Nilufar Matkarimova | Rasmiy
前往频道在 Telegram
🇺🇿O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari 🇺🇿Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 🇺🇿 Instagram: https://www.instagram.com/n.b.matkarimova
显示更多未指定国家未指定类别
6 757
订阅者
+1 78224 小时
+1 6637 天
+3 46630 天
帖子存档
Repost from Saida Mirziyoyeva
Hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlarga nisbatan joriy yilning 28-iyunidan yanada keskin jazo choralari ko‘rishga oid qonunchilik normalari kuchga kirdi.
Endilikda bunday qilmishlar uchun ma’muriy jarimalar ikki baravar oshirildi. Bundan tashqari, huquqbuzarlarga nisbatan 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin. Bu turdagi noqonuniy xatti-harakatlarni qilishda davom etgan shaxslar esa jinoiy javobgarlikka tortilib, ozodlikdan mahrum qilinishi nazarda tutilmoqda.
Bunday qonunlar aybdorlarni jazolash uchungina qabul qilinmaydi. Ular jamiyat qanday tartib va qadriyatlarni hamma uchun birdek majburiy deb hisoblashini ham namoyon etadi.
Barchamiz zo‘ravonlikka murosasiz munosabatda bo‘lsakkina, jamiyatimizda xavfsizlik hukm surishi mumkin. Alloh yaratgan har bir mavjudotning qadri bor, hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik uchun jazoning kuchaytirilishi jamiyatda shu qonuniyatga bo‘ysunadigan sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Biz aynan shunday dunyoda yashashni va farzandlarimizni xuddi shu ruhda voyaga yetkazishni istaymiz. O‘zgalar hayotiga hurmat bolalikdan boshlanadi. Bu borada asosiy mas’uliyat ota-onalarning zimmasida. Aynan ular ojizlarga ozor yetkazish mumkin emasligini, odam o‘z kuchini shafqatsizlik orqali namoyon etishi noto‘g‘ri ekanini farzandlariga o‘rgatadilar. Men ota-onalarni ushbu muhim haqiqatni doimo esda tutishga chaqiraman.
Videoda: Administratsiya “xodimlari” — Yalpiz va Darxon. Ularga mehrimiz bo‘lakcha.
—
С 28 июня этого года вступили в силу изменения в законодательстве, усиливающие ответственность за жестокое обращение с животными.
Теперь административные штрафы за такие действия увеличены в два раза. Кроме того, к правонарушителям может быть применён административный арест до 15 суток. В случае продолжения ими противоправных действий предусматривается уже уголовная ответственность вплоть до лишения свободы.
Подобные законы не только наказывают виновных. Они показывают, какие правила и ценности общество считает обязательными для всех.
Безопасность нашего общества напрямую зависит от нетерпимости к насилию. Ужесточение наказания за издевательства над животными помогает сформировать среду, где уважение к любой жизни — это абсолютная норма. Именно в таком мире хочется жить и растить своих детей.
А уважение к чужой жизни начинается с детства, и здесь главная роль принадлежит родителям. Именно они учат ребёнка тому, что слабого нельзя обижать, а силу нельзя доказывать жестокостью. Я призываю родителей никогда не забывать об этом.
На видео: наши «сотрудники» Администрации Ялпиз и Дархан. Мы их очень любим.
🌿 Iyul — samarali va mazmunli oy bo‘ldi!
Iyul oyi davomida yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida qator muhim loyihalar va tashabbuslar muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Oldinda esa yanada katta marralar!
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvidagi nutqi
—
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на неформальной Консультативной встрече глав государств Центральной Азии и Азербайджана
—
Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Informal Consultative Meeting of the Heads of State of Central Asia and Azerbaijan
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasining oliy davlat mukofotlaridan biri – I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlandi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев награжден одной из высших государственных наград Кыргызской Республики – орденом «Манас» I степени.
#Mirziyoyev #tashrif #Qirgiziston #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+8
🍃 Tabiat bag'rida olingan bilim — hayotga tatbiq etiladigan qadriyatdir.
"Tabiat bilan bir kun" loyihasi doirasida ishtirokchilar nafaqat ekologik bilimlarini boyitdi, balki tabiat qo'ynida o'z ruhiy muvozanatini tiklash, atrof-muhitga ongli munosabatni shakllantirish va sog'lom turmush tarzi haqida foydali tavsiyalar oldilar.
Samimiy muloqotlar, amaliy mashg'ulotlar va ilhomlantiruvchi muhit har bir ishtirokchi uchun unutilmas taassurot qoldirdi.
🌿 Tabiatni asrash – o'zimizni va kelajak avlodni asrash demakdir.
