cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Xurshid Saidmuhammad | Notes

🔹Shaxsiy rivojlanish📚 🔹Tarjimalar📝 🔹Topilgan Hikmatlar💭

إظهار المزيد
Tajikistan3 134لم يتم تحديد اللغةالكتب12 885
مشاركات الإعلانات
1 098
المشتركون
-224 ساعات
-177 أيام
+2630 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
#Iqtibos_time “Kuchsiz kompaniyalarda politikalar yutadi, kuchli kompaniyalarda esa zo’r g’oyalar yutadi!” ©️ Stiv Jobs
إظهار الكل...
Ustozimdan ham yuqoridagi mavzu haqida qisqacha👇
إظهار الكل...
Repost from Alisher Isaev blogi
Photo unavailableShow in Telegram
✅ Оддий тадбиркорлар хаммасини ўзим қиламан дейди. Каттароқ болалар эса ишни ўз соҳасининг мутахассисига топширади! Telegram: @AlisherIsaev_blogi Instagram: AlisherIsaev_Milliard Тел: 555002220
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#101Maslahat 💡9️⃣9️⃣ Quyidagi 4 ta narsani bajaring, rahbar sifatida ijod qilishga vaqt topasiz! Boshqaruvni hammasini o’zingizga olaverib charchamadingizmi? 96% rahbarlar o’z biznesslarini strategik rivojlantirish uchun vaqt topa olmay qiynalishar ekan. Chunki ularning barchasi kunlik vazifalar, rahbar qilmasa ham amalga oshib ketadigan ishlar bilan o’ralashib qolishar ekan. Yaqinda bir konsultatsiya paytida, bir rahbar hammasiga ulgurmayapman deb qoldilar. Chuqurroq sababini tahlil qilsak, xodimlarga ishonch yo’qligi va biror marta potentiali bor xodimlarga vazifalarni ishonib topshirib ko’rishmaganida ekan. Quyidagi 4 ta narsani bajaring, rahbar sifatida ijod qilishga vaqt topasiz: 1️⃣ Fikrlashni o’zgartirish - rahbar doim oldidagi vazifalarni taqsimlab, topshirib yuborish degan fikrda bo’lishi kerak. Buni doim ongida aktiv saqlashi kerak. 2️⃣ Ko’nikmalar to’plami - yuqoridagi misol kabi rahbar sifatida ishni topshirishda qanday ko’nikmalari yetishmayapti, kamchilik qayerda shuni topib ustida ishlash. 3️⃣ Bajarish - 1 va 2 ni yo’lga qo’yib olish bilan kifoyalanmasdan, doim ishni taqsimlashni degan fikrni bajarishga aylantirish kerak. Ya’ni bugun 1kunlik vazifamdan necha foizini topshirib yubora olaman deyish kerak. 4️⃣ Munosabatlarni yaxshilash - xodimlar bilan munosabatlarni yaxshilash orqali o’rtada ishonch paydo bo’ladi. Xodimga ish topshirganingizda uning ham rivojlanish imkoniyati va jamoaga olib keladigan foydasi ko’payadi. Hech narsa qilmagandan ko’ra, hech bo’lmasa shularni sinab ko’ring! 🟩 @lidernotes 🟩 @lidernotes
إظهار الكل...
👍 1👏 1
01:12
Video unavailableShow in Telegram
Jamoada yaxshi lider bo'lish uchun insondan bir qator ko'nikmalar talab qilinadi. Videoda ularning ba'zilari sanab o'tilgan. Sizda bu ko'nikmalar bormi? 📌 @javharuz 📌
إظهار الكل...
👍 5🔥 1💯 1
☕️ Kecha uyimga yaqin Cafeda qora kahva tayyorlash haqida seminarga qatnashdim. 2 hafta oldin ro’yhatdan o’tkandim. Ko’pi bilan 5-6 kishilik seminar bo’ladi xolos deb yozishgandi. 1 soatlik seminarda ko’rib turganinglardek bir o’zim o’tiribman. 2 ta Kahva Masterlar bir o’zingiz qoldingiz deb seminarni bekor qilmasdan, 1 soat men sevadigan qora kahvani uyda tayyorlash sirlari haqida zo’r workshop qilib berishdi. 1 soatiga $7 pul to’ladim, lekin $100lik xizmat ko’rsatishdiyov😎
إظهار الكل...
👍 8👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#101Maslahat 💡9️⃣8️⃣ Kompensatsiya boshqa, e’tirof boshqa! 1 yil avval liderlar jamoasida katta o’zgarishlar bo’la boshladi va menga yana boshqa bir bo’limga ham Menejerlikni topshirishdi. Endi 100% energiyani 2ta bo’limga sarflashga to’g’ri keldi. Tabiiyki, samaradorligim tusha boshladi va 3 oydan keyin bir xodim kelib avvalgidek bizga e’tibor bermayapsan deb feedback berib qoldi. Nima o’zgardi deb so’rasam, xodimlarning ishlarini e’tirof qilmay qo’yding dedi. Ko’pchilik rahbarlar o’ylashadiki, yaxshi ishlagan xodimga kompansatsiya bersam rag’batlantirgan bo’laman deb o’ylashadi. Kompensatsiya - bu shunchaki xodimning haqqi. E’tirof esa bu rag’batlantiruvchi katta omil. Xullas, yuqoridagi feedbackdan so’ng yana eski holatimga qaytib quyidagi 2 usul orqali xodimlarni rag’batlantirishda davom etdim: ✅ Formal bo’lmagan shaklda e’tirof qilish: bunda siz xodimning ma’lum bir vazifani kutilganidan ham yaxshi bajargani uchun rag’batlantirasiz. Masalan, birga tushlikka olib borish, kahva olib berish, kitob sovg’a qilish yoki shunga o’xshash esda qolarli shaklda e’tibor ko’rsatish. Esimda, bir xodim bilan har oy o’tkazadigan 1ga1 suhbatimni ofisda emas, yonimizdagi cafeda qilganimda tortinmasdan, erkin suhbat qilgandik va hammaga chiqib aytib yurgandi. Ish vaqtida 1ga1 suhbatni cafeda qilsa ham bo’larkan deb) ✅ Kunlik maqtovlar: bunda siz har kuni kimgadir shunchaki vazifasini bajarayotgani uchun maqtab qo’yasiz. Masalan, rahmat aytish orqali, ovozli xabar jo’natish yoki SMS yozish orqali. Juda ham kichik narsadek ko’rinishi mumkin, lekin bu katta natijaga olib boradi. Unutmang, maqtov har bir inson xohlaydigan tuyg’u. Ayniqsa, rahbarlar tarafidan bo’lgan e’tirof. 🟩 @lidernotes 🟩 @lidernotes
إظهار الكل...
👍 12
Photo unavailableShow in Telegram
#101Maslahat 💡9️⃣7️⃣ O’zgarishlarni muvaffaqiyatli boshqarish! Endigina rahbarlar jamoasiga qo’shilgan edim. Tabiiyki, hali o’z liderlik yo’limni topib ulgurmagan edim. Jamoadagi hammaga faqat bitta usul bilan yondashardim. Keyinchalik, Ken Blanchardning “Bir daqiqalik Menejer” deb nomlangan kitobini o’qiganimda bilib oldimki, 54% liderlar qanday vaziyat bo’lmasim faqat bitta liderlik usulidan foydalanishar ekan. Ya’ni ular 50% holatda jamoadoshlarining holatiga tushmaydigan noto’g’ri usuldan foydalanishar ekan. Market rahbarim bilan suhbatlashar ekanman, u menga Situational Leadership (Vaziyatga qarab boshqarish) usuli haqida aytib berdi. Darrov shu usulni o’zimda qo’llay boshladim. Va birdaniga, shu 27 yoshli bola bizga qanday liderlik qilarkin deb yurgan jamoadoshlarim ham qisqa vaqt ichida meni eng qo’llab-quvvatlaydigan xodimga aylanishdi. Situational Leadership (Vaziyatli boshqaruv) o’zi ichiga quyidagi 4 uslubni jamlab olgan: ✅ S1 (Ko’rsatma berish) - bunda jamoa hali jiddiy qarorlar olishga tajriba jihatdan tayyor bo’lmaydi va siz lider sifatida ko’rsatma berish orqali boshqarasiz. ✅ S2 (Ishontirish) - bunda jamoa ma’lum vazifani uddalashga ko’nikmalari yetarli emas, lekin kuchli xohish bor. Men asosan Coaching yo’li orqali jamoani shu vazifaga tayyorlashga harakat qilaman. ✅ S3 (Qo’llab yuborish) - bunda jamoa a’zolari liderdan ham kuchli bilimga ega mutaxassislar bo’lishadi, lekin o’zlariga bo’lgan ishonch bo’lmaydi. Men bu usulni qachonki bilimi bo’la turib, lekin o’zidan g’ayrat qilib jamoa rivojlanishiga hissa qo’shmayotganlarni ko’rganimda foydalanaman. ✅ S4 (Topshirib qo’yish) - bunda jamoa ham o’ziga bo’lgan ishonchi, ham kuchli bilimga ega bo’ladi va siz shunchaki vazifani topshirib qo’yasiz. Va shunda lider sifatida sizda progresslarni nazorat qilish, yangi strategiyalar tuzish va yo’lni yanada aniqlab olish uchun vaqt paydo bo’ladi. Vaziyatga moshlashishda qiynaladigan tanishlarga yuborib qo’ying! ✈️ @lidernotes 📷 @lidernotes
إظهار الكل...
👍 8
❔ 101 Maslahat loyihasi ham yana bir nechta postdan keyin vanihoyat tugaydi. Bu loyihaning kengaygan va davomi sifatida ajoyib bir g’oyani tayyorlayapman sizlar uchun. Yana qanday loyihalar qilsam siz uchun qiziq? Kommentlaringizni kutib qolaman👇
إظهار الكل...
👍 19
#101Maslahat 💡9️⃣6️⃣ Ilg’or kompaniyalar ko’proq xodimlarini traininglar olishiga va ichki almashinuvlarga e’tibor qaratadi. Konsalting bo’yicha top bo’lgan McKinsey kompaniyasining izlanishlariga qaraganda, korxona-tashkilotlar talantli kadrlarning yetishmasligiga duch kelishmoqda. Hozirgi va kelajakda uchraydigan bu kabi bo’shliqlarni to’ldirish uchun, liderlar xodimlar malakasini oshirishga kuchli e’tibor berishlari kerak. Malaka oshirish orqali rivojlanishga kuchli e’tibor bergan kompaniyalar o’zlariga talantlarni jalb qilish, o’stirish va saqlab qolish kabi sistemaga ega bo’lishlari mumkin. Tadqiqot shuni ko’rsatadiki, rahbardan tortib oddiy xodimning ilm olib malaka oshirishiga imkon berish kompaniyalar samaradorligini belgilar ekan. ✈️ @lidernotes 📷 @lidernotes
إظهار الكل...
👍 6