ch
Feedback
Nilufar Matkarimova | Rasmiy

Nilufar Matkarimova | Rasmiy

前往频道在 Telegram

🇺🇿O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari 🇺🇿Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 🇺🇿 Instagram: https://www.instagram.com/n.b.matkarimova

显示更多
未指定国家未指定类别
6 754
订阅者
-224 小时
+1 6867 天
+3 49130 天
帖子存档
#Fraksiya_yigilishi Fraksiya yig‘ilishida muhim va dolzarb qonun loyihalari muhokama qilindi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
+4
#Fraksiya_yigilishi Fraksiya yig‘ilishida muhim va dolzarb qonun loyihalari muhokama qilindi   Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.  
Jumladan, “Davlat veterinariya nazorati takomillashtirilishi munosabati bilan “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
  Batafsil: 👉 https://ecouz.uz/news/860Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Yangiliklar 29.06.2026 O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi tomonidan Yozyovon tumanida ayollar va yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan kommunal xo’jaligi xodimi faxriy unvoni ta’sis etila
🔴#Live #Fraksiya_yigilishi O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan kommunal xo’jaligi xodimi faxriy unvoni ta’sis etiladi Fraksiyamizning bugungi yig’ilishida O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan, o‘z mehnati bilan yuksak kasbiy mahoratini namoyon etgan birlashma, tashkilot va muassasalarining aholiga xizmat ko‘rsatish ishini yaxshilashda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan kommunal xo‘jaligi xodimi” faxriy unvonini berish maqsadida ishlab chiqilgan qonun loyihasi birinchi o’qishda ko’rib chiqildi. Mazkur qonun loyihasi deputatlarimiz tomonidan bir ovozdan ma’qullandi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Ayni daqiqalarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bizni kuzatishda davom eting, qonun loyihalaridagi yangiliklar, kiritilayotgan o‘zgartirishlar bilan sizlarni batafsil tanishtirib boramiz.   ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

🎵 BIZDA PREMYERA! Tabiatni sevish – bugun g‘oya emas, balki kelajak oldidagi mas’uliyatdir. 🎶 O‘zbekiston Ekologik partiyasi tashabbusi bilan Mustaqilligimizning 35 yilligi shodiyonalari oldidan “Yashil makon” qo‘shig‘i yaratildi. Qo‘shiqning rasmiy premyerasi 🗓 30.06.2026-yil sanasida bo‘lib o‘tadi. Bizni kuzatishda davom eting, qo‘shiq premyerasini O‘zbekiston Ekologik partiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali e'tiboringizga taqdim etamiz. Qo‘shiq muallifi: T. Parfiyev Musiqiy sayqal: N. Nurillayev, B. Azimov Ijroda: AI Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Nega olimlar kerak? Bugungi kunda dunyoning eng rivojlangan davlatlari iqtisodiy o'sish, texnologik taraqqiyot va samarali da
Nega olimlar kerak? Bugungi kunda dunyoning eng rivojlangan davlatlari iqtisodiy o'sish, texnologik taraqqiyot va samarali davlat boshqaruviga erishishda bitta muhim tamoyilga amal qiladi: qarorlar ilmiy dalillarga asoslanadi.
Qabul qilinayotgan har bir strategiya, qonun yoki islohot — millionlab insonlar hayotiga ta'sir qiladi. Shuning uchun bunday qarorlar faqat tajriba yoki intuitiv yondashuv asosida emas, balki ilmiy tahlillar, statistik ma'lumotlar, iqtisodiy modellar va amaliy tadqiqotlar asosida ishlab chiqilishi zarur. Masalan, Janubiy Koreya, Singapur va Finlyandiya kabi davlatlarning rivojlanish tajribasi shuni ko'rsatadiki, ilm-fan davlat siyosatining ajralmas qismiga aylangan. Bu mamlakatlarda vazirliklar, ilmiy markazlar va universitetlar o'rtasidagi hamkorlik natijasida qabul qilinadigan qarorlarning samaradorligi muntazam baholanadi va ilmiy tavsiyalar asosida takomillashtirib boriladi. Xalqaro tashkilotlar ham aynan shu yondashuvni qo'llab-quvvatlaydi. OECD ma'lumotlariga ko'ra, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarga ko'proq investitsiya kiritayotgan mamlakatlarda mehnat unumdorligi, iqtisodiy raqobatbardoshlik va aholi farovonligi yuqori bo'ladi. UNESCO esa ilmiy salohiyatni Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning asosiy omillaridan biri sifatida e'tirof etadi.
Olimning vazifasi - faqat maqola yozish yoki ilmiy daraja olish emas. Uning eng katta missiyasi — murakkab muammolarga ilmiy yechim topish, xavflarni oldindan baholash va davlat qarorlarini ishonchli dalillar bilan mustahkamlashdir. Ilm-fanga yo'naltirilgan har bir investitsiya yangi laboratoriya yoki tadqiqot loyihasigagina emas, balki mamlakatning iqtisodiy barqarorligi, innovatsion salohiyati va kelajak avlodlar farovonligiga xizmat qiladi. Kuchli davlatlar bugungi kunda ilmiy resurslari bilan raqobatlashmoqda. Chunki bugungi ilmiy tadqiqot — ertangi taraqqiyotning poydevoridir.

