ar
Feedback
Dr. Algorithm

Dr. Algorithm

الذهاب إلى القناة على Telegram

Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali. Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot

إظهار المزيد
4 611
المشتركون
-124 ساعات
-187 أيام
-7830 أيام
أرشيف المشاركات
Assalomu alaykum, Bugun talabalar bilan uchrashish nasib etdi. Ilmga chanqoq, kelajakka rejalari katta bo‘lgan yoshlarni ko‘rib, odam quvonadi. O‘zim uchun olgan bilimlar: * Savol berishdan uyalmaslik kerak. * Marraga eltuvchi yo‘l erishib bo‘lmas tuyular ekan. * Diplom olsam bo‘ldi, - degan fikr yo‘qolibdi. ~~~ * Savol berishdan uyalmaslik kerak. Talabalardan bir guruhi MDCU tadbiriga oldinga kelib, universitetlariga taklif qilishdi. Man xursand bo‘ldim. Birinchidan, mehmonga chaqirishgani uchun. Ikkinchi, va asosiysi, ular kelib, gaplarini ochiq ayta olishdi. Uyalishmadi. Uyaladigan ish ham qilishmagan edi.
Tanishish uchun albatta gap boshlash kerak.
Busiz uzoq muddat tanishlaringiz soni kam bo‘ladi. Qancha ko‘p tanish-bilish orttirsangiz, ertaga hamkorlik qilish uchun sizga variantlar ko‘p bo‘ladi.
Falonchini tanisanmi? Pinchonchi bor-ku.. - degan gaplar bo‘lar edi avval. To‘g‘ri qilishar ekan.
* Marraga eltuvchi yo‘l erishib bo‘lmas tuyular ekan. Marra uzoq tuyulib, kaltaroq reja qilish holatlari bor. Lekin siz marrani uzoq oling. Rejalaringizni katta qiling. Shunga yarasha harakatda bo‘ling.
Jaa, bo‘lmasa, yarmiga borsangiz, shu yarmini orzu qilgan tanishingiz hali ham yetib kelmagan bo‘ladi.
* Diplom olsam bo‘ldi, - degan fikr yo‘qolibdi. Universitetda o‘qish shartmi? Diplom nima qilib beradi? - degan gaplar ancha kamayibdi. Bu quvonarli. Universitetni bitirib ham ish topa olmayotganlar rosa ko‘p. Sababi, ular kattaroq ishlarga harakat qilishmoqda. Ular 100, 500 ta ishga topshirib, yaxshisiga ilinishmoqda. Shunday ekan, qisqa natijaga qarab xulosa qilmaylik. Hali hammasi oldinda.
Universitetda o‘qish ko‘p narsa beradi: * Intizom * Tanishlar * Yangilik qilish imkoniyati
Tadbir juda zo‘r o‘tdi. Keyinchalik ham hamkorlik qilishga kelishib oldik. UBS faoliyatiga rivoj tilayman! 🏆 27.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Talabalar boshqa olamda yashaydi. Xususiy universitet talabalari, ayniqsa biznesga qiziqadiganlari ham o`z olamnari bor. UBS tashkil qilayotgan tadbirga mehmon qilib chaqirishdi. Shuni e'lon qilishgan ekan. Sizga ham ulashgim keldi. 26.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm

👍👍👍👍 👍👍👍👍 IT va Biznes — Vebinar UBS Toshkent filialida 27-noyabr kuni soat 10:00 da Buyuk Britaniyaning London shahr
👍👍👍👍 👍👍👍👍 IT va Biznes — Vebinar UBS Toshkent filialida 27-noyabr kuni soat 10:00 da Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan Moneff FinTech kompaniyasining IT Menejeri Saidolim Jo'rayev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Suhbat davomida: 🔺Londonda IT karyera qanday quriladi? 🔺 Chet el kompaniyalariga qanday ishga kirish mumkin? 🔺 Yosh IT mutaxassislarga amaliy tavsiyalar
🔘 27-noyabr, 10:00 📌 University of Business and Science, Toshkent filiali IT va FinTech sohasida katta maqsadlari bor barcha talabalarni uchrashuvga taklif etamiz! ↗️ UBS IT Klubiga a'zo bo'ling UBS Toshkent rasmiy sahifalari: 👍 Telegram | 👍 Instagram

📱 DevFest London 2025 22 Noyabr kuni GDG DevFest London bo‘lib o‘tdi. U yerda bizning UzTech - IT Community a’zolari ham ish
+1
📱 DevFest London 2025 22 Noyabr kuni GDG DevFest London bo‘lib o‘tdi. U yerda bizning UzTech - IT Community a’zolari ham ishtirok etishdi. Mavlonbekning LinkedIn sahifalaridan o‘qiganim bo‘yicha ularga juda foydali bo‘lgan. Mavzular: * Gemini 3 Pro Image & Nano modellari - real vaqt rejimida tasvir yaratish va tahrirlash jarayonlarini ko‘rish juda hayratlanarli bo‘ldi. * Multi-Agent Workflows (ADK) - BigQuery, Qidiruv (Search) va Multimodal agentlari qanday qilib birgalikda ishlashini o‘rganish avtomatlashtirish bo‘yicha butunlay yangi dunyoqarashni ochib berdi. * Human-in-the-Loop va vositalarni mukammal boshqarish (orchestration) - haqiqiy mahsulotlar uchun ishonchli AI tizimlarini yaratishda juda foydali. * Open-source Gemma oilasi xronologiyasi - 2024–2025 yillarda innovatsiyalar qanchalik tez sodir bo‘layotganini ko‘rish kishini hayajonga soladi. * Ovozli AI interfeysi demolari - real vaqtda nutqni matnga aylantirish va agentlar orkestratsiyasi meni lol qoldirdi. - deb yozadi Mavlonbek. Nasib qilsa boshqa shaharlarda bo‘ladigan DevFestlarda ham qatnashish nasib etsin. Toshkent, Qarshi, Guliston, Oxford, Manchester, Edinburgh, Bristol. Men esa sizlar bilan 6 Dekabr kuni DevFest Toshkentda ko‘rishish niyatidaman. Tadbirlarga faol bo‘ling, Bir birimiz bilan ko‘rishib, tanishib olaylik. Ertaga katta odam bo‘lib ketganingizda, siz bilan bir piyola choy ishganmiz deb yuramiz. Tadbirda ko‘rishguncha. 26.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Shaxsiy ma’lumotlarni to‘g‘ri saqlay olamizmi? Tadbirdagi shu mavzu menga juda qiziq. Chunki ko‘p o‘ylaydigan va xavfsiraydig
Shaxsiy ma’lumotlarni to‘g‘ri saqlay olamizmi? Tadbirdagi shu mavzu menga juda qiziq. Chunki ko‘p o‘ylaydigan va xavfsiraydigan mavzuyim. Doim bitta ibora tilimda aylanadi:
O‘zbekistonda tizimlar va ma’lumotlar dasturchilar insofida ushlanib turibdi.
Shaxsiy ma’lumotlarni saqlash bo‘yicha qonun bor. Ammo uni amalga oshirish biz AT mutaxassislari qo‘lida. Shunga bu masalaning nozik jihatlarini biz ochib berishimiz kerak. * Foydalangan ma’lumotlarimizni vaqtida o‘chirib yuboryapmizmi? * Egasidan so‘ramasdan ma’lumot olmadikmi? * Hech kim bilmaydi-ku, - zaylida ish yuritmayapmizmi? Manim bilganlarim hozircha shular. Tadbirda ko‘proq ochib berilsa kerak. Eshitib bilimimni oshirish niyatidaman.
Sizda ham shaxsiy ma’lumotlar bilan muammo bo‘lganmi?
Agar qiziq holatlar (case) bo‘lsa, izohda qoldiring. Muhokama qilamiz. 24.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Assalomu alaykum, Vanihoyat, keyingi tadbirimiz ham e'lon qilindi. 29 Noyabr, Shanba kuni UzGeeks November2025 bo'lib o'tadi. MeetUp mavzulari: 1. Shaxsiy ma'lumotlar bilan ishlashda Dasturchining vazifalari 2. IT xizmatni Yevropa bozorida sotish 3. Chet korxonalari dasturchilarni AI dan foydalanishga majburlashmoqda. Tadbirda qatnashish uchun Uzgeeks.uz saytida ro`yxatdan o`tish kerak ekan. Tadbirda keling, birga ko`rishib, suhbatingizni olay. Shanba kuni ko`rishguncha. 24.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Repost from UzGeeks Community
📌 UzGeeks November2025 29 Noyabr, Shanba kuni UzGeeksning navbatdagi tadbiri UzGeeks November2025 bo'lib o'tadi. ⚜️Meetupʼda
📌 UzGeeks November2025 29 Noyabr, Shanba kuni UzGeeksning navbatdagi tadbiri UzGeeks November2025 bo'lib o'tadi. ⚜️Meetupʼda quyidagi mavzular bo'yicha chiqishlar bo'ladi: 1️⃣ Shaxsiy ma'lumotlar bilan ishlashda Dasturchining vazifalari 2️⃣ IT xizmatni Yevropa bozorida sotish 3️⃣ Chet korxonalari dasturchilarni AI dan foydalanishga majburlashmoqda. ❗️Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks.uz saytida ro'yxatdan o'tish kerak. 🗓 29 Noyabr, Shanba 🕰 14:00 da 📍Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi. ✅ Hamkorlar: ➡️ Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi; ➡️ Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi; ➡️ Thinkland. Sayt | Guruh | Kanal | Facebook | 💫 Donate

Assalomu alaykum, Vanihoyat, keyingi tadbirimiz ham e'lon qilindi. 29 Noyabr, Shanba kuni UzGeeksning navbatdagi tadbiri UzGeeks November2025 bo'lib o'tadi. MeetUp mavzulari: 1. Shaxsiy ma'lumotlar bilan ishlashda Dasturchining vazifalari 2. IT xizmatni Yevropa bozorida sotish 3. Chet korxonalari dasturchilarni AI dan foydalanishga majburlashmoqda. 🗓 29 Noyabr, Shanba 🕰 14:00 da 📍Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi. Tadbirda qatnashish uchun Uzgeeks.uz saytida ro`yxatdan o`tish kerak ekan. Tadbirda keling, birga ko`rishib, suhbatingizni olay. Shanba kuni ko`rishguncha. 24.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm

MDCU 2025 tadbiri haqida fikrlarim Microsoft Community Conf 2025 juda yaxshi tashkil etildi. Bu endi 3-marta tadbir o‘tkazayo
+2
MDCU 2025 tadbiri haqida fikrlarim Microsoft Community Conf 2025 juda yaxshi tashkil etildi. Bu endi 3-marta tadbir o‘tkazayotgan jamoa uchun katta yutuq. 1. Mavzular juda dolzarb va qiziqarli. * So‘zga chiqqanlar va taqdimotchilar tajribalari kitoblardan topib bo‘lmaydigan ilm bo‘ldi. * Taqalib, yechimini topa olmagan muammoingni ayta oladigan payt. * Hayotiy tajriba esa, kelajak rejalaringni tuzishga yordam beradi. 2. Tanish-bilish. Menga eng yoqqan qismi. * Juda ko‘p mutaxassislar bilan ilk marotaba yuzma-yuz ko‘risha oldik. Turli mavzularda suhbatlashdik. * Yoshlarimiz uyalmasdan: Siz bilan tanishsam bo‘ladimi? - degan yondashuvi menga yoqdi. Aynan shu bizga yetishmayotgan xislatlardan biri. * Hamkorlik qilish mumkin bo‘lgan loyihalar ham chiqdi.
Bitta gap, sen uchun sodda bo‘lgan narsa, boshqasi o‘ylab ko‘rmagan va yechim qidirayotgan muammo bo‘lishi mumkin.
Nasib qilsa, keyingi tadbirlarga ham qatnashish niyatidaman. U yerda ham yangi ilm egalari bilan tanishaman deb o‘ylayman. P.S. Ismlar lavhasida o`zimni topishga Gemini 3 yordam berdi. 24.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Event-Driven Architectures with .NET & Azure — Erkin Mukhammedkulov Event bus juda nozik mavzu. Uning aynan muammolarini olib
+1
Event-Driven Architectures with .NET & Azure — Erkin Mukhammedkulov Event bus juda nozik mavzu. Uning aynan muammolarini olib chiqib berdilar. Muammolarni turli kategoriyalarga bo‘lib, nimalarga e'tibor berish kerak ekani, qanday yechimlari bor ekanini yoritib berdilar.
Mavzu og‘ir, lekin hazil bilan to‘ldirilgan taqdimotlari ma'lumotni oson hazm qilishga yordam berdi.
Savollar ham qiziq bo‘ldi. Menga bitta javoblari yoqdi, shuni aytmasam bo‘lmaydi. - 30 yoshdan kattalar bormi? qarsak chalilar 👏 👏 👏 - ana endi, Microservice bilan ishlash sizlar uchun qiyin. Buni bilib turibsiz.
Lekin sizdan keyingi yosh avlod bunga tayyor.
(aytmoqchilar-ki, biz kattalar qo‘rqqan va hazm qila olmaydigan texnologiyalarga yoshlarimiz tayyor va yechimlarga oson erishishmoqda) P.S. Tadbirning bu postini yubora olmagan ekanman. Internet ishlamay qolgan ekan. Shu sababli eski sanani qoldiraman. 22.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Azure OpenAI, GitHub on Azure, GitHub Copilot — Yerlan Shokataev Bu bolaga qoil qoldim. Taqdimoti yarmida tugab qoldi. Bola h
+1
Azure OpenAI, GitHub on Azure, GitHub Copilot — Yerlan Shokataev Bu bolaga qoil qoldim. Taqdimoti yarmida tugab qoldi. Bola hayajonda.
Lekin oʻzini yoʻqotmadi.
Birdan savol-javobga oʻtib ketdi. Taqdimotini tahlab berishganida, davom etib ketdi. Barakalla. 22.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Capacity & Performance Management in Tech Teams — Djahongir Makhkamov Jamoani boshqarish murakkab jarayon. Odamlar bilan ishl
+2
Capacity & Performance Management in Tech Teams — Djahongir Makhkamov Jamoani boshqarish murakkab jarayon. Odamlar bilan ishlashda biror jarayonni qolibga solish koʻp vaqt oladi. Jahongir aka aynan shuni andoza qilib, tushuntirib berdilar.
* Metrika yasash * Qaysi metrika nimaga yordam beradi * Metrika kiritilgach Dasturchilar ichida challange koʻpaygan. * Oʻzini koʻrsatgichini koʻrib, harakati oshgan dasturchilar voqeasi
kabi juda koʻp qiziqarli maʼlumot berdilar. Loyiha boshqaruvingizga kiritsangiz, juda foydali boʻladi. 22.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Microsoft Agent Framework — Alexander Trofimenko Man Microsoft SI sohasida orqada qolmoqda deb yurar edim. Shu fikrni almasht
+2
Microsoft Agent Framework — Alexander Trofimenko Man Microsoft SI sohasida orqada qolmoqda deb yurar edim. Shu fikrni almashtirishimga sabab boʻldilar. Aleksander Microsoft SI yordamida dasturlash jarayoni va hujjatlar bilash ishlashni optimallashtirish boʻyicha gapirib berdilar. Endi yozilgan hujjatlarni PR/MR larga qoʻshish, xulosa yozish, hujjatlarni toʻgʻri tashkillashtirishda SIning oʻziga topshirsak boʻlar ekan. 22.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Unity + AI GaveDev'ga qiziqadiganlar uchun rosa qiziq boʻldi. Ildar baraka topsin, Unity bilan AI ni ulashni koʻrsatib, ishla
+1
Unity + AI GaveDev'ga qiziqadiganlar uchun rosa qiziq boʻldi. Ildar baraka topsin, Unity bilan AI ni ulashni koʻrsatib, ishlatib berdi. Unity localda ishlaydi, shuni cloudga oʻtkazib, API orqali SIga murojaatni ulabdi. - chiroqni yoq - camerani almashtir kabi buyruqlar juda oddiy. Shunday emasmi? Hanoy minorasi oʻyinini AI bitta buyruq bilan yechib berdi. Console emas, 3D Game sifatida qilib berdi. 22.11.2025 Toshkent @DrAlgortihm

MCP nima? Taqdimot juda yoqdi. Mavzu osob emas, lekin juda sodda qilib tushuntirib berdilar. Taqdimot yuritishni zoʻr bilar e
+2
MCP nima? Taqdimot juda yoqdi. Mavzu osob emas, lekin juda sodda qilib tushuntirib berdilar. Taqdimot yuritishni zoʻr bilar ekanlar. Mavzu haqida: 1. Elektr toki 2. Kompyuter 3. Dastur 4. SaaS 5. AI (Sun'iy Intellect) 6. ???? 🤩⁉️
Aynan shu 6 nima haqida?
Shu haqida ekan... 22.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Muxtor aka Koʻchqorov - Hayot yoʻlingni tuzib ol. Hayot yoʻllari haqida bosqichma boshqich Hayot rejasi: 1. Orzu qil 2. Harak
+1
Muxtor aka Koʻchqorov - Hayot yoʻlingni tuzib ol. Hayot yoʻllari haqida bosqichma boshqich
Hayot rejasi: 1. Orzu qil 2. Harakatni boshla 3. Oʻqi 4. Yaxshi turmush oʻrtoq top. 5. Orzuga erishib, yoʻlingni toʻxtatma.
Yoʻlning davomida nima qilish kerak?
1. Mehnat - har kuni qattiq ishlash. 2. Tanish bilish - tanish orttir. Kabinet odami boʻlib qolma. 3. Be innovator - yangilik topish va kiritishga harakat qil. 4. Soʻrashdan uyalma - Nobody makes success by their own. Hech kim muvafaqqiyatga bir oʻzi erishmaydi
Oʻzlaridan eshitish boshqacha. Shunga videosi chiqsa albatta koʻrila. Juda zoʻr gaplar etdilar. Davom etamiz... 22.11.2025 Toshkent @DrAlgortihm

AQShga tekinga borish Umidjon aka Ishomuhamedov qanday qilib AQShga tekinga borish imkoniyati haqida aytib berdilar. Sharti o
AQShga tekinga borish Umidjon aka Ishomuhamedov qanday qilib AQShga tekinga borish imkoniyati haqida aytib berdilar.
Sharti oddiy ekan.
Oʻqish, tayyorlanish va imtixon topshirish. Pulini toʻlab berishadi.
Shunday ekan, harakat qilib qoling. 22.11.2025 Toshkent @DrAlgortihm

Tadbir boshlandi. Juda katta tadbir tayyorlashibdi. Baraka topishsin. Tavsiyam: Juda koʻp yoshlar kelishgan. Yosh vaqtida koʻrishib, tanishib oling. Ertaga katta odam boʻlganida, birga ishlab qolarsiz. * Keling * Tanishing * Oʻrganing 22.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Gemini 3 - yaxshimi? Bu hafta yangiliklar ko‘p bo‘ldi. Bitta kunga ham internet to‘xtadi ham yangi Sun’iy Intellekt (SI) taqd
+1
Gemini 3 - yaxshimi? Bu hafta yangiliklar ko‘p bo‘ldi. Bitta kunga ham internet to‘xtadi ham yangi Sun’iy Intellekt (SI) taqdim etildi. Claudeflare’ga chiqqan muammo juda ko‘p saytlarni ishdan chiqardi. Hatto ChatGPT ham ishlamadi. Odamlar ishsiz qoldi :) Google DeepMind o‘zining ajoyib yurishini qildi. U yangi ishlab chiqqan Gemini 3 SIini taqdim etdi. ⭐️ Gemini 3 Solishtirish va avvaldan tayyorlangan testlardan ko‘ra, dasturchilar uchun ancha aqlli ishlashni boshladi. Ba’zilarini sanab o‘tmoqchiman Mantiqiy fikrlash Bilamizki SI juda ko‘p mantiqiy xulosalarga kelganida xato qiladi. Xuddi she’r yodlab olgan yosh bolaga o‘xshaydi. She’r nima haqida ekan desa biladi. Endi har bir qatorini tushuntir desa... miyasi tutilib qoladi. Gemini 3 da shuni to‘g‘rilashibdi. Mantiqiy fikrlashini ancha oldinga chiqarishibdi. Multimodallik Endilikda u matn, tasvir va videoni bir vaqtda tahlil qila oladigan bo‘libdi. Bu ketishda Sezardek ham shaxmat o‘ylab, ham siz bilan suhbatlashib, man choy icha oladigan bo‘ladi. Manga yoqqa tomoni, bir-biridan mustaqil rivojlanayotgan SIlarni bir biri bilan ishlay olishi bo‘ldi. Bu nafaqat natijalarni sifatliroq berishga xizmat qiladi, balki sifatsiz ma’lumotlar ko‘payib ketayotganini ham oldini olsa kerak. Dasturchi Endi siz go‘yalaringizni u bilan muhokama qilsangiz, sizga o‘zi arxitektura tuzib beradi. Kod yozadi, testlab beradi. To‘liq dasturni ishlab chiqishda bosqichma bosqich bajara olasiz. "Dynamic View" va "Visual Layout" imkoniyatlari esa, kod bilan ishlashingiz va natijani ko‘rishingiz uchun qo‘shimcha qulaylik beradi.
Vayb-koderlar uchun bayram!!
API yangilandi Gemini’ni API orqali ishlatganlar uchun thinking_level va media_resolution parametrlari qo‘shildi. Endi siz mantiqiy fikrlar bilan ishlatishingizda thinking_level yordamida qanchalik chuqur masalaga yondashish kerak ekanini ayta olasiz. media_resolution esa rasm va video kabi ma’lumotlarning sifatini boshqarishga yordam beradi. Xulosa qilsam - Kundalik ishlaringizda SI (AI) dan foydalaning - Dastur yozishda SIsiz ishlamang. - Yangiliklardan doim xabar bo‘lish uchun bu kabi postlarni kanallarda kuzatib boring. - O‘zingizdan oyiga $15-$20 ayamang, u sizda x10 marta ko‘proq foyda olib keladi.
Vayb-koderlar esa o‘zligi bilib-bilib ishlashmoqda...
📚 Qo‘llanma P.S. Gemini 3 hozirda Google AI studio‘da chiqdi. Ammo men Jetbrains ishlatganimda AI Pro ning ichida Gemini 3 ni qo‘shishganini ko‘rdim. Ancha qulay. 20.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Dundo dam oladi. Katta doirada loyiha qilish yaxshi. Tayyor yechimlarni ishlatish yaxshi. Ammo bitta xizmatga bog`lanib qolga
Dundo dam oladi. Katta doirada loyiha qilish yaxshi. Tayyor yechimlarni ishlatish yaxshi. Ammo bitta xizmatga bog`lanib qolganda, uhlash yaxshi emas. Bugun CloudFlare dam olmoqda. Tezroq ishlab ketsa yaxshi edi. Ko`pchilik qiynalib ketdi. Tekshirish uchun https://www.cloudflarestatus.com