ch
Feedback
Nilufar Matkarimova | Rasmiy

Nilufar Matkarimova | Rasmiy

前往频道在 Telegram

🇺🇿O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari 🇺🇿Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 🇺🇿 Instagram: https://www.instagram.com/n.b.matkarimova

显示更多
未指定国家未指定类别
6 757
订阅者
+1 78224 小时
+1 6637 天
+3 46630 天
帖子存档
#Fraksiya_yigilishi Sirdaryo viloyatining ayrim tuman va shaharlarining chegaralari o‘zgarmoqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy
+6
#Fraksiya_yigilishi Sirdaryo viloyatining ayrim tuman va shaharlarining chegaralari o‘zgarmoqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining "Sirdaryo viloyatining Guliston, Shirin, Yangiyer shaharlari, Guliston Boyovut, Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos tymanlari ma’muriy-hududiy chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida"gi qarori loyihasi ko‘rib chiqildi.

🔴#Live #Fraksiya_yigilishi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi boshlanmoqda. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

#olimlar_uchun 226 ta ilmiy kengash: asosiy markazlar qayerda? Tahlil qilingan ro‘yxatda 226 ta ilmiy kengash 128 ta tashkilo
#olimlar_uchun 226 ta ilmiy kengash: asosiy markazlar qayerda? Tahlil qilingan ro‘yxatda 226 ta ilmiy kengash 128 ta tashkilotda faoliyat yuritgan. Eng ko‘p kengashlar: — O‘zbekiston Milliy universiteti — 14 ta; — Samarqand davlat universiteti — 10 ta; — Buxoro davlat universiteti — 8 ta; — Qarshi, Farg‘ona, Qoraqalpoq va Namangan davlat universitetlari — 6 tadan. Qiziq jihati, 128 ta tashkilotning 94 tasida faqat bittadan kengash mavjud. Fan tarmoqlari bo‘yicha esa kengashlarning 51,8 foizi atigi 5 ta yo‘nalish — texnika, filologiya, tibbiyot, iqtisodiyot va kimyo hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Tadbirga kelgan xorijiy delegatlar Senat tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan yirik anjumanlar mamlakatimizning parlament diplomatiyasidagi faolligini namoyon etayotganini ta’kidladilar. Senat Raisi Tanzila Narbaeva BMT parlamentlarning barqaror va ijtimoiy rivojlanishdagi rolini mustahkamlashga qaratilgan rezolyusiyalar O‘zbekiston tashabbusi bilan qabul qilinayotgani muhim natija ekanini qayd etdi. Shuningdek, konferensiyada Samarqandda O‘zbekiston parlamenti va Parlamentlararo ittifoq hamkorligida Yosh parlament a’zolarining XII Global konferensiyasi o‘tkazilishining ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.

Repost from STEAM AKADEMIYASI
🚀 STEAM WEEK — 4-MAVSUM Yangi bilimlar. Yangi tajribalar. Yangi imkoniyatlar. Agar siz ilm-fan, texnologiya, muhandislik, sa
+3
🚀 STEAM WEEK — 4-MAVSUM Yangi bilimlar. Yangi tajribalar. Yangi imkoniyatlar. Agar siz ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika yo‘nalishlariga qiziqsangiz — STEAM Week 4-mavsumida ishtirok eting! Bu mavsumda siz: 🔺 amaliy mashg‘ulotlarda qatnashasiz; 🔺 yangi bilim va ko‘nikmalarni egallaysiz; 🔺 kreativ loyihalar ustida ishlaysiz; 🔺 yangi insonlar bilan tanishasiz; 🔺 o‘z g‘oyalaringizni sinovdan o‘tkazasiz. 📍 O‘z g‘oyangizni rivojlantirish, bilimlaringizni amaliyotda sinash va STEAM muhitining bir qismiga aylanish vaqti keldi! STEAM WEEK 4-MAVSUM — ishtirok eting va o‘zgarishni o‘zingizdan boshlang! 📲 Ro‘yxatdan o‘tish: [havola]

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Telegram | Instagram | Facebook

#aforizm Insonning asl qadri uning mavqeida emas, boshqalarga bo‘lgan munosabati, jamiyatga qo‘shgan hissasi va ortida qoldir
#aforizm Insonning asl qadri uning mavqeida emas, boshqalarga bo‘lgan munosabati, jamiyatga qo‘shgan hissasi va ortida qoldirgan ezgu izida namoyon bo‘ladi.

