Axmadjanov | Ta'limiy blog
Ta'lim sohasidagi uzoq yillik koʻnikmalarim asosida bilishingiz lozim boʻlgan muhim ma'lumotlarni birgalikda tahlil qilamiz – Firdavs Axmadjanov 2-bosqich doktoranti @Talimgaoid_admin @Talimgaoid_perevod @Nodavlat_oliygohlar
显示更多📈 Telegram 频道 Axmadjanov | Ta'limiy blog 的分析概览
频道 Axmadjanov | Ta'limiy blog (@axmadjanoov) 是活跃参与者。目前社区聚集了 29 896 名订阅者,在 其他 类别中位列第 。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 29 896 名订阅者。
根据 10 九月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -3 205,过去 24 小时变化为 -388,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 28.94%。内容发布后 24 小时内通常能获得 10.92% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 8 707 次浏览,首日通常累积 3 286 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 28。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Ta'lim sohasidagi uzoq yillik koʻnikmalarim asosida bilishingiz lozim boʻlgan muhim ma'lumotlarni birgalikda tahlil qilamiz – Firdavs Axmadjanov
2-bosqich doktoranti
@Talimgaoid_admin
@Talimgaoid_perevod
@Nodavlat_oliygohlar”
凭借高频更新(最新数据采集于 11 九月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 其他 类别中的关键影响点。
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 11 九月 | 0 | |||
| 10 九月 | 0 | |||
| 09 九月 | 0 | |||
| 08 九月 | 0 | |||
| 07 九月 | 0 | |||
| 06 九月 | 0 | |||
| 05 九月 | 0 |
| 2 | Maqsadli qabul haqida.
Amaldagi tartibga koʻra, maqsadli qabul asosida grantga qabul qilingan talabalar oʻqishdan voz kechib tanlagan boshqa yoʻnalishida super-kontrakt qilishlari mumkin emas.
✅@Axmadjanoov | Instagram | 3 332 |
| 3 | "6-yoʻnalish tanlab, oʻqishga kirvolib endi boshqa yoʻnalishha super qilolmayapman" deganlarni miyyasida nimalar bor ekina?
6-yoʻnalishga oʻqishga kirish uchun topshirgansan, maqsadingga erishding, endi yana nimaga fikringni oʻzgartiraverasan?
Hozir shu 6-yoʻnalishga kirvolib, oʻqimayman deganlar sabab 6-yoʻnalishga bali yetmaganlar oʻqishdan qolib ketyapti.
Oʻzi super-kontraktda erkin tanlov huquqiniyam bekor qilish kerak. Biz oʻzbeklar berilgan imkoniyatlarni koʻtara olmaymiz🤦♂
✅@Axmadjanoov | 3 805 |
| 4 | Men nima degandim?😁
Keyingi yil uchun katta oʻzgarishlar boʻlishiga tayyor turing. Ayniqsa sertifikatlar mavzusida. | 3 892 |
| 5 | ⚡️Kelgusi yildan qabulda o‘zgarish bo‘ladi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning ma’lum qilishicha, bu yil diplomatiya yo‘nalishiga qabul bo‘yicha kutilganidan ancha ko‘p abituriyent yuqori natija qayd etgan.
Vazir aytishicha, 550 nafar o‘rin uchun 3200 nafar abituriyent 189 ball to‘plagan va bu yil ularning barchasi qabul qilingan.
Kelgusi yildan qabul tartibiga o‘zgartish kiritilishi kutilmoqda.
✅@Axmadjanoov | Instagram | 4 083 |
| 6 | ⚡Davlat oliygohlari ham xususiylashtiriladi
Yirik davlat oliy ta’lim muassasalari va respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari faoliyatini bosqichma-bosqich tijoratlashtirish maqsadida ular xo‘jalik jamiyatlariga aylantiriladi hamda ularning faoliyatiga xususiy investorlar, jumladan, ustav kapitalidagi aksiyalar paketini ommaviy savdolarga chiqarish orqali jalb etiladi.
Bunda davlat ulushining 51 foizdan kam bo‘lmagan qismi saqlab qolinadi. Oliy taʼlim muassasalarida esa korporativ boshqaruv tamoyillari joriy etiladi.
✅@Axmadjanoov | Instagram | 3 842 |
| 7 | ⚡️Oʻqishni koʻchirish mavzusida keyingi yil kutilayotgan oʻzgarishlar
Keyingi yildan ta'lim sohasida jumladan oʻqishni koʻchirish mavzusida bir qator oʻzgarishlar kutilmoqda. Shu sababli "Keyingi yilga oʻqishimni koʻchirib olaveraman" deb bu yil qandaydir reja qilayotgan talabalar quyidagi kutilayotgan oʻzgarishlarni inobatga olishlari tavsiya etiladi.
🟠Davlat oliygohlariga oʻqishni koʻchirishda oʻtish ballari koʻtarilishi;
🟠Chet tili va umum ta'lim fanlaridan berilgan sertifikatlarning avvalgidek maksimal ball bermasligi (abituriyentlar uchun ham);
🟠Tbbiyot yoʻnalishida oʻtish balining keskin koʻtarilishi;
🟠Tibbiyot yoʻnalishida super-kontraktga ariza berish uchun kamida 132 ball toʻplash lozimligi (abituriyentlar uchun ham)
🟠Xorijdan nodavlat oliygohlarga oʻqishni koʻchirish faqatgina davlat test sinovlarida asosida amalga oshirilishi;
🟠Nodavlat oliygohdan nodavlat oliygohga koʻchirish uzrli sabab bilan amalga oshirilishi;
🟠Davlat va nodavlat oliygohlar bilan bogʻliq oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash masalalari toʻliq davlat nazoratiga oʻtkazilishi.
✅@Axmadjanoov | Instagram | 3 999 |
| 8 | 📹 Kontrakt.edu.uz sayti orqali shartnoma rasmiylashtirish uchun videqoʻllanma.
- Qo'llanmadan foydalaning, ariza yuboring, shartnomangizni oling.
✅@Axmadjanoov | Instagram | 3 981 |
| 9 | ⚡️Fargʻona davlat universitetida super-kontrakt uchun arizalar qabuli boshlandi.
Yetarli ball toʻplay olmagan abituriyent hamda oʻqishini koʻchirayotgan talabalar kontrakt.edu.uz sayti orqali ariza toshirishlari hamda kontrakt shartnomasini yuklab olib darslarda ishtirok etishlari mumkin.
Bundan tashqari aloqa xati ham maxsus telegram guruh orqali talabalarga yetkazilmoqda.
✅@Axmadjanoov | Instagram | 4 265 |
| 10 | ⚡️Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutida super-kontraktdagilar uchun darslar boshlandi
Abituriyent sifatida hujjat topshirgan hamda oʻtish bali yetarli ball toʻplay olmay super-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan talabgorlar uchun FJSTI da bugundan boshlab darslar jarayonlari boshlandi.
Bundan tashqari oʻqishni koʻchirish imtihonlarida yetarli ball toʻplagan (yoki toʻplay olmay super kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan) talabalar ham dars jarayonlarida qatnashishlari mumkin.
✅@Axmadjanoov | Instagram | 4 414 |
| 11 | ⚡️Super kontrak uchun arizalar qabuli boshlangan davlat oliygohlari bilan tanishing
🟠Andijon davlat tibbiyot instituti
🟠Buxoro davlat tibbiyot instituti
🟠Guliston davlat universiteti
🟠Namangan davlat chet tillari instituti
🟠Namangan davlat universiteti
🟠Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti
🟠Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar Universiteti
🟠Oʻzbekiston Milliy universiteti
🟠Samarqand davlat chet tillari instituti
🟠Samarqand davlat pedagogika instituti
🟠Samarqand davlat tibbiyot universiteti
🟠Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
🟠Termiz davlat universiteti
🟠Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
🟠Toshkent davlat tibbiyot universiteti
Roʻyxat toʻldirilmoqda✍️
Mazkur oliygohlarda oshirilgan kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan talabgorlar kontrakt.edu.uz sayti orqali ariza yuborishlari mumkin.