🔴Farg'ona 24 || 25.06.2026 Fargʻona davlat texnika universitetida Oʻzbekiston Ekologik partiyasi markaziy kengashi tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

#Ekopartiya #Infografika Xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash bo'yicha 2026-yil may oyida amalga oshirilgan ishlar
#Ekopartiya #Infografika Xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash bo'yicha 2026-yil may oyida amalga oshirilgan ishlar

🟢Bugun Navoiy viloyati yoshlari bilan masofaviy startap loyihalari mavzusida ochiq muloqot o'tkazdim. ⭐️ Uchrashuv davomida
+4
🟢Bugun Navoiy viloyati yoshlari bilan masofaviy startap loyihalari mavzusida ochiq muloqot o'tkazdim. ⭐️ Uchrashuv davomida startap tushunchasi, innovatsion g'oyani biznes modeliga aylantirish bosqichlari, investitsiyalarni jalb etish, zamonaviy texnologiyalar asosida yangi mahsulot va xizmatlarni yaratish hamda ularni tijoratlashtirish mexanizmlari haqida batafsil fikr almashildi. ✔️ Bugungi kunda startaplar nafaqat yangi biznesni boshlash vositasi, balki mamlakatlarning iqtisodiy raqobatbardoshligini oshiruvchi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, iqtisodiy o'sishning asosiy drayverlari aynan innovatsion startaplardir.
🖥 OECD ma'lumotlariga ko'ra, faoliyat boshlaganiga 5 yil bo'lmagan yosh kompaniyalar OECD davlatlarida bandlikning qariyb 20 foizini ta'minlaydi hamda iqtisodiyotdagi yangi ish o'rinlarining deyarli yarmini yaratadi. 🔍 Shuningdek, Startup Genomening 2025-yilgi hisobotida dunyoning 350 dan ortiq startap ekotizimi va 5 milliondan ortiq startap faoliyati tahlil qilingan bo'lib, innovatsion tadbirkorlik global iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan yo'nalishlaridan biri ekani qayd etilgan.
🇺🇿 O'zbekistonda ham startap ekotizimini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi. So'nggi yillarda mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi o'rni sezilarli yaxshilanmoqda. StartupBlink'ning baholashiga ko'ra, O'zbekiston 2025-yilda ilk bor dunyoning TOP-100 startap ekotizimlari qatoriga kirdi, 2026-yilda esa 79-o'ringa ko'tarilib, dunyodagi eng tez rivojlanayotgan startap ekotizimi sifatida e'tirof etildi. Bugungi kunda O'zbekistonda 500 dan ortiq faol startap mavjud bo'lib, startap ekotizimiga jalb etilgan investitsiyalar yuzlab million dollarga yetgan. 2025-yilda startaplarga yo'naltirilgan investitsiyalar hajmi avvalgi yilga nisbatan 5 barobardan ko'proq oshgani ham ushbu sohadagi islohotlarning amaliy natijasidir.
Yoshlar bilan bo'lib o'tgan bugungi muloqot davomida ularning innovatsion g'oyalari, texnologik yechimlari va tadbirkorlik tashabbuslari muhokama qilinib, startaplarni shakllantirish hamda rivojlantirish bo'yicha amaliy tavsiyalar berildi. 🇺🇿Kelajakni g'oyalar yaratadi. G'oyalarni esa bilimli, tashabbuskor va innovatsion fikrlaydigan yoshlar amalga oshiradi. Shu bois, yoshlarning startap ekotizimidagi faolligini oshirish, ularni ilm-fan, texnologiya va tadbirkorlik bilan uyg'unlashtirish — Yangi O'zbekiston taraqqiyotining muhim omillaridan biridir.