🟢 Ekologik barqarorlik — parlament e’tiborida 2026-yil 12-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ekologiya sohasida
+5
🟢 Ekologik barqarorlik — parlament e’tiborida 2026-yil 12-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ekologiya sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va parlament nazoratini kuchaytirishga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, ekologik qonunchilikni rivojlantirish hamda bu jarayonda yoshlarning o‘rni yuzasidan fikr almashildi. Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surildi. #EkologikPartiya #Ekologiya #Parlament #EkologikBarqarorlik

XOTIN-QIZLAR FORUMI — 2026 Ushbu forum turli sohalarda faoliyat yuritayotgan, o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ygan va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga intilayotgan xotin-qizlarni birlashtiruvchi ochiq muloqot maydoni. Forum doirasida:
🔺 yetakchi ekspert va mutaxassislar bilan ochiq muloqotlar; 🔺 bilim va tajribaga asoslangan muhokamalar; 🔺 yangi tashabbus va istiqbolli g‘oyalar almashinuvi; 🔺 professional aloqalar va hamkorlik imkoniyatlari; 🔺 shaxsiy hamda kasbiy rivojlanishga qaratilgan uchrashuvlar o‘rin oladi.
Bu shunchaki uchrashuv emas, fikrlar birlashadigan, tashabbuslar shakllanadigan va yangi imkoniyatlarga yo‘l ochiladigan maydon! 📅 19-avgust 📍 Toshkent shahri Siz ham ushbu muloqot maydonining bir qismiga aylaning! 📲 Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting [havola]Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

🔴#Live Mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlashda parlamentning roli Ayni daqiqalarda Oliy Majlis Qonunchilik palata
+4
🔴#Live Mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlashda parlamentning roli Ayni daqiqalarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi tomonidan Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab “Mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlashda parlamentning roli” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Konferensiya doirasida mamlakatimizda ekologik sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ularning samarali natijalari, shuningdek, sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan istiqboldagi vazifalar atroflicha muhokama qilinmoqda.

🎉12-avgust — Xalqaro yoshlar kuni! 🌎 Bugun dunyo bo‘ylab yoshlarning huquqlari, imkoniyatlari va jamiyat hayotidagi o‘rni h
🎉12-avgust — Xalqaro yoshlar kuni! 🌎 Bugun dunyo bo‘ylab yoshlarning huquqlari, imkoniyatlari va jamiyat hayotidagi o‘rni haqida so‘z yuritiladigan kun. O‘zbekiston — yoshlar mamlakati. Bugungi kunda yurtimizda har bir yigit-qizning o‘z salohiyatini namoyon etishi, sifatli ta’lim olishi, zamonaviy kasb va xorijiy tillarni egallashi hamda o‘z tadbirkorlik va startap loyihalarini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Sizning bilimga bo‘lgan intilishingiz, tashabbuskorligingiz va g‘ayrat-shijoatingiz Yangi O‘zbekistonning eng katta boyligi hamda harakatlantiruvchi kuchidir. 💐 Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan barcha yoshlarni Xalqaro yoshlar kuni bilan samimiy tabriklaymiz! Qadrli yoshlar! Doimo izlanishdan, katta maqsadlar sari intilishdan va o‘z ustingizda ishlashdan to‘xtamang. Sizning har bir muvaffaqiyatingiz — mamlakatimiz muvaffaqiyatidir! #WorldYouthDay #XalqaroYoshlarKuni

DSc uchun muhim eslatma. DSc doktoranturasiga hujjat topshirishda faqat PhD diplomi borligi yetarli emas. Talabgor PhD olgand
DSc uchun muhim eslatma. DSc doktoranturasiga hujjat topshirishda faqat PhD diplomi borligi yetarli emas. Talabgor PhD olgandan keyin ham ilmiy faoliyatini davom ettirgan, yangi ilmiy natijalarga erishgan bo‘lishi kerak. Eng muhim jihat, talab qilinadigan kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis aynan PhD ilmiy darajasi olingandan keyin chop etilgan bo‘lishi kerak. PhDgacha yozilgan maqola va tezislar bu talab o‘rnini bosmaydi. Ko‘pchilik aynan shu joyda adashadi: maqola borligiga qaraydi, lekin uning qachon chop etilganiga e’tibor bermaydi. Asos: VMning 22.05.2017-yildagi 304-son qaroriga 2-ilova 19-band 3-xatboshi.

#yosh_olimlar_uchun 2027-yil uchun oliy ta'limdan keyingi ta'lim kvotalari tasdiqlandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi. Jami kvotalar soni — 4 840 ta. Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi. Kvotalar quyidagicha belgilangan: stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta; tayanch doktoranturaga — 3 900 ta; doktoranturaga — 540 ta. Bu nimani anglatadi? 2027-yilgi qabulda asosiy kvota tayanch doktoranturaga ajratilgan. Ya’ni PhD bosqichiga talab va ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda. Shu bilan birga, stajyor-tadqiqotchilik va doktorantura uchun ham alohida kvotalar tasdiqlangani ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi bosqichma-bosqich davom etishini ko‘rsatadi.

Bugun shogirdlarim tomonidan taqdim etilgan ushbu go‘zal gullar meni juda mamnun etdi. 💐 Ustoz uchun shogirdlarining e’tibor
+1
Bugun shogirdlarim tomonidan taqdim etilgan ushbu go‘zal gullar meni juda mamnun etdi. 💐 Ustoz uchun shogirdlarining e’tibori, hurmati va samimiy munosabatidan ortiq qadriyat yo‘q. Bunday e’tibor menga o‘z kasbimga yanada mas’uliyat va mehr bilan yondashish uchun katta motivatsiya beradi. Aziz shogirdlarim, samimiy e’tiboringiz va chiroyli sovg‘angiz uchun sizlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Har biringizga kelajakdagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyat va omad tilayman. 🌷 Sizlarning yutuqlaringiz — biz, ustozlar uchun eng katta faxrdir.