✅@Axmadjanoov | Instagram | 5 787 |
| 12 | ⚡️Kontrakt.edu.uz saytida nosozliklar kuzatilmoqda
Kontrakt.edu.uz sayti orqali super-kontrakt uchun ariza topshirishda turli xil nosozliklar kuzatilmoqda. Jumladan, arizalarning avtomatik rad etilishi, talabaning ma'lumoti koʻrinmay qolishi, ariza yuborish tugmasining ishlamay qolishi, kontrakt summalarining koʻrinmay qolishi kabilar.
Bu kamchiliklar aslida sayt tez orada barcha uchun toʻliq ochilishi arafasida ma'lumotlar kiritilishi bilan bogʻliq. Xususan yuqoridagi rasmda koʻrib turganingizdek, saytda barcha toifadagi talabgorlar uchun super-kontraktga ariza yuborish imkoniyati asta-sekin ochilmoqda.
Tez orada kamchiliklar bartaraf etilib, sayt toʻliq holatda ishga tushishi kutilmoqda.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
🌍@Talimgaoid_perevod | 4 873 |
| 13 | ⚡️Super kontrakt uchun shartnoma olganlar diqqatiga!
Yangi o’quv yili:
🟠1-bosqich talabalari uchun — 7-sentabrdan;
🟠2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentabrdan boshlanadi.
Agarda siz kontrakt.edu.uz sayti orqali ariza yuborib super-kontrakt uchun shartnoma olgan boʻlsangiz yuqorida belgilangan sanadan boshlab darslarda ishtirok etishingiz mumkin.
✅@Axmadjanoov | Instagram | 4 997 |
| 14 | ⚡️ Magistraturada o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakti davlat tomonidan qoplanadi
Davlat OTM magistraturasiga kontrakt asosida kirgan xotin-qizlarning stipendiyasiz bazaviy kontrakti to‘liq qoplab beriladi. Tabaqalashtirilgan kontrakt esa qoplanmaydi.
📌Buning uchun 15-sentabrgacha OTM rektori nomiga ariza topshirish kerak. Kech topshirilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
✅@Axmadjanoov | Instagram | 5 724 |
| 15 | #super_kontrakt
⚡️Guliston davlat universitetida super-kontrakt miqdorlari e'lon qilindi
Guliston davlat universitetining 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitta talabani super-kontrakt shaklida o‘qitish qiymati miqdorlari
✅@Axmadjanoov | Instagram | 6 032 |
| 16 | 没有文字... | 5 201 |
| 17 | ⚡️Oʻzbekiston Milliy universitetida arzonlashtirilgan super-kontrakt miqdori tasdiqlandi
Oʻzbekiston Milliy universitetida 2026/2027 oʻquv yili uchun qabul chegarasiga 4,05 balldan yuqori yetmagan, biroq 56,7 balldan kam ball boʻlmagan miqdorda natija koʻrsatib, oʻqish istagini bildirgan abituriyent va oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlgan talabalar uchun super-kontrakt miqdorlari e'lon qilindi.
Talabgorlar kontrakt.edu.uz sayti orqali ariza toʻldirishlari mumkin.
✅@Axmadjanoov | Instagram | 5 045 |
| 18 | ⚡️Super-kontrakt boʻyicha tanlov qanday qilinadi?
✅Oʻqishga qabul qilinganlar uchun:
Agarda siz tanlagan 5 ta yoʻnalishingizdan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlsangiz, oʻz xoxshingizga koʻra faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqishingiz mumkin.
