ar
Feedback
Gipsofila

Gipsofila

الذهاب إلى القناة على Telegram

Sen eshitganlaringni eng yaxshilarini yozib ol, yozib olganlaringni eng yaxshisini yod ol.

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالدين والقيم الروحية134 731
613
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-27 أيام
-1230 أيام
أرشيف المشاركات
Ehh xalqu-xaloyiq yozganimdan so'ng 110 ni bosish shart emas) Menga shunchaki xolis fikringiz kerak.

10$ lik kanalni yuritish katta xato💔

https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=48413946bba Sotib olmoqchi bo'lganlar mobodosiga nima maqsadda olmoqchi ekanligingizni bildirsangiz siz bilan kelishib ketamiz.

Ijtimoiy tarmoqda tarki dunyo qilmoqchiman-uu kanalimni o'chirishga ko'zim qiymayotir💔

Kanal sotiladigan bo'lsa qanchaga baholardingiz?
Anonymous voting

Yo'q deya olaman. Pul bu shunchaki vosita. Mablag' qalbda emas qo'ldagina saqlansa foydali deb bilaman. Yuqoridagi postga kel
Yo'q deya olaman. Pul bu shunchaki vosita. Mablag' qalbda emas qo'ldagina saqlansa foydali deb bilaman. Yuqoridagi postga keladigan bo'lsak ha shu qizlarni kontraktini to'lab beradigan darajada pulim bo'lishini istayman. Pul menga tilla yana falon brendli kiyimlar uchun kerak emas. Xullas gapirsam juda ko'p pul kerak Bizda haqiqatda ahvol yomon. Hali xususiy kutubxonalar, shifoxonalar, qizlar ta'lim olishi uchun alohida xususiy oliygohlar... barchasi mablag'ga taqaladi axir💔

https://t.me/choy_shaydosi/655 Har narsada o'zimizni ayblashga ustamizku, demak ayb bizda)

Har doim juda boy bo'lishni istayman. Har doim ta'lim sohasida ayniqsa ilm oluvchi qiz bola talabalar uchun fond ochish orzuyim bo'lgan. Nimaga bilasizmi? Chunki men bilaman jamiyatimizda qiz bola bo'lish qanchalik og'irligini... Oilaviy sharoitingni ko'rib turib, repititor uchun pul so'rash va ayrim holda qiz bola bo'lganing uchun rad etilish yoki qiz bolaga o'qish shart emas baribir birovning qo'pol qilib aytganda boqimandasi. Nega hozir ko'pchilik ayollar-qizlar ishlashni istashadi, o'z iqtisodiy erkinligini istashadi deb o'ylaysiz? Ularga ham zarilmi ishlab? Mazza qilib issiq uyda o'tirsa bo'ladi. Lekin afsuski ular qiz bola va jamiyat peshonasiga katta qilib "boqimanda" degan tamg'ani ilgan. Minnatli qarashlar ila yashash siz o'ylaganchalik oson emas. Birovga yuk bo'lib yashayotganingni his qilish oson emas. Shunday emasmi? Agar bir qizing va og'ling bo'lsa demak o'gil ko'proq ilm olishi kerakku? Chunki sen qiz bola bo'lib tug'ilgansan va xalq tilia aytganda "hamma narsaga ko'nib ketaverasan" Shariat yetarlicha adolatli qonunlar joriy qilgan. Faqatgina unga amal qiluvchi biz insonlar yetishmaydi. Men judayam boy bo'lishni va talabalar uchun fond ochishni istayman :( https://youtu.be/2495RHmJC0I?si=me5ra6EvYTrDfhRr

Yaxshi insonlar qanchalik ko'p-aa https://t.me/Alims_blog Vodiy tarafga ishim tushganda har doim yordam qo'lini cho'zib turuvchi kursdoshing bo'lishi bu baxt

