Uzpharmcontrol
SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali Telefon: (+99871) 203-01-01 Veb-sayt: www.uzpharm-control.uz Aloqa bot: @uzpharmcontrol_bot
إظهار المزيد📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام Uzpharmcontrol
تُعد قناة Uzpharmcontrol (@uzpharmcontrol) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 12 899 مشتركاً، محتلاً المرتبة 2 008 في فئة الطب والمرتبة 6 286 في منطقة Uzbekistan.
📊 مؤشرات الجمهور والحراك
منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 12 899 مشتركاً.
بحسب آخر البيانات بتاريخ 26 يوليو, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار -113، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -5، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.
- حالة التحقق: غير موثّقة
- معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 31.95%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 22.30% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
- وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 4 123 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 2 878 مشاهدة.
- التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 8.
📝 الوصف وسياسة المحتوى
يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
“SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali
Telefon: (+99871) 203-01-01
Veb-sayt: www.uzpharm-control.uz
Aloqa bot: @uzpharmcontrol_bot”
بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 27 يوليو, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة الطب.
جاري تحميل البيانات...
| التاريخ | نمو المشتركين | الإشارات | القنوات | |
| 27 يوليو | 0 | |||
| 26 يوليو | 0 | |||
| 25 يوليو | +2 | |||
| 24 يوليو | +2 | |||
| 23 يوليو | +3 | |||
| 22 يوليو | +5 | |||
| 21 يوليو | 0 | |||
| 20 يوليو | +4 | |||
| 19 يوليو | +1 | |||
| 18 يوليو | 0 | |||
| 17 يوليو | +2 | |||
| 16 يوليو | +2 | |||
| 15 يوليو | +6 | |||
| 14 يوليو | +8 | |||
| 13 يوليو | +1 | |||
| 12 يوليو | 0 | |||
| 11 يوليو | +3 | |||
| 10 يوليو | +4 | |||
| 09 يوليو | +8 | |||
| 08 يوليو | +4 | |||
| 07 يوليو | +2 | |||
| 06 يوليو | +5 | |||
| 05 يوليو | 0 | |||
| 04 يوليو | +1 | |||
| 03 يوليو | +6 | |||
| 02 يوليو | +14 | |||
| 01 يوليو | +4 |
Tadbir davomida dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan yangi tartibini amaliyotga tatbiq etish masalalari, ushbu jarayonda yuzaga kelayotgan muammolar hamda tadbirkorlik subyektlarini qiziqtirayotgan savollar muhokama qilinadi. Shuningdek, ishtirokchilarning murojaat va takliflari yuzasidan Markaz mutaxassislari tomonidan batafsil tushuntirishlar beriladi.Barcha mahalliy va xorijiy dori vositalari ishlab chiqaruvchilarini ochiq muloqotda faol ishtirok etishga taklif etamiz. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
| 2 | 🟦🟦🟦
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi delegatsiyasi AFDA Sifat nazorati laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi delegatsiyasi Afghanistan Food and Drug Authority (AFDA) huzuridagi Sifat nazorati laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi. Uchrashuvda laboratoriya salohiyati, dori vositalari sifatini nazorat qilish tizimi hamda ikki tomonlama ekspertlik hamkorligini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinib, amaliy hamkorlik bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqishga kelishib olindi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 2 501 |
| 3 | 🟦🟦🟦🟦🟦
O‘tgan haftada "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi faoliyatida ro‘y bergan muhim voqealar:
😎O‘zbekiston va Afg‘oniston farmasevtika sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadigan “Yo‘l xaritasi” imzolandi
😎 Samarqandda narkojinoyatchilikka qarshi kurash ishlari tanqidiy muhokama qilindi
😎 Dori vositalarining xavfsizligi va sifatini nazorat qilish tartibi qanday amalga oshiriladi?
😎 Mahalliy farmatsevtika korxonalari vakillari bilan onlayn muloqot o‘tkazildi
😎 “Tibtexnika” MCHJda raqamli markirovkalash tizimini joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar o’rganildi
😎 O‘zbekistonda davlat sertifikatlashtirish organi tomonidan O‘zMSt ISO 13485:2025 bo‘yicha ilk sertifikat topshirildi
😎 Toshkentda 5-yubiley xalqaro farmatsevtika kongressi bo‘lib o‘tadi
😎Dorixonalarga litsenziya berish va GPP sertifikatini olish tartibi qanday?
😎 Markaz va AFDA o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
😎 “Tibbiyot fidoyisi” respublika tanlovi o‘tkaziladi
😎 Farmatsevtika mahsulotlarini import qiluvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
😎 Farg‘ona viloyatida farmakonazorat yo‘nalishida o‘quv-seminar va amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi
😎 Litsenziyasi tugatilgan dorixonada noqonuniy faoliyat yuritgan shaxslar fosh etildi
😎 Farmakonazorat yo‘nalishida Andijon viloyatida navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazildi
😎 Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 2 319 |
| 4 | 🟦🟦🟦
Farmakonazorat yo‘nalishida Andijon viloyatida navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazildi
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassislari ishtirokida Andijon viloyatida farmakonazorat yo‘nalishiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Tadbir davomida nojo‘ya reaksiyalar haqida tezkor va ishonchli axborot taqdim etish, shuningdek, "Farmakonazorat" milliy axborot tizimining amaliy imkoniyatlaridan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 3 137 |
| 5 | ⭕️⭕️⭕️
Litsenziyasi tugatilgan dorixonada noqonuniy faoliyat yuritgan shaxslar fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda "H.B." xususiy korxonasi rahbari M.U. dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana realizatsiya qilish faoliyati uchun berilgan lisenziyasi sud qarori bilan bekor qilingan bo‘lsa-da, 2,4 mlrd so‘mlik dori vositalarini realizatsiya qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 3 336 |
| 6 | 4 savolga 4 javob:
Muhim maʼlumotlar eslatmasi
👍 Dori vositalarini xavfsiz qo‘llashda nimalarga e’tibor berish kerak? - Javob
👍 Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ham raqamli markirovkalanadimi? - Javob
👍 Dori vositalari kontrabandasi: Iste’molchi dori vositasining qalbaki emasligini qanday ajratadi? - Javob
👍 Dori vositalarini sifatini nazorat qilishda postmarketing nazorati qanday ahamiyatga ega? - Javob
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 3 683 |
| 7 | #XalqPrezidenti
🇺🇿 Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezidentimiz!
✅ Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavalludining 69 yilligi nishonlanmoqda.
Yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va davlatimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, qat’iyat va fidoyilik bilan olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuksak e’tirofga sazovordir.
Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi ezgu maqsadlar doimo ulkan muvaffaqiyatlar bilan davom etsin. El-yurt ishonchi, xalqimizning mehr-muhabbati va duolari Sizga hamisha kuch-quvvat bag‘ishlasin.
Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, cheksiz shijoat va davlatimiz ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
Telegram| Facebook| Instagram| Youtube | 3 235 |
| 8 | 🟦🟦🟦
Farg‘ona viloyatida farmakonazorat yo‘nalishida o‘quv-seminar va amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassislari tomonidan Farg‘ona viloyatida “Farmakonazorat” milliy axborot tizimidan foydalanish, dori vositalarini nojo‘ya reaksiyalarini qayd etish va farmakologik nazorat faoliyatini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar hamda amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga tizim bilan ishlashning amaliy jihatlari, nojo‘ya reaksiyalar to‘g‘risidagi xabarlarni to'gri rasmiylashtirish va dori vositalari xavfsizligi monitoringini kuchaytirishga oid muhim tavsiyalar berildi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 3 359 |
| 9 | 🟦🟦🟦🟦
Farmatsevtika mahsulotlarini import qiluvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
20-avgust – Tadbirkorlar kuni arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Unda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi hamda "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi rahbariyati, soha mutasaddilari va dori vositalari import qiluvchi tadbirkorlar ishtirok etdi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 3 202 |
| 10 | 🟦🟦🟦
“Tibbiyot fidoyisi” respublika tanlovi o‘tkaziladi
Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan tizim xodimlari o‘rtasida “Tibbiyot fidoyisi” respublika tanlovini tashkil etish va o‘tkazishga doir chora-tadbirlar belgilandi. Tanlov respublika va hududiy darajadagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi.
👉 Batafsil ma'lumot
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 3 778 |
| 11 | 🟦🟦🟦
Dori vositalarini olishda ortiqcha qog‘ozbozlik va vaqt yo‘qotishdan charchadingizmi?
Elektron retsept — bu zamonaviy, tezkor va qulay yechim. Tibbiyot muassasasiga murojaat qilishdan boshlab, dori vositasini qo‘lga kiritguningizga qadar bo‘lgan barcha jarayonlar endi raqamli tizim nazoratida.
Elektron retsept qanday rasmiylashtirilishi va undan foydalanish tartibi haqida ushbu videoda batafsil ma'lumot beramiz.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 4 088 |
| 12 | 🟦🟦🟦
Markaz va AFDA o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida Afg‘oniston Oziq-ovqat va dori vositalari boshqarmasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Markaz direktori Alisher Temirov hamda AFDA raisi Zahid Hamdullah boshchiligidagi soha mutaxassislari o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 3 238 |
| 13 | 🟦🟦🟦
Dorixonalarga litsenziya berish va GPP sertifikatini olish tartibi qanday?
O‘zbekiston 24 telekanali "Tushlikdagi gurung" ko‘rsatuvida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassisi Dilnoza Kamalova dorixonalarda dori vositalarini chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya olish va GPP milliу sertifikatiga ega bo‘lish talablari haqida ma’lumot berdi.
👉 To'liq ko'rsatuv
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 3 156 |
| 14 | 🟦🟦🟦
Toshkentda 5-yubiley xalqaro farmatsevtika kongressi bo‘lib o‘tadi
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi ko‘magida "Pharma Uzbekistan & Central Asia: Farmatsevtika zavodlarini qurish va modernizatsiya qilish" nomli 5-yubiley xalqaro kongress bo‘lib o‘tadi.
Tadbir doirasida O‘zbekistonda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish istiqbollari, investitsiya loyihalari, farmatsevtika klasterlarini kengaytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hamda GMP xalqaro standartlarini joriy etish masalalari muhokama qilinadi.
Kongressda Markaziy Osiyoning yetakchi farmatsevtika kompaniyalari rahbarlari, investorlar, loyiha tashabbuskorlari, zamonaviy texnologiyalar yetkazib beruvchilari va xalqaro ekspertlar ishtirok etadi. Mazkur xalqaro anjuman ilg‘or tajribalarni almashish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda farmatsevtika sohasida investitsion imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qiladi.
📊 Sana: 2026-yil 23-sentabr
📊 Manzil: Biopharmacity klasteri (location)
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 3 855 |
| 15 | 🟦🟦🟦
O‘zbekistonda davlat sertifikatlashtirish organi tomonidan O‘zMSt ISO 13485:2025 bo‘yicha ilk sertifikat topshirildi
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish organi tomonidan “NEST-MED-TECH” MCHJga O‘zMSt ISO 13485:2025 (ISO 13485:2016, IDT) milliy standarti talablariga muvofiqlik sertifikati topshirildi.
Bu nafaqat mazkur korxona, balki tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchilar uchun davlat organi tomonidan berilgan ilk sertifikat bo‘lib, mamlakatimizda xalqaro standartlarga mos sifat menejmenti tizimlarini joriy etish yo‘lidagi muhim bosqichni boshlab berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 3 832 |
| 16 | 🟦🟦🟦
“Tibtexnika” MCHJda raqamli markirovkalash tizimini joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar o’rganildi
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassislari tomonidan “Tibtexnika” MCHJda dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish bo‘yicha amaliy o‘rganish o‘tkazildi. Tashrif davomida korxonaning markirovkalash tizimiga tayyorgarligi baholanib, “Asl belgisi” milliy axborot tizimidan foydalanish hamda markirovkalash jarayonlarini tashkil etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 3 272 |
| 17 | 🟦🟦🟦🟦
Mahalliy farmatsevtika korxonalari vakillari bilan onlayn muloqot o‘tkazildi
Bugun Zoom platformasi orqali mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari ishtirokida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi hamda Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining mas’ul mutaxassislari ishtirok etdi.
Muloqot davomida “NIKA PHARM” MCHJ tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomalarining amal qilish muddatini uzaytirish uchun taqdim etilgan 6 nomdagi dori vositalari hamda “PHARMACOM MEDICINE” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan 18 nomdagi dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomalarining amal qilish muddatini uzaytirishga oid taqdim etilgan hujjatlar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida mas’ul mutaxassislar tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berib, mahalliy ishlab chiqarilgan dori vositalarini ekspertizadan o‘tkazish jarayonida aniqlanayotgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan amaliy tavsiya va tushuntirishlar berdilar.
Ta’kidlanganidek, bunday muloqotlar mahalliy farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari bilan ochiq va samarali hamkorlikni yanada mustahkamlash, dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlarining shaffofligi va samaradorligini oshirish, shuningdek, hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayonlarini yanada soddalashtirishga xizmat qiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 3 216 |
| 18 | 🟦🟦🟦
Dori vositalarining xavfsizligi va sifatini nazorat qilish tartibi qanday amalga oshiriladi?
O‘zbekiston 24 telekanali "Tushlikdagi gurung" ko‘rsatuvida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassisi Xurshid Tursunov yurtimizga kirib kelayotgan hamda mahalliy ishlab chiqarilayotgan dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, laboratoriya sinovlari va bioekvivalentlik ko‘rsatkichlarini tekshirish tartibi haqida batafsil ma’lumot berdi.
👉 To'liq ko'rsatuv
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 3 714 |
| 19 | 🟦🟦🟦🟦
Samarqandda narkojinoyatchilikka qarshi kurash ishlari tanqidiy muhokama qilindi
Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi rahbari boshchiligidagi Respublika idoralararo muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatida olib borilgan o‘rganishlar yakuni bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
👉 Batafsil
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 3 582 |
| 20 | 🟦🟦🟦
O‘zbekiston va Afg‘oniston farmasevtika sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadigan “Yo‘l xaritasi” imzolandi
Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Afg‘oniston Oziq-ovqat va dori-darmon idorasi (AFDA) raisi Mavlaviy Hamdulla Zahid boshchiligidagi sog‘liqni saqlash sohasi mutasaddilari, farmatsevtika kompaniyalari, yetakchi importyorlar hamda ishbilarmon doiralar vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi. Tashrif dasturi doirasida "Tashkent Bio Pharma City" innovatsion klasterida O‘zbekiston va Afg‘oniston farmatsevtika sohasi vakillari ishtirokida biznes-forum tashkil etildi.
Tadbir yakunida Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi hamda Afg‘oniston Oziq-ovqat va dori-darmon idorasi (AFDA) o‘rtasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan Hamkorlik bo‘yicha qo‘shma “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | 3 426 |