Ekologik loyihalar bilan tanishuv. Avval xabar berganimizdek O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi va Y
+9
Ekologik loyihalar bilan tanishuv. Avval xabar berganimizdek O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi va Yoshlar oyligi hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Tabiat uchun birlashaylik” shiori ostida qator ekologik-ma’rifiy tadbirlarga start berildi. Tadbirlar doirasida Fargʻona davlat texnika universitetining "Start Up" markazida sohaga oid yosh olimlar, yosh doktorantlar, ijodkor yoshlarning ekologik loyihalari taqdimoti boʻlib oʻtdi. #Ekologiya #Tabiat_uchun #Ekopartiy Rasmiy sahifamiz: @ecopartyfargona

#Yangiliklar Marg‘ilon shahrida xotin-qizlar va Ekologik partiya vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Bugun Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri hokimi Rustamov Elbek Rustamovich bilan uchrashib, shaharda amalga oshirilayotgan ek
+4
Bugun Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri hokimi Rustamov Elbek Rustamovich bilan uchrashib, shaharda amalga oshirilayotgan ekologik islohotlar, obodonlashtirish ishlari hamda ayollar va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashdik.
Suhbat davomida Marg‘ilonning ekologik barqarorligini ta’minlash, yashil hududlarni kengaytirish va aholi uchun qulay muhit yaratish borasida olib borilayotgan ishlar haqida yaqindan ma’lumot oldim. Shuningdek, yoshlarning ta’lim olishi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar e’tiborimni tortdi.
Marg‘ilon shahrining rivoji va aholi farovonligini oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar tahsinga loyiq. Elbek Rustamovichga samimiy muloqot va bildirilgan fikrlar uchun minnatdorlik bildiraman. Jarayonlarni biz bilan birgalikda kuzatib boring !

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Andijon viloyat Kengashi tomonidan Andijon tumanidagi "Bog‘ishamol" bolalar oromgohida "Ona tabiatni asrash" shiori ostidagi ekologik-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Farg‘ona viloyati Yozovon tumanida xotin-qizlarimiz bilan ochiq muloqot o‘tkazdim. Uchrashuv davomida ayollarning jamiyat va oila hayotidagi o‘rni, ayniqsa, farzandlarimizga ekologik madaniyat va tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishdagi beqiyos hissasi haqida fikr almashdik.
Bu borada onalarimizning o‘rni va mas’uliyati alohida ahamiyat kasb etadi.
Muloqot davomida xotin-qizlarimiz tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar, ekologik tarbiya hamda hududimizni yanada obod va yashil maskanga aylantirishga qaratilgan fikrlar e’tibor bilan tinglandi.
Bunday samimiy uchrashuvlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, dolzarb masalalarga birgalikda yechim topish va kelajak avlod uchun sog‘lom ekologik muhit yaratishga xizmat qiladi.
Barcha ishtirokchilarga faol ishtiroki va qimmatli fikrlari uchun minnatdorlik bildiraman !

