cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Olimova qaydlari

Savol, takliflar uchun @Olimovaqaydlari_feedbackbot

إظهار المزيد
Tajikistan12 415لم يتم تحديد اللغةالسياسة35 527
مشاركات الإعلانات
215
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-37 أيام
-330 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Jiddiy narsalar qo'yilsa qochib qoladigan kanal obunachilari TOPda baribir🥱
إظهار الكل...
😁 3👎 1
Shu suhbatni albatta ko'ringizlar! Juda foydali suhbat bo'lgan. Adib Xolidning Markaziy Osiyo mintaqasi, ayniqsa jadidlar haqidagi tadqiqoti hozirgi kunda toshlar orasida javohirdek tovlanib turibdi. O'zim ham ayni damda muallifning "O'zbekiston tavalludi" asarini miriqib o'qiyapman. Asarda o'tmish va bugun orasidagi chiziqlar aniq-tiniq belgilab berilgan, daxshatli haqiqatlar juda ko'p...
إظهار الكل...
Jadidlar: Kecha va Bugun [o‘zbek tilida]

Adeeb Khalid | Jamshid Muslimov | Sardor Salim 15.12.2023 JADIDLAR: KYEChA VA BUGUN / Savollar o‘zbekcha, javoblar va munozara ingliz tilidadan tarjima qilindi 00:00:01 Salomlashuv va kirish so‘zlari 00:01:00 Jadidlarning umumiy siymosini qanday tasavvur qilasiz? 00:04:00 Jadidlik tarixi yakunlanganmi? Agar “ha” bo‘lsa, bu qachon sodir bo‘ldi? Yakunlanmagan bo‘lsa, aynan u nimada davom etyapti? 00:07:05 Bugungi kunga kelajakdagi tarixchi nazari bilan qarash. Jadidizm atrofida bo‘layotgan jarayonlar, anjumanlar va bahslarni jadidchilikning davom etib kelayotgan tarix kontekstida ko‘rish kerakmi yoki bularni o‘tmish borasidagi spekulyatsiyalar o‘laroq ko‘rish kerakmi? 00:11:30 Hozirgi jadidchilik borasida bahslar. Davlat jadidchilikka murojaatidan qanday maqsadni ko‘zlayapti? 00:21:00 Jadidchilik mavzusiga jiddiy kirishmoqchi bo‘lgan tarixchilarga tavsiyalar. 00:26:05 Jadidchilarning raqiblari bo‘lmish bolsheviklarning murakkab, ziddiyatli qarashlari va yondashuvlari hamda ularning o‘zgarishi haqida yetarlicha ma’lumotli bo‘lish haqida 00:38:05 Kelajak tarixchisi neojadidlikni o‘rganmoqchi bo‘lsa, nimalarga e’tibor berishi kerak bo‘ladi? 00:57:30 O‘zbek sekulyar davlatchiligining negizi jadidchilikda degan fikrga munosabat. Sekulyar arab davlatlari bilan qiyosiy taxlil. 01:02:20 Ayrim o‘zbek tarixchilarning giper-tanqidchilik yondashuviga munosabat 01:08:05 Jadidlarni musulmon namoyandalari desak, ularning ichida Islomdan voz kechgan jadidlar masalasi qanday? Ularni jadidlikdan chiqib ketdi deymizmi? Fitrat misoli. 01:10:20 Jadidlarni umumiy poydevori Islom bo‘lib qolaverishi haqida mulohazalar va misollar. 01:15:40 Yakun #jadids #jadidlik #jadidchilik #neojadid Telegram:

https://t.me/subnazar

Twitter:

https://twitter.com/subjectnazar

Facebook:

https://www.facebook.com/JamshidMuslimovZargar

👍 4
"Chaqirtirib, taklif etilgan" tahdidlar haqida Shubhasiz, bu haftada eng ko'p muhokama qilingan, har birimizning g'azabimizni qo'zg'agan xabarlardan biri Zaxar Prilepinning og'zidan tomgan zaharli iddaosi va shu orqali Rossiyadagi elitaning niyat-maqsadlari, ularning agressiya qilishga bo'lgan moyilligini yana bir bor tahlil qilish – kun tartibdagi asosiy mavzulardan bo'ldi. Asosiysi, shu bahonada mustaqillik va unga tahdid, tajovuzkorlik va qullik, o'tmish va kelajak haqidagi masalalar yana o'rtaga chiqdi va dolzarblashdi. Bularning hammasi qiziq boshlanib ketib, qiziq davom etdi, lekin voqealar rivojining kulminatsiyasi menimcha, TIVga chaqirtirilgan, lekin xuddi bironta tadbirga taklif etilgandek xabarlarda e'lon qilingan Rossiya elchisi va Rossiya TIV nomidan (navbatdagi) Zaxarova tomonidan berilgan "javobi" bo'ldi. Lekin e'tiborni bularga emas, voqealar aro o'zimizda kuzatilgan jamoatchilik kayfiyatiga qaratmoqchiman. Chetdan qaraganda hammasi idealdek, hamma Rossiya elchisini "taklif etilgani"dan, Rossiya tarafdan ham feedback bo'lganini ko'rib, hamma baxtli, hamma shod-xurram bo'lishi kerakdek tuyuladi. Lekin faollar, jamoatchilikda hali ham savollar ko'p va ular bo'lgan holatga nisbatan shunchaki elchini "taklif etish" emas, balki to'laqonli nota yuborish, Prilepinga esa sanksiya e'lon qilinib, uni mamlakat hududiga kiritilmasligi haqida asosli takliflar aytishmoqda. Nega? Chunki shu orqali biz tomondan tashlangan dadil qadamimiz mustahkamlanardi! Bundan buyog'iga bo'lajak tahdidlarning oldi olinardi! Shu paytgacha rasmiy Toshkent yuqoridagi kabi iddaolarga, Lukashenkoning bu boradagi bergan "maslahat"lariga nisbatan ommaviy tarzda noroziligini bildirmaganligi, ehtiyotkorligi bilan chiqargan nomidan ham chekinardi! Ayniqsa, havoda muallaq qotib turgan legitimlik masalasi ham normallashib, har ikki tomon uchun ham foydali, manfaatli bo'lardi! *** Shu o'rinda alamida kuyib yurgan, lekin tabassum qilishga majbur bo'lgan bir film qahramonini ko'z oldingizga keltirarsiz. Shunda bu holat umrbod esda qoladi, ahamiyati ham oshadi:) https://t.me/fikr_qaydlari
إظهار الكل...
Rost24 | Расмий канал

Россиялик амалдор Ўзбекистонни босиб олишни таклиф қилди Россия ҳарбий полки командирининг ҳарбий-сиёсий ишлар бўйича ўринбосари Захар Прилепин Россияга келаётган иммигрантларнинг давлатини босиб олишни таклиф қилди. У мисол сифатида Ўзбекистонни босиб олиб, у ерда рус тилини ўргатиш кераклигини айтган. Россиялик амалдорнинг сўзларига кўра, руслар Киевда ғалаба қозониб парад ўтказганидан сўнг Ўзбекистонни бемалол босиб олиши мумкин, бунга ҳеч ким қаршилик қила олмас экан. ROST24.uz | Telegram | YouTube

👍 2🔥 1🤔 1
Vatandoshlik jamiyati va patriotlar qatlami bir-biriga o'xshash tushunchalar bo'lsa-da, ular bir xil narsa emas.
إظهار الكل...
👍 4🔥 1
Tahdid – odamlarni birlashtiradi.
إظهار الكل...
👍 5 2
Дунёга, воқеа-ҳодисаларга танқид кўзи билан қараш – яхши тамойил. Лекин бу ҳамма нарсанинг устидан чизиқ тортиб, нигилистлик қилиш мумкин, дегани эмас. Танқид бу – олимнинг ёки умуман, ҳар қандай кишининг даражасини, маълумотини, қолаверса, инсофу диёнатини рўй-рост кўрсатиб бергувчи ойна. (с)
إظهار الكل...
🔥 4
Oxirgi yuz, ming yillardagi tendensiya be like: "Men senga mol-davlat qoldirmadim, Vatan hasratini qoldiryapman..."
إظهار الكل...
2🔥 1
Repost from Jalilov. Qaydlar
Tushunishim boʻyicha, Oʻzbekiston bir paytning oʻzida ikkita alifbo amal qiladigan kam sonli mamlakatlardan bir paytning oʻzida uchta alifbo ishlatiladigan yagona mamlakatga aylanishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Shu paytgacha lotin yozuviga uzil-kesil oʻtmaganimiz sababi - alifbodagi kamchiliklar yoki noqulayliklar emas, degan fikrni oldin ham aytganman. Hozir ham shu fikrdaman. Toʻrtta harfning oʻzgarishi ham alifbo masalasida uzil-kesil nuqta qoʻymaydi. Menimcha.
إظهار الكل...
Лотин ёзувидаги ўзбек алифбосига ўзгартиришлар илмий асосланиши керак

Давлат тилини ривожлантириш департаменти лотин ёзувидаги ўзбек алифбоси бўйича таклиф этилган ўзгаришлар ўқувчилар саводига ижобий таъсир қилишини ва амалдаги алифбо ўзбек тилининг интернет тилига айланишига тўсиқ бўлаётганлигини айтмоқда. «Газета.uz» колумнисти Комил Жалилов департамент аргументларининг асосида илмий далилларни кўрмаганлигини таъкидлади.

Amir Olimxon va shunga o'xshaganlarga nisbatan odamlar orasida achinish, apatiya tuyg'usini uyg'otmoqchi bo'lganlar yo tarixni bilishmaydi, yo bu haqda munosib xulosa qilishni bilishmaydi.
إظهار الكل...
👍 5
Erkaklar ayollardan nafratlanadigan yoki aksi holat bo'lgan yoshlar katta bo'lyapdimi deyman? Har holda izohlarni ko'rib shu narsa birinchi xayolga keldi.
إظهار الكل...
👍 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.