Nilufar Matkarimova | Rasmiy
前往频道在 Telegram
🇺🇿O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari 🇺🇿Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 🇺🇿 Instagram: https://www.instagram.com/n.b.matkarimova
显示更多未指定国家未指定类别
7 011
订阅者
-3524 小时
-1187 天
+2 68230 天
帖子存档
ILM-FAN, STEAM VA EKOLOGIK YECHIMLAR” YOSHLAR ILMIY-AMALIY UCHRASHUVI
🌱 Ilm — g‘oya uchun, STEAM — yechim uchun, ekologiya — kelajak uchun.
Bugungi kunda atrof-muhit bilan bog‘liq muammolarga yangicha qarash, ilmiy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish va innovatsion yechimlar yaratish yoshlarning eng muhim vazifalaridan biridir.
Shu maqsadda yoshlarni ilm-fan, STEAM yondashuvi va ekologik innovatsiyalar atrofida birlashtiruvchi ilmiy-amaliy uchrashuv tashkil etilmoqda.
Uchrashuv davomida zamonaviy ilmiy yondashuvlar, kreativ g‘oyalar, ekologik muammolarga amaliy yechimlar hamda yoshlarning ushbu yo‘nalishdagi tashabbuslari haqida fikr almashiladi.
💡 Yangi g‘oyalar. Ilmiy qarashlar. Amaliy yechimlar.
Agar siz ham ilm-fan va ekologiya chorrahasida yangi imkoniyatlar yaratish, o‘z g‘oyalaringiz bilan o‘rtoqlashish va fikrdosh yoshlar bilan muloqot qilishni istasangiz — ushbu uchrashuv siz uchun.
🗓 5-sentabr
🕒 15:00
📍 Manzil: O‘zbekiston Ekologik partiyasi binosi
Ilmiy fikrlar birlashsa — yangi yechimlar paydo bo‘ladi.
Yoshlar g‘oyasi esa — barqaror kelajak poydevoridir.
✍️ Barcha faol va izlanuvchan yoshlarni “ILM-FAN, STEAM VA EKOLOGIK YECHIMLAR” yoshlar ilmiy-amaliy uchrashuviga taklif qilamiz!
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
#kechki_mulohaza
O'zingizni taqqoslashingiz kerak bo'lgan yagona odam bu kechagi Siz.
Siz yaxshiroq bo'lishingiz kerak bo'lgan yagona odam bu bugungi Siz.
Zigmund Freyd
Repost from O'zbekiston Ekologik partiyasi
Yoshlar uchun muhim muloqot va tajriba maydoni
Bugun yosh bo‘lishiga qaramay davlat va jamiyat ahamiyatiga molik mas’ul lavozimlarga tayinlanayotgan yigit-qizlarimiz nafaqat tengdoshlarini, balki katta avlod vakillarini ham yanada faol bo‘lishga, tashabbus va intilish bilan harakat qilishga undayotgani haqiqat.
Qonunchilik sohasida ham yurtimizda o‘z salohiyati, bilim va iqtidori bilan ajralib turadigan yoshlarimiz ko‘p. Bugun Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Parlamentlararo Ittifoqning XII Yosh parlament a’zolari butunjahon konferensiyasi ana shunday iqtidorli, o‘z oldiga aniq maqsad qo‘ygan, kelajagini yurti va dunyo taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘lagan yoshlar uchun muhim muloqot va tajriba almashish maydoni bo‘ldi.Bu kabi muloqotlarning ahamiyati birgina anjuman doirasi bilan cheklanib qolmaydi. Ular yangi tashabbuslarga yo‘l ochadi, hamkorlik uchun mustahkam ko‘priklar bunyod etadi, eng muhimi, yoshlarning ovozi va qarashlarini global kun tartibiga olib chiqadi. Prezidentimiz yoshlar salohiyatini roʻyobga chiqarishga doir ilgʻor tajribamiz bilan oʻrtoqlashish uchun maxsus platforma taqdim etishga tayyorligini bildirib, barchani kelgusi yil Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan “Avlodlar muloqoti” xalqaro yoshlar kongressiga taklif qildi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube
#TADQIQOT
Oksford universiteti tadqiqotchilari va taniqli psixolog Jeffri Millerga ko‘ra, inson miyasi “analiz” rejimiga haddan tashqari kirishib ketsa, unda “Tetris effekti” yuzaga keladi.