#PloGGinG #Mustaqillikka_35_yil O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi partiya tashkiloti Kengashi tashabbusi bilan "Yashil qo‘llar" plogging aksiyasi tashkil etildi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

🟢”Yosh ekologlar qanoti” hamda “Ekologiya va salomatlik” ayollar klubi faoliyati muhokama qilindi O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar partiya tashkilotlari huzuridagi “Ekologiya va salomatlik” ayollar klublari faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda monitoring qilish, baholash va reytingini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom hududiy kengash raislari o‘rinbosarlari ishtirokida muhokama qilindi. Muhokama davomida ayollar klublari faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda samarali yoritish, monitoring va baholash mezonlarini takomillashtirish, shuningdek, faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tashabbuslar tinglandi. Bildirilgan fikr va takliflar asosida Nizomni yanada takomillashtirish, “Ekologiya va salomatlik” ayollar klublari faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish hamda jamoatchilikka yetkazish samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Boshqaruvda eng muhim mezon — natijaning sifati. Ba’zan ijroni talab qilish, aniq muddat va mas’uliyatni belgilash, zarur hol
Boshqaruvda eng muhim mezon — natijaning sifati. Ba’zan ijroni talab qilish, aniq muddat va mas’uliyatni belgilash, zarur hollarda esa qat’iy qarorlar qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Chunki boshqaruv faqat topshiriq berish emas, balki uning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashdir. Men uchun nafaqat son ko’rsatkich balki, sifat ham juda muhim. Ko‘rsatkich ortidan quvish emas, mazmunli va barqaror natijaga erishish ustuvor. Har bir qaror — mas’uliyat. Har bir topshiriq — natija uchun beriladi. Shu sababli talabchanlik — bosim emas, balki belgilangan maqsadga sodiqlik va umumiy natija uchun javobgarlikdir. Qat’iy qaror — aniq maqsad, mukammal ijro va munosib natija garovi.

Yoshlikda olingan taʼlim va malaka bamisoli toshga oʻyilgan naqsh, kelajakdagi ulkan yutuqlar poydevoridir. SH.MIRZIYOYEV
Yoshlikda olingan taʼlim va malaka bamisoli toshga oʻyilgan naqsh, kelajakdagi ulkan yutuqlar poydevoridir. SH.MIRZIYOYEV

#Fraksiya_yigilishi Ekologiya qo‘mitasi raisi parlament so‘roviga javob berdi ❗️Fraksiya yig‘ilishida Ekologiya va iqlim o‘zg
+3
#Fraksiya_yigilishi Ekologiya qo‘mitasi raisi parlament so‘roviga javob berdi ❗️Fraksiya yig‘ilishida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi A.Abduhakimovning “2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi parlament so‘roviga javobi ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi tashabbusi bilan yuborilgan so‘rovga taqdim etilgan javobga ko‘ra, konsepsiya ijrosida asosiy e’tibor ta’lim tizimiga qaratilmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 1 million 660 mingdan ortiq tarbiyalanuvchini qamrab olgan ekologik ta’lim-tarbiya ishlari yo‘lga qo‘yilib, minglab bog‘chalarda “Ekologik burchaklar” va “Ekologik yo‘lakchalar” tashkil etildi.
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida esa 10 mingdan ortiq maktabda “Tabiatni asrashda mening hissam” tadbirlariga 1 million 646 mingdan ziyod o‘quvchi jalb qilinib, “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” respublika ko‘rik-tanlovi orqali ularning ekologik-huquqiy savodxonligi va mas’uliyati oshirilmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida yoshlarning ilmiy, intellektual va volontyorlik salohiyati “yashil” taraqqiyotga yo‘naltirilmoqda. 203 ta oliy ta’lim muassasasida “O‘zbekiston ekovolontyor talabalar harakati”, 93 ta davlat oliygohida esa eko-klublar tashkil etildi. Talabalar o‘rtasida “Ekologiya bilimdoni”, “Ekologik madaniyat targ‘ibotchisi”, “Eng faol ekovolontyor” kabi tanlovlar o‘tkazilib, minglab yoshlarning ekologik bilim va faolligi oshirilmoqda.
Ekologik madaniyatni mahallalar va keng jamoatchilik orasida shakllantirish bo‘yicha ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi va ekologiya sohasidagi vakolatli tashkilotlar hamkorligida 61 mingdan ortiq targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi, 4 500 dan ziyod mahalla qamrab olindi. Bu tadbirlar chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish, ekologik qonunchilikni tushuntirish, ko‘chatlarni parvarish qilish, suvdan oqilona foydalanish va aholining ekologik mas’uliyatini kuchaytirishga qaratildi.
Mazkur konsepsiyada 2030-yilgacha aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha belgilangan vazifalardan kelib chiqib, uning ijrosi parlamentning doimiy nazoratida bo‘lishi qayd etildi. Shuningdek, so‘rovga javoban atroflicha ma’lumotlar taqdim etilgani ta’kidlanib, qo‘mita raisining javobi ma’lumot uchun qabul qilindi.Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube