ar
Feedback
IMRS Research

IMRS Research

الذهاب إلى القناة على Telegram

🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti 🟥 Институт макроэкономических и региональных исследований Kanalga ulanish: https://t.me/ifmr_public Aloqa uchun: press@imrs.uz Sayt: https://imrs.uz/

إظهار المزيد
2 642
المشتركون
+224 ساعات
-27 أيام
-1830 أيام
أرشيف المشاركات
Jeffri Saks: O’zbekiston, ehtimol, tom maʼnoda, dunyoning yangi ogʻirlik markazidir. Батафсил

O‘zbekiston global barqaror rivojlanish maydoniga integratsiyalashmoqda Taniqli iqtisodchi Jeffri Saks tomonidan asos solingan Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘i - SDSNga O‘zbekistondan a’zo bo‘lgan barcha tashkilotlar orasidan birinchi bor Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti asosiy mezbon (host), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti esa hammezbon (cohost) sifatida tanlab olindi. Batafsil

O‘zbekiston global barqaror rivojlanish maydoniga integratsiyalashmoqda Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘i - SDSNga O‘z
+6
O‘zbekiston global barqaror rivojlanish maydoniga integratsiyalashmoqda Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘i - SDSNga O‘zbekistondan a’zo bo‘lgan barcha tashkilotlar orasidan birinchi bor Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti asosiy mezbon (host), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining esa hammezbon (cohost) sifatida tanlab olindi. 🔰 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutida (MHTI) taniqli iqtisodchi, Kolumbiya universiteti professori, SDSN prezidenti Jeffri Saks bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda barqaror rivojlanish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ekologiya, innovatsiyalar va ta’lim yo‘nalishlaridagi muammolarni hal etishda ilmiy asoslangan yondashuvlarni joriy qilish masalalari atroflicha muhokama etildi. Ma'lumot uchun: Mazkur uchrashuv professor Jeffrey Sachs va yirik tadbirkor Patrick Zhongning “The Drive of Peace” nomli xalqaro tinchlik safarini amalga oshirish doirasida bo'lib o'tti. Safar davomida ular Xorvatiya, Sloveniya va Serbiya prezidentlari, Gruziya Bosh vaziri, Bolgariyaning sobiq prezidentlari, Xitoy tashqi ishlar vazirining ijrochi o‘rinbosari hamda Gonkong maxsus ma’muriy hududi rahbari bilan yuqori darajadagi uchrashuvlar o'tkazib kelmoqda. BYD, Michelin, Santander, Franklin Templeton, Trip.com, Ferrari, Kembrij universiteti, FIFA va TikTok kabi nufuzli kompaniyalar ham bu loyihaga qo'shilgan. ❗️Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, xalqaro tashkilotlar, yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar va boshqa manfaatdor tomonlar vakillari ishtirok etdi. ✔️Belgilangan vazifalarni amalga oshirishning samarali mexanizmlaridan biri sifatida O‘zbekistonda SDSN markazini tashkil etish tashabbusi alohida qayd etildi. MHTI mezbonligidagi bu markaz ilmiy, ta’lim va ekspert tashkilotlari salohiyatini safarbar qilish, ilm-fan, davlat va biznes o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish, shuningdek, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda 2030 yilgacha bo‘lgan Barqaror rivojlanish kun tartibini amalga oshirishni jadallashtirishga xizmat qilishi alohida ta'kidlandi. ‼️Shuningdek, professor Jeffri Saks o‘z nutqida zamonaviy tadqiqotlar global iqtisodiy faollik markazi bosqichma-bosqich Osiyo tomon siljib borayotganini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, bu jarayon Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun xalqaro ilmiy, iqtisodiy va infratuzilmaviy hamkorlikning faol ishtirokchisiga aylanish, yangi bozorlar va global bilim tarmoqlariga kengroq integratsiyalashish imkonini yaratadi. Ayni paytda, mintaqaning Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi strategik bog‘lovchi hudud sifatidagi ahamiyati ham tobora ortib bormoqda. 🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni izchil rivojlantirish, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda O‘zbekistonning global bilim va innovatsiyalar tarmog‘idagi rolini kuchaytirishga kelishib olishdi.