#TabiatBilanBirKun #EcoMind #Ekologiya #AyollarKlubi #YashilKelajak #BotanikaBogi
🟢Bugun Oson NNT hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakillari o‘rtasida hamkorlik istiqbollari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, aholining ekologik mas’uliyatini oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.🤝Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash va kelgusida ekologik tashabbuslarni birgalikda hayotga tatbiq etish yuzasidan fikr almashdilar.
+1
📰 “Tabiat” gazetasining navbatdagi sonida Oʻzbekiston Ekologik partiyasi delegatsiyasining Armaniston Respublikasida oʻtkazilgan MDHning “Yoshlar poytaxti – 2026” xalqaro forumidagi ishtiroki haqida maqola eʼlon qilindi.
Unda delegatsiyaning xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar siyosati va ekologik tashabbuslarni ilgari surish borasidagi faol ishtiroki yoritilgan.
💻 e-Gazeta orqali o‘qish
Telegram | Instagram | Facebook
🟢 Yoshlar bilan ochiq muloqot – yangi g‘oyalar va tashabbuslar maydoni
🇺🇿 Prezidentimiz tashabbusi bilan har payshanba – Yoshlar bilan ochiq muloqot kuni etib belgilanganligi munosabati bilan bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.
⭐️ Uchrashuvda iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), "Ayol uchun" platformasi asoschisi Mahliyo Tadjiyeva faol ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi.
Tadbir davomida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, liderlik salohiyatini rivojlantirish hamda jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ochiq muloqot qizg‘in savol-javoblar, amaliy takliflar va yoshlarning dolzarb tashabbuslariga boy tarzda o‘tdi. Bildirilgan g‘oya va takliflar kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.🟢 O‘zbekiston Ekologik partiyasi yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning fikr va takliflarini tinglash hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish yo‘lidagi bunday ochiq muloqotlarni izchil davom ettiradi. Telegram | Instagram | Facebook
Yosh olimga aytilishi kerak bo‘lgan gap.
Ilmiy faoliyat boshida odam ko‘p narsadan cho‘chiydi: maqola, dars, grant, talabalar, rahbarlik, oila va vaqt yetishmasligi.
Science Careers’dagi maqolada yangi professorning aynan shunday bosqichdan o‘tgani yoziladi. U ham boshida o‘zini tayyor emasdek his qilgan, lekin vaqt o‘tib bir haqiqatni tushungan: hammasini bir kunda uddalash shart emas.
Ilmda o‘sish sekin bo‘ladi. Muhimi — to‘xtab qolmaslik, yordam so‘rashdan uyalmaslik va har kuni kichik qadam tashlash.Yosh olim uchun eng kerakli xulosa shu: qo‘rquv — zaiflik belgisi emas. Bu yangi bosqichga kirganingizning belgisi. Kuchli olim bo‘lish hammasini bilishdan emas, qiyin paytda ham yo‘lda qolishdan boshlanadi.
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Yashil hududlar uchun yangi rag‘bat
Yashil hududlarni kengaytirish, aholi va tadbirkorlarni ko‘kalamzorlashtirish ishlariga yanada faol jalb etishga qaratilgan «Ekohamkor» maqomini joriy etish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Loyihada kamida 1 000 tup daraxt va buta ko‘chatlaridan iborat yashil bog‘ yoki jamoat parki tashkil etgan yoki Yashil xayriya jamg‘armasiga kamida 200 million so‘m homiylik qilgan jismoniy va yuridik shaxslarga «Ekohamkor» maqomini berish taklif etilmoqda. Shuningdek, maqomni berish jarayonini raqamlashtirish, ochiq tanlov asosida amalga oshirish hamda ekologik tashabbuslarni rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish nazarda tutilgan. Mazkur tashabbus mamlakatimizda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish, havo sifatini yaxshilash, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, bioxilma-xillikni asrash va aholi uchun yanada qulay ekologik muhit yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.📢 Sizning fikringiz muhim! Ushbu loyiha yuzasidan o‘z mulohazalaringizni bildiring va jamiyat rivojiga hissa qo‘shing! Batafsil ma'lumot va muhokama: 👉 Havola ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Markazning faxriy mehmonlar daftariga samimiy tilaklarimni qoldirdim.
Yoshlar — faoliyatingizga omad tilayman. Parvozingiz yanada baland bo’lsin🔼
Bugun Yakkasaroy tuman hokimiyati tashabbusi bilan tashkil etilgan Yoshlar murojaatlarini tahlil qilish markazining ilk mehmoni bo’ldim.
Markaz zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlangan bo’lib, yoshlar uchun hamma sharoitlar yaratilganligi bilan e’tiborimni tortdi.
