ch
Feedback

不要被骗子欺骗!Telemetrio 会找到并标记这些频道 👉 如果想查看标记,请订阅 👈

Hilola Otabekova | Blog 🇹🇷

Hilola Otabekova | Blog 🇹🇷

关闭频道

• C1 darajaga ega Turk tili ustoziman • "Pro Türkçe" kursim orqali o'quvchilarni birinchi darsdanoq turkcha gapirtiraman • Turk tili orqali moliyaviy mustaqillikka erishgan talabaman Kanal havosi: @Hilola_hoca Ustoz bilan bog'lanish: @Otabekova_H

显示更多
未指定国家未指定类别
439
订阅者
无数据24 小时
-47 天
-6730 天
帖子存档
Günooo yangi qo'shilgan qizlar❤️ Kanalimizga xush kelibsiz, tez orada bu kanal eng sevimli kanallaringizda biriga aylanib qol
+2
Günooo yangi qo'shilgan qizlar❤️ Kanalimizga xush kelibsiz, tez orada bu kanal eng sevimli kanallaringizda biriga aylanib qolishi shubhasiz Bu rasmlarda men va kanalim haqida obunachilarimni fikrlarini ko'rishingiz mumkin Meni yanada yaqindan tanib olish uchun kanal xaritasidagi postlarni o'qib chiqishingiz mumkin Xo'p endi meni ozmi ko'pmi tanib oldingiz endi o'zingizni tanishtiringchi, meni qayerdan kuzatyapsiz, ismiz va yoshiz Xullas o'zizni qanday tanishtirishni xohlasangiz, shunday tanishtiravering bemalol, fursatdan foydalanib o'zizni maqtashiz ham mumkin😈)

+1
Xayrli kech qizlar💜 Bugun juft kunlardagi guruhim bilan A1 darajani oxirgi darsini o'tdik Endi seshanba kuni imtihon bo'ladi nasib qilsa, imtihondan o'tganlar A2 darajaga o'tqaziladi O'tolmaganlar bilan esa xayrlashishga majbur bo'lamiz, eng yuqori ball to'plagan 1 ta qizga bu oy uchun kurs to'lovida 50% skidka qilib beriladi Ya'ni o'qimagan o'quvchilar haydalgani kabi yaxshi o'qiyotganlar ham rag'batlantiriladi Xullas, seshanba kuni 1 oylik qilingan mehnatlarni natijasini ko'ramiz)

Bo'ldimi boshqa hech kim meni tanishtirmaydimi😭

#shakarsiz_challange_1 Kuni bo'yi rosa shokolad yegim keldi endi, ta'riflashga til ojiz😪 O'zimni zo'rg'a ushlab uni o'rniga
#shakarsiz_challange_1 Kuni bo'yi rosa shokolad yegim keldi endi, ta'riflashga til ojiz😪 O'zimni zo'rg'a ushlab uni o'rniga shunaqa mevalardan yeb, oshqozonimni aldab yurdim Xullas, chellenge birinchi kunini qiyinchilik bilan bo'lsa ham muvaffaqiyatli yakunladim😀 Yana boshqa qizlar ham bor edi a bu chellengeni boshlagan, sizlarda qanday o'tdi shakarsiz va gazli ichimliklarsiz bir kun)

Iyi akşamlar qizlar🌎 Kechqurun kanalga yangi qizlarni qabul qilamiz Men haqimda umuman tasavvurga ega bo'lmagan insonga meni
Iyi akşamlar qizlar🌎 Kechqurun kanalga yangi qizlarni qabul qilamiz Men haqimda umuman tasavvurga ega bo'lmagan insonga meni qanday ta'riflar edingiz Bu safar men emas, sizlar meni tanishtiringlarchi izohda✉️

Avval menda turk tili tayyorlangan, lekin ba'zi sabablarga ko'ra to'xtatgan o'quvchilarim yana qayta tayyorlanmoqchi bo'lib y
Avval menda turk tili tayyorlangan, lekin ba'zi sabablarga ko'ra to'xtatgan o'quvchilarim yana qayta tayyorlanmoqchi bo'lib yozishsa juda quvonaman Chunki o'quvchi qayta yana oldingi ustoziga yozyaptimi bu degani kurs sifati va o'qituvchining o'rgatish metodika zo'r degani U o'quvchida boshqa ustozda o'qish imkoniyati ham bor edi, lekin u yana menga murojaat qilyaptimi bundan men xursand bo'laman Ichimda demak yaxshi o'qitolyapman ekan, o'quvchilarimni ko'nglidagiday ustoz bo'lolyapman ekan degan faxr tuyg'usi o'tadi O'zimga va kursimga bo'lgan ishonchim ortadi va yanada yaxshiroq bo'lishga o'quvchilarimni menga bildirayotgan ishonchini oqlashga harakat qilaman)

