cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

ICT4Girls

Qizlarning raqamli imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan loyiha

إظهار المزيد
Uzbekistan36 251لم يتم تحديد اللغةالفئة غير محددة
مشاركات الإعلانات
898
المشتركون
-124 ساعات
+117 أيام
+930 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

🔊Siz kutgan uchrashuv ⚡️"ITea" loyihasining navbatdagi uchrashuvi 13-iyul kuni bo'lib o'tadi. IT bilim va ko'nikmalaringizni oshirishga xizmat qiluvchi ushbu noyob imkoniyatni qo'ldan boy bermang! 📌Tadbir Sizga quyidagi kuchli IT-mutaxassislar bilan yakkama-yakka 15 daqiqalik individual seanslarda suhbatlashish imkonini beradi: 👩🏻‍💻 Frontend Engineer: Sabohat Kalandarova 🧑🏻‍💻 Startup Founder: Muhammadsaid Mamasaidov 👩🏻‍💻 Software Engineer: Aziza Abdurahmonova 👩🏻‍💻 IT Project Manager: Malika Rahimova 🧑🏻‍💻 Senior Product Designer: Abbos Hazratov 🧑🏻‍💻 Game Developer: Xikmatilla Allaberganov 🚀 Uchrashuvning maxsus mehmoni - Mirabbos Anvarov xalqaro IT sertifikatlar haqida so'zlab beradi. ⏳Eslatib o'tamiz, joylar soni cheklangan: tadbirga har bir mutaxassis uchun ro'yxatdan o'tgan birinchi 6 nafar inson taklif etiladi. Bir ishtirokchi faqat 1 yo'nalish bo'yicha ariza qoldirishi mumkin. 👉 Hoziroq ro'yxatdan o'ting va birgalikda choy ustida "ayti"lashamiz! Telegram | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
3🔥 2🤩 1
Sizning fikringiz biz uchun muhim! ✨Yaqinda boʻlib oʻtgan "ITea: choy ustida "ayti"lashamiz" loyihasining ilk uchrashuvi yorqin fikr-mulohazalarga boy boʻldi va biz ularni Siz bilan baham koʻrishdan xursandmiz. 👩🏻‍💻Ishtirokchilar tadbirni qiziqarli munozaralar, mazmunli taqdimotlar va ajoyib netvorking imkoniyatlari uchun yuqori baholadilar. 🚀Biz bu tadbirning muvaffaqiyatiga hissa qo'shgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz va keyingi tadbirimiz uchun allaqachon rejalarni ishlab chiqmoqdamiz. 🔔Yangiliklarni kuzatib boring, chunki biz "ITea" loyihasining navbatdagi uchrashuvini Sizning fikr va istaklaringizni inobatga olgan holda tashkil etishga kirishganmiz! Telegram | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
4
Repost from Digital.edu
02:49
Video unavailableShow in Telegram
👁 Niderlandiyada bo‘lib o‘tadigan qizlar olimpiadasiga ishtirokchilar saralab olindi va taqdirlandi
“ICT4Girls” olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan qizlar o‘rtasida butkemp tashkil etilib, butkemp so‘ngida Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasida qatnashadigan 4 nafar ishtirokchi saralab olindi.
Shu munosabat bilan 29-iyun kuni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.  Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasi (European Girls’ Olympiad in Informatics)da O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etadigan qizlar ro‘yxati:
➡️
Raximova Zarnigor Baxtiyor qizi – Buxoro
➡️
Mirzatillayeva Oysha Zukurjon qizi – Toshkent 
➡️
Xojamuratova Malika Dauletmuratovna – Qoraqalpog‘iston Respublikasi
➡️
Dagarova Solixa Shuxratjon qizi – Samarqand.
Batafsil: 👉 https://edu.digital.uz/news/32 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
إظهار الكل...
QIZLAR TAQDIRLASH VAZIR_1.mp467.80 MB
3👍 2
Repost from Digital.uz
👁 Niderlandiyada bo‘lib o‘tadigan qizlar olimpiadasiga ishtirokchilar saralab olindi va taqdirlandi “ICT4Girls” olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan qizlar o‘rtasida butkemp tashkil etilib, butkemp so‘ngida Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasida qatnashadigan 4 nafar ishtirokchi saralab olindi. Shu munosabat bilan bugun, 29-iyun kuni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.  Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasi (European Girls’ Olympiad in Informatics)da O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etadigan qizlar ro‘yxati:
➡️Raximova Zarnigor Baxtiyor qizi – Buxoro ➡️Mirzatillayeva Oysha Zukurjon qizi – Toshkent  ➡️Xojamuratova Malika Dauletmuratovna – Qoraqalpog‘iston Respublikasi ➡️Dagarova Solixa Shuxratjon qizi – Samarqand.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/15134/ 📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
إظهار الكل...
👍 4🔥 3
Repost from Digital.edu
ICT4Girls olimpiadasi g‘oliblari uchun butkemp tashkil etilmoqda ✅ ICT4Girls olimpiadasi g‘oliblari, ya’ni jami 12 nafar qiz uchun hozirda qo‘shimcha intensiv treninglar - butkemp tashkil etilmoqda. ➡️ Treninglar 2 qismdan iborat: kunning birinchi yarmida ishtirokchi qizlar bir necha savoldan iborat musobaqada o'z bilimini sinaydi. Kunning ikkinchi yarmi xatolar ustida ishlash hamda yangi mavzularga bag'ishlanadi. ✅ Darslar binar qidiruv, ma'lumotlar strukturasi, dinamik dasturlash, graflar kabi mavzularni qamrab oladi. 🔖22-29-iyun kunlari bo'lib o'tuvchi butkempda quyidagi trenerlar qizlarni xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etishga tayyorlaydi: 📌 Miroqilov Davlatbek Sanjarovich ICPC Respublika bosqichi g'olibi 2023 Informatika fan olimpiadasi g'olibi 2022 📌 Xo'jayev Dilshodbek Zafarovich IOI 2023 Bronza medalisti APIO 2023 Bronza medalisti IZhO 2022 Kumush medalisti IT-Park Cup 2020 birinchi o'rin 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
إظهار الكل...
👍 7👏 2
Repost from Digital.uz
👁 “ICT4Girls” o‘quvchi qizlar olimpiadasi g‘oliblari aniqlandi
O‘zbekistonning turli hududlarida istiqomat qiluvchi 242 nafar o‘quvchi qizlar “ICT4Girls” olimpiadasida ishtirok etish uchun ariza yo‘lladi. Olimpiadaning ilk, hududiy bosqichi 8-iyun kuni barcha hududlar - 12 ta viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida bir vaqtda tashkil etildi. Bunda qizlar “Yandex Contest” platformada berilgan masalalarga C++ yoki Python tillarida yechim ishlab, ball to‘plashdi. Ushbu bosqichda yuqori ball to‘plagan jami 45 nafar qiz Respublika bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritdi.
“ICT4Girls” olimpiadasining Respublika bosqichi Toshkent shahridagi Amity universitetida bo‘lib o‘tdi va unda g‘oliblar aniqlandi. Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/14568/ 📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
إظهار الكل...
🔥 2🤩 2
Havoladan o'tib, 100 ming so'mga ega bo'lishni xohlaysizmi? 📱 Ijtimoiy tarmoqlarda shunday e'lonlarga qanday reaksiya qilasiz? Sizning ijtimoiy tarmoqlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish tajribangizni o'rganmoqchimiz. 🔗Quyidagi havola orqali so'rovnomada ishtirok eting va tadqiqotimizga o'z hissangizni qo'shing: https://ee.kobotoolbox.org/x/rpBMyYn5 ❗️So'rovnomada ishtirok etish ixtiyoriy
إظهار الكل...
👍 2
45 nafar qiz ICT4Girls olimpiadasining respublika bosqichiga yo‘l oldi 👩🏻‍💻8-iyun kuni Oʻzbekiston bo‘ylab o‘quvchi qizlar o‘rtasida sport dasturlash bo‘yicha ICT4Girls olimpiadasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. 📝Ushbu olimpiadada qizlar berilgan masalalarga C++ yoki Python tillarida yechim ishlab, ball to‘plashdi. Hududiy bosqichda hududlardan yuqori ball to‘plagan jami 45 nafar qiz Respublika bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritdi. 📍Respublika bosqichi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Bellashuvda yuqori ball to‘plagan 12 nafar qiz ICT4Girls olimpiadasi g‘olibi deb topilib, munosib taqdirlanadi. 🍀Olimpiadaning hududiy bosqichi muvaffaqiyatiga hissa qo‘shgan har bir ishtirokchi, kuzatuvchi va tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz va keyingi bosqichda qizlarga omad tilab qolamiz! ✈️Eslatib o‘tamiz, bu yil bonus sifatida ICT4Girls olimpiadasi g‘oliblari uchun qo‘shimcha treninglar tashkil etiladi. Treninglar so‘ngida saralangan 4 nafar qiz Yevropa qizlar olimpiadasida ishtirok etadi.
إظهار الكل...
11👍 7🔥 4
أرشيف المشاركات
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.