🟥 Joriy yilning 25-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish materiallari tarmog‘ida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. ✅ Yig‘ilishda mavjud muammolarni hal etish, korxonalar faoliyatini samarali tashkil etish, bozor talablarini o‘rganish va eksport imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. 🔍 Xususan, Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Obidxo‘jayev Farg‘ona viloyati misolida qurilish materiallari sanoatining hozirgi holati va imkoniyatlari haqida to‘xtalar ekan, uchta muhim taklifni bildirdi. 🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ ✅ Farg‘onada “Kaizen” instituti vakillari bilan birgalikda qurilish materiallari sohasidagi korxonalar faoliyati
+9
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ Farg‘onada “Kaizen” instituti vakillari bilan birgalikda qurilish materiallari sohasidagi korxonalar faoliyati o‘rganildi Farg‘ona viloyatida qurilish sohasi vakillari uchun tashkil etilgan “Korxonalar samaradorligini oshirish” mavzusidagi amaliy seminar keyingi bosqichda hududdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rganish bilan davom ettirildi. 🇺🇿 Batafsil ____ The activities of enterprises in the construction materials sector in Fergana were studied jointly with representatives of the Kaizen Institute The practical seminar on "Increasing the Efficiency of Enterprises," organized for representatives of the construction sector in the Fergana region, continued with an on-site study of the activities of business entities in the region. 🇬🇧 More #cooperation #construction Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ 📈 Farg‘onada “Kaizen” instituti vakillari tomonidan qurilish sohasidagi korxonalar samaradorligini oshirish bo‘
+9
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ 📈 Farg‘onada “Kaizen” instituti vakillari tomonidan qurilish sohasidagi korxonalar samaradorligini oshirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi Ishtirokchilar korxonalarda resurslardan oqilona foydalanish, ichki jarayonlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, ish sifati va mehnat unumdorligini oshirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdi. 🇺🇿 Batafsil _____ A seminar on increasing the efficiency of construction industry enterprises was held in Fergana by representatives of the Kaizen Institute The participants exchanged views on the rational use of resources at enterprises, the systematic organization of internal processes, and the improvement of work quality and labor productivity. 🇬🇧 More #seminar #construction Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ 📈 Farg‘onada “Kaizen” instituti vakillari tomonidan qurilish sohasidagi korxonalar samaradorligini oshirish bo‘
+9
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ 📈 Farg‘onada “Kaizen” instituti vakillari tomonidan qurilish sohasidagi korxonalar samaradorligini oshirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi Ishtirokchilar korxonalarda resurslardan oqilona foydalanish, ichki jarayonlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, ish sifati va mehnat unumdorligini oshirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdi. 🇺🇿 Batafsil _____ A seminar on increasing the efficiency of construction industry enterprises was held in Fergana by representatives of the Kaizen Institute The participants exchanged views on the rational use of resources at enterprises, the systematic organization of internal processes, and the improvement of work quality and labor productivity. 🇬🇧 More #seminar #construction Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

Toshkent uy-joy bozori: ikkilamchi bozorda deyarli barcha segmentlarda yillik narxlarning o'sishi kuzatildi. 🟥 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan 2026-yilning aprel oyida Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uy-joy narxlari va bozor faolligi tahlil qilindi. 📊 Uy-joy bozorida kichik va o'rta xonali segmentlarda narx nisbatan barqaror saqlanmoqda. Ammo 4+ xonali xonadonlarda oylik narxlar pasayishi kuzatildi. 📈 Birlamchi bozorda narxlarning oylik o'zgarishi: 🔹 3 xonali — +2,7% 🔹 1 xonali — +1,1% 🔻 2 xonali — −1,1% 🔻 4+ xonali — −1,5% Ikkilamchi bozorda narxlarning oylik o'zgarishi 🔹 1 xonali — +5,8% 🔹 2 xonali — +0,6% 🔹 3 xonali — +0,5% 🔹 4+ xonali — −1,5% 🏙 Markazga yaqin hududlarda to'liq ta’mirlangan uylar narxi yuqoriligicha qolmoqda.
🏠 To'liq ta'mirlangan uy-joylar bo'yicha 1 m² uchun o'rtacha taklif narxlari tumanlar kesimida farqlanmoqda: Mirobod, Yakkasaroy, Mirzo Ulug'bek: $1298 -$2162, Shayxontohur, Yunusobod, Chilonzor, Yashnabod: $1188-$1928, Uchtepa, Olmozor, Sirg'ali: $909-$1400.
💰 Ta'mir turiga va hududiga ko'ra xonadonlarning o'rtacha 1 m2 narxlari o'rtasidagi farq turlicha shakllanmoqda: To'liq ta'mirlangan: Birlamchi bozorda: Mirobod — $2 137/m² Sirg‘ali — $1070/m² ➡️ 2,0 baravar tafovut Ikkilamchi bozorda: Mirobod — $1 853/m² Sirg‘ali — $984/m² ➡️ 1,9 baravar tafovut O'rta ta'mirlangan: Birlamchi bozorda: Mirobod — $2 122/m² Uchtepa — $1037/m² ➡️ 2,0 baravar tafovut Ikkilamchi bozorda: Mirobod — $1 531/m² Sirg‘ali — $955/m² ➡️ 1,6 baravar tafovut 🏦 Naqdsiz oldi-sotdi tartibining joriy etilishi aprel-may oylarida narxlarda keskin o‘zgarish keltirib chiqarmadi. Yakuniy ta’sirni baholash uchun 2026-yilning 2–3-choraklaridagi dinamika muhim bo‘ladi. 📎 Tahlillar OLX.UZ ochiq e’lonlari asosida tayyorlangan bo‘lib, undagi narxlar taklif narxlarini aks ettiradi; yakuniy bitim narxlari bundan farq qilishi mumkin. 👉Batafsil 🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

photo content
+2

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ ☑️Jahon banki vitse-prezidenti bilan yangi iqtisodiyotni rivojlantirishda hamkorlik istiqbollari muhokama qilind
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ ☑️Jahon banki vitse-prezidenti bilan yangi iqtisodiyotni rivojlantirishda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi Muloqot davomida tomonlar zamonaviy texnologiyalarga asoslangan yangi iqtisodiyotni rivojlantirish, vazirlik faoliyat yo‘nalishlarida raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, innovatsion ekotizimni kengaytirish hamda xalqaro tajriba va ilg‘or yondashuvlar asosidagi yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. 🇺🇿 Batafsil _________ ☑️ Prospects for Cooperation with the World Bank Vice President in Developing the New Economy Discussed During the dialogue, the parties discussed the prospects for cooperation in developing a new economy based on modern technologies, accelerating digital transformation processes within the ministry, expanding the innovation ecosystem, and implementing new projects based on international experience and best practices. 🇬🇧 More #international_cooperation #World_Bank Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ ✔️ Toshkent shahrida Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining global uchrashuvi o‘tkaziladi O‘zbekiston Markaziy O
+9
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ ✔️ Toshkent shahrida Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining global uchrashuvi o‘tkaziladi O‘zbekiston Markaziy Osiyoda ushbu yuqori darajadagi tadbirga mezbonlik qiladigan ilk mamlakat bo‘ladi. 🇺🇿 Batafsil _________ ✔️ A global meeting of the International Development Association will be held in Tashkent Uzbekistan will become the first country in Central Asia to host this high-level event. 🇬🇧 More Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ 📊 Jahon bankining taraqqiyotni moliyalashtirish masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Akixiko Nishio bilan uchra
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ 📊 Jahon bankining taraqqiyotni moliyalashtirish masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Akixiko Nishio bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi Uchrashuvda O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik, xususan, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi — IDA doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar, ularning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi hamda istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi. 🇺🇿 Batafsil ________ 📊 A meeting was held with Akihiko Nishio, World Bank Vice President for Development Finance During the meeting, the parties discussed multifaceted cooperation between Uzbekistan and the World Bank, particularly projects being implemented within the framework of the International Development Association — IDA, their socio-economic impact, and priority areas for future cooperation. 🇬🇧 More Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

🟥 Next Generation Development (NGD) kompaniyasi vakillari bilan korxonalarda unumdorlik va resurs tejamkorlikni oshirish bo‘
🟥 Next Generation Development (NGD) kompaniyasi vakillari bilan korxonalarda unumdorlik va resurs tejamkorlikni oshirish bo‘yicha yondashuvlar muhokama qilindi Joriy yil 12-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutida Next Generation Development (NGD) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🇺🇿 Batafsil ______ 🟥 Approaches to increasing productivity and resource efficiency at enterprises were discussed with representatives of Next Generation Development (NGD) On June 12, 2026, a meeting was held at the Institute for Macroeconomic and Regional Studies under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan with representatives of Next Generation Development (NGD). 🇬🇧 More 🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ 📊 Kaizen Instituti vakillari bilan korxonalarda boshqaruv samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ 📊 Kaizen Instituti vakillari bilan korxonalarda boshqaruv samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi Joriy yilning 11-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida korxonalarda boshqaruv samaradorligini oshirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda ilg‘or xalqaro tajribalarni qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🇺🇿 Batafsil ______ 📊 Aspects of improving management efficiency at enterprises were discussed with representatives of the Kaizen Institute On June 11 of this year, a meeting was held at the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan dedicated to improving management efficiency at enterprises, introducing modern approaches, and applying advanced international experience. 🇬🇧 More Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

🏘 Toshkent uy-joy ijara bozori: median narx barqaror, ayrim segmentlarda hududiy tafovut 2 barobardan yuqori 🟥 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan 2026-yil may oyida Toshkent shahridagi uy-joy ijara bozori tahlil qilindi. 💸 Umumiy median ijara narxi $550 darajada saqlanib qoldi. 2026-yil may oyida Toshkent shahrida uy-joy ijarasining umumiy median narxi $550 ni tashkil etdi. Bu aprel oyidagi ko'rsatkich bilan bir xil, 2025-yil may oyiga nisbatan esa 10% ga yuqori. 📉 Ijara takliflari soni sezilarli qisqardi. May oyida ijara e’lonlari soni 18,1 mingtaga tushdi. Bu aprel oyidagi 22,8 mingta e'longa nisbatan qariyb 21% kam.pasayish kuzatildi: ▪️ 2026-yil yanvar–mart o‘rtacha: 22,6 mingta ▪️ 2026-yil aprel: 22,8 mingta ▪️ 2026-yil may: 18,1 mingta 📍 Taklif hajmi bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani yetakchi. E’lonlarning eng katta qismi uchta tumanda jamlangan: ▪️ Mirzo Ulug‘bek: 16,9% ▪️ Mirobod: 12,9% ▪️ Yunusobod: 12,6% Top 3 tuman jami taklifning 42,4%ini qamrab oldi. 🏘 Eng yuqori ijara narxlari Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroyda shakllanmoqda. Toshkent ijara bozorida hudud omili narxga sezilarli ta’sir qilmoqda. Ayniqsa 3 xonali va 4+ xonali xonadonlarda qimmat va arzon hududlar o‘rtasidagi tafovut 2 barobardan yuqori. Xona soni bo‘yicha eng qimmat va nisbatan arzon hududlar: ▪️ 1 xonali: Mirobodda $600, Olmazor, Sergeli va Uchtepada $350 ▪️ 2 xonali: Mirobod va Shayxontohurda $700, Sergeli va Uchtepada $400 ▪️ 3 xonali: Mirobod va Shayxontohurda $1000, Sergeli va Uchtepada $450 ▪️ 4+ xonali: Mirobodda $1150, Yakkasaroyda $1100, nisbatan arzon hududlarda $500-550. 📊 Bozorning asosiy segmenti 2 xonali xonadonlar bo‘lib qolmoqda. May oyida ijara e’lonlarining 86%ga yaqini 2 va 3 xonali xonadonlar hissasiga to‘g‘ri keldi. ▪️ 2 xonali xonadonlar: 59,6% ▪️ 3 xonali xonadonlar: 26,0% ▪️ 1 xonali xonadonlar: 10,9% ▪️ 4+ xonali xonadonlar: 3,5% 📈 Xonalar kesimida narx dinamikasi turlicha shakllandi. ▪️ 1 xonali: $400, yillik o‘sish 14,3% ▪️ 2 xonali: $500, yillik o‘zgarish 0,0% ▪️ 3 xonali: $700, yillik o‘zgarish 0,0% ▪️ 4+ xonali: $800, yillik pasayish 20,0% 🏡 Xulosa: 2026-yil may oyida Toshkent ijara bozorida umumiy median narx barqaror saqlanib qoldi. Biroq hududlar va xona soni kesimida tafovut yuqoriligicha qolmoqda. Bozor taklifi asosan 2 xonali xonadonlar atrofida jamlangan. 1 xonali xonadonlarda narxlarning yillik o‘sishi yuqori, 4+ xonali segmentda esa pasayish bosimi kuzatilmoqda. 🔹 Investorlar uchun: 1 xonali xonadonlar narxining yillik o‘sishi ushbu segmentda likvidlik nisbatan yuqori ekanini ko