Ya’ni, odam faqat kichik bo‘laklarni va ularning qanday joylashishini ko‘radi, lekin bu bo‘laklardan qurilayotgan “bino”ning maqsadini unutadi.
AQSh Mudofaa vaziri Robert Maknamara siyosiy va harbiy tahlilda matematik analizning ustasi edi. U urushning borishini (Vetnam urushi) minglab mayda ko‘rsatkichlarga (o‘q-dori sarfi, askarlar soni, logistika xaritalari) bo‘lib tashlagan. Biroq Maknamara bu bo‘laklarni mahalliy aholining milliy ozodlik ruhi va siyosiy irodasi kabi “o‘lchab bo‘lmaydigan” omillar bilan birlashtira olmagan.
Natijada, “analiz” bo‘yicha AQSh har bir jangda g‘alaba qozongandek ko‘rinsa-da, “sintez” darajasidagi strategik xato tufayli urushda mag‘lub bo‘lgan.
McNamara, R. S., & VanDeMark, B. (1995). In retrospect: The tragedy and lessons of Vietnam. Times Books. asosida SI tarjimasi
Yo‘lbarsxo‘jaev U.Sh. Siyosiy tahlilchi: 100 savolga – 100 javob. Risola. – T.: Oliy maktab, 2026. – 284 b.
Repost from Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
+3
🏢SAMARQANDDA PARLAMENTLARARO ITTIFOQNING YOSH PARLAMENT A’ZOLARINING XII GLOBAL KONFERENSIYASI BO‘LIB O‘TMOQDA
“Murakkab davrda inson huquqlari, adolat va inson qadr-qimmatini tiklash yo‘lida” mavzusida o‘tkazilayotgan nufuzli xalqaro anjumanda dunyoning 58 ta mamlakatidan yosh parlament a’zolari, 11 ta xalqaro tashkilot vakillaridan iborat 250 ga yaqin ishtirokchilar ishtirok etmoqda.
Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.
Global konferensiya doirasida inson huquqlari va yoshlarning siyosiy ishtiroki, ijtimoiy adolat, raqamli xavfsizlik, ta’lim va munosib mehnat, yosh ayollarning siyosiy faolligi, shuningdek, parlamentlarning global muammolarni hal etishdagi roli kabi qator muhim masalalar muhokama qilinmoqda.
Muhokamalar yakunida yosh parlament a’zolarining taklif va tashabbuslarini o‘zida aks ettirgan konferensiyaning yakuniy hujjati qabul qilinishi rejalashtirilgan.
🏢 Veb-sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook| 📱 YouTube | 📱 Instagram| 📱 X | 🔄 ParlamentTV_RADIO | ◽️ Yoshlar parlamenti
#ANONS
Ekologik muammolar faqat tabiat masalasi emas. Ular — jamiyat, taraqqiyot va kelajak oldidagi umumiy mas’uliyatdir.
Ana shu mas’uliyatni chuqur anglash, dolzarb ekologik masalalarga turli nuqtayi nazardan yondashish va asosli fikrlar orqali yechim izlash maqsadida yangi “EKO DEBAT” loyihasi boshlanmoqda.
Bu maydonda shunchaki fikr bildirilmaydi — qarashlar asoslanadi, dalillar solishtiriladi, muammolarga yechim izlanadi.
“EKO DEBAT” — ekologik tafakkurni yuksaltirish, ochiq va konstruktiv muloqot madaniyatini shakllantirishga qaratilgan yangi intellektual maydon.
Muhim savollar. Turli qarashlar. Bitta maqsad — barqaror yashil kelajak.
Telegram | Instagram | Facebook
🟢“EKO DEBAT” tez orada start oladi!
Ushbu loyiha ekologik masalalarga befarq bo‘lmagan, o‘z fikri va pozitsiyasiga ega, munozara olib borishni yoqtiradigan faol yoshlarni birlashtiruvchi debat maydoni.
EkoDebat doirasida: ✅ ekologik mavzularda qizg‘in bahs va munozaralar; ✅ jamoaviy fikrlash va dalillar asosida o‘z pozitsiyasini himoya qilish; ✅ dolzarb ekologik muammolarga turli nuqtayi nazardan yondashish; ✅ kreativ va amaliy yechimlarni ilgari surish; ✅ yoshlarning notiqlik, tahliliy fikrlash va liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari yaratiladi.Bu shunchaki bahs emas, fikrlar to‘qnashadigan, dalillar sinovdan o‘tadigan va eng yaxshi yechimlar izlanadigan yoshlar maydoni! ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
#Kechki_mulohaza
Yaxshilik qilgan insoningizdan keladigan zarbaga ham tayyor turing.
Chunki ba'zan sizni eng ko‘p ranjitadiganlar — bir vaqtlar eng ko‘p yaxshilik qilgan insonlaringiz bo‘ladi.
Manfaat bor paytda yaxshiligingiz qadrlanadi. Manfaat tugagach esa ayrimlar yaxshilikni ham unutadi. Lekin bundan keyin yaxshilik qilishdan to‘xtamang. Birovning nonko‘rligi sizning yaxshi inson bo‘lib qolishingizga sabab bo‘lmasin.
Yaxshilikni javobi uchun emas, o‘zingizning tarbiyangiz va vijdoningiz uchun qiling.
Chunki yaxshilikning qadri uni kim eslab qolganida emas, siz qanday inson bo‘lib qolganingizda.
Telegram | Instagram | Facebook
+2
Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, ikki hafta davomida Xorazmda 81 ming kambag‘al aholi, ya’ni 19 ming oilaning holati o‘rganildi.
Ushbu oilalarda 12 ming ishsiz va 10 ming daromadi past aholi borligi aniqlandi.
Viloyatda o‘rganilgan kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi. oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi.
Biroq mas’ullarda ushbu yoshlar bilan alohida shug‘ullanish va ularni hozirdan kasb-hunarga jalb etish bo‘yicha maxsus dastur mavjud emas.
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Toshkent va Samarqand FAOning Yashil shaharlar tarmog‘iga qo‘shildi
FAOning Rimdagi bosh qarorgohi huzuridagi Yashil shaharlar tashabbusi kotibiyati tomonidan 2026-yil 20-avgustda berilgan sertifikatlarda Toshkent va Samarqand FAO Yashil shaharlar tarmog‘iga a’zo shaharlar sifatida rasman qayd etilgan.
Tarmoqqa qo‘shilish orqali bu ikki shahar yashilroq, sog‘lomroq, bardoshli va inklyuziv shahar muhitini rivojlantirish yo‘lida hamkorlik qilayotgan global shaharlar hamjamiyatiga kirdi. Mazkur tarmoq kompleks shahar ko‘kalamzorlashtirish yondashuvlari orqali barqaror shahar rivojlanishini ilgari surish hamda a’zo shaharlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
#Olimlar_uchun
Ilmiy darajasi tasdiqlanganlar: yilma-yil dinamika.
2019–2026-yillarda PhD va DSc ilmiy darajasi tasdiqlanganlar:
— 2019-yil: PhD — 1 135, DSc — 220 | Jami — 1 355
— 2020-yil: PhD — 1 397, DSc — 336 | Jami — 1 733
— 2021-yil: PhD — 1 948, DSc — 349 | Jami — 2 297
— 2022-yil: PhD — 2 570, DSc — 403 | Jami — 2 973
— 2023-yil: PhD — 3 071, DSc — 464 | Jami — 3 535
— 2024-yil: PhD — 3 454, DSc — 548 | Jami — 4 002
— 2025-yil: PhD — 5 379, DSc — 860 | Jami — 6 239
— 2026-yil: PhD — 1 564, DSc — 278 | Jami — 1 842*
Eng yuqori ko‘rsatkich 2025-yilda qayd etilgan — jami 6 239 ta ilmiy daraja, shundan 5 379 tasi PhD va 860 tasi DSc.
