chiqish borasidagi ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, o‘tkaziladigan ekologik aksiyalarda jamoatchilik nazoratini samarali yo‘lga qo‘yish, amalga oshirilayotgan ishlar sifatini muntazam o‘rganish va ularning natijadorligini ta’minlash bo‘yicha har bir xodimga aniq va mas’uliyatli topshiriqlar berildi. Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, partiyaning joylardagi faoliyatini yanada jonlantirish, aholi bilan muloqotni kuchaytirish hamda ekologik tashabbuslarni keng jamoatchilik harakatiga aylantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
107100Loading...
🟢 YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT — YANGI G‘OYALAR VA DOLZARB TASHABBUSLAR MAYDONI! ⚡️Yoshlar, sizni ekologiya, yoshlar siyosati
🟢 YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT — YANGI G‘OYALAR VA DOLZARB TASHABBUSLAR MAYDONI! ⚡️Yoshlar, sizni ekologiya, yoshlar siyosati va kelgusidagi istiqbolli loyihalar yuzasidan ochiq, samimiy va mazmunli muloqotga taklif etamiz. Spikerlar: ⏺Abdushukur Hamzayev - O'zbekiston Ekologik partiyasi raisi. ⏺Sattorov Hayrulla Fayzullayevich O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi. 🗓 Sana: 10-avgust 🕚 Vaqt: 11:00 📍 Manzil: O‘zbekiston Ekologik partiyasi 📝 Ishtirok etish uchun quyidagi LINK orqali ro‘yxatdan o‘ting Fikringiz — muhim. Tashabbusingiz — kelajak uchun qadam! Sizni ochiq va samimiy muloqotda kutib qolamiz!
47515311Loading...
#olimlar_uchun 2025-yildagi o‘sishning 73 foizini atigi 5 ta fan bergan. 2024-yilda OAK bazasida 4 138 ta, 2025-yilda esa 5 9
#olimlar_uchun 2025-yildagi o‘sishning 73 foizini atigi 5 ta fan bergan. 2024-yilda OAK bazasida 4 138 ta, 2025-yilda esa 5 993 ta dissertatsiya himoyasi e’loni qayd etilgan. Bir yil ichidagi o‘sish — 1 855 ta. Qizig‘i, shu o‘sishning 1 353 tasi yoki 72,9 foizi atigi 5 ta fan sohasi hissasiga to‘g‘ri kelgan: — pedagogika: 473 → 847 (+374); — iqtisodiyot: 600 → 920 (+320); — filologiya: 498 → 762 (+264); — tibbiyot: 626 → 885 (+259); — texnika: 645 → 781 (+136). Demak, 2025-yildagi umumiy o‘sish barcha fanlarda bir xil kechmagan. Asosiy “drayver” aynan shu besh yo‘nalish bo‘lgan. Eng katta o‘sish pedagogikada: bir yilning o‘zida 79 foizga yaqin.
104108Loading...
🟢AYOLLAR SALOMATLIGI — USTUVOR YO‘NALISH! O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamda “Respublika Imkoniyat” jamoat birlashmasi o‘r
🟢AYOLLAR SALOMATLIGI — USTUVOR YO‘NALISH! O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamda “Respublika Imkoniyat” jamoat birlashmasi o‘rtasida ayollar salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va xotin-qizlarning tibbiy hamda ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan yirik hamkorlik loyihasi tez kunda amalga oshiriladi. 👩🏻‍💼Hamkorlik doirasida xotin-qizlar uchun sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qiluvchi uchrashuvlar, targ‘ibot tadbirlari, ekspertlar ishtirokidagi suhbatlar va amaliy loyihalar tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda. 🌱 Sog‘lom ayol — sog‘lom oila, sog‘lom oila esa sog‘lom jamiyat demakdir. Mazkur hamkorlik orqali ayollar salomatligini asrash, profilaktikaga e’tiborni kuchaytirish va sog‘lom avlod tarbiyasiga munosib hissa qo‘shish maqsad qilingan.
1493013Loading...
没有文字...
150407Loading...