Meni Hurremsevarligim qachon to'xtar ekan aa🙃 Zerikib, bekorchi bo'lib qolsam darrov Hurremni ko'rishni boshlayman Shunchali
+1
Meni Hurremsevarligim qachon to'xtar ekan aa🙃 Zerikib, bekorchi bo'lib qolsam darrov Hurremni ko'rishni boshlayman Shunchalik ko'p ko'rganimdan yodlab ham qolganman ko'p joylarini Lekin baribir ko'rgim kelaveradi, ammo oxirida Hurrem qariganda boshqa ayol o'ynagan ku Shu joylarini deyarli ko'rmayman, nimagadir o'zgartirilgani yoqmagan Sizni ham shunaqa qayta-qayta ko'rsangiz ham zerikmaydigan serial/ kinoyingiz bormi)

Avgust oyi omadli va zo'r oy bo'ladi nasib🗺

Iyi günle qizlar🙂 Ertadan shakarsiz 21 kunlik chellenge qilmoqchiman o'zim uchun, chunki oxirgi paytlar juda shirinlik va ga
Iyi günle qizlar🙂 Ertadan shakarsiz 21 kunlik chellenge qilmoqchiman o'zim uchun, chunki oxirgi paytlar juda shirinlik va gazli ichimliklarga o'tirib qoldim Ovqat yemasam yemayman lekin, albatta shirinlik va fanta, kola ichaman har kuni Ortiqcha shirinlik iste'mol qilish asabiylikka va xotira susayishiga olib kelarkan, rostanam oxirgi paytlar asabiy bo'lib qolganman Shuning uchun endi buni to'xtatmoqchiman, lekin bu jarayon men uchun juda qiyin bo'lishini tahmin qilyapman Shu sababli ham kanalda aytib qo'yyapman, chunki ko'pchilik bilsa yanada ma'sulyat yuklanadi deb o'ylayman Xullas, ertadan qat'iyatim va sabrim sinovdan o'tishni boshlaydi, shirinlik o'rniga nimalar iste'mol qilishni maslahat berasizlar Kimlar bu chellenge qo'shilishni xohlaydi, ko'pchilik bo'lsak davom etish ham osonroq bo'ladi menimcha)

Problemalaringizni hammaga har xil qilib ayting, g'iybat qilayotganda urushib qolishsin⭐ Rosa zo'r gap ekan aa)

Tunaydın qizlar🎀 Bugun A1 guruhim bilan oxirgi darslarni o'tishimiz kerak edi Lekin ko'pchilik darsga qatnashmagani uchun fa
+1
Tunaydın qizlar🎀 Bugun A1 guruhim bilan oxirgi darslarni o'tishimiz kerak edi Lekin ko'pchilik darsga qatnashmagani uchun faqat uyga vazifa so'radim, yangi mavzu o'tmadim Men o'quvchilarimga darsga kira olishmaydigan vaziyat bo'ladigan bo'lsa meni ogohlantirib yozib qo'yishlarini aytaman Lekin bugun faqat 2 ta o'quvchi ruxsat so'rab, boshqa darsga kirmaganlar ruxsat ham so'ramagani uchun rosa jahlim chiqdi O'quvchilarimga gapirib golos tashladim, keyin darrov lichkamga yozishdi, o'zim boshchiligimda o'quvchilarimni anchasi ham shamollab qolibdi Bu oy o'zi hammada shunaqa shamollash bilan tugayapti shekilli, havodanmikan yoki bilmadim Alloh taolo hammamizga o'zi komil shifo ato qilsin, o'quvchilarim ham keyingi darsgacha otday bo'lib ketishsin)

Bu postni qanday yozibman, bir tog'dan bir bog'dan qilib. Hozir o'qib ko'rib nimaaa deb yubordim o'zimga o'zim😁

Suv hayot manbai deb bekorga aytishmaydi, ertalab svet o'chdi Svet bilan hamma narsa ketdi, suv ham yo'q, gaz ham Mahalladagi toklarni boshqatdan tozalashyapti ekan, meni hayolim kechki darsimda Kechgacha yonsin deb, bugun A1 ni oxirgi ünitini o'tishimiz kerak

Ertalabdan oyog'ini ari chaqib olgan ustozdan salomlar😊 Bugungi kunimni uylarni uborkasiga bag'ishlamoqchiman, uyda yo'qligi
Ertalabdan oyog'ini ari chaqib olgan ustozdan salomlar😊 Bugungi kunimni uylarni uborkasiga bag'ishlamoqchiman, uyda yo'qligimiz uchun hamma joy chang bo'lib qolibdi Bir tarafda shamollaganim uchun boshim ham og'rib, tinmasdan aksa uryapman Lekin bularni hech birini energiyamizga ta'sir qildirmagan holatda uborkani boshlayapman😶 Kimga qoyil, menga qoyil)

🔍 O‘zbeklar uchun turk tilini o‘rganishga ENG FOYDALI SAYTLAR 1⃣Yunus Emre Institute (Rasmiy kurs) Bepul onlayn darslar, CEF
🔍 O‘zbeklar uchun turk tilini o‘rganishga ENG FOYDALI SAYTLAR 1⃣Yunus Emre Institute (Rasmiy kurs) Bepul onlayn darslar, CEFR darajalari asosida - https://turkce.yee.org.tr 2⃣Loecsen Kundalik suhbatlar va sayohat uchun eng kerakli iboralar - https://www.loecsen.com/en/learn-turkish 3⃣ TurkishClass101 Audio va video darslar orqali talaffuz va suhbat - https://www.turkishclass101.com 4⃣ Busuu Boshlang‘ichdan B2 gacha interaktiv kurs - https://www.busuu.com/en/course/learn-turkish-online 5⃣ LingoHut 100+ bepul dars, oddiy va tushunarli - https://www.lingohut.com/en/l98/learn-turkish 6⃣Turkish Language Learning Grammatika va darslar (oddiy tushuntirishlar - https://turkishlanguagelearning.com 💡 Maslahat: 📌 Boshlovchilar → Loecsen, LingoHut 📌 Jiddiy o‘rganish → Yunus Emre, Busuu 📌 Talaffuz & suhbat → TurkishClass101 Bu post siz uchun foydali bo'lgan bo'lsa va yana ko'proq shunday foydali postlar xohlasangiz bitta - 🔥

Iyi günler qizlar🎀 Bugun sizlar bilan webinar o'tishimiz kerak edi, lekin shamollab qolganim sababli keyinroq o'tishga qaror
+1
Iyi günler qizlar🎀 Bugun sizlar bilan webinar o'tishimiz kerak edi, lekin shamollab qolganim sababli keyinroq o'tishga qaror qildim Chunki hozir ovozim ham o'zgarib qolgan, bu ovoz bilan sizlarga yangi narsa o'tishni xohlamayapman Shuning uchun yaxshi bo'lib ketganimdan keyin o'taman nasib qilsa Rasm Islom svilizatsiya markazida olingan)

+1
Tunaydın qizlar❤️ Ona yurtim Xorazmga ham yetib keldim, kelishim bilan darslarni yana o'zim o'tishni boshladim Bir hafta bo'ldi men emas yordamchi ustoz o'tayotgandi darslarni, shu 1 haftada mazza qilib dam olib oldim Charchoqlarim deyarli qolmadi, lekin muzday suv ichib konditsonerni tagidan o'tirib ozroq shamollab qolibman Shunday bo'lsa ham kecha o'quvchilarimga bugungi darsni o'zim o'taman deb va'da berib qo'yganim uchun darsga kirdim O'quvchilarimni hammasi ustoz sizni sog'inib qoldik deb dars boshlanishi bilan kayfiyatimni ko'tarishdi Seni sog'inadigan va yaxshi ko'radigan insonlarni bo'lishi qanchalar yoqimli a Xullas, shunday qilib bu guruh bilan A2 darajani yarmiga ham kelib oldik)

Merhabalar qizlar🤍 Bugun kanalda faol bo'la olmadim, chunki kunimiz ko'chada o'tdi Ukam va onam bilan Toshkentni aylandik, I
+4
Merhabalar qizlar🤍 Bugun kanalda faol bo'la olmadim, chunki kunimiz ko'chada o'tdi Ukam va onam bilan Toshkentni aylandik, Islom svilizatsiya markaziga bordik Rosa chiroyli joy ekan 2 soat qanday o'tib ketganini bilmay qoldim Keyin Turk kafega borib ovqatlandik, u yerni atmosferasi ham ajoyib ekan Xullas, shu bilan kech bo'ldi. Safarimiz ham qaridi endi Xorazmga qarab yo'lga chiqdik Ertaga boramiz endi nasib, shu bilan yana ish, o'qish hayotiga sho'ng'iyman Hozir yo'ldaman yozsangiz, suhbatlashib ketamiz. Internet ishlab tursa albatta😶