Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
前往频道在 Telegram
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi 91-322-21-89 75-542-56-26 https://t.me/kitob_tuman_Kengashi https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=nR_kSY-4gIz2-NLy https://www.facebook.com/share/p/19kgw6S9dG Murojaat uchun - https://t.me/gulomuzoqov
显示更多未指定国家未指定类别
201
订阅者
无数据24 小时
+27 天
-830 天
帖子存档
01-05-IYUN kunlari elon qilingan eng muhum yangiliklar DAYJESTI1-IYUN
Kitob tumanida yoshlar uchun 360 million so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilishi tasdiqlandi Katlos MFYda mahalla raisi va xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.2-IYUN
Joylarda oʻrganish: Xiyobonlar va attraksionlar holati koʻzdan kechirildi. Aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifati doimiy eʼtiborda.3-IYUN
Xalqlar Do'stligi mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisining faoliyati o’rganildi Kitob tumanida ichki yo’llar infrastrukturasi yanada yaxshilanadi4-IYUN
Kitob tuman Kengashida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi Kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish choralari o‘rganilmoqda5-IYUN
Murojaat ijobiy yechim topmoqda: "Toshkent" MFYdagi holat joyida oʻrganildi Tuman Kengashi va "Madad" NTT tuman huquqiy maslahat byurosi hamkorligida aholi murojaatlari bilan ishlash davom ettirilmoqda6-IYUN
8-12-Iyun kunlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlar ANONSIDEPUTAT_FAOLIYATI
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Uzoqov G'ulom Baxronovich tomonidan Xalqlar Do'stligi mahalla fuqarolar yig'inini Asfaltlashtirish masalasi bo'yicha deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
📩 Deputatlik so‘roviga Kitob tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi.
🗓 08-IYUN | DUSHANBA Soha: Sog‘liqni saqlash Mavzu: Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati Deputat: A. Usmonov Mas’ul: O. Nosirov
🗓 09-IYUN | SESHANBA Soha: Madaniyat va ma’rifat Mavzu: Hududdagi madaniyat muassasalari, muzeylar va kutubxonalar holati Deputat: G‘.Uzoqov Mas’ul: J.Ergashev
🗓 10-IYUN | CHORSHANBA Soha: Iqtisodiyot va bozor nazorati Mavzu: Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navolari hamda mahsulotlarning etarliligi Deputat: Z.Norova Mas’ul: O.Nosirov
🗓 11-IYUN | PAYSHANBA Soha: Mahalla tizimi va ijtimoiy masala Mavzu: Mahallalardagi yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi hamda xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi Deputat: G.Kenjayeva Mas’ul: J.Ergashev
🗓 12-IYUN | JUMA Soha: Huquq-tartibot Mavzu: Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati, ayniqsa "qizil" va "sariq" hududlarda jinoyatchilikni bartaraf etish choralari Deputat: Sh.Temirov Mas’ul: O.Nosirov|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|
+2
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi va "Madad" nodavlat tijorat tashkiloti (NTT) tuman huquqiy maslahatbyurosi hamkorligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimli ravishda davom ettirilmoqda
Navbatdagi qabul jarayonida "Varganza" mahalla fuqarolar yigʻini raisi X. Mirzayev mahalladagi mavjud masalalar va fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etish yuzasidan murojaat qildi.
Uchrashuv davomida mahalla raisi tomonidan koʻtarilgan masalalar xalq deputatlari tuman Kengashi vakillari hamda "Madad" NTT huquqshunosi Usmonov.S tomonidan atroflicha oʻrganildi.Murojaat yuzasidan qonuniy tushunchalar berilib, muammolarni bartaraf etish boʻyicha amaliy choralar va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. DEPUTAT_FAOLIYATI
+2
⚡️ "Xalqlar doʻstligi" MFYda oʻrganish va huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Gʻ. Uzoqov, Z. Norova, G. Kenjayeva, OʻzLiDeP tuman Kengashi apparat rahbari V. Parmonova hamda Yoshlar maslahat guruhi aʼzosi O. Nosirovlar bilan hamkorlikda "Xalqlar doʻstligi" mahalla fuqarolar yigʻinida navbatdagi oʻrganish ishlari oʻtkazildi.
Jarayonda mahalla raisi hamda xotin-qizlar faoli tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash va ularni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.Uchrashuv doirasida mahalla faollari va aholi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasining "Ekologik nazorat toʻgʻrisida"gi Qonuni mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Unda atrof-muhitni muhofaza qilish, hududlar tozaligini saqlash va bu jarayonda jamoatchilik nazoratining oʻrni haqida toʻxtalib oʻtildi. DEPUTAT_FAOLIYATI Telegram
⚡️ "Xalqlar doʻstligi" MFYda oʻrganish va huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Gʻ. Uzoqov, Z. Norova, G. Kenjayeva, OʻzLiDeP tuman Kengashi apparat rahbari V. Parmonova hamda Yoshlar maslahat guruhi aʼzosi O. Nosirovlar bilan hamkorlikda "Xalqlar doʻstligi" mahalla fuqarolar yigʻinida navbatdagi oʻrganish ishlari oʻtkazildi.
Jarayonda mahalla raisi hamda xotin-qizlar faoli tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash va ularni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.Uchrashuv doirasida mahalla faollari va aholi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasining "Ekologik nazorat toʻgʻrisida"gi Qonuni mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Unda atrof-muhitni muhofaza qilish, hududlar tozaligini saqlash va bu jarayonda jamoatchilik nazoratining oʻrni haqida toʻxtalib oʻtildi. DEPUTAT_FAOLIYATI
+3
⚡️ Murojaat ijobiy yechim topmoqda: "Toshkent" MFYdagi holat joyida oʻrganildi
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi kotibiyati mudiri Gʻ. Uzoqov hamda mutaxassis J. Ergashev XDP tuman Kengashi raisi Z. Norova bilan hamkorlikda tumandagi "Toshkent" mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlishdi.
Oʻrganish davomida mahalladagi ichki koʻchalarning bugungi holati, elektr simyogʻochlarning sozligi koʻzdan kechirildi.
Shuningdek, avvalroq fuqarolardan tushgan murojaat va deputatlik soʻrovi natijasida hududga yangi oʻrnatilgan transformatorlarning ishlash holati joyida oʻrganildi. Fuqarolarni qiynayotgan masalalarni tizimli hal etish choralari belgilandi.
🏛 Razzoqova Dilorom Sattorovna tomonidan 3 ta muhim deputatlik so‘rovi yuborildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Razzoqova tomonidan hududdagi muammolarini hal etish yuzasidan tashkilotga qat’iy talablar qo‘yilgan rasmiy so‘rovlar yo‘llandi:
Aholining toza suv bilan ta’minlanish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlarini tiklash, tizimdagi uzilishlarni bartaraf etish va muammoning aniq yechimi ko‘rsatilgan tezkor chora-tadbirlar rejasini taqdim etish talabi bilan “Qashqadaryo suv ta’minoti” AJ tuman filialiga;
⚡️ 2.“Sariosiyo” MFY Barkamol ko‘chasidagi aholi hayotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf solayotgan 50 ta chirigan yog‘och ustunni zudlik bilan zamonaviy beton tayanchlarga almashtirish talabi bilan tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga;
🛣 3. Yo‘llarni asfaltlashtirish: “Sariosiyo” MFY Anhor ko‘chasining ta’mirlanmagan 3 km qismini asfaltlashtirish ishlarini joriy yilgi manzilli dasturlarga kiritish talabi bilan tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasiga.DEPUTAT_FAOLIYATI
🏛 Deputat so‘rovi
“Xalqlar do‘stligi” MFYdagi Nasaf ko‘chasi namunali ko‘chaga aylantiriladi
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Uzoqov G‘ulom Baxronovich tomonidan hududdagi infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.
Mazkur deputatlik so‘rovida “Xalqlar do‘stligi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Nasaf ko‘chasini “Namunali ko‘cha”ga aylantirish masalasi ilgari surilgan.
Ko‘chaning 250 metr qismini betonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish hamda belgilangan rejalarni amalga oshirish uchun tuman Obodonlashtirish boshqarmasidan 10 tonna sement ajratilishi so‘rab rasmiy murojaat yo‘llandi.Mahallalar obodligi va yo‘llar ravonligi — aholi farovonligining bosh mezonidir. Ushbu tashabbus ijrosi deputat nazoratida bo‘ladi. |Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|
+3
🏛 Tuman Kengashi doimiy komissiya yig‘ilishida muhim takliflar ko‘rib chiqildi
Tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishida navbatdagi muhim masala muhokama qilindi.
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish masalasi diqqat markazida bo‘ldi.
Yig‘ilishda jamg‘arma mablag‘larini ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlash va hudud infratuzilmasini yaxshilashga yo‘naltirish bo‘yicha mas’ullarning takliflari tinglandi:B. Murodov — tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari; Y. Sultanov — tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig‘i.
Jamg‘arma mablag‘larining har bir so‘mi belgilangan maqsadlarga, qonuniy hamda shaffof asoslarda sarflanishi shart. Bu borada deputatlik nazorati qat’iy o‘rnatiladi.Komissiya a’zolari tomonidan taqdim etilgan takliflar atroflicha o‘rganilib, bildirilgan fikr-mulohazalar asosida tegishli qaror loyihasi tayyorlandi va galdagi vazifalar belgilab olindi.
+1
Kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish choralari o‘rganilmoqda
Bugun Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlari G'.Uzoqov, J.Ergashev, O.Nosirovlar hamda XDP tuman Kengashi raisi Z.Norova bilan hamkorlikda Sevaz MFY hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish va bandligini ta’minlash borasidagi faoliyat ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar davomida mahallalarda tomorqalardan unumli foydalanish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda ehtiyojmand oilalarni daromad manbai bilan ta’minlash borasidagi ijobiy ishlar va amaldagi muammolar tahlil qilindi.
📑 "Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonun targ‘iboti
Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasining "Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot o‘tkazildi.DEPUTAT_FAOLIYATI
+1
🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildiBugun Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashida fuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularni qiynayotgan muammolarga qonuniy va adolatli yechim topish maqsadida navbatdagi qabul tashkil etildi. Murojaatlar bilan ishlash jarayonida tuman Kengashi deputatlari hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, har bir murojaat ortida inson taqdiri va ijtimoiy masalalar turganini alohida ta’kidladilar.
Qabul davomida asosan quyidagi yo‘nalishlardagi masalalar ko‘rib chiqildi:Mahallalarda ichki yo‘llarni ta’mirlash va infratuzilmani yaxshilash; Aholini ijtimoiy himoya qilish va bandlikni ta’minlash; 📌 Qabul qilingan murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan masalalar yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi va ijrosi qat’iy nazoratga olindi. DEPUTAT_FAOLIYATI
🛣 KITOB TUMANIDA ICHKI YO‘LLAR INFRASTRUKTURASI YANADA YAXSHILANADI
Xalq deputatlari tumani Kengashining navbatdagi qarori qabul qilindi.
Hukumatning tegishli qarori ijrosini ta’minlash hamda tumandagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida muhim vazifalar belgilandi.
Qarorga ko‘ra:
Manzilli ro‘yxat tasdiqlandi: Kitob tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat ma’qullandi.
Keng ko‘lamli ishlar belgilandi: Mahalla va ko‘chalardagi ta’mirtalab yo‘llarni aniqlash, ularni ta’mirlash va asfaltlash, ko‘cha yoritish tarmoqlari hamda piyodalar yo‘laklarini yangilash, yo‘l belgilarini o‘rnatish vazifalari yuklatildi.
👤 Ijro uchun mas’ul: Mazkur ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash tuman hokimining o‘rinbosari F. Usmonov zimmasiga yuklatildi.DEPUTAT_FAOLIYATI
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Qodirov Sobir Xakimovich tomonidan joriy yilning 25-may kuni deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
📩 Deputatlik so‘roviga Kitob tumani Markaziy shifoxonasi tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi.
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
Deputat so‘rovi yuborildi: Makrid mahallasidagi 74-maktabga qo‘shimcha bino quriladi
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati tomonidan hududdagi ta'lim maskanlari sharoitini yaxshilash maqsadida navbatdagi muhim qadam tashlandi.
Jumladan, Makrid mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 74-sonli umumta’lim maktabiga qo‘shimcha bino qurish masalasini davlat dasturiga kiritish yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari F.Usmonovga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborildi.
Ushbu so‘rov orqali maktabda o‘quvchi o‘rinlari sonini ko‘paytirish, farzandlarimizning zamonaviy va shinam sinfxonalarda sifatli ta’lim olishlarini ta’minlash maqsad qilingan. Masalaning ijobiy hal etilishi va davlat dasturiga kiritilishi deputatlik nazoratiga olindi.
DEPUTAT_FAOLIYATI
+2
Xalqlar Do'stligi mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchilari tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish va ularning bandligini ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi tuman Kengashi deputatlari G'.Uzoqov, G.Kenjayeva hamda bosh mutaxassis J.Ergashevlar tomonidan atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida asosiy e'tibor quyidagi muhim yo‘nalishlarga qaratildi:
Ehtiyojmand oilalar bilan ishlash: Mahalladagi kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning real holati, ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual dasturlarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.
Tadbirkorlik va bandlik: Aholini tadbirkorlikka jalb qilish, oilaviy tadbirkorlik uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar va subsidiyalarning maqsadli ishlatilishi hamda yangi ish o‘rinlari yaratish samaradorligi tahlil qilindi.
Hokim yordamchisining "mahallabay" ishlash tizimi orqali hududdagi drayver sohalarni rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar o‘rganildi.DEPUTAT_FAOLIYATI
🛣 Muammolar bosqichma-bosqich hal etilmoqda: Navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Mirova Nargiza Sayfullayevna tomonidan hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, deputat tomonidan “Saroy” MFY aholisining haqli eʼtirozlari va murojaatlari asosida, ushbu mahalladagi 2,5 km ichki ko‘chalarni shag‘allashtirish yuzasidan Kitob tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborildi.
Ichki yo‘llarning holatini yaxshilash va aholiga munosib turmush sharoitini yaratish — deputatlik faoliyatining eng muhim mezonlaridan biridir. Ushbu so‘rov ijrosi va yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari deputatning doimiy nazoratida bo‘ladi.DEPUTAT_FAOLIYATI
+4
🏥 Aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifati doimiy eʼtiborda
Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi Z.Norova, tuman Kengashi deputati N.Ochilova hamda bosh mutaxassis O.Nosirovlar tumandagi oilaviy shifokorlik punkti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish davomida ishchi guruh tomonidan quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi:
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va samaradorligi;
Bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va muassasaning moddiy-texnik bazasi;
Dori-darmonlar taʼminoti va tibbiy xodimlarning ish faoliyati.Muloqotlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiyalar berildi. Maqsadimiz — har bir fuqaroning sifatli va malakali tibbiy yordam olish huquqini taʼminlash, aholi salomatligini muhofaza qilishdan iborat. DEPUTAT_FAOLIYATI
+3
📌 Joylarda oʻrganish: Xiyobonlar va attraksionlar holati koʻzdan kechirildi.Bugun tuman Kengashi deputati Gʻ.Uzoqov hamda bosh mutaxassis J.Ergashevlar ishtirokida tuman markazida joylashgan madaniyat va istirohat xiyobonlari hamda ulardagi attraksionlarning bugungi holati atroflicha oʻrganildi. 🔎 Oʻrganish davomida asosiy eʼtibor quyidagilarga qaratildi: Xavfsizlik choralari: Attraksionlarning texnik sozligi va aholi, ayniqsa, yosh bolalar uchun xavfsizlik darajasi; Obodonlashtirish: Xiyobonlarning tozaligi, yashil hududlar va daraxtlarning parvarishi; Sharoitlar: Tashrif buyuruvchilar va dam oluvchilar uchun yaratilgan qulayliklar. Deputat va mutaxassis tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida tumanimiz aholisining madaniy hordiq chiqarishini yanada mazmunli tashkil etish boʻyicha masʼullarga tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi. 👉🏻 https://t.me/kitob_tuman_Kengashi
+1
⚡️ Katlos MFYda mahalla raisi va xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
Kitob tumanidagi mahallalarda aholi muammolarini hal etish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy-iqtisodiy muhitni sog‘lomlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar doimiy nazoratda.
Bugun Katlos mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi hamda xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi. Ushbu o‘rganish jarayonlari kotibiyat mudiri G'.Uzoqov hamda mutaxassis J. Ergashev tomonidan amalga oshirildi.
Aholi murojaatlari bilan ishlash: Mahalladagi fuqarolarning muammolari qay darajada tinglanayotgani va ularning ijobiy yechimi;
Xotin-qizlar balansi: Ayollarni tadbirkorlikka jalb etish, bandligini ta’minlash va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar;
"Mahalla yettiligi" tizimi: Mahalladagi o‘zaro hamkorlik va berilgan vazifalarning muddatida, sifatli bajarilishi holati o'rganildi.
DEPUTAT_FAOLIYATI
