cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Jalilov. Qaydlar

Fikrlar. Kuzatishlar. Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
2 919
المشتركون
+324 ساعات
+87 أيام
-3830 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufida OTMlar boʻlishi va vazirlik nodavlat OTMlariga litsenziya berish vakolatiga ega boʻlishi sogʻlom mantiqqa ham, qonunga ham zidligi haqida oldin yozgan edim. Natijani koʻrib turibmiz: vazirlik qonunga xilof ravishda litsenziya berishni toʻxtatganini, yaʼni sohaga raqobatchilar kirib kelishiga sunʼiy toʻsiq qoʻyganini tan olmoqda.
إظهار الكل...
Jalilov. Qaydlar

Kun.uz bir qancha nodavlat OTMlarning litsenziyasi bekor qilingani yuzasidan material tayyorlabdi. Bundan oldin Qalampir.uz eʼlon qilgan materialda litsenziyasi bekor qilingan OTMlardan biri taʼsischisi undan pul talab qilinganini iddao qilgan edi. Juda qiziq vaziyat. Menda materiallarni oʻqib bir qancha savollar tugʻildi. Masalan, OTMlardan birining litsenziyasi bekor qilinishiga sabab boʻlgan "binolarga mulk huquqi yoki ijarani tasdiqlovchi hujjat yoʻqligi", "hisob varagʻida 150 ming dollar yoʻqligi", "ARM tashkil qilinmaganligi" singari holatlar litsenziya berishdan oldin tekshirilmaydimi? Yoki kamchiliklar aniqlangan holatda ularni bartaraf qilish uchun muddat berilmaydimi? Yoki, masalan, davlat OTMlarini tekshirsa, ularning hammasida ham nodavlat OTMlaridan talab qilinayotgan sharoitlar bormi? Umuman, menimcha, davlat OTMlarini boshqarish uchun masʼul Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi davlat OTMlariga raqobatchi boʻlgan nodavlat OTMlariga litsenziya berishi, litsenziyasini toʻxtatishi yoki bekor…

🔥 10👍 3
Sohada ham "oʻyinchi", ham regulyator va ham litsenziya beruvchi vakolatlarini bitta qoʻlga berish oqibati: Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri xususiy universitetlarga litsenziya berish to‘xtatilganini maʼlum qildi va buni "O‘zbekistonda xususiy oliygohlar yetarlicha" ekani bilan izohladi. Aslida, vazir u boshqarayotgan vazirlik qonunga "tupurib qoʻygani"ni tan oldi. "Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida"gi qonunda vakolatli organ "litsenziyaga ega tashkilotlar yetarlicha" degan asos bilan litsenziya berishni toʻxtatib qoʻyishi mumkin emas. Vakolatli organ litsenziyaga talabgor yuridik shaxsning hujjatlarini qabul qilishga majbur va qonunning 29-moddasida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlgandagina litsenziya berishni rad qilishi mumkin.
إظهار الكل...
Vazir xususiy universitetlarga litsenziya berish to‘xtatilganini ma’lum qildi

Xususiy universitetlarga litsenziya berish to‘xtatilgan. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov buni sifatsiz kadrlar va ishsiz oliy ma’lumotlilar ko‘payib ketishi oldini olish uchun deb izohlagan.

😱 3👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
"Maʼrifat" gazetasining ertaga chiqadigan soni muvoqasida men yaqinda koʻtargan masala - ixtisoslashtirilgan maktablar kirish imtihonida 1-smena test topshiriqlari 2-smenada ham takrorlangani ham koʻtarilibdi. Agentlik vakillari kanaldagi post tagida bunday holat boʻlmaganligi haqida izoh yozish bilan cheklanishdi, lekin rasmiy izoh ham berishmadi, test topshiriqlari qaytarilmaganligiga ishonch hosil qilish imkonini beradigan tahlillar (yoki boshqa dalillar) ham taqdim qilishmadi.
إظهار الكل...
🔥 3👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Negadir, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi oxirgi oʻzgarishlar eʼlon qilinganda maqsad oʻzi shu boʻlsa kerak, degan fikr oʻtgan edi xayolimdan.
إظهار الكل...
Darvoqe. Mana bu xabarga koʻra, 2024-yil 6-iyul kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova va vazir oʻrinbosarlari bir qancha jurnalist va blogerlar bilan muloqot qilishgan ekan. Qiziq, qaysi nashlardan jurnalistlar va qaysi blogerlar bo'lgan, qanday masalalarni ko'tarishgan? Bunday muloqot bo'lishi haqida oldindan xabar berilganmi, muloqot istalgan jurnalist / bloger uchun ochiq bo'lganmi? Yoki "noqulay" savollar bermaydiganlarni yig'ish ma'qulroq ko'rilganmi? Masalan, mening ta'lim sohasi mutaxassisi sifatida ham, ta'lim masalalarini tahlil qiladigan kolumnist / bloger sifatida ham, farzandlari davlat maktabiga va davlat bog'chasiga boradigan ota sifatida ham vazirga savollarim bor edi ...
إظهار الكل...
Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Xorijiy til o‘qituvchilariga qo‘yilgan B2 sertifikati talabi bu yil ham bekor qilinishi mumkin Bu haqda kecha Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligida Hilola Umarova va vazir o‘rinbosarlari ishtirokida bir qancha bloger va jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda aytib o'tilgan. Batafsil —

https://xalqtaliminfo.uz/post/736

Telegram I Facebook I YouTube

👍 7
Tizimsizlik - bizning shiorimizdir? Qandaydir bahsli talablar joriy etib, "doʻppi tor kelganda" ularni bekor qilish emas, talablarni joriy qilishdan oldin ularning ehtimoliy taʼsirlarini tahlil qilish lozim. Shunda har xil qarorlar qabul qilib, keyin ularni bekor qilib, keyin yana qabul qilib bekor qilish va kulgiga qolishga hojat qolmaydi.
إظهار الكل...
Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Xorijiy til o‘qituvchilariga qo‘yilgan B2 sertifikati talabi bu yil ham bekor qilinishi mumkin Bu haqda kecha Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligida Hilola Umarova va vazir o‘rinbosarlari ishtirokida bir qancha bloger va jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda aytib o'tilgan. Batafsil —

https://xalqtaliminfo.uz/post/736

Telegram I Facebook I YouTube

👍 5😱 2
Kanal kuzatuvchilaridan kelgan xabar: Assalomu alaykum, bugun ixtisoslashtirilgan maktablar uchun kirish imtihonlarida 1- smenaga kirgan o'quvchilarning savollari tarqalib ketib, keyingi smenadagilar ularni ustozi bilan ishlab, javoblarini yodlab kirishdi. Agentlik tizimida shunaqa xatolar gapirilsa ham har yili bo'laveradimi? Qani bu yerda jajji bolajonlarimiz uchun adolat? Yana eng qiziq tomoni 2- smenada kirgan o'quvchilar o'sha yod olgan savollar va ularning javoblari o'zlariga qaytib tushganini aytmoqda. Smena qilar ekan shuni ehtiyotini qilib bir xil kuchdagi har xil savollar tuzmaydimi? Birinchi smenaga kirgan boladan ko'ra keyingi smenada kirgan bolaning kirish ehtimoli yuqori bo'ladiku bunaqada! Xabar muallifi bilan bog'langanimda farzandi Qarshida imtihon topshirganini aytdi, lekin bunday holat (1-smena test topshiriqlarining 2-smenada aynan takrorlangani) nafaqat Qarshida, balki butun respublikada kuzatilganini iddao qildi. Test topshiriqlarining test topshiruvchilarining ma'lum bir guruhiga oldindan ma'lum bo'lishi testning validligini yo'qqa chiqaradi. Agar shunday holat haqiqatda kuzatilgan bo'lsa, bu test natijalari asosida qaror qabul qilish aslo mumkin emas. Qizig'i, o'tgan yili Prezident maktablariga kirish imtihonida shunga o'xshash holat kuzatilgan edi. Nahotki xatolardan tegishli xulosalar chiqarilmagan bo'lsa?
إظهار الكل...
👍 15🤯 1
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar (masalan, 1, 2, 3) rasmiy tasdigʻini topdi: maktabgacha taʼlim agentligi tugatildi. Bir oz oldin Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bevosita Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boʻysunuviga oʻtkazilgan edi. Xullas, "maʼmuriy islohotlar" davom etmoqda. Oʻzi aslida oldin maktabgacha taʼlim tizimi uchun ham Xalq taʼlimi vazirligi javob berardi. Keyin alohida vazirlik qilindi, keyin agentlik sifatida yangi vazirlik tarkibiga kirdi. Bunday "islohotlar"dan qanday maqsad koʻzlangan, bilmadim, lekin vazir Hilola Umarova tizimdagi tashkilotlarni shaxmat donalariday u yoqdan bu yoqqa surish va nomini oʻzgartirishdan koʻra taʼlim mazmuni va sifati sifati bilan shugʻullansa foydaliroq boʻlardi, degan fikr bor. Masalan, haligacha umumiy oʻrta taʼlimning yagona dasturi yoʻq va turli sinflar turli yillarda yaratilgan, bir-biriga mos tushmaydigam dasturlar bilan tahsil olmoqda. Kelayotgan oʻquv yilida 5-6 sinflar uchun Singapurning matematika va tabiiy fanlar darsliklari joriy qilinishi bu muammoni yanada kuchaytiradi.
إظهار الكل...
👍 9
Ikkita bir birini inkor qiluvchi xabar berilganda ulardan kamida bittasi yolgʻon boʻladi. Yolgʻon normaga asoslangan tizimda ham, issiq suv quvurlari "energodiskoteka" tufayli yoriladigan tizimda ham AES qurib boʻladimi? Ritorik savol.
إظهار الكل...
Gazeta.uz - Ўзбекистон янгиликлари

Тошкентнинг Юнусобод туманида сув қувуридаги носозлик ортидан сув босди. ФВВга кўра, 13 та кўп қаватли уй ертўласи ва ички йўлларга сув кирган. «Сувтаъминот» ҳолат қозонхонада электр узилгани учун юз берганини айтганди, Энергетика вазирлиги буни рад этиб, узилиш бўлмаганини таъкидлади. Фото, видео.

https://www.gazeta.uz/uz/2024/07/03/water/

Telegram | Instagram | YouTube

👍 6🔥 1
Back to the USSR? "Все новое - это хорошо забытое старое". "Har qanday yangilik - unutilgan eskilikdir".
إظهار الكل...
🤯 25😢 6👎 4👍 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.