Markaz faollari yoshlar murojaatlari bilan ish boshlagani yanada quvontirdi.
Markaz faoliyatiga omad tilayman!
📢 "Yoshlar siyosati" mavzusidagi uchrashuvga taklif etamiz!
🗓 29-iyul kuni Yakkasaroy tumani Yoshlar murojaatlarini tahlil qilish markazida "Yoshlar siyosati" mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.
🎙 Spiker:
Matkarimova Nilufar Boqijon qizi — O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari.
Uchrashuv davomida: ▫️ yoshlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlari; ▫️ yoshlar bilan ishlashning zamonaviy yondashuvlari; ▫️ yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda bu boradagi dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.📍 Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Rakatboshi MFY, O‘rikzor ko‘chasi, 142-uy 📅 Sana: 2026-yil 29-iyul Barcha qiziquvchilarni ushbu uchrashuvda kutib qolamiz!
Google Scholar – zamonaviy olimning ilmiy identifikatori
Bugungi globallashuv va ilm-fan integratsiyasi sharoitida tadqiqotchining ilmiy faoliyati nafaqat chop etilgan maqolalar soni, balki ularning xalqaro ilmiy hamjamiyatdagi ko‘rinishi, iqtiboslilik darajasi va ilmiy ta'siri bilan ham baholanmoqda. Shu nuqtai nazardan, Google Scholar zamonaviy ilmiy kommunikatsiyaning muhim platformalaridan biri hisoblanadi. Google Scholar profili tadqiqotchining ilmiy ishlari, ularga berilgan iqtiboslar (Citations), h-index va i10-index kabi bibliometrik ko‘rsatkichlarni yagona tizimda shakllantirish imkonini beradi. Mazkur ko‘rsatkichlar olimning ilmiy salohiyati, tadqiqotlarining dolzarbligi hamda xalqaro ilmiy maydondagi ta'sirini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda ko‘plab oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, grant dasturlari, xalqaro hamkorlik loyihalari hamda ilmiy reytinglarda Google Scholar profili tadqiqotchining ilmiy faolligini aks ettiruvchi muhim manbalardan biri sifatida e'tiborga olinmoqda. Shu bois, har bir olim va mustaqil tadqiqotchi: 🔹 Google Scholar profilini yaratishi; 🔹 ilmiy ishlarini muntazam yangilab borishi; 🔹 bibliometrik ko‘rsatkichlarini kuzatib borishi; 🔹 ilmiy nashrlarining xalqaro ko‘rinuvchanligini oshirish ustida tizimli ishlashi zarur.Ilmiy maqola yozish — ilmiy faoliyatning boshlanishi. Uni xalqaro ilmiy makonda ko‘rinadigan va iqtibos keltiriladigan ilmiy merosga aylantirish esa zamonaviy olimning muhim vazifasidir. #GoogleScholar #IlmFan #Research #Bibliometrics #Citations #HIndex #ORCID #Scopus #DSc Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿 Mustaqillikni 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etiladi
Yoshlar bilan ochiq muloqot, yangi g‘oyalar va dolzarb tashabbuslar maydoni!
Sizni ekologiya, yoshlar siyosati hamda kelgusidagi istiqbolli loyihalar yuzasidan samimiy suhbatga taklif etamiz. Bu uchrashuv o‘z fikringizni erkin bildirish, savollaringizga javob olish va yangi imkoniyatlar bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ladi.👤 Spiker: Mahliyo Tojieva -" Ayol uchun" platformasi asoschisi 📅 Sana: 30-iyul 🕚 Vaqt: 11:00 📍 Manzil: O‘zbekiston Ekologik partiyasi 📝 Ishtirok etish uchun quyidagi LINK orqali ro‘yxatdan o‘ting Sizni uchrashuvda kutib qolamiz!
E’LON
🟢 O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 2026-yil 12-avgust kuni “Mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlashda parlamentning roʻli” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.
✔️ Konferensiyada atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil iqtisodiyot, iqlim o‘zgarishi hamda barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borayotgan soha olimlari, amaliyotchi mutaxassislar va eko faol fuqarolar o‘zlarining ilmiy-tahliliy materiallari bilan ishtirok etishlari mumkin.➡️ Batafsil shu yerda Telegram | Instagram | Facebook
E’LON
🟢 O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 2026-yil 12-avgust kuni “Mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlashda parlamentning roʻli” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Konferensiyada atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil iqtisodiyot, iqlim o‘zgarishi hamda barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borayotgan soha olimlari, amaliyotchi mutaxassislar va eko faol fuqarolar o‘zlarining ilmiy-tahliliy materiallari bilan ishtirok etishlari mumkin.➡️ Batafsil shu yerda Telegram | Instagram | Facebook