Bunda hozirda oʻqishga tavsiya etilgan grant yoki kontraktingiz kuyadi va faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqishingiz mumkin. Muhim jihati shu-ki, 1-yoʻnalishda super kontrakt asosida oʻqishingiz uchun u yoʻnalishga balingiz yetmagan boʻlishi lozim. Super kontrakt miqdori balingizdan qat'iy nazar 4 balldan koʻproq yetmay qolganlar singari hisoblanadi.
✅Oʻqishga kirolmaganlar uchun:
Agar sizda 5 ta yoʻnalishdan birortasiga ham oʻqishga kirolmagan boʻlsangiz, unda shu 5 ta yoʻnalishdan istalganiga super-kontrakt asosida oʻqishga kirish imkoningiz bor. Bunda super-kontakt miqdori yetmay qolgan balga nisbatan hisoblanadi, 4 ballik shkala amal qiladi.
✅Oʻqishga kirgan, lekin boshqa yoʻnalishni tanlamoqchi boʻlganlar uchun:
Siz masalan 3-yoʻnalishga oʻqishga kirdingiz, lekin balingiz 4 va 5 yoʻnalishga ham yetar ekan. Bunda siz balingiz yetgan qolgan yoʻnalishni tanlay olmaysiz. Tavsiya etilgan uchinchi yoʻnalishda oʻqishga majbursiz, na 1, 2 yoʻnalishlar, na 4,5 yoʻnalishlarda oʻqiy olasiz. Yagona imkoningiz grant yoki kontraktga kirgan boʻlsangiz faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqish mumkin.
Oʻtgan yilgi tartibga koʻra, 2, 3, 4, 5-yoʻnalishlarda super-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berilmaydi. Bu yilgi tartib hozircha e'lon qilingani yoʻq.
✅@Axmadjanoov | Instagram | 5 003 |
| 19 | ⚡️To'lov-kontrakt shartnomasini ikki tomonlama tanlash kerakmi yoki uch tomonlama?
🟠Talabalar to'lov-kontrakt olish maqsadida kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza berayotganda "Shartnoma turini tanlash" degan band bor. Bunda yoki ikki tomonlama yoki uch tomonlama shartnomani tanlash so‘ralmoqda. Shu haqida qisqacha tushuntirib o'tamiz:
🟠Ikki tomonlama shartnoma — bu OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Boshqacha aytganda agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi yonidan to‘lamoqchi bo‘lsa, shu bandni tanlash kerak.
✍️ Bundan tashqari bankdan taʼlim krediti olmoqchi bo‘lsa yoki ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lsa ham ikki tomonlama shartnoma olish kifoya qiladi, uch tomonlama olib o'tirmang.
🟠Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki biror homiy tashkilot to‘lamoqchi bo‘lsa (balki keyinchalik o‘sha tashkilotga ishlab berish sharti bo‘lishi ham mumkin), unda uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak.
📱Uch tomonlama tanlanganda o‘sha homiy korxonaning (o'qiyotgan universitetning emas) STIR raqamlarini ham kiritish kerak bo‘ladi.
✅@Axmadjanoov | Instagram | 5 481 |
| 20 | ⚡️Super-kontakt uchun arizalar qabul qilinmoqda!
Kontrakt.edu.uz sayti orqali 10 dan ortiq davlat oliy ta'lim muassasalarida super-kontrakt uchun arizalar qabuli allaqachon boshlangan hamda kontrakt shartnomalari ham berilmoqda.
Rasmda Namangan davlat universiteti hamda Nizomiy davlat pedagogika universitetilari tomonidan super-kontrakt uchun berilgan kontrakt shartnomalari koʻrsatilgan.
Siz oʻqimoqchi boʻlgan oliygohda super-kontrakt uchun arizalar qabuli boshlanganini bilish uchun kontrakt.edu.uz sayti orqali tekshirib koʻrishingiz mumkin.
✅@Axmadjanoov | Instagram | 5 255 |
