ar
Feedback
Раъно Ҳайитова

Раъно Ҳайитова

الذهاب إلى القناة على Telegram

Hayitova Ra'no Zokirovna Navoiy viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i

إظهار المزيد
314
المشتركون
-124 ساعات
-37 أيام
-830 أيام
أرشيف المشاركات
Repost from Edu.uz
💰✍️ 🤩🤩🤩🤩 ❗SAT sertifikati bilan qoʻshimcha davlat grantiga qabul qilish shartlari belgilandi ☑️2026/2027-oʻquv yilida ab
💰✍️ 🤩🤩🤩🤩
SAT sertifikati bilan qoʻshimcha davlat grantiga qabul qilish shartlari belgilandi
☑️2026/2027-oʻquv yilida abituriyentlarni oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilishda “College Board” tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan “Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatini qoʻllash quyidagicha amalga oshiriladi. ➡️“Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatiga (1200 va undan yuqori ball) ega boʻlgan abituriyentlar uchun qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari oliy taʼlim tashkilotining kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha fanlar majmuasi (taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fan) “matematika” va “chet tili” fanlari boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari qabul parametrining 50 foizi miqdorida belgilanadi. 📝 Bunda: 🟢 qabul parametrining 50 foizi butun son boʻlmagan holatda ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida qoʻshimcha qabul koʻrsatkichi yuqori songa yaxlitlangan holda belgilanadi; 🟢 roʻyxatdan oʻtishda fanlar majmuasi sifatida “matematika” va “chet tili” fanlarini tanlagan hamda SAT sertifikati 2026-yil 25-iyun kuniga qadar (shu kuni ham) DI kod orqali Bilim va malakalarni baholash agentligiga kelib tushgan abituriyentlarga belgilangan imtiyoz tatbiq etiladi; 🟢 abituriyentlarning SAT sertifikati boʻyicha ballari ularni qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qabul qilishda asosiy mezon hisoblanadi; 🟢 abituriyentlar tanlagan beshtagacha oliy taʼlim tashkiloti, bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga SAT sertifikati boʻyicha ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida talabalikka tavsiya etiladi; 🟢 ajratilgan qoʻshimcha qabul koʻrsatkichining quyi chegarasidagi abituriyentning SAT sertifikati boʻyicha baliga undan keyingi abituriyent(lar)ning bal(lar)i teng boʻlib qolgan taqdirda, ushbu abituriyent(lar) ham ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga talabalikka tavsiya etiladi; 🟢 SAT sertifikatiga ega abituriyentlarga ushbu imtiyozdan foydalanish yoki imtiyozdan foydalanmasdan test sinovi natijasiga koʻra umumiy tartibda tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratiladi; 🟢 SAT sertifikatiga ega, biroq roʻyxatdan oʻtishda tanlagan beshtagacha yoʻnalishga talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, vakant (boʻsh) qolgan qoʻshimcha grant joylariga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilingan sanadan bir haftadan soʻng bir hafta muddat davomida qayta roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi; 🟢 Bilim va malakalarni baholash agentligining qaydnomalari ushbu abituriyentlarni talabalikka qabul qilish boʻyicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

