Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
前往频道在 Telegram
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi 91-322-21-89 75-542-56-26 https://t.me/kitob_tuman_Kengashi https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=nR_kSY-4gIz2-NLy https://www.facebook.com/share/p/19kgw6S9dG Murojaat uchun - https://t.me/gulomuzoqov
显示更多未指定国家未指定类别
200
订阅者
无数据24 小时
+27 天
-830 天
帖子存档
+4
🏥 Aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifati doimiy eʼtiborda
Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi Z.Norova, tuman Kengashi deputati N.Ochilova hamda bosh mutaxassis O.Nosirovlar tumandagi oilaviy shifokorlik punkti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish davomida ishchi guruh tomonidan quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi:
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va samaradorligi;
Bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va muassasaning moddiy-texnik bazasi;
Dori-darmonlar taʼminoti va tibbiy xodimlarning ish faoliyati.Muloqotlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiyalar berildi. Maqsadimiz — har bir fuqaroning sifatli va malakali tibbiy yordam olish huquqini taʼminlash, aholi salomatligini muhofaza qilishdan iborat. DEPUTAT_FAOLIYATI
+3
📌 Joylarda oʻrganish: Xiyobonlar va attraksionlar holati koʻzdan kechirildi.Bugun tuman Kengashi deputati Gʻ.Uzoqov hamda bosh mutaxassis J.Ergashevlar ishtirokida tuman markazida joylashgan madaniyat va istirohat xiyobonlari hamda ulardagi attraksionlarning bugungi holati atroflicha oʻrganildi. 🔎 Oʻrganish davomida asosiy eʼtibor quyidagilarga qaratildi: Xavfsizlik choralari: Attraksionlarning texnik sozligi va aholi, ayniqsa, yosh bolalar uchun xavfsizlik darajasi; Obodonlashtirish: Xiyobonlarning tozaligi, yashil hududlar va daraxtlarning parvarishi; Sharoitlar: Tashrif buyuruvchilar va dam oluvchilar uchun yaratilgan qulayliklar. Deputat va mutaxassis tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida tumanimiz aholisining madaniy hordiq chiqarishini yanada mazmunli tashkil etish boʻyicha masʼullarga tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi. 👉🏻 https://t.me/kitob_tuman_Kengashi
+1
⚡️ Katlos MFYda mahalla raisi va xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
Kitob tumanidagi mahallalarda aholi muammolarini hal etish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy-iqtisodiy muhitni sog‘lomlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar doimiy nazoratda.
Bugun Katlos mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi hamda xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi. Ushbu o‘rganish jarayonlari kotibiyat mudiri G'.Uzoqov hamda mutaxassis J. Ergashev tomonidan amalga oshirildi.
Aholi murojaatlari bilan ishlash: Mahalladagi fuqarolarning muammolari qay darajada tinglanayotgani va ularning ijobiy yechimi;
Xotin-qizlar balansi: Ayollarni tadbirkorlikka jalb etish, bandligini ta’minlash va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar;
"Mahalla yettiligi" tizimi: Mahalladagi o‘zaro hamkorlik va berilgan vazifalarning muddatida, sifatli bajarilishi holati o'rganildi.
DEPUTAT_FAOLIYATI
⚡️ Rasman: Kitob tumanida yoshlar uchun 360 million so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilishi tasdiqlandi!
Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida muhim qaror tasdiqlandi.
Tumandagi yoshlarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va intellektual salohiyatini oshirish maqsadida “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan jami 360 500 000 so‘m mablag‘ ajratilishi ma’qullandi.Bu mablag‘lar aniq qaysi yo‘nalishlarga sarflanadi?
💡 Intellektual salohiyatni yuksaltirish: Yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan loyihalar.
🎨 Bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish: Turli ijodiy to‘garaklar, madaniy va ommaviy tadbirlar.
⚖️ Huquqiy savodxonlikni oshirish: Yoshlar o‘rtasida qonun ustuvorligi va huquqiy bilimni targ‘ib qilish.
