Hilola Otabekova | Blog 🇹🇷
قناة بسيطة
• C1 darajaga ega Turk tili ustoziman • "Pro Türkçe" kursim orqali o'quvchilarni birinchi darsdanoq turkcha gapirtiraman • Turk tili orqali moliyaviy mustaqillikka erishgan talabaman Kanal havosi: @Hilola_hoca Ustoz bilan bog'lanish: @Otabekova_H
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
439
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-47 أيام
-6730 أيام
أرشيف المشاركات
+2
Günooo yangi qo'shilgan qizlar❤️
Kanalimizga xush kelibsiz, tez orada bu kanal eng sevimli kanallaringizda biriga aylanib qolishi shubhasiz
Bu rasmlarda men va kanalim haqida obunachilarimni fikrlarini ko'rishingiz mumkin
Meni yanada yaqindan tanib olish uchun kanal xaritasidagi postlarni o'qib chiqishingiz mumkin
Xo'p endi meni ozmi ko'pmi tanib oldingiz endi o'zingizni tanishtiringchi, meni qayerdan kuzatyapsiz, ismiz va yoshiz
Xullas o'zizni qanday tanishtirishni xohlasangiz, shunday tanishtiravering bemalol, fursatdan foydalanib o'zizni maqtashiz ham mumkin😈)
Xayrli kech qizlar💜
Bugun juft kunlardagi guruhim bilan A1 darajani oxirgi darsini o'tdik
Endi seshanba kuni imtihon bo'ladi nasib qilsa, imtihondan o'tganlar A2 darajaga o'tqaziladi
O'tolmaganlar bilan esa xayrlashishga majbur bo'lamiz, eng yuqori ball to'plagan 1 ta qizga bu oy uchun kurs to'lovida 50% skidka qilib beriladi
Ya'ni o'qimagan o'quvchilar haydalgani kabi yaxshi o'qiyotganlar ham rag'batlantiriladi
Xullas, seshanba kuni 1 oylik qilingan mehnatlarni natijasini ko'ramiz)
#shakarsiz_challange_1
Kuni bo'yi rosa shokolad yegim keldi endi, ta'riflashga til ojiz😪
O'zimni zo'rg'a ushlab uni o'rniga shunaqa mevalardan yeb, oshqozonimni aldab yurdim
Xullas, chellenge birinchi kunini qiyinchilik bilan bo'lsa ham muvaffaqiyatli yakunladim😀
Yana boshqa qizlar ham bor edi a bu chellengeni boshlagan, sizlarda qanday o'tdi shakarsiz va gazli ichimliklarsiz bir kun)
Iyi akşamlar qizlar🌎
Kechqurun kanalga yangi qizlarni qabul qilamiz
Men haqimda umuman tasavvurga ega bo'lmagan insonga meni qanday ta'riflar edingiz
Bu safar men emas, sizlar meni tanishtiringlarchi izohda✉️
Avval menda turk tili tayyorlangan, lekin ba'zi sabablarga ko'ra to'xtatgan o'quvchilarim yana qayta tayyorlanmoqchi bo'lib yozishsa juda quvonaman
Chunki o'quvchi qayta yana oldingi ustoziga yozyaptimi bu degani kurs sifati va o'qituvchining o'rgatish metodika zo'r degani
U o'quvchida boshqa ustozda o'qish imkoniyati ham bor edi, lekin u yana menga murojaat qilyaptimi bundan men xursand bo'laman
Ichimda demak yaxshi o'qitolyapman ekan, o'quvchilarimni ko'nglidagiday ustoz bo'lolyapman ekan degan faxr tuyg'usi o'tadi
O'zimga va kursimga bo'lgan ishonchim ortadi va yanada yaxshiroq bo'lishga o'quvchilarimni menga bildirayotgan ishonchini oqlashga harakat qilaman)
+1
Meni Hurremsevarligim qachon to'xtar ekan aa🙃
Zerikib, bekorchi bo'lib qolsam darrov Hurremni ko'rishni boshlayman
Shunchalik ko'p ko'rganimdan yodlab ham qolganman ko'p joylarini
Lekin baribir ko'rgim kelaveradi, ammo oxirida Hurrem qariganda boshqa ayol o'ynagan ku
Shu joylarini deyarli ko'rmayman, nimagadir o'zgartirilgani yoqmagan
Sizni ham shunaqa qayta-qayta ko'rsangiz ham zerikmaydigan serial/ kinoyingiz bormi)
Iyi günle qizlar🙂
Ertadan shakarsiz 21 kunlik chellenge qilmoqchiman o'zim uchun, chunki oxirgi paytlar juda shirinlik va gazli ichimliklarga o'tirib qoldim
Ovqat yemasam yemayman lekin, albatta shirinlik va fanta, kola ichaman har kuni
Ortiqcha shirinlik iste'mol qilish asabiylikka va xotira susayishiga olib kelarkan, rostanam oxirgi paytlar asabiy bo'lib qolganman
Shuning uchun endi buni to'xtatmoqchiman, lekin bu jarayon men uchun juda qiyin bo'lishini tahmin qilyapman
Shu sababli ham kanalda aytib qo'yyapman, chunki ko'pchilik bilsa yanada ma'sulyat yuklanadi deb o'ylayman
Xullas, ertadan qat'iyatim va sabrim sinovdan o'tishni boshlaydi, shirinlik o'rniga nimalar iste'mol qilishni maslahat berasizlar
Kimlar bu chellenge qo'shilishni xohlaydi, ko'pchilik bo'lsak davom etish ham osonroq bo'ladi menimcha)
Problemalaringizni hammaga har xil qilib ayting, g'iybat qilayotganda urushib qolishsin⭐
Rosa zo'r gap ekan aa)
+1
Tunaydın qizlar🎀
Bugun A1 guruhim bilan oxirgi darslarni o'tishimiz kerak edi
Lekin ko'pchilik darsga qatnashmagani uchun faqat uyga vazifa so'radim, yangi mavzu o'tmadim
Men o'quvchilarimga darsga kira olishmaydigan vaziyat bo'ladigan bo'lsa meni ogohlantirib yozib qo'yishlarini aytaman
Lekin bugun faqat 2 ta o'quvchi ruxsat so'rab, boshqa darsga kirmaganlar ruxsat ham so'ramagani uchun rosa jahlim chiqdi
O'quvchilarimga gapirib golos tashladim, keyin darrov lichkamga yozishdi, o'zim boshchiligimda o'quvchilarimni anchasi ham shamollab qolibdi
Bu oy o'zi hammada shunaqa shamollash bilan tugayapti shekilli, havodanmikan yoki bilmadim
Alloh taolo hammamizga o'zi komil shifo ato qilsin, o'quvchilarim ham keyingi darsgacha otday bo'lib ketishsin)
Bu postni qanday yozibman, bir tog'dan bir bog'dan qilib. Hozir o'qib ko'rib nimaaa deb yubordim o'zimga o'zim😁
Suv hayot manbai deb bekorga aytishmaydi, ertalab svet o'chdi
Svet bilan hamma narsa ketdi, suv ham yo'q, gaz ham
Mahalladagi toklarni boshqatdan tozalashyapti ekan, meni hayolim kechki darsimda
Kechgacha yonsin deb, bugun A1 ni oxirgi ünitini o'tishimiz kerak
Ertalabdan oyog'ini ari chaqib olgan ustozdan salomlar😊
Bugungi kunimni uylarni uborkasiga bag'ishlamoqchiman, uyda yo'qligimiz uchun hamma joy chang bo'lib qolibdi
Bir tarafda shamollaganim uchun boshim ham og'rib, tinmasdan aksa uryapman
Lekin bularni hech birini energiyamizga ta'sir qildirmagan holatda uborkani boshlayapman😶
Kimga qoyil, menga qoyil)
🔍 O‘zbeklar uchun turk tilini o‘rganishga ENG FOYDALI SAYTLAR
1⃣Yunus Emre Institute (Rasmiy kurs)
Bepul onlayn darslar, CEFR darajalari asosida
- https://turkce.yee.org.tr
2⃣Loecsen
Kundalik suhbatlar va sayohat uchun eng kerakli iboralar
- https://www.loecsen.com/en/learn-turkish
3⃣ TurkishClass101
Audio va video darslar orqali talaffuz va suhbat
- https://www.turkishclass101.com
4⃣ Busuu
Boshlang‘ichdan B2 gacha interaktiv kurs
- https://www.busuu.com/en/course/learn-turkish-online
5⃣ LingoHut
100+ bepul dars, oddiy va tushunarli
- https://www.lingohut.com/en/l98/learn-turkish
6⃣Turkish Language Learning
Grammatika va darslar (oddiy tushuntirishlar
- https://turkishlanguagelearning.com
💡 Maslahat:
📌 Boshlovchilar → Loecsen, LingoHut
📌 Jiddiy o‘rganish → Yunus Emre, Busuu
📌 Talaffuz & suhbat → TurkishClass101
Bu post siz uchun foydali bo'lgan bo'lsa va yana ko'proq shunday foydali postlar xohlasangiz bitta - 🔥
+1
Iyi günler qizlar🎀
Bugun sizlar bilan webinar o'tishimiz kerak edi, lekin shamollab qolganim sababli keyinroq o'tishga qaror qildim
Chunki hozir ovozim ham o'zgarib qolgan, bu ovoz bilan sizlarga yangi narsa o'tishni xohlamayapman
Shuning uchun yaxshi bo'lib ketganimdan keyin o'taman nasib qilsa
Rasm Islom svilizatsiya markazida olingan)
Tunaydın qizlar❤️
Ona yurtim Xorazmga ham yetib keldim, kelishim bilan darslarni yana o'zim o'tishni boshladim
Bir hafta bo'ldi men emas yordamchi ustoz o'tayotgandi darslarni, shu 1 haftada mazza qilib dam olib oldim
Charchoqlarim deyarli qolmadi, lekin muzday suv ichib konditsonerni tagidan o'tirib ozroq shamollab qolibman
Shunday bo'lsa ham kecha o'quvchilarimga bugungi darsni o'zim o'taman deb va'da berib qo'yganim uchun darsga kirdim
O'quvchilarimni hammasi ustoz sizni sog'inib qoldik deb dars boshlanishi bilan kayfiyatimni ko'tarishdi
Seni sog'inadigan va yaxshi ko'radigan insonlarni bo'lishi qanchalar yoqimli a
Xullas, shunday qilib bu guruh bilan A2 darajani yarmiga ham kelib oldik)
+4
Merhabalar qizlar🤍
Bugun kanalda faol bo'la olmadim, chunki kunimiz ko'chada o'tdi
Ukam va onam bilan Toshkentni aylandik, Islom svilizatsiya markaziga bordik
Rosa chiroyli joy ekan 2 soat qanday o'tib ketganini bilmay qoldim
Keyin Turk kafega borib ovqatlandik, u yerni atmosferasi ham ajoyib ekan
Xullas, shu bilan kech bo'ldi. Safarimiz ham qaridi endi Xorazmga qarab yo'lga chiqdik
Ertaga boramiz endi nasib, shu bilan yana ish, o'qish hayotiga sho'ng'iyman
Hozir yo'ldaman yozsangiz, suhbatlashib ketamiz. Internet ishlab tursa albatta😶