Bugun Farg‘ona viloyatidagi tuman va shaharlar rahbarlari bilan uchrashib, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar hamda aholini qiynayotgan masalalar bilan yaqindan tanishdim. Muloqotlar davomida joylardagi islohotlarning borishi, yangi tashabbuslar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
Har bir hududning o‘ziga xos salohiyati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilinib, samaradorlikni yanada oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Eng muhimi, aholining farovonligini oshirish, hududlarni kompleks rivojlantirish va belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish yo‘lida hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.
Oldimizda turgan maqsadlar ulkan. Ularni amalga oshirishda birgalikdagi sa’y-harakatlar va mas’uliyatli yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi.

🔝Jarayondan lavhalar..... Tabiat uchun birlashaylik!
+9
🔝Jarayondan lavhalar..... Tabiat uchun birlashaylik!

Farg‘ona viloyatining Yoshlar texnoparkida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdim. Muloqot davomida yoshlarning ilm-fanga, innovatsion g‘oyalarga va startap loyihalarga bo‘lgan qiziqishi meni juda quvontirdi.
Ularning izlanuvchanligi, tashabbuskorligi va ko‘zlaridagi ishtiyoq kelajagimizga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlaydi.
Yoshlarimizning energiyasi, bilim olishga intilishi va yangi g‘oyalarni amalga oshirishga bo‘lgan qat’iyati menga ham katta motivatsiya va ilhom bag‘ishladi. Bunday uchrashuvlar yoshlarimizning salohiyatini yanada yaqqolroq ko‘rish va ularni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

Farg‘ona viloyatidagi yana bir muhim markaz — Startaplar markazida yosh ekolog startaperlar bilan uchrashuv o‘tkazdim. Uchrashuv davomida yoshlarning atrof-muhit muammolariga innovatsion yondashuvlari, ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan yangi loyihalari va tashabbuslari bilan yaqindan tanishdim.
Ularning bugungi kunning dolzarb muammolariga taklif etayotgan amaliy yechimlari tahsinga loyiq.
Ayniqsa, ekologiya sohasida zamonaviy texnologiyalar va kreativ g‘oyalarni uyg‘unlashtirgan loyihalar yoshlarimizning salohiyati va mas’uliyatini yaqqol namoyon etmoqda.
Ishonamanki, bunday tashabbuslar nafaqat hududimiz, balki mamlakatimizning ekologik kelajagini yanada yaxshilashga munosib hissa qo‘shadi.

Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida joylashgan Kimyo laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Laboratoriyada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, yaratilayotgan ekologik mahsulotlar, innovatsion ishlanmalar hamda yangi tadqiqotlar meni chuqur taassurot qoldirdi.
Ayniqsa, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligida yaratilayotgan loyihalar nafaqat ta’lim, balki sanoat va ekologiya sohalari rivoji uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Yosh olimlar va tadqiqotchilarning fidokorona mehnati, zamonaviy yondashuvlari hamda kelajak uchun foydali bo‘lgan ishlari tahsinga loyiq.
Bunday ilmiy markazlarning rivojlanishi mamlakatimizning innovatsion salohiyatini yanada yuksaltirishiga ishonaman.
Tashrif davomida olgan taassurotlarim juda ijobiy bo‘ldi. Barcha jamoaga kelgusi ilmiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Farg‘ona viloyatidagi xizmat safari davomida Marg‘ilon shahridagi "Pir Siddiq" majmuasida nuroniy onalarimiz bilan uchrashib, samimiy suhbat qurdik. Muloqot davomida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash borasidagi fikr-mulohazalar tinglandi.
Nuroniy onalarimizning hayotiy tajribasi, ezgu tilaklari va duolari barchamiz uchun katta ma’naviy kuch va ilhom manbai bo‘ldi.
Uchrashuv iliq va samimiy ruhda o‘tib, avlodlar davomiyligi, milliy qadriyatlarimizni asrash hamda yoshlar tarbiyasida nuroniylarning o‘rni haqida atroflicha suhbatlashildi.