🏃♂️ 5 muhim tashabbus: Madaniyat, san’at, sport, AKT va kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan amaliy tadbirlar.|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Qodirov Odiljon Zohirovich tomonidan joriy yilning 25-may kuni deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
📩 Deputatlik so‘roviga Kitob tumani Obodonlashtirish bo‘limi tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi.
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
Repost from Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi
https://forms.gle/EqMQXwHHY4w45ttm7
"2023 — 2025-yillarda Qashqadaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-44-sonli qaror ijrosi bo'yicha deputatlar tomonidan o'tkazilgan monitoring savolnomasi.Qaror matni Google Docs Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha ijtimoiy so'rovnoma (PQ-44)
Sizdan mazkur so‘rovnomadan o‘tish orqali deputatlar faoliyatini samarali amalga oshirishga hissa qo‘shishga chaqirib qolamiz.
📌 25–26-MAY KUNLARI E'LON QILINGAN ENG MUHIM XABARLAR DAYJESTI📅 25-MAY | SESHANBA
🏥Tumandagi 1-sonli oilaviy poliklinika faoliyati, aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta'minoti deputatlar tomonidan atroflicha o'rganildi.
🛣Mahalla fuqarolar yig'inining markaziy ko'chalarini asfaltlashtirish masalasi qat'iy nazoratga olindi.📅 26-MAY | CHORSHANBA
💊 Dorixonalar monitoringi: Hududdagi dorixonalar faoliyati ko'zdan kechirildi. Narx-navo barqarorligi va qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi bo'yicha tushuntirish va targ'ibot ishlari olib borildi.
👥 Shart-sharoitlar tahlili: Tumandagi aholi punktlari, infratuzilma ob'ektlari va fuqarolar uchun yaratilgan yashash shart-sharoitlari bevosita joyiga chiqqan holda o'rganildi.📢 ANONS: KELGUSI REJALAR
🗓 1–5-IYUN | HAFTALIK ISH REJA Kelgusi haftada tuman Kengashi deputatlari va mutasaddilar tomonidan amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalar hamda hududiy o'rganishlarning reja-taqvimi e'lon qilindi.
+2
📌 Tumandagi aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar o‘rganildi
Tuman Kengashi deputatlari G‘. Uzoqov hamda Z. Norova, shuningdek, tuman Kengashi bosh mutaxassisi J. Ergashev tomonidan hududda aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar sifati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ijtimoiy obyektlarning holati, infratuzilma hamda aholiga qulaylik yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Aholi manfaatlarini ta’minlash, hududlarda qulay va munosib sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|
📅 HAFTALIK ISH REJA ANONSI(01–05-IYUN) 🗓1-IYUN
Mavzu:Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati
Deputat:Q.Xudoyqulov Mas’ul: J.Ergashev🗓2-IYUN
Mavzu: Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash
Deputat:O.Qodirov Mas’ul:O.Nosirov🗓3-IYUN
Mavzu: Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar, yo‘l transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan joylarda YTHlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar
Deputat:A.Boboyev Mas’ul:J.Ergashev🗓4-IYUN
Mavzu: Mahalladagi yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi hamda xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi
Deputat:G’.Uzoqov Mas’ul:J.Ergashev🗓5-IYUN
Mavzu: Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holatini o’rganish
Deputat:Z.Norova Mas’ul:O.NosirovDEPUTAT
📌 DEPUTAT SOʻROVI: NURAFSHON MAHALLASI KOʻCHALARINI
ASFALTLASHTIRISH MASALASI NAZORATDA
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Rasulov Alisher Rasulovich tomonidan hududdagi infratuzilmani yaxshilash va aholi yashash sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida navbatdagi deputat soʻrovi yuborildi.
Mazkur soʻrov “Nurafshon” mahalla fuqarolar yigʻini aholisining haqli eʼtirozlari va murojaatlari asosida shakllantirildi. Mahallaning markaziy koʻchalarini 1 km 800 metr qismini asfaltlashtirish masalasi bugungi kunda dolzarb boʻlib turibdi.
📋 Soʻrov maqsadi nima? Ushbu ichki yoʻllarni taʼmirlash va asfalt yotqizish ishlarini Davlat dasturiga kiritish yuzasidan tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.Usmonovga rasmiy deputat soʻrovi yuborildi.|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|
+2
📌 DEPUTAT NAZORATI: 1-SONLI OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI OʻRGANILDI
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Norova tumandagi 1-sonli oilaviy poliklinika faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Oʻrganish davomida asosiy eʼtibor aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, shifokorlar va bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda dorixona taʼminotiga qaratildi.
🔍 Oʻrganish davomida quyidagilar tahlil qilindi:
Tibbiy xizmat sifati: Bemorlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish tezkorligi va shifokorlarning qabul jarayonlari;
Murojaatlar va yechimlar: Poliklinikaga kelgan fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularning tibbiy xizmatdan qay darajada mamnunligi oʻrganildi;
Kamchiliklar ustida ishlash: Muassasadagi mavjud ehtiyojlar va hal etilishi lozim boʻlgan masalalar masʼullar ishtirokida muhokama qilindi.|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Qodirov Sobir Xakimovich tomonidan joriy yilning 18-may kuni deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
📩 Deputatlik so‘roviga Kitob tumani Obodonlashtirish bo‘limi tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi.
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
18-22-MAY KUNI E'LON QILINGAN ENG MUHIM YANGILIKLAR DAYJESTI
O‘zbekiston Respublikasining "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi
O'zLiDeP: Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi doimiy nazoratda
Bozorlarda narx-navo barqarorligi va mahsulotlar zaxirasi o‘rganilmoqda
Deputat faoliyati: Maktablarda sport sharoitlari o‘rganildi va yangi qonun targ‘iboti olib borildi
Ichki bozorlarda narxlar barqarorligi va inflyatsiyani jilovlash-doimiy nazoratda
Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
Kitob tumanida 4 oylik iqtisodiy oʻsish va bandlik natijalari sarhisob qilindi
Qonun talabi hammaning yodi boʻlishi shart!
Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish — davr talabi
Kitob tumanida navbatdagi fuqarolar qabuli: Har bir murojaat e’tibor va nazorat
Kitob tumanida «Mahalla yettiligi» faoliyati va 2026-yilgi rejalar tahlil qilindi
Kitob tumanida yangi “Yashil jamoat bog‘i” barpo etiladi
Dorixonalar faoliyati o‘rganilib, qonun hujjatlari targ‘ib qilindiDEPUTAT_FAOLIYATI
+1
Dorixonalar faoliyati o‘rganilib, qonun hujjatlari targ‘ib qilindi
O‘zXDP tuman Kengashi raisi Z.Norova hamkorligida tuman Kengashi kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov hamda bosh mutaxassis J.Ergashevlar tomonidan tuman markazida joylashgan dorixonalardagi xizmat ko‘rsatish sifati va retsept asosida dori vositalari berilishi holatlari o‘rganildi.
Tadbir davomida dorixonalarda aholiga yaratilgan sharoitlar va dori-darmonlarning sifati ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, mas’ullar va xaridorlar o‘rtasida “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.
Unda dori vositalarining sifati, xavfsizligi hamda retsept bo‘yicha berilishi yuzasidan qonunchilikda belgilangan talablar tushuntirib o‘tildi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Aholi salomatligini muhofaza qilish hamda dori vositalarining qonuniy aylanishini ta’minlashga qaratilgan bunday nazorat va targ‘ibot tadbirlari davom ettiriladi.DEPUTAT_FAOLIYATI
+2
📌 Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish — davr talabi
"Bog'bon" saylov okrugi deputati L.Nosirova hamda Yoshlar maslahat guruhi aʼzosi O.Misirova, Ekspert guruhi a'zosi O.Nosirov ishtirokida navbatdagi targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, jamiyatda ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida yaratilgan huquqiy kafolatlar keng tushuntirildi.
Tadbir davomida xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish, jabrlanganlarga "Himoya orderi" berish tartibi hamda ularga koʻrsatiladigan psixologik va huquqiy yordamlar xususida soʻz bordi. Deputat L.Nosirova oʻz soʻzida oilalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash va ayollarning jamiyatdagi mavqeini oshirishda bunday targʻibot uchrashuvlarining oʻrni muhimligini alohida taʼkidladi. DEPUTAT_FAOLIYATI
Deputat so‘rovi: Muammolar yechimi yo‘lida
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Boboyev Azimjon Shukrullayevich tomonidan “Iskana” mahalla fuqarolar yig'ini aholisining murojaati asosida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.
So‘rovda mazkur mahalla fuqarolar yig'inidagi ichki ko'chalarni 2 km qismini shag'allashtirish masalasi ilgari surilgan.
📅 HAFTALIK ISH REJA ANONSI (25–26-MAY)
🗓 25-MAY Mavzu: Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holatini o’rganish Deputat:G’.Uzoqov Mas’ul:J.Ergashev
🗓 26-MAY
Mavzu: Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati Deputat: Z.Norova Mas’ul:O.Nosirov|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|
🌳 Kitob tumanida yangi “Yashil jamoat bog‘i” barpo etiladi!
Xalq deputatlari tumani Kengashining navbatdagi qarori bilan tumandagi “Qaynar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yangi yashil maskan tashkil etish belgilandi.
📌 Bu qanday loyiha? Prezidentimizning “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirishga doir farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, “Ochiq budjet” (Open Budget) axborot portalida jamoatchilik fikri asosida “Mening bog‘im” loyihasi o‘tkazilgan edi.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, “Qaynar” mahallasi hududidagi tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 0,5 gektar yer maydonida yashil bog‘ tashkil etish bo‘yicha taklif g‘olib deb topildi va Kengash qarori bilan ma’qullandi.
📋 Qarorga ko‘ra belgilangan asosiy vazifalar:
Ajratilgan 0,5 gektar maydonda zamonaviy bog‘ barpo etish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi.
Ekiladigan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini suvsizlikdan asrash uchun zamonaviy sug‘orish tizimi tashkil etiladi.DEPUTAT_FAOLIYATI
Kitob tumanida «Mahalla yettiligi» faoliyati va 2026-yilgi rejalar tahlil qilindi
Xalq deputatlari tumani Kengashi qarori bilan mablagʻlarning sarflanishi boʻyicha manzilli dasturlar tasdiqlandi.📊 1-chorak yakunlari va tahlil:
Infratuzilma: «Tashabbusli byudjet» orqali 13 ta obyektga 20,5 mlrd soʻm, «Yangi Oʻzbekiston qiyofasi» va «Ogʻir mahalla» dasturlari doirasida 7 ta mahallaga jami 25 mlrd soʻm yoʻnaltirildi.
Bandlik: Ishsizlarning 1 456 nafari joylashtirilib, 23 ta mahalla ishsizlikdan xoli hududga aylandi.
Muammolar: 32 ta mahallada bandlik toʻliq taʼminlanmagan. Yangi mezonlar sababli Samarqand, Jilisuv, Qashqadaryo mahallalarida kambagʻallik darajasi oshgan.
Huquqbuzarlik: 40 ta mahalla jinoyatdan xoli boʻlsa-da, tumanda kiberjinoyatlar 193 foizga, oilaviy ajrimlar esa 69 taga koʻpaygan.🚀 Kengash qarori ijrosini taʼminlash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha «mahalla yettiligi» zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi. DEPUTAT_FAOLIYATI
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Raxmonova Dilrabo Abruyevna tomonidan joriy yilning 12-may kuni deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
📩 Deputatlik so‘roviga O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Kitob tumani bo‘limi tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi.
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