✨Navoiy shahridagi Prezident maktabida 2025–2026-o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan tantanali “Bitiruvchilar oqshomi” tadbiri
+9
Navoiy shahridagi Prezident maktabida 2025–2026-o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan tantanali “Bitiruvchilar oqshomi” tadbiri bo‘lib o‘tdi. 😄Unda viloyat hokimligining mas’ul xodimi D. Egamov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R. Hayitova, soha mutasaddilari, maktab jamoasi, o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yosh avlodning sifatli ta’lim olishi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan zamonaviy shart-sharoitlar haqida fikr-mulohazalar bildirdilar. Shuningdek, o‘quv yili davomida fan, ta’lim, sport va san’at yo‘nalishlarida yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar, ta’lim muassasasining rivojiga munosib hissa qo‘shgan pedagog va xodimlar munosib taqdirlandi. 😎E’tirof o‘rnida, 2026-yilda maktab bitiruvchisi Jasminabonu Erkinova AQSHdagi nufuzli American University of Beirut oliy ta’lim muassasasiga 100 foizlik grant asosida qabul qilindi. Yana 7 nafar bitiruvchi “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasini qo‘lga kiritib, dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 😄Maktab bitiruvchilarining 100 foizi IELTS va SAT xalqaro sertifikatlariga ega. Bitiruvchilarning IELTS bo‘yicha o‘rtacha natijasi 7,3 ballni, SAT bo‘yicha esa 1510 ballni tashkil etdi. 😎O‘quvchilarning xalqaro olimpiadalardagi muvaffaqiyatlari ham e’tiborga molik. 2025–2026-o‘quv yilida 7 nafar o‘quvchi xalqaro olimpiadalarda ishtirok etib, jami 14 ta medalni qo‘lga kiritdi. 😄Maktab o‘quvchisi Bektosh Ruzikulovning “Magnitli sirkul” loyihasi “Biosintetik polimer yaratish” loyihalari xalqaro tanlovda g‘olib deb topilib, 95 million so‘mlik grantni qo‘lga kiritdi. ✅Tadbir yakunida bitiruvchilarga kelgusi hayot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilanib, ularning mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk kadrlar bo‘lib kamol topishiga ishonch bildirildi. 🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Ҳукумат қарори (299-сон, 11.06.2026 й.) билан “Хорижий ва нодавлат олий таълим ташкилотларидан талабалар ўқишини давлат олий таълим ташкилотларига кўчириш бўйича давлат хизматини кўрсатиш”нинг маъмурий регламенти тасдиқланди.   🏛 Регламентга кўра, Билим ва малакаларни баҳолаш агентлиги (Агентлик) ушбу соҳада ваколатли давлат органи ҳисобланади.   📝 Ариза берувчи ҳар йили 15 июлдан 5 августга қадар ЯИДХП ёки Агентликнинг махсус электрон платформаси ёхуд давлат хизматлари марказлари орқали ариза беради.   ⛔️ Қуйидагилар аризани рад этишга асос бўлади:   🔹 сўровномада назарда тутилган ҳужжатлар ёки маълумотлар тўлиқ тақдим этилмагани;   🔹 сўровномада нотўғри ёхуд бузиб кўрсатилган маълумотлар аниқлангани;   🔹 белгиланган миқдордаги тўлов ўз вақтида амалга оширилмагани.   🗒 Ариза ва унга илова қилинган ҳужжатлар ишчи орган томонидан ҳар йили 15 июлдан 6 августгача кўриб чиқилади ҳамда аризани қабул қилиш ёки рад этиш тўғрисида қарор қабул қилинади.   📜 Бу ҳақда ариза берувчига ЯИДХП ёки махсус платформа орқали хабарнома юборилади.   ⏭️ Ўқишни кўчириш бўйича QR-кодли имтиҳон натижаси ваколатли орган томонидан ҳар йили имтиҳонлар якунлангандан сўнг 1 ҳафта ичида ариза берувчига юборилади. @u_generalissimus

Ҳукумат қарори (300-сон, 11.06.2026 й.) билан “Ўзбекистон Республикаси Президенти соврини учун “Илғор муҳандислик мактаби” миллий танловини ташкил этиш ва ўтказиш тартиби тўғрисида”ги низом тасдиқланди.   🔰 Мазкур Низом давлат умумий ўрта таълим ташкилотлари ўртасида “Илғор муҳандислик мактаби” миллий танловини ташкил этиш тартибини белгилайди.   📁 Танловда иштирок этиш истагини билдирган мактаблар ҳар йили 1 январдан 1 февралга қадар махсус платформада рўйхатдан ўтади ҳамда мактаб терма жамоаси таркибини белгилайди.   🔎 Танлов 3 босқичда ўтказилади:   🔹 туман босқичи – ҳар йили 1 апрелгача тумандаги мактаб терма жамоалари ўртасида;   🔹 ҳудудий босқич– ҳар йили 1 июлгача туман босқичида 1-ўринни қўлга киритиб, ғолиб бўлган мактаб терма жамоалари ўртасида;   🔹 республика босқичи – ҳар йили 1 октябргача ҳудудий босқичда 1-ўринни қўлга киритиб, ғолиб бўлган мактаб терма жамоалари ўртасида.   💸 Танлов ғолиблари қуйидаги миқдорларда пул мукофоти билан мукофотланади:   🔸 туман (шаҳар) босқичида 1-ўрин – БҲМнинг 200 баравари, 2-ўрин – БҲМнинг 150 баравари, 3-ўрин – БҲМнинг 100 баравари миқдорида;   🔸 ҳудудий босқичда 1-ўрин – БҲМнинг 300 баравари, 2-ўрин – БҲМнинг 250 баравари, 3-ўрин – БҲМнинг 200 баравари миқдорида;   🔸 республика босқичида 1-ўрин – БҲМнинг 600 баравари, 2-ўрин – БҲМнинг 450 баравари, 3-ўрин – БҲМнинг 300 баравари миқдорида. @u_generalissimus

Давлат органлари ва ташкилотлари ходимларини, шунингдек, Ўзбекистон Республикаси делегацияларини чет давлатларга хизмат сафарига юбориш ҳамда хизмат сафари харажатларини молиялаштириш тартибини янада такомиллаштириш тўғрисида Ҳукумат қарори чиқди. Ушбу қарорни бухгалтерларга юбориб қўйинг. @u_generalissimus

2026 йил 1 сентябрдан бошлаб никоҳ ёши тўғрисидаги қонунчилик ёки никоҳ тузиш тартибини бузишга оид ҳуқуқбузарликлар учун ундирилган жарима суммасининг 15 фоизи бундай ҳолат ҳақида хабар берган шахсларни рағбатлантиришга йўналтирилади. @u_generalissimus

Repost from DAVLAT XIZMATCHISI
⚡️2026/2027 ўқув йили учун давлат гранти квоталари тасдиқланган 2026/2027 ўқув йили учун бакалавриат ва магистратура босқичларининг кундузги таълим шакли бўйича давлат гранти асосида қабул квоталари Президент ҳужжати билан тасдиқланган. Давлат гранти квоталари таълим йўналишлари ва мутахассисликлар кесимида белгиланади. ❗️Грант асосида ажратилган қабул квоталари билан илова орқали танишишингиз мумкин. 🇺🇿 @DAVLATXIZMATCHISI_UZ – Давлат хизматчилари учун ҳақиқий канал

🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌 🌌🌌🌌🌌🌌 🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌 🗓Muhtaram Prezidentimiz tomonidan "Payshanba — yoshlar kuni" deb eʼlon qilingan edi
+9
🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌 🌌🌌🌌🌌🌌 🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌 🗓Muhtaram Prezidentimiz tomonidan "Payshanba — yoshlar kuni" deb eʼlon qilingan edi. ⚡️Bugun Zarafshon shahar 13-sonli maktabda "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" boʻlib oʻtdi. ➡️Unda Zarafshon shahar hokimi, Xalq deputatlari Zarafshon shahar kengashi deputati Nazirbek Rahmanov, viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshligʻi Ra'no Hayitova, viloyat soliq boshqarmasi boshligʻi Sunnatilla Nazarov, mutasaddi rahbarlar, oʻqituvchilar va oʻquvchi yoshlar ishtirok etishdi. 🛡Uchrashuvda shahar hokimi hukumatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar va olib borilayotgan islohotlar haqida soʻz yuritdi. Shuningdek yoshlarimizning kelajakda kasb tanlashlari, o'z yo'lini topish va yuqori natijalarga erishishlari uchun o'z hayot tajribalaridan kelib chiqib maslahatlar berdi. ✔️Uchrashuvning ikkinchi qismida yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga shahar hokimi tomonidan batafsil javoblar olishdi. Shuningdek, so'zga chiqqanlar Hurmatli Prezidentimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar va shahrimiz hokimining e'tiboridan mamnun ekanliklarini aytib o'tishdi. ✨Uchrashuv qizgʻin, samimiy va erkin muloqot tarzida oʻtdi. Uchrashuv yakunida chet el nufuzli oliy ta'lim muassasalariga oʻqishga kirgan bir guruh faol yoshlarga tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirilidi. 📣Zarafshon shahar hokimligi Axborot xizmati ✉️Telegram | 🗳Facebook | 🌐Veb Sayt | 📹Youtube |

photo content
+9

🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌 ⚡️Bugun Zarafshon shahridagi 13-maktabda tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. ➡️Unda Zarafshon sh
+4
🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌 ⚡️Bugun Zarafshon shahridagi 13-maktabda tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. ➡️Unda Zarafshon shahar hokimi, Xalq deputatlari Zarafshon shahar kengashi deputati Nazirbek Rahmanov, viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshligʻi Ra'no Hayitova, viloyat soliq boshqarmasi boshligʻi Sunnatilla Nazarov, mutasaddi rahbarlar, oʻqituvchilar va oʻquvchi yoshlar ishtirok etishdi. 🛡Uchrashuvda shahar hokimi va boshqarma boshliqlari Hurmatli Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, olib borilayotgan islohotlar haqida soʻz yuritdi. 🎁Shundan soʻng, "Besh million sun'iy intellekt yetakchisi" loyihasida munosib ishtirok etgan 13-maktabga Prezident sovgʻasi BYD avtomobili tantanali ravishda topshirildi. Ushbu yutuq mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida shahrimiz uchun ajoyib sovgʻa boʻldi. ✔️Shuningdek, maktab moddiy texnika-bazasini mustahkamlash va maktabda yanada qulay muhit yaratish maqsadida qoʻshimcha esdalik sovgʻalari topshirildi. 📣Zarafshon shahar hokimligi Axborot xizmati ✉️Telegram | 🗳Facebook | 🌐Veb Sayt | 📹Youtube |

photo content
+8

🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠 ⚡️Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Zarafshon shahrida "Ilk rivojlanish markazi"ning tantanali ochili
+2
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠 ⚡️Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Zarafshon shahrida "Ilk rivojlanish markazi"ning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. ✔️Unda shahar shahar hokimi, Xalq deputatlari Zarafshon shahar kengashi deputati Nazirbek Rahmanov, viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshligʻi Ra'no Hayitova, viloyati soliq boshqarmasi boshlig'i Sunnatilla Nazarov, mutasaddi rahbarlar va nuroniylar ishtirok etishdi. 🎙Tadbirda shahar hokimi va boshqarma boshligʻi soʻzga chiqib bugungi kunda Hurmatli Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berishdi. Shuningdek, "Ilk rivojlanish markazi" tashkil etilishining maqsadi va markazning oʻziga xos xususiyatlari haqida soʻz yuritildi. Shu bilan birga, N.Rahmanov markaz moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida mebellar sotib olish uchun bepul vaucher taqdim etdi. 🔖 Shundan soʻng ramziy qizil tasma kesildi va markaz oʻz ish faoliyatini boshladi. ✨Ochilish marosimidan soʻng tashrif buyurganlar markazda bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar va mashg'ulotlar oʻtkazilish jarayonlari bilan tanishishdi. 📣Zarafshon shahar hokimligi Axborot xizmati ✉️Telegram | 🗳Facebook | 🌐Veb Sayt | 📹Youtube |

photo content
+9

photo content
+9

Qadrli yurtdoshlar, hurmatli ta’lim sohasi fidoyilari! Mehr-oqibat, saxovat va shukronalik ayyomi — muborak Qurbon hayiti bar
Qadrli yurtdoshlar, hurmatli ta’lim sohasi fidoyilari! Mehr-oqibat, saxovat va shukronalik ayyomi — muborak Qurbon hayiti barchamizga qutlug‘ bo‘lsin
! Bu ulug‘ va qadrli bayram xalqimizning azaliy qadriyatlari — mehr-muruvvat, insonparvarlik, saxovat, bag‘rikenglik va hamjihatlik kabi ezgu fazilatlarni yanada mustahkamlashi bilan ahamiyatlidir. Bugungi fayzli kunlarda yurtimiz ravnaqi, yosh avlodning munosib ta’lim-tarbiyasi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylar, ta’lim sohasi xodimlarining zahmatli va sharafli faoliyati alohida e’tirofga loyiqdir. Ularning mas’uliyatli mehnati kelajak taraqqiyotining mustahkam poydevorini yaratmoqda. Shu muborak ayyomda barcha yurtdoshlarimizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xotirjamlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, ezgu niyat va amallarimiz bardavom bo‘lsin. Qurbon hayitining fayzu barakoti har bir qalb va xonadonga nur, mehr va quvonch olib kirsin! Ra’no Hayitova, Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Qadrli yurtdoshlar, hurmatli ta’lim sohasi fidoyilari! Mehr-oqibat, saxovat va shukronalik ayyomi — muborak Qurbon hayiti bar
Qadrli yurtdoshlar, hurmatli ta’lim sohasi fidoyilari! Mehr-oqibat, saxovat va shukronalik ayyomi — muborak Qurbon hayiti barchamizga qutlug‘ bo‘lsin
! Bu ulug‘ va qadrli bayram xalqimizning azaliy qadriyatlari — mehr-muruvvat, insonparvarlik, saxovat, bag‘rikenglik va hamjihatlik kabi ezgu fazilatlarni yanada mustahkamlashi bilan ahamiyatlidir. Bugungi fayzli kunlarda yurtimiz ravnaqi, yosh avlodning munosib ta’lim-tarbiyasi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylar, ta’lim sohasi xodimlarining zahmatli va sharafli faoliyati alohida e’tirofga loyiqdir. Ularning mas’uliyatli mehnati kelajak taraqqiyotining mustahkam poydevorini yaratmoqda. Shu muborak ayyomda barcha yurtdoshlarimizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xotirjamlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, ezgu niyat va amallarimiz bardavom bo‘lsin. Qurbon hayitining fayzu barakoti har bir qalb va xonadonga nur, mehr va quvonch olib kirsin! Ra’no Hayitova, Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Tabrik Qadrli yurtdoshlar, hurmatli ta’lim sohasi fidoyilari! Mehr-oqibat, saxovat va shukronalik ayyomi — muborak Qurbon ha
#Tabrik
Qadrli yurtdoshlar, hurmatli ta’lim sohasi fidoyilari! Mehr-oqibat, saxovat va shukronalik ayyomi — muborak Qurbon hayiti barchamizga qutlug‘ bo‘lsin! Bu ulug‘ va qadrli bayram xalqimizning azaliy qadriyatlari — mehr-muruvvat, insonparvarlik, saxovat, bag‘rikenglik va hamjihatlik kabi ezgu fazilatlarni yanada mustahkamlashi bilan ahamiyatlidir. Bugungi fayzli kunlarda yurtimiz ravnaqi, yosh avlodning munosib ta’lim-tarbiyasi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylar, ta’lim sohasi xodimlarining zahmatli va sharafli faoliyati alohida e’tirofga loyiqdir. Ularning mas’uliyatli mehnati kelajak taraqqiyotining mustahkam poydevorini yaratmoqda. Shu muborak ayyomda barcha yurtdoshlarimizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xotirjamlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, ezgu niyat va amallarimiz bardavom bo‘lsin. Qurbon hayitining fayzu barakoti har bir qalb va xonadonga nur, mehr va quvonch olib kirsin!
Ra’no Hayitova, Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Tabrik Qadrli yurtdoshlar, hurmatli ta’lim sohasi fidoyilari! Mehr-oqibat, saxovat va shukronalik ayyomi — muborak Qurbon ha
#Tabrik
Qadrli yurtdoshlar, hurmatli ta’lim sohasi fidoyilari! Mehr-oqibat, saxovat va shukronalik ayyomi — muborak Qurbon hayiti barchamizga qutlug‘ bo‘lsin! Bu ulug‘ va qadrli bayram xalqimizning azaliy qadriyatlari — mehr-muruvvat, insonparvarlik, saxovat, bag‘rikenglik va hamjihatlik kabi ezgu fazilatlarni yanada mustahkamlashi bilan ahamiyatlidir. Bugungi fayzli kunlarda yurtimiz ravnaqi, yosh avlodning munosib ta’lim-tarbiyasi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylar, ta’lim sohasi xodimlarining zahmatli va sharafli faoliyati alohida e’tirofga loyiqdir. Ularning mas’uliyatli mehnati kelajak taraqqiyotining mustahkam poydevorini yaratmoqda. Shu muborak ayyomda barcha yurtdoshlarimizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xotirjamlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, ezgu niyat va amallarimiz bardavom bo‘lsin. Qurbon hayitining fayzu barakoti har bir qalb va xonadonga nur, mehr va quvonch olib kirsin!
Ra’no Hayitova, Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#VazirKubogi #Ғолиб_жамоалар ✅ Pedagog ayol-qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi”
+4
#VazirKubogi #Ғолиб_жамоалар
✅ Pedagog ayol-qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi” musobaqasining hududiy bosqich g‘oliblari aniqlandi.
Qizgin tarzda otgan musobaqalar yakuniga ko‘ra: 🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Taxtako‘pir tumanidagi 13-maktab jamoasi, 🔹Andijon viloyati, Baliqchi tumanidagi 8-maktab jamoasi, 🔹Buxoro viloyati, Kogon tumanidagi 3-maktab jamoasi, 🔹Jizzax viloyati, Arnasoy tumanidagi 2-maktab jamoasi, 🔹Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanidagi 49-maktab jamoasi, 🔹Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 11-maktab jamoasi, 🔹Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 16-maktab jamoasi, 🔹Samarqand viloyati, Urgut tumanidagi 63-maktab jamoasi, 🔹Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi 5-maktab jamoasi, 🔹Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi 9-maktab jamoasi, 🔹Toshkent viloyati, Parkent tumani 58-maktab jamoasi, 🔹Farg‘ona viloyati, Bog‘dod tumani 15-maktab jamoasi, 🔹Xorazm viloyati Shovot tumanidagi 19-maktab jamoasi, 🔹Toshkent shahri, Mirobod tumanidagi 110-maktab jamoasi g‘olib deb topildi va Respublika bosqichiga yollanmani qolga kiritdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤️ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

🔔 #СЎНГГИ_ҚЎНҒИРОҚ «Юксак маърифатли авлод — Учинчи Ренессанс пойдевори!» Бугун вилоят ҳокими Нормат Турсунов Навоий шаҳрида
+8
🔔 #СЎНГГИ_ҚЎНҒИРОҚ «Юксак маърифатли авлод — Учинчи Ренессанс пойдевори!» Бугун вилоят ҳокими Нормат Турсунов Навоий шаҳридаги 16-АФЧЎИ мактабида ташкиллаштирилган “Сўнгги қўнғироқ” тадбирида иштирок этиб, битирувчи ёшларни самимий табриклади. Катта ҳаётга қадам қўяётган умидли ёшларга юксак ишонч билдириб, Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг мактаб битирувчиларига йўллаган табригини тантанали ўқиб эшиттирди. Фан олимпиадалари ва спорт мусобақаларида юқори натижаларни қўлга киритган, ўқув йили мобайнида аъло баҳоларга ўқиб, тенгдошлари орасида намуна кўрсатган ўқувчи-ёшларга фахрий ёрлиқлар топширди. Маълумот учун, ушбу ўқув йилида 11-синфни тугатаётган 12 207 нафар ўқувчилардан аъло баҳолари ва намунали хулқи учун 368 нафари олтин, 124 нафари кумуш медаллар билан тугатмоқда. Ушбу ўқувчилар орасидан 14 531 нафарида умумтаълим фанлари ва чет тилини билиш даражасини белгиловчи миллий ва халқаро сертификатлар бор. Жорий йилда умумтаълим мактабларини битираётган ўқувчиларнинг 484 нафари максимал бални қўлга киритиб, муддатидан олдин грант асосида талабалар сафига қабул қилинди. Шунингдек дунёнинг ТОП-500талик унверситетларига 40 нафари муддатидан олдин талаба бўлишди. 👌Навоий вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати 🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube