cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

International Agriculture University

The 1st International Agriculture University in Uzbekistan and Central Asia🌍 📞 +998 99 981 09 19 📍Tashkent, Uzbekistan

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
759
المشتركون
+324 ساعات
+247 أيام
+3630 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

🔰Xalqaro qishloq xo'jaligi universiteti rektori Dr. Munira Aminova “Ipak yo‘li qishloq xo‘jaligi ta’limi va tadqiqot innovatsiyalari alyansi” 9-yillik konferensiyasida so'zga chiqdi. Rektor, "Qishloq xo’jaligi ta’limining kelajagi: iste’dodlar, ko’nikmalar va tendensiyalar" mavzusini o'z nutqida yoritdi. 🔰Konfrensiya doirasida, Xalqaro qishloq xo'jaligi univeristeti va New Rural Development Academy of Zhejiang University, Yangling Vocational and Technical College va Poznan University of Life Sciences o‘rtasida 3 ta hamkorlik memorandumlari imzolandi. 🔰Mazkur memorandumlar bugungi kundagi dolzarb mavzularda ilmiy tadqiqotlar olib borish, talabalar almashinuvi, o'quv resurslarini rivojlantirish bo'yicha birgalikdagi ishlarni olib borish, Xalqaro konferensiyalar, seminarlar va akademik uchrashuvlarda ishtirok etish, ilmiy tadqiqotlarni har ikki tomonning davriy nashrlarida chop etish, tomonlar kutubxonalari o'rtasida ilmiy adabiyotlar almashinuvi mavzularini qamrab oladi.
إظهار الكل...
👍 6👏 3🔥 2 1
🔰Bugun, 11-iyul kuni, Xalqaro qishloq xo’jaligi universiteti hamda Poznan hayot fanlari universiteti rektori Dr. Krzysztof Szoszkiewicz o’rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalqaro qishloq xo’jaligi universiteti rektori Dr. Munira Aminova, Tashqi a’loqalar prorektori Dr. Slawomir Vroblevski hamda O’quv ishlar bo’yicha prorektor Bekhzod Egamberdiyev ishtirok etdi. 🔰Muloqot chog‘ida birgalikda ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Shundan so‘ng ikki tomonlama hamkorlikni o‘z ichiga olgan hamkorlik memorandumi imzolandi. 🔰Mazkur memorandum bugungi kundagi dolzarb mavzularda ilmiy tadqiqotlar olib borish, talabalar almashinuvi, o'quv resurslarini rivojlantirish bo'yicha birgalikdagi ishlarni olib borish, Xalqaro konferensiyalar, seminarlar va akademik uchrashuvlarda ishtirok etish, ilmiy tadqiqotlarni har ikki tomonning davriy nashrlarida chop etish, tomonlar kutubxonalari o'rtasida ilmiy adabiyotlar almashinuvi mavzularini qamrab oladi.
إظهار الكل...
👍 1 1🔥 1
00:26
Video unavailableShow in Telegram
🔰Joriy yilning, 9-10-iyul kunlari, Xalqaro qishloq xo'jaligi universiteti xodimlari, Toshkent davlat agrar universitetida "Ipak yo‘li qishloq xo‘jaligi ta’lim va ilmiy-tadqiqot innovatsion Alyansi"ning 9-yillik anjumanida faol qatnashdi. 🔰Unda 13 ta xorijiy davlatdan tashrif buyurgan 51 nafar oliy ta’lim muassasalari rahbarlari o’zaro fikr almashib, "Ipak yo‘li qishloq xo‘jaligi ta’lim va ilmiy-tadqiqot innovatsion Alyansi"ning keyingi yildagi anjumani rejalarini muhokama qilishdi. 🤝Samimiy ruhda kechgan uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar. Vebsayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
إظهار الكل...
IMG_8308.MOV2.14 MB
🔥 5👏 2👍 1 1🥰 1
🔰Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti o‘zining xorijiy hamkorlar tarmog‘ini kengaytirishni davom etmoqda. 🔰2024-yilning 8-iyul kuni IAU rektori Dr. Munira Aminova, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Dr. Slavomir Vroblevskiy va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Dr. Behzod Egamberdiyev, Liao tijorat tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘limidan Zhou Weiyan va Jia Sujie bilan uchrashdi. Assotsiatsiya, Xitoy va Markaziy Osiyo o'rtasidagi savdo va madaniy almashinuvni qo'llab-quvvatlovchi nufuzli tashkilot. 🔰Ular talabalar bilimini oshirish va xodimlar almashinuvini osonlashtirishga qaratilgan hamkorlikni muhokama qilishdi. Vebsayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
إظهار الكل...
6👍 2🔥 2👏 1🕊 1
Repost from Xushnudbek.uz
Photo unavailableShow in Telegram
📣 Hurmatli Abituriyentlar! Prezident qarori asosida Buyuk Britaniyaning Qirollik qishloq xo'jaligi universiteti bilan hamkorlikda tashkil qilingan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida grantlar asosida qabul davom etmoqda! Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ingliz, o‘zbek va rus tillarida kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida tahsil oling: ▪️Agroiqtisodiyot; ▪️Aqlli va barqaror qishloq xo‘jaligi; ▪️Oziq-ovqat xavfsizligi boshqaruvi; ▪️Agrologistika. 🇬🇧 Universitet bitiruvchilari Buyuk Britaniya diplomini qo‘lga kiritish bilan birga chet elda o‘qish va malaka oshirish imkoniyatiga ham ega bo’ladi. Hujjatlaringizni https://admission.iau.uz/auth/check-user platformasi orqali onlayn topshirishingiz mumkin. Batafsil ma’lumot uchun: 99 981 09 19 95 780 00 28 90 810 03 92 🌏 www.iau.uz Telegram | Instagram | Facebook | Ta'lim reklamasi
إظهار الكل...
🔥 4👍 3👏 2🕊 2 1
🔰3-iyul, 2024-yil kuni Germaniyaning Berlin shahrida Leybnits uyushmasida, Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi sharoitida sug'oriladigan dehqonchilikning barqarorligiga bag'ishlangan xalqaro seminar bo'lib o'tdi. 🔰Ushbu muhim tadbirda, Xalqaro qishloq xo'jaligi universiteti ilmiy ishlar bo'yicha dekan Abdulla Primov ishtirok etdi. U "The Role of Praxis Partners in the SusWEF Research Project" mavzusida taqdimot o'tkazdi va mintaqada barqaror qishloq xo'jaligi amaliyotini rivojlantirish uchun zarur bo'lgan muhim hissa va hamkorlikdagi sa'y-harakatlarni ta'kidladi. 🔰Bu kabi konferentsiyalarda qatnashish nafaqat xalqaro tajribalardan saboq olishimizga, balki ushbu tushunchalarni o'quv dasturimizga qo'shishga, talabalarimiz uchun ta'lim tajribasini boyitishga va ularni qishloq xo'jaligidagi global muammolarni hal qilishga tayyorlashga imkon beradi.
إظهار الكل...
👍 12 4👏 4🤩 2🕊 1
00:56
Video unavailableShow in Telegram
📣 Hurmatli Abituriyentlar! Siz, qishloq xo`jaligi sohasida o`z bilim va ko`nikmalaringizni rivojlantirish niyatida bo`lsangiz, Xalqaro qishloq xo`jaligi universiteti zamonaviy va mukammal darajadagi ta`lim olish imkoniyatini beradi. 📑 Ta`lim dasturi Ingliz tilidan tashqari, O’zbek va Rus tillarida ham, quyidagi kunduzgi va sirtqi ta`lim yo'nalishlarida olib boriladi: ▪️Agroiqtisodiyot ▪️Aqlli va barqaror qishloq xo’jaligi ▪️Oziq-ovqat xavfsizligi boshqaruvi ▪️Agrologistika Hujjatlaringizni ushbu online platforma orqali topshirishga shoshiling! Sizni yangi oq’uv yilida kutib qolamiz! ☎️ Qo'shimcha ma'lumotlar uchun quyidagi raqamga murojaat qiling! +998 99 981 09 19 Vebsayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
إظهار الكل...
IMG_2897.MOV43.55 MB
👍 6 3👏 2🤩 2🕊 1
00:10
Video unavailableShow in Telegram
🔰Bugun 30-iyun “Yoshlar kuni”. 🔰Xalqaro qishloq xo’jaligi universiteti, shu kun munosabati bilan yurtimizning barcha faol va iqtidorli yoshlarini tabriklaydi! Ularning barcha ezgu ishlarida zafar va omad yor bo‘lishida tilakdoshmiz! 🔰Bayramingiz muborak bo‘lsin, qadrli yoshlar! #30iyun #yoshlarkuni
إظهار الكل...
IMG_2893.MP46.72 MB
11🎉 5👍 3🔥 2👏 2🕊 1
🔰24-26-iyun kunlari Janubiy Koreyada “UN PUBLIC SERVICE FORUM 2024” forumi tashkil etilgan tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi bilan birgalikda Xalqaro qishloq xo'jaligi universiteti rektori Dr. Munira Aminova, Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Adliya vazirligi vakillari ishtirok etdi.  🔰Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov sun’iy intellektning afzalliklari haqida gapirib, u insonlarning yashash tarzini osonlashtirishga katta yordam berishini, boshqaruv, biznes jarayonlarida, shuningdek, yoshlarga muhim qulayliklar va imkoniyatlar taqdim etishini ta’kidladi. 🔰Tadbirning eng muhim voqeasi ushbu xalqaro tadbir 2025-yilda Samarqand shahrida o‘tkaziladi. Buni UNDESA rahbari-BMTning Bosh kotibi o‘rinbosari Li Szyanxua e’lon qildi.
S
ource: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari
إظهار الكل...
👍 13 5🤩 2🕊 2👏 1😁 1
Xalqaro qishloq xo'jaligi universiteti, ilmiy tadqiqotlar Dekani, Dr. Abdulla Primov hozirda "O'zgarishlar davrida yerning vazifalari: ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy istiqbollar" mavzusidagi "IAMO-2024" forumida qatnashmoqda. Global miqyosdagi jadal o'zgarishlar sharoitida yer uchun raqobat kuchayar ekan, bu tadbir yerning atrof-muhit, jamiyat va iqtisodiyotimizdagi ko'p qirrali ro'llarini o'rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Dr. Primov quyidagi asosiy mavzular bo'yicha munozaralarda qatnashmoqda: 🌍Ekologik barqarorlikni ta'minlash 🤝 Ijtimoiy tenglik 🌾Oziq-ovqat xavfsizligi 💰Iqtisodiy farovonlik Forum ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy yer funktsiyalari, yerdan foydalanish va atrof-muhit bosimi, yerga egalik va mulk huquqi, yer bozori dinamikasi va qoidalari, nizolarning qishloq xo'jaligiga ta'siri va yer etikasi kabi muhim mavzularni qamrab oladi. Vebsayt | Telegram | Instagram Facebook | Youtube
إظهار الكل...
👍 13🔥 2 1👏 1🕊 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.