cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

BARS EDUCATION CENTER

🎓Sifatli taʼlim 📕DTM darajasidagi testlar 📃Testlar tahlili 📱Online test ishlash imkoniyati 🖥 Video darslar 🏫Manzilimiz:Nishon tumani, Nuriston shaharchasi, 20-umumiy o'rta ta'lim maktabi binosi ☎️ +998990685759

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
274
المشتركون
+224 ساعات
-27 أيام
-930 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Repost from N/a
00:54
Video unavailableShow in Telegram
6.78 MB
👍 1
Repost from N/a
00:44
Video unavailableShow in Telegram
5.56 MB
👍 1
Repost from Xushnudbek.uz
‼️Qabul boshlanishiga 2 kun qoldi #abituriyent Prezident farmoniga ko‘ra, joriy yilda ilk marta qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi; Ya’ni birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi. “Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim” degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi. ✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi. 2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaychi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi. ❓O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi? Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
👍 1
Repost from Xushnudbek.uz
Pedagoglar kutgan qaror qabul qilindi: TKT, TESOL, TEFL va TESL uchun ham ustama beriladi, ammo bir sharti bor Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklarining tegishli qarori bilan xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi. Pedagoglar uchun 2 ta katta yangilik bor: 1️⃣ Rash modeli boʻyicha fan oʻqituvchilariga A+, A va B+ darajadagi (60 balldan yuqori), boshlangʻich taʼlim (matematika va ona tili va adabiyot) yoʻnalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi (46 balldan yuqori) sertifikat uchun ustama beriladigan bo‘ldi; 2️⃣ mazkur qaror loyihasi e’lon qilinganidan so‘ng 5 mingdan ortiq takliflar bildirilgan edi. Takliflarning ayrimlar inobatga olingan. Xususan, dastlabki loyihada pedagoglarga ustama beriladigan chet tili sertifikatlar roʻyxatidan chiqarib tashlangan TKT, TESOL, TEFL va TESL sertifikatlari uchun ham ustama beriladigan bo'ldi. Ammo bir sharti bor. Ya'ni ushbu 4 ta sertifikatlar CEFR tizimining B2 sertifikati bilan birgalikda qabul qilinadi va ularga ustama to‘lanadi. Agar CEFR tizimining B2 sertifikati bo'lmasa, unda TKT, TESOL, TEFL va TESL sertifikatlari uchun ustama berilmaydi. Shuningdek, barcha TESOL, TEFL va TESL sertifikatlari o‘qituvchi (trener) bilan kamida 100 kontakt soat shug‘ullanishi va kamida 40 soatlik o‘qituvchi-pedagogik amaliyotini qamrab olishi, bunda amaliyot qismi instruktor tomonidan kuzatilib baholanishi zarur. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
Sertifikatlar qaror.pdf1.14 MB
🔥 1
Repost from Xushnudbek.uz
Sertifikatlarga oid qaror: bundan buyon amal qilish muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab 3 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ustama qo‘llaniladi. Agar sertifikatda muddat belgilangan bo'lsa, garchi u 5 yillik muddat bo'lsa ham, unda o'sha muddat tugagunga qadar amal qiladi; mazkur qaror kuchga kirgunga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) qadar ustamalar qoʻllaniladi. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
🔥 1
Repost from Xushnudbek.uz
29-may kuni qabul qilingan Qonun bilan Soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra: ✔️Fiskal huquqbuzarliklar sodir etish realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi (ilgari bu miqdor realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum bilan teng bo‘lgan). ✅ Shuningdek, xuddi shunday huquqbuzarlik jarima qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa, realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
Repost from Xushnudbek.uz
‼️Qabul boshlanishiga 6 kun qoldi #abituriyent Prezident farmoniga ko‘ra, joriy yilda ilk marta qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi; Ya’ni birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi. "Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim" degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi. ✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi. 2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaychi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi. ❓O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi? Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
😱 5👍 4🔥 1🤩 1
Repost from Xushnudbek.uz
Davlat grantiga oid o‘zgarishlar: — yangi o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga grant bir o‘quv yili uchun ajratiladi; — grant birinchi kursda belgilangan kvotaga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi; — ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi, ya’ni kimlargadir 100% lik grant, kimlargadir 50% lik grant va h.k.; — stipendiya faqat to‘liq (100% lik) grantni yutgan talabalarga to‘lanadi; — turli imtiyozlar asosida yoki maqsadli qabul doirasida o‘qishga kirgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda beriladi (o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’i nazar); — grantda o‘qigan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
👍 3
00:59
Video unavailableShow in Telegram
Abituriyentlar, havotir olmang, IELTS topshirishga ulgurasiz! OTM imtihonlariga ro'yxatdan o'tish 5-25-iyun orasida bo'lib o'tayotgani sababli, 1-iyunda bo'ladigan IELTS imtihonlariga qo'shimcha joylar ochildi. ⚡️ Ayni paytda siz 1- va 8-iyun kunlari bo'ladigan IELTS imtihonlariga ro'yxatdan o'tishingiz mumkin! (1-iyun imtihoniga ro'yxatdan o'tish 28-mayga qadar davom etadi) 🖥 Imtihonga EXAMS.UZ sayti orqali ro'yxatdan o'ting! Telegram | Instagram | Facebook
إظهار الكل...
5 tg.mp49.60 MB
👍 2
2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi. ❓Bu nima degani? Ya’ni kelasi yildan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,2 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
🔥 3