2019-yildagi 1 355 ta ko‘rsatkich bilan solishtirganda, 2025-yilda tasdiqlangan ilmiy darajalar soni 4,6 baravarga oshgan.
🟢 SENTABR — YANGI EKOLOGIK TASHABBUSLAR OYI
⏺O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan sentabr oyida xotin-qizlar va yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, ularning ekologik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatda “yashil” turmush tarzini keng targ‘ib etishga qaratilgan qator loyiha va tadbirlar amalga oshiriladi.
⏺Oy davomida “Yashil hayot formulasi”, “Muvaffaqiyat formulasi”, “Chiqindisiz maskan”, “Bilimli qizlar — bilimli oila, bilimli avlod”, “EcoStartUp”, “Eko-debat”, “Eko volontyorlar” loyihalari, shuningdek, Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni, ekologik-ma’rifiy “Yashil makon” darslari hamda yoshlar ishtirokidagi ko‘chat ekish aksiyalari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
⏺Ushbu tashabbuslar orqali ekologik bilim va madaniyatni yuksaltirish, yoshlar hamda xotin-qizlarning ekologik faolligini kuchaytirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni yanada keng targ‘ib etish maqsad qilingan.
Yashil kelajak — faol tashabbuslardan boshlanadi!
#EkologikPartiya #SentabrTadbirlari #YashilKelajak #EkoTashabbus #EkoYoshlar #XotinQizlar #EcoStartUp
#OAV_biz_haqimizda
#TOSHKENT
YASHIL INNOVATSIYALAR - ARQAROR KELAJAK SARI YO'L
Muxbir: Diyora SOATOVA
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrik
—
Поздравление школьникам, учителям и наставникам нашей страны
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👩🏻💼 Biz jamiyatda qanday lavozim yoki sohada bo'lmaylik eng avvalo ONA digan muhim funksiyamiz bor.
🙋🏻♀️ Davlat xizmatchisi hamda ona sifatida men uchun Sentabr oyining boshlanishi shirin tashvishlar bilan boshlanadi. Biz har kuni tongdan maktabga borish uchun taraddud ko'ramiz. Oilamizning barcha a'zolari bilan birga nonushta qilamiz, birga maktab sari yo'l olamiz. Ishdan keyin esa bizni muhim vazifalar kutadi - farzandimiz bilan kamida 7-8 ta fandan "uyga vazifalar"ni bajarish 😅. Bu har bir fanni farzandingiz bilan qayta tadqiq qilishingiz uchun ajoyib vaqt.
Umuman olganda bularni bari zavqli. Biz onalarning oilada tutgan o'rnimiz barcha narsaga imkon qadar ulgurishimiz bilan muhim hisoblanadi.
🥹 Bundan 27 yil avval onajonim meni maktabga qanday kuzatgan bo'lsalar, bugun mana shu mas'uliyatli vazifani o'zim bajaryapman va yana ma'lum yillardan so'ng, bu vazifani shaxsan qizimga topshiraman.
⭐️ Bugungi kun munosabati bilan barcha onajonlarni, pedagog kadrlarni, o'quvchi hamda talaba yoshlarni yangi o'quv yili bilan samimiy muborakbod etaman.
Yangi o'quv yili - yangi bilim, ko'nikma, malakalar egallashga hamda katta yutuqlarga boy bo‘lsin.
September is all about big goals, new opportunities, and growth. ✨
I have big plans for my work and career this month. Ready to work harder, grow stronger, and turn my goals into real results.
New month. Bigger goals. Better results. 🚀