Baribir jamiyatda nimadir noto'g'ri ishlayapdi. Aytganimdek qizlar yotoqxonasida yashayman va har xil qizlarni ko'raman, eshitaman, ular uchun siqiliman💔 Bu yil 3-yil yashashim va bundan oldin bu kabi voqealarga nimagadir e'tibor bermaskanman. Hozir razm solsam xuddi barcha muammolarni shu qizlarning nozik yelkasiga tashab shu yerga qamab qo'yishgandek. Birini eshitasan, o'zimdan 15 yosh katta insonga turmushga berishdi... Ertasi boshqasi dori ichib o'z joniga qasd qilmoqchi bo'ladi... Yana otamning tarsakilarini unuta olmayapman... O'zim tezroq ishlashim kerak, uydagilarga malolligim tushyapti... Men universitetni bitirganimdan keyin to'y qiliaharkan, chunki kontraktda o'qiyman... Charchab ketyapman... Nega... Shunchalik keraksizmanmi?... Nahotki faqat uy ishlarini qilsamgina sevimli bo'lsam... Uy ishlari uchun kerakman... Bu gaplarning oxiri yo'q faqat eslaganlarimni yozdim. Bu birgina insonning hayoti emas. Qandaydir g'alati emasmi bu? Erkaklar ayollarga rahbardirlar, demak qo'l ostidagilardan so'ralishlarini bilmaydilarmi? Shu kunlarda shu kabi gaplardan juda bezidim to'grisi, yana darsga sho'ng'iy desang kutubxonada ham shu ahvol? Qayerga boray?

Qorong'uda yurish qo'rqinchli emas, insonlar orasida yurish qo'rqinchli.

Do'stsiz yashash men o'ylagandan ko'ra qiyinroq ekan) Masalan bu paytda usiz bemalol kutubxonada o'tirib bo'lmaskan...(

Repost from N/a
Umid shunaqa eng go'zal eng xayrli vaqtda samarasini beradi. Hammasi xuddi tugagandek tuyilganda, yurishga imkonong qolmaydigan darajada charchaganingda, qalbing chil-chil sinib hech kimga ishonmay qo'yganingda, umuman yurishga yo'llar, taqillatishga eshiklar qolmaganda... Hammasi hammasi eng oxirgi nuqtaga kelganda shu ajiyb hisning samarasini ko'rasan) Muhimi taslim bo'lmaslik... Muhimi ishonch Muhimi ilinj Eng muhimi duo🥹🙂

Javoblar shu post izohida

Uyquyim qayerda bilmayman) Xay so'ylangiz bir nimalar? Faqat aytganimday anketa savol emas...

#eng_yaxshi_jumla. Shu ruknda o'qigan eng yaxshi jumlalardan o'rganganlarimni ulashmoqchiman. Alloh xayrli qilsin.

#eng_yaxshi_jumla. Agar quyidagi yozilganlarni hayotimga tadbiq qila bilsam, marra meniki) Inson hamisha izquvar bo'liahi kerak. Hayotda hech bir narsa bekorga emas! Agar sizga xursandchilik yetsa jayam havolanib ketmang, uning ortida Alloh sizga nima demoqchiligini izlang. Har qanday g'am, tashvish, musibat ortida nima bor? Biz nimani izlashimiz kerak? Robbim nima istayapdi? Shu savollar ila har doim yashay bilsam, aminmanki yuzimda hech ham mahzunlik ko'rmaysiz.

Bugun o'qiganim eng yaxshi jumla haqida biroz Dunyoga bog'lanib qolish biz o'ylagandan ko'ra kengroq tuahuncha. Dunyo faqat boylik, mansab, moddiyat emas turli munosabatlar va insonlar ham dunyoning bir qismidir. Yaratilganlar ham dunyoning bir qismi. Qachonki biz haddan tashqari ularga bog'lanib qolsak, fojea shunda boshlanadi. Ota-ona, farzand, rafiqa, turmush o'rtoq... bular barchasi bizga berilgan ne'mat va ular ham bu dunyoga oiddir. Ularni iloh darajasiga chiqarib olish faqatgina o'zimizni qiynaydi. Qiyinchilik o'zimizdangina keladi. Chunki bizning qo'rquvlarimiz dunyoga bog'langan. U qadarki, har bir lahzada ularni yo'qotishdan qo'rqamiz...

Repost from YAQIN
IKKI OʻT ORASIDA Anchadan beri o'ylab yurganim mavzu bor edi, hozir messengerimga bir opa savol jo'natgan ekanlar, post qilib qo'yay, yana kimgadir foydasi tegib qolar, dedim. Bizda qizlarga o'qishga topshirishga bir martagina imkon berish, o'qishdan yiqilishi bilan "berdi Xudo" deb, oyog'ini yerga tegizmasdan "g'izillatib" kuyovga uzatib yuborish odati bor. Shundanmi, bir yil davomida yaxshilab tayyorlangan qiz, mabodo nasib bo'lmasdan o'z yo'nalishidan o'qishdan yiqilib qolsa, illo shu yil o'qishga kirishing kerak deb, duch kelgan o'qishga kiritib "tinchiladigan" bo'lib qolgan. Faraz qilaylik: Qizingiz adabiyotchi, hali endi 17 yoshda. Xayolparast, nazm-u nasr - jon-u dili. She'r o'qib yig'laydi, o'zbek tilida ham juda puxta.O'qisa, haqiqiy mutaxassis bo'ladi. Nimadir bo'ldi-yu, imtihon kuni titul qog'ozini bo'yashda xato qildi. Imtihondan o'tolmadi? Nima qilasiz? O'qishga kirishga shu yildan boshqa yil yo'qdek endi uni ta'limni tijorat qilib olgan,mutaxassislari ham haminqadar, kecha ochilgan xususiy "universitet", "xalqaro allanima"ga fizika yo'nalishida bo'lsa ham o'qitasizmi? U keyin butun umr diffuziya hodisasi so'zi o'zbekchadagi Dilfuza ismiga o'xshaydi, deyarli paronim so'z deb, ilhomi kelganda bu mavzuda she'r yozib, na to'liq fizik bo'lolmay, na adabiyotdan ko'ngil uzolmay o'tadimi? Dahshat-ku, bu... O'qishdan yiqilganda uzuuuuuun ko'ringan bir yil, aslida, zalvorli umr oldida u qadar katta muddat emasligini bilganimizda edi... 17 yoshli qiz hali juda yosh, bemalol o'qishni bitirib, munosibi bilan turmush qilishga imkoni borligini tushunganimizda edi... Bilasizmi, Qur'oni karimda bir sohaning yaxshi vakili ikki sifat bilan sifatlanadi: "إني حفيظ عليم" "...(U, Yusuf dedi:) Albatta, men omonatdor va biluvchiman". Yusuf, 55 Ta'lim tijorat vositasi qilingan, mutaxassislar ham mutaxassis bo'lmagan yerda farzandingiz olim va omonatdor bo'lishiga ishonasizmi? Mayli, omonatdor bo'lar, inson o'zi xohlamagan narsada ming chiransin, ma'lumotlarni yodlab olar, ammo u sohada yasholmaydi, biluvchi bo'lolmaydi... Insonga kasbi, avvalo, zavq, qolaversa, moddiy ta'minot ham berishi kerak. Inson sevgan narsasidan charchamaydi, unda muvaffaqiyat qozona oladi. Agar u soha faqat yuragini siqsa-chi?.. Charchoq va biri ikki bo'lmaslik, xohishsizlik... Bilaman, hozir farzandingiz o'qishdan yiqilgan, qo'ni-qo'shni, qarindosh-urug', aynan shu natijani poylab kaft ishqab turgan sovchilar bor. Ammo qiz - Sizning qizingiz! Unga imkon bering, bir yil o'tadi-ketadi. 17 yoshida o'zi xohlamagan joyga kirib, 21 yoshida bitirgandan ko'ra, 18 yo 19 yoshida o'zini ko'ra olgan sohasi, o'zi u bo'lib tug'ilgan narsasi ortidan ketsin. O'qishni chiroyli bitirsin. Qo'rqmang, o'qigan qiz qolib ketmaydi. O'qigan qiz - o'rnini topadi. O'g'lingiz o'qishdan yiqilsa darrov uni uylab qo'ymaysiz-ku, qizga ham shu muomala qilinsa, qanday yaxshi! Hurmatli yoshlar! Nima bo'lsa ham o'zingiz sevgan sohada o'qing! Sevgan ishingizni qiling, qilayotgan ishingizni seving! Tanlagan yo'lingiz to'g'ri ekanidan amin ekansiz, aslo voz kechmang! Har bir muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik ortida biz bilmagan ko'plab hikmatlar bo'ladi! Hammasi joyida! Faqat, iltimos, yil yutqazmay deb, istamagan sohangizdan ketmang! Bir yilgina yutqazmay deb, avval 4 yilingizni, uning ortidan orzularingizni, shu sohada ishlayman deb esa, butun umringizni boy berishingiz mumkin. BA'ZAN, BIR XATO QARORNING BADALI UMR BILAN TO'LANADI... Alloh saqlasin! ✍Robiyaxon Najmiddinova https://t.me/YaqinOzbek

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Xayrli kech. Madina mushafga to'g'ri keladigan online bejiiriim jildlar sotiladigan joyni bilsangiz iltimos dalolat qilsangiz. Izohlarda...