cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

IMA Urganch shahar 1-son IMI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati. 🏢Urganch 1-son IMI faoliyati; 🏆Erishilgan yutuqlar; 📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar; 👍Maktab, viloyat va Respublika

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 857
المشتركون
-7324 ساعات
-2777 أيام
-13830 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

04:18
Video unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ⚡️ HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR!
📝 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli shu yilning 1-iyunidan – 20-iyuniga qadar davom etadi.
📺 Sizga qulaylik yaratish maqsadida, maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma taqdim etilmoqda. ✅ Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi. ❗️Hujjatlarni topshirayotganda eʼtiborli bolishingizni soraymiz. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
#matbuot_anjumani #qabul_2024 ⚡️AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli bilan bog‘liq jarayonlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
❗️Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda hamda hududlardagi barcha Prezident maktablarida har kuni soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydigan Murojaatlar markazi (call-center) faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Fuqarolar murojaatlar markazi bilan 1206 qisqa raqami orqali bog‘lanishlari mumkin.
Shuningdek, maktablarga hujjatlar qabuli joriy yilning 1-20-iyun kunlarida hamda kirish imtihonlari iyul oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Prezident maktablarining 5-sinfiga belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida 336 nafar, ijod maktablarining 7-sinfiga 400 nafar hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-sinfi (aniq fanlar yo‘nalishi)ga va 7-sinfi (tabiiy fanlar yo‘nalishi)ga 7 960 nafar o‘quvchilar qabul qilinadi. Tizimdagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari tomonidan hujjatlar onlayn shaklda Agentlikning rasmiy ariza.piima.uz veb-sayti orqali qabul qilinadi. Talabgorlar faqat ta’lim olayotgan maktabining hududida, ya’ni viloyatida joylashgan Prezident maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirishi mumkin (tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar bundan mustasno). Hujjat topshirish jarayonida ularga ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablardan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi. Bunda, Prezident maktabi kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. ✍️ Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
Абитуриентлар учун муҳим – қабулда қандай ўзгаришлар бўлади? 2024 йилги қабулдан абитуриентлар янги тартиб асосида ОТМга ҳужжат топширади. Бу йилги ҳужжат топшириш олдинги йиллардан фарқ қилади. Kun.uz ўзгаришлар бўйича Билимларни баҳолаш агентлиги бўлим бошлиғи Жамшидбек Одилов билан суҳбатлашди. 📹 ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ
إظهار الكل...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#matbuot_anjumani #qabul_2024 ⚡️HURMATLI OTA-ONALAR, OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI HAMDA BLOGERLAR! 📶 Sizni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilayotgan “Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli jarayonlari” mavzusidagi matbuot anjumaniga taklif etamiz! 📝 Unda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli haqida batafsil maʼlumot beriladi. 🗣Matbuot anjumanida Siz oʻzingizni qiziqtirgan savollarga Agentlik rahbariyati va masʼul xodimlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri javob olishingiz mumkin. ❗️Shuningdek, Kembrij universitetining Yevropa va Oʻrta Osiyodagi taʼlim islohotlari boʻyicha rahbari Steve King onlayn tarzda ishtirok etadi. 📆 Sana: 30-may ⌛️ Soat: 15:00 🗺Manzil: Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 30-uy. AOKA binosi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
#Davlat_imtihonlari ⚡️Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 9 -sinf o'quvchilari uchun Matematika fanidan Yakuniy davlat attestatsiya imtihoni bo'lib o'tmoqda ! ⚡️⚡️Imtihonda uchala 9-sinfdan jami 67 nafar o'quvchi ishtirok qilyapti.
إظهار الكل...
👍 7
Repost from Alisher Sadullaev
🔥Boshlandi IELTS 9 Band mega treningga bepul yo'llanma yutib olish imkoniyati esingizdami? Yutuqli o'rinlar 3,5 mingga oshdi. Shu yoshlar ichida bo'lishingiz va mutlaqo bepul eng zo'r Ustozlardan mahorat darslarini olishingiz mumkin. Ertaga 20:00 shartlarni e'lon qilamiz. Tayyor turing.
إظهار الكل...
#Davlat_imtihonlari ⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 11 -sinf o'quvchilari uchun Ona tili va adabiyot fanidan Yakuniy davlat attestatsiya imtihoni bo'lib o'tdi ! ⚡️⚡️Imtihonda uchala 11-sinfdan jami 63 nafar o'quvchi ishtirok qildi.
إظهار الكل...
👍 11🔥 2👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Qabul_2024 #New_Uzbekistan_university ⚡️ IMTIHON SAVOLLARIDAN NAMUNALAR BILAN TANISHING Xabaringiz bor, “Yangi O‘zbekiston” universitetining bakalavriat bosqichining barcha taʼlim yo‘nalishlari uchun matematika va mantiqiy fikrlashdan imtihon olinadi. Ushbu havola orqali kirib, test savollaridan namunalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin: https://newuu.uz/admission/sample-exam-questions 📶 O‘qishga ariza topshirish: https://newuu.uz/apply
Eslatib o'tamiz, saralash imtihoni joriy yilning 6-iyul kuni Buyuk Britaniyaning “Cambridge University Press & Assessment” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun #infografika ❗️IJOD MAKTABLARIDA OʻQISH ISTAGIDA BOʻLGAN NOMZODLAR UCHUN MUHIM MAʼLUMOTLAR USHBU INFOGRAFIKADA ➖➖➖
Eslatma, ijod maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun #infografika ❗️ PREZIDENT MAKTABLARIDA OʻQISH ISTAGIDA BOʻLGAN NOMZODLAR UCHUN MUHIM MAʼLUMOTLAR USHBU INFOGRAFIKADA ➖➖➖
Eslatma, Prezident maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 4