ch
Feedback
Ahmad Ali Dilmurod

Ahmad Ali Dilmurod

前往频道在 Telegram

Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.

显示更多
未指定国家未指定类别
6 362
订阅者
+124 小时
+1627 天
-15 99630 天
帖子存档
*** endi ko'rinishing yodimdan o'chsa bo'ldi. kutish kerak. @ahmadali_writer

*** "vaqt ikkimizdan bir xil o'tdi". @ahmadali_writer

*** o'limim oldidan butun hayotim qisqa-qisqa lahzalarda ko'rinsa. sen bir lahzasi bo'lasan. @ahmadali_writer

*** "men yozuvchi emas sensiz edim". @ahmadali_writer

*** bu insonlar buncha yomon: ular sog'inishni bilmaydi. @ahmadali_writer

*** hech bo'lmasa o'zingni o'zing tushunib tur. bo'lmasa hech kim qolmayapti. @ahmadali_writer

*** biz ko'p urushganimizdan yarashish esimizdan chiqib qoldi bo'lmasa, yarashardik. @ahmadali_writer

*** baxtsiz kinolarni ko'rmang. baxtsiz kuylarni tinglamang. baxtsiz suratlarni tomosha qilmang. nima qilasiz o'zi bir marta kelasiz dunyoga yashasangiz faqat baxtli yashang. o'qimang, baxtsiz kitoblarni. u kitoblarni yoqib olovida isinib o'tiring yoringiz bilan. kuling, tabassum qiling, jilmaying, yana har-xillari bor kulishni. o'shalarni sinab ko'ring.. unuting o'tgan ishlarni ertangi baxtsiz rejalarni o'chirib tashlang almashtiring uni baxtli rejalarga. baxtli ilmlar oling baxtli ishda ishlang baxtli yor toping sizni ham baxtli qiladigan. xullas, baxtli umr kechiring. baxtsiz yashashmi? unaqa qilmang. yashasangiz, faqat baxtli yashang. @ahmadali_writer

*** hayot xonasiga shunday yozib qo'ying: yashayotganlarga xalaqit bermang. @ahmadali_writer

*** nimalar qilib qo'ydik! o, biz nima qilib qo'ydik? endi buni qanday takrorlaymiz?! @ahmadali_writer

*** Tasodif Yomg’ir endigina tinib, ko’chalar hali ham nam edi. Bekatda tasodifan yuzma-yuz kelishdi. Ikkalasi ham bir lahza nima deyishni bilmadi. O’tgan yillar, aytilmagan gaplar va javobsiz xabarlar o’sha sukut ichiga sig’ib ketgandek edi. Ular bir-biriga begona ham emas, yaqin ham emasdi. Faqat vaqt ularning o’rtasida indamay turardi. — Ko’rishmaganimizga ancha bo’pti. U yengil jilmaydi. — Unday emas, kecha seni tushimda ko’rdim. 2026 @ahmadali_writer

*** ana, baxt kelyapti... yo'l qidirib, adashib qolsang, qo'rqasan - baxt degan joyga borib qolishdan. osmonda biror tushunarsiz narsa ko'rsang - qo'rqasan, baxtmikan deb. oilang davrasida, telefoning jiringlab qolsa - yanada qo'rqasan, kim bilsin, baxt telefon qilayotgan bo'lishi mumkin. (baxt senga telefon qilmaslikka va'da bergan bo'lsa ham) eshiging taqillab qolsa - ana fojia, nahotki, baxtning o'zi keldi, yoningga... sen qattiq qo'rqasan. televizorni yoqsang, ilohim, baxt ko'rinib qolmasin-da deysan, atrofga qarab. radioni qo'ysang - baxtning ovozi eshitilib qolmasin deb quloqchin taqib eshitasan... qorong'uda, baxt xayolingga kirib qolsa quvib solasan uni - gunoh deb o'ylaysan. negadir, sen doim qo'rqasan - baxtdan. meningcha, uxlay olmayotganingda onang senga: ana, baxt kelyapti! - tez uxla! degan bo'lsa kerak... endi sen ham bolang uxlamasa - ana, baxt kelyapti, tez uxla! deysan. so'ng, bolang qattiq qo'rqadi - uxlab qoladi. bolangni joyiga yotqizib, o'zing turmush o'rtog'ing bilan tezroq uxlashga harakat qilasan. sen ham, u ham, bolang ham, tez uxlab qolasizlar. bolang esa, tunning yarmida, hamma qo'rqib uxlayotgan vaqt - uyg'onib ketadi... @ahmadali_writer

*** qochgan ham quvgan ham xudo deydi. sevgan ham, sevilgan ham. @ahmadali_writer

*** kecha tushimga kirding, ammo o’zing ham bilmading tushimga kirganingni. @ahmadali_writer

*** eshik qani? deysan, - hammayoq devor bilan o'ralgan - qani eshik? la'nati eshik qani? - deysan. men jim bo'laman, bilmayman tinchlan, buni o'ylama buni xayolingga ham keltirma, deyman sen esa, takror-takror so'raysan o'sha eshikni men esa, ostonada o'tirib olib - bilmayman, rostdan... deyman. sen oxiri taslim bo'lasan. - hammayog'i o'ralgan devor aro - xayr, deysan... kirolmaysan, qaytib ketasan... men esa, ostonada qolaman, bir o'zim... @ahmadali_writer

*** sevishganlar va umid kuz, tinch va sokin havo, barcha o'z muammolari ortidan quvmoqda, ularga esa tashvish begona. ular yoshlikdan bir-birini qattiq sevadi. sariq barglar bilan to'lgan daraxtlar yonidagi yo'ldan ikkovlon qo'l ushlashib ketmoqda, juda yoqimli lahza, shu payt to'g'ridagi yo'ldan katta tezlikda avtomobil o'tib ketdi. - qora avtomobil ekan, qora rang chiroyli-da, - dedi yigit. - yo'g'-e, u oq rangda edi-ku, u oq edi! - dedi qiz tezlik bilan. - qora edi! - dedi yigit ishonch bilan. - yo'q, oq dedimmi, demak, oq!.. - dedi qiz biroz xafa bo'lib. - mayli, qora emas, oq edi, uzr, xato aytibman... - dedi yigit uni yupatish uchun. - ha, oq! - dedi qiz chiroyli jilmaygancha... yigitning hassasi chuqurdagi suvga tushdi. - o'ngga qayril, bu yerda suv bor ekan - dedi. ikkovlon o'ng tomonga qayrilib yo'llarida davom etishdi... @ahmadali_writer

*** bir o'rindiqda o'tiribmiz yonma-yon. sen bahs uchun so'z tashlaysan kulrang oqmi yoki qora? men bilmayman, men... unda aytchi zebra oq-qorami yoki qora-oq? men axir bilmayman, men... unda aytchi, qop-qora qanchalik qora? oqchi? oppoq bo'lsa u qanchalik oq? men yana bilmayman, men... yo'q, sen bilasan! deysan, menga. men bir narsani bilaman agar hozir biror narsa desam sen mendan uzoqroqqa surilasan yoki yaqinroq kelmoqchisan. men qo'rqaman biror narsa desam uzoqroqqa surilishingdan. men nima deb javob bersam menga yaqinroq surilishingni bilmayman. va qochaman bahsdan. @ahmadali_writer

*** baxtingni rosa qidirding sen ammo bir marotaba ham topilmalar idorasiga bormading... @ahmadali_writer

*** bormayman jin ursin... bormayman men o'sha bekatga uyimda kasal bo'lib ko'rpaga o'ranib yotaman! ona - degan avtobus ketadi o'sha bekatdan ota - degan poezd ketadi o'sha bekatdan o'sha bekatga kelmaysan sen... nima bo'pti? men baribir bormayman... do'st - degan tezyurar ulovlar ko'p qatnaydi u bekatdan xullas, baxt degan bir marta keladigan besh balonli nimarsa o'tib ham ketadi o'sha bekatdan... hamma-hammasi men bormagan bekatga keladi (...ketishi ham aniq) men esa ko'rpaga o'ranib istmalab yotaman har yo'talganimda yo aksirganimda esa duo qilaman - ey, xudo eshigim taqillasin... ammo - bu dunyo eshigi taqillamaydigan dunyo ekanini tuzalib bo'lib bilaman... @ahmadali_writer

*** yoningizdagi odamlarga tushuntirishingiz shart emas. zotan ular tushunganidan yoningizda. @ahmadali_writer