cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Xo‘jaobod tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markaz

Yuridik xizmat ko‘rsatish markaz

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
238
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-17 أيام
-1730 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyati tashkil etiladi
“Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-229-son, 21.06.2024 y.) qabul qilindi ✅ Qarorga ko'ra, Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga (Akademiya) quyidagi qo'shimcha vazifalar yuklatildi, jumladan: ➖raqamli kriminalistika sohasida innovatsion tadqiqotlar olib borish, katta hajmdagi ma'lumotlar (“Big Data”), sun'iy intellekt va boshqa ilg'or texnologiyalarni tahlil qilib, amaliyotga joriy etish; ➖huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyatlarning raqamli izlarini aniqlash, olib qo'yish, saqlash va tadqiq qilish bo'yicha tezkor-qidiruv tadbirlari, tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlarini o'tkazishda raqamli kriminalistika jihatidan amaliy yordam berish; ➖raqamli ekspertizaning zamonaviy texnologiyalari va vositalarini joriy etish. 🏢 Akademiyaning Raqamli kriminalistika ilmiy-uslubiy markazi negizida Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti (Institut) tashkil etiladi. ✔️2024-yil 1-avgustdan Institutga raqamli kriminalistika bo'yicha sud ekspertizalari va tadqiqotlarni o'tkazish huquqi beriladi. 🗄 Institut sud-ekspertlik faoliyati qamrovini kengaytirish maqsadida 2024-yil yakunigacha katta hajmdagi ma'lumotlar (“Big Data”) ekspertizasi o'tkazilishini yo'lga qo'yadi. 🗂“Raqamli dalillar yagona reyestri” idoralararo avtomatlashtirilgan tizimining sinov versiyasi 2025-yil 1-martgacha, 2025-yil 1-avgustgacha to'liq versiyasi joriy etiladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#2024_yil_1_iyuldan 🔰 Qonunchilikka ko'ra, aholi va tadbirkorlik subyektlarining intellektual mulk sohasidagi huquqlarini himoya qilish maqsadida: 🔹elektron hisoblash mashinalari uchun dastur va ma'lumotlar bazalarini ro'yxatdan o'tkazishga doir talabnomalarni davlat xizmatlari markazlari va YAIDXP (my.gov.uz) orqali topshirish imkoniyati yaratiladi; 🔹intellektual mulk obyekti ro'yxatdan o'tkazilganligini tasdiqlovchi QR-kod bilan muhofazalangan elektron hujjat berish tartibi joriy etiladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi 🔰 Shaxsga doir ma'lumotlar – muayyan shaxsga taalluqli bo'lgan yoki uni identifikasiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog'ozda yoki boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot. 📁 Shunga ko'ra, shaxsga doir ma'lumotlar qatoriga shaxsning ism-familiyasi, pasporti (ID) va boshqa shaxsiy hujjatlaridagi qaydlar, tug'ilgan sanasi va joyi, e-mail manzili, telefon raqami, yashash, o'qish va ishlash joylari, oilaviy, ijtimoiy va mulkiy holati, qaerda ta'lim olgani, qaysi kasb egasi ekanligi, daromadi qanchaligi, fiziologik va biologik xususiyatlari kabi ma'lumotlar kiradi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
إظهار الكل...
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlari oshiriladi
“Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-228-son, 21.06.2024 y.) qabul qilindi 🔰Qarorga ko'ra, 2025 yil 1 yanvardan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi (Virtual akademiya) joriy etiladi. ✅ Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimining ustuvor yo'nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan: 🔹aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish; 🔹korrupsiyaga qarshi kurashishga mas'ul hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo'lgan davlat xizmati lavozimlaridagi xodimlarning bilim, ko'nikma va malakalarini doimiy ravishda oshirib borish; 🔹davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini baholash va sertifikatlash hamda sertifikat olgan davlat xizmatchilarining reyestrini yuritish; 🔹korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi milliy va xorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalar, erishilgan yutuqlar bo'yicha elektron ma'lumotlar bazasini yuritish; 🔹korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini, shu jumladan, milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
إظهار الكل...
🔰Xo’jaobod tuman adliya bo'limi tomonidan haftaning har chorshanba kuni "Huquqiy targʻibot kuni" loyihasini amalga oshirish maqsadida tuzilma rahbarlarining sayyor qabul o‘tkazish to‘g‘risidagi reja-grafigi asosida mahallalarda sayyor qabullar o'tkazilmoqda. ✅ Jumladan, mahalla yettiligi bilan hamkorlikda tasdiqlangan reja-grafikka asosan tumanda joylashgan Karnaychi mahallasida "Huquqiy targʻibot kuni" loyihasi doirasida sayyor qabul o'tkazildi. ✅Sayyor qabulda 23 nafar fuqarolarning muammolari tinglanib, 18 nafar fuqarolarga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 5 nafar fuqarolarga tumanda joylashgan davlat xizmatlari markazlari orqali elektron raqamli imzo, manzil ma'lumotlari, sanatoriyalarga navbatga qo'yish kabi xizmatlar ko'rsatilishi ta'minlandi. 🏛 Xo’jaobod tuman adliya bo'limi.
إظهار الكل...
🔰 Xo'jaobod tumani adliya bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respubliksi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoni hamda Adliya vazirligining 2024-yil 28-maydagi 170-UM-son buyrug‘i ijrosi yuzasidan tumanning "Navoiy" mahallasida aholining huquqiy muammolari o‘rganildi. 🔹Jumladan, uyma-uy yurgan holda MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolarning xonadoniga kirib, aholining kundalik hayotda uchraydigan muammolari o‘rganildi va huquqiy tushuntirishlar berilidi. 🔹Shuningdek, yoshlar, ayollar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi. 🏛 Xo'jaobod tumani adliya bo‘limi.
إظهار الكل...
00:51
Video unavailableShow in Telegram
127.mp42.53 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#Диққат #Тезкор БУГУН СОАТ 12:00 1-СИНФГА ОНЛАЙН-ҚАБУЛ ЭЛЕКТРОН ТИЗИМИ ИШГА ТУШИРИЛАДИ! Ҳурматли ота-оналар! 2024-2025-ўқув йилида фарзандингизни умумтаълим мактабининг 1-синфига жойлаштириш учун my.maktab.uz электрон платформаси орқали рўйхатдан ўтиб, ариза топширишингиз мумкин. Шуни эслатиб ўтиш жоизки, дастлаб жорий йилнинг 20-июн санасидан 31-июлига қадар фақат микроҳудуд доирасида аризалар қабул қилинади. Ота-оналарга юбориб ҳабардор қилинг! 👉 @ANDIJON_BUGUN
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi ✳️ Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini toʻliq toʻlagan holda ularni xarid qilgan va oʻrnatgan isteʼmolchilarga xarid xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi hisobidan kompensatsiya qilinadi: ▶️ Quyosh yoki shamol elektr stansiyasini oʻrnatganlik uchun kompensatsiyalar miqdori oʻrnatilgan quvvati: 🔹 0,5 kVtdan 1 kVtgacha boʻlganda BHMning 7 barobar (2 mln 380 ming soʻm); 🔹1 kVtdan 1,5 kVtgacha boʻlganda BHMning 10 barobar (3 mln 400 ming soʻm); 🔹1,5 kVtdan 2 kVtgacha boʻlganda BHMning 15 barobar (5 mln 100 ming soʻm); 🔹2 kVt va undan yuqori boʻlganda BHMning 20 barobar (6 mln 800 ming soʻm); 🔹5 kVt va undan yuqori boʻlganda BHMning 50 barobar (17 mln soʻm, faqatgina yangi yerlar oʻzlashtirilganda va tik quduqlarda oʻrnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi isteʼmoli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali taʼminlanganda). Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
إظهار الكل...
O‘zbekiston Respubliksi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoni hamda Adliya vazirligining 28-maydagi 170-UM-son buyrug‘i ijrosi yuzasidan Xo'jaobod tumanidagi "Karnaychi" MFYsida aholining huquqiy muammolari o‘rganildi. 🔹 Tadbir davomida uyma-uy yurilgan holda fuqarolar kundalik hayotidagi huquqiy muammolarni hatlovdan o‘tkazish, bartaraf etish, “Mahalla yettiligi”ga yangi farmon hamda boshqa sohaga oid qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazish; 🔹 Yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida tushuntirishlar berishga qaratildi. 🏢 Xo'jaobod tumani adliya bo'limi
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.