ch
Feedback
Axmadjanov | Ta'limiy blog

Axmadjanov | Ta'limiy blog

前往频道在 Telegram

Ta'lim sohasidagi uzoq yillik koʻnikmalarim asosida bilishingiz lozim boʻlgan muhim ma'lumotlarni birgalikda tahlil qilamiz – Firdavs Axmadjanov 2-bosqich doktoranti @Talimgaoid_admin @Talimgaoid_perevod @Nodavlat_oliygohlar

显示更多
未指定国家未指定类别

📈 Telegram 频道 Axmadjanov | Ta'limiy blog 的分析概览

频道 Axmadjanov | Ta'limiy blog (@axmadjanoov) 是活跃参与者。目前社区聚集了 28 928 名订阅者,在 其他 类别中位列第

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 28 928 名订阅者。

根据 12 九月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -4 018,过去 24 小时变化为 -413,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 26.55%。内容发布后 24 小时内通常能获得 10.95% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 7 773 次浏览,首日通常累积 3 207 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 22

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Ta'lim sohasidagi uzoq yillik koʻnikmalarim asosida bilishingiz lozim boʻlgan muhim ma'lumotlarni birgalikda tahlil qilamiz – Firdavs Axmadjanov 2-bosqich doktoranti @Talimgaoid_admin @Talimgaoid_perevod @Nodavlat_oliygohlar

凭借高频更新(最新数据采集于 13 九月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 其他 类别中的关键影响点。

28 928
订阅者
-41324 小时
-3 4627 天
-4 01830 天
帖子存档
⚡️Davlat xavfsizlik xizmatiga oʻqishga kirmoqchi boʻlganlar diqqatiga! Davlat xavfsizlik xizmatiga oʻqishga kirmoqchi boʻlganlar uchun quyidagi oʻquv muassasalariga qabul boshlanmoqda: ▶️DXX qoshidagi "Temurbeklar maktabi" harbiy akademik litseyi – 9-sinf oʻquvchilari qabul qilinadi; ▶️DXX akademiyasi – 26 yoshgacha boʻlgan toifadagi yoshlar va talabalar qabul qilinadi.@Axmadjanoov | Instagram

⚡️Rasman: Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi 📝 Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar natijalari e'lon qilindi. 👨‍💻 Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin. 📝 Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan yakuniy tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta'lim tashkilotlariga taqdim etildi. ✅@Axmadjanoov

⚡️Rasman: Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi 2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi. Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin. ✅@Axmadjanoov | Instagram

⚡️Toshkent davlat tibbiyot universitetiga oʻqishini koʻchirganlar diqqatiga! Xorijiy va nodavlat oliygohlardan Toshkent davlat tibbiyot universitetiga oʻqishini koʻchirgan (132 va undan yuqori ball olgan) talabgorlar) 4-sentabr juma kuni 09:00 dan oliygohga tashrif buyurishlari soʻraladi. Talabalar shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda transkriptni olgan holda shaxsan Toshkent davlat tibbiyot universitetining Asosiy kampusi (Yangi Toshmi)da 5-qavat 531-xonasi oldida bo'lishlari shart! Tabaqalashtirilgan super kontrakt boʻyicha qoʻshimcha ma'lumot beriladi. ✅@Axmadjanoov | Instagram

⚡️Rasman: Termiz davlat universitetida super-kontrakt uchun arizalar qabuli hamda oʻqishni koʻchirganlar uchun aloqa xati ham berila boshlandi Termiz davlat universitetiga o‘qishga kirgan abituriyentlar, o‘qishini koʻchirgan talabalar hamda SUPER-KONTRAKT asosida oʻqish istagida boʻlgan talabgorlar TerDU Registrator ofisiga murojaat qilishlari soʻraladi.
📞Asosiy telefon: +998 (76) 228-03-40 Qo‘shimcha telefonlar: Nazarov Bekzod: +998 (93) 638-06-72 Qurbonov Furqat: +998 (90) 168-45-16 Toshmurodov Farrux: +998 (90) 521-11-17 Qurbonov Asliddin: +998 (90) 417-67-06 Qo‘shayev Qo‘shahakim: +998 (91) 579-19-26
@Axmadjanoov | Instagram

⚡️Rasman: Namangan davlat universitetida super-kontrakt uchun arizalar qabuli boshlandi Talabgorlar kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda rasmiylashtirishlari mumkin. Abituriyent tomonidan rasmiylashtirilgan ariza oliy ta’lim muassasasi Qabul komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Shundan so‘ng, abituriyent uchun QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi. Tasdiqlangan to‘lov-shartnomasini platformadan yuklab olish hamda unda belgilangan to‘lovlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish so‘raladi. ✅@Axmadjanoov | Instagram

⚡️ Sentabrdan doktorantlar stipendiyasi oshiriladi 2026-yil 1-sentabrdan stipendiyalar 7% ga oshiriladi: ▶️Stajyor-tadqiqotch
⚡️ Sentabrdan doktorantlar stipendiyasi oshiriladi 2026-yil 1-sentabrdan stipendiyalar 7% ga oshiriladi: ▶️Stajyor-tadqiqotchi — 6 473 600 so‘m ▶️Tayanch doktorant (PhD) — 7 312 720 so‘m ▶️Doktorant (DSc) — 9 343 200 so‘m 📌 2027-yildan esa ustuvor ilmiy ixtisosliklarga yangi qabul qilingan 1-kurs doktorantlariga bazaviy stipendiyaning 1,7 baravari to‘lanadi: ◀️PhD — 12 431 624 so‘m ◀️DSc — 15 883 440 so‘m ❗️1,7 baravar stipendiya stajyor-tadqiqotchilar va avvalgi yillarda qabul qilingan 2–3-kurs doktorantlariga tatbiq etilmaydi. ✅@Axmadjanoov | Instagram

⚡️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida super-kontrakt narxlari tasdiqlanibdi Oliygoh tanlayotganda toʻgʻri tanlov
⚡️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida super-kontrakt narxlari tasdiqlanibdi Oliygoh tanlayotganda toʻgʻri tanlov qilsangiz ana shunda bunaqa summa toʻlab yurmaysiz. Masalan: bu yerda yurisprudensiya yoʻnalishida super-kontrakt miqdori 303 mln koʻrsatilgan, Namangan davlat universitetida esa bu miqdor 122 mln. Ikkoviyam bitta yoʻnalish, bitta diplom. Aqli bor odam bunaqa summada super-kontrakt toʻlamay, yiliga 22 mlndan jami 88 mln toʻlab xususiyda oʻqigani arzonroq tushadi. ❗️Oʻsha yoʻnalish, oʻsha diplom.@Axmadjanoov | Instagram

🇨🇳 Xitoyda talabalar yaxshi universitetga kirish uchun qancha mehnat sarflash kerakligini ko‘rsatuvchi trend ommalashmoqda
+1
🇨🇳 Xitoyda talabalar yaxshi universitetga kirish uchun qancha mehnat sarflash kerakligini ko‘rsatuvchi trend ommalashmoqda Ayrim talabalar yaxshi oliygohga kirish uchun yozib chiqilgan 1000 dan ortiq daftarni namoyish qilmoqda. Ular shu orqali Xitoyda nufuzli universitetga kirish qanchalik katta mehnat va tayyorgarlik talab qilishini ko‘rsatishmoqda. ✅@Axmadjanoov | Instagram

#natija #Ichki_perevod ⚡️Rasman: O‘qishni ko‘chirish bo’yicha natijalar eʼlon qilindi 2026/2027-o‘quv yili uchun transfer.edu.uz platformasi orqali davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish (yoki ko‘chirib tiklash) yuzasidan ariza yuborganlar diqqatiga! Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining biridan boshqasiga o’qishni ko’chirish bo‘yicha yuborilgan arizalar to‘liq ko‘rilib chiqilib, yakuniy xulosalar shakllantirildi. ✅ Talabalar o‘z arizalari natijasini transfer.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilishlari mumkin. O‘qishi ko‘chirilishi tavsiya etilgan talabalar o‘qishi ko‘chirilayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga murojaat qilishlari lozim. ✅@Axmadjanoov | Instagram

#Soʻragan_edingiz ⚡️Tibbiyot yoʻnalishida super-kontrakt bekor qilinmadi
Joriy yilning mart oyida "Tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" qaror loyihasi muhokamaga qoʻyilgan edi.
Unga koʻra, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot yoʻnalishlariga oshirilgan (super) kontrakt asosida talabalikka qabul qilish tartibini bekor qilinishi hamda bakavriat tibbiyot yoʻnalishlariga oʻqishga qabul uchun minimal oʻtish bali 132,3 ball etib belgilash nazarda tutilgan edi. Lekin qonunchilik hujjatlariga nazar soladigan boʻlsak, mazkur qaror loyiha shaklda qolib ketgani va amalda tadbiq etilmaganini koʻrishimiz mumkin. Ya'ni jarayon yakunlanmay qolgan. Shu sababli amaldagi tartibga koʻra, tibbiyot yoʻnalishlarida abituriyent hamda oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlgan talabgorlar uchun oshirilgan (super) kontrakt assosida talabalikka qabul qilinish tartibi bekor qilinmaganligini ma'lum qilamiz. ✅@Axmadjanoov | Instagram

⚡️6-ta’lim yo‘nalishini tanlash uchun bugun — so‘nggi imkoniyat! ❗️ Abituriyentlar diqqatiga! 28-avgust kuni soat 23:59 gacha my.uzbmb.uz platformasi orqali 6-ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati mavjud. Belgilangan muddatdan so‘ng yo‘nalish tanlash jarayoni yopiladi. @Axmadjanoov | Instagram

⚡️Aytishlaricha, deyarli barcha davlat oliy ta'lim muassasalarida 4,05 ballgacha yetmay qolgan abituriyentlar uchun ham dars jarayonlari 7-sentabrdan boshlanishi belgilanmoqda. Biz aniqlagan 40 dan ortiq oliygohlar 4,05 ballgacha yetmay qolgan 1-bosqich talabalari bemalol 7-sentabrdan darslarda ishtirok etishlari mumkinligini tasdiqlashdi. ✅@Axmadjanoov | Instagram

⚡️ Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ariza topshirish BUGUN yakunlanadi! 2026/2027-o‘quv yili uchun 80 ta OTMdagi 31 808 ta vakant o‘rin uchun arizalar 28-avgustgacha qabul qilinadi. ✅ Kimlar qatnashadi? Kamida 56,7 ball to‘plagan, ammo talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar. 📌 5 tagacha mos ta’lim yo‘nalishini tanlash mumkin. Ta’lim shakli: kunduzgi, kechki yoki masofaviy. 📝 Mandat qabul yakunlanganidan so‘ng bir hafta ichida e’lon qilinadi. Ariza: my.uzbmb.uz → “Vakant o‘rinlar uchun ariza berish” ✅@Axmadjanoov | Instagram

📣 MUHIM E’LON! 🎓 Turkiya va O‘zbekiston diplomini beruvchi ikki diplomli ta’lim dasturlariga IMTIHONSIZ QABUL! Xalqaro imti
📣 MUHIM E’LON! 🎓 Turkiya va O‘zbekiston diplomini beruvchi ikki diplomli ta’lim dasturlariga IMTIHONSIZ QABUL! Xalqaro imtihon va sertifikatlardan belgilangan minimal natijaga ega abituriyentlar kirish imtihonisiz qabul qilinadi. Sertifikatga ega bo’lmagan abituriyentlar uchun 29-avgust so’nggi kirish test sinovlari bo’lib o’tadi. ✅ Ta’lim dasturini tamomlagan bitiruvchilarga O’zbekiston hamda Turkiyaning davlat namunasidagi diplomi beriladi. Batafsil ma’lumot olish uchun murojaat qiling. 📩 @tdxuqabul 📲 +998-71-230-74-74

⚡️Kontrakt.edu.uz sayti qisman ishlay boshladi Oʻqishga qabul qilingan (oʻqishini koʻchirgan) talabalar uchun onlayn shartnom
⚡️Kontrakt.edu.uz sayti qisman ishlay boshladi Oʻqishga qabul qilingan (oʻqishini koʻchirgan) talabalar uchun onlayn shartnoma olish imkoniyatini beruvchi kontrakt.edu.uz sayti qisman ishga tushdi. Saytda talabalar ma'lumotlari hamda ular tanlagan oliygohlar roʻyxati shakllana boshlanadi. Bundan tashqari super-kontrakt miqdori necha barobar boʻlishi ham koʻrina boshlagan. Biroq kontraktning aniq summalari hali kiritilmagan. Demak shuni xulosa qilishimiz mumkinki-ki, tez orada mazkur saytda bazaviy va tabaqalashtirilgan kontrakt uchun ham arizalar qabuli boshlanishi kutilmoqda. ✅@Axmadjanoov | Instagram

⚡️Talabalar diqqatiga! Yangi o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi smenadagi o‘quv mashg‘ulotlari soat 08:00 da boshlanadi. Eslatma: OTMda darslar 1-kurslar uchun — 7-sentyabrdan, 2- va undan yuqori kurslar uchun — 14-sentyabrdan tashkil etiladi.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
🌍 @Talimgaoid_perevod

⚡️ Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash mumkin To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan talabalar kontraktni bir yil davomida 4 qismga bo‘lib to‘lashi mumkin: ➡️25% — 1-kurslar 15-sentyabrgacha, yuqori kurslar 1-oktyabrgacha ➡️50% — 1-yanvargacha ➡️75% — 1-martgacha ➡️100% — 1-maygacha ❗️Muddatlar uzaytirilishi mumkin. 1-kurslar uchun muddatni Davlat qabul komissiyasi, boshqa holatlarda OTM rektori belgilaydi. 🔰 Moliyaviy mustaqil davlat OTMlari va nodavlat oliygohlar kontrakt miqdori va muddatlarini o‘zlari belgilaydi. ‼️Super-kontrakt uchun ham bo‘lib to‘lash mumkin, ammo avval 50% to‘lov amalga oshirilishi kerak. 📝 Kontrakt to‘lovi bo‘yicha ariza kontrakt.edu.uz orqali yuboriladi. ✅@Axmadjanoov | Instagram

⚡️Oʻqishni koʻchirganlar uchun foydali post qildim. Post biroz uzun boʻlgani uchun bu yerga tashlamadim. Oʻqib chiqing. https://t.me/Talimgaoid_perevod/7124 @Axmadjanoov

⚡️ Magistratura uchun rad etilgan arizalarni tahrirlash imkoniyati berildi 2026/2027-o‘quv yili magistratura qabuli bo‘yicha rad etilgan arizalarni 26-avgust soat 14:00 gacha my.edu.uz orqali qayta tahrirlash va kamchiliklarni bartaraf etish mumkin. ❗️Ariza hujjatlar to‘liq yuklanmagani, noto‘g‘ri hujjat, mutaxassislik mosligi, SAT sertifikati va boshqa sabablar bilan rad etilgan bo‘lsa, tahrirlash mumkin. 🚫 Talab etilgan xorijiy til sertifikati mavjud bo‘lmasa yoki darajasi yetarli bo‘lmasa, arizani qayta tahrirlash tavsiya etilmaydi. Bunday arizalar qayta ko‘rib chiqilmaydi. ⏰ Muddat: 26-avgust, soat 14:00 gacha. ✅@Axmadjanoov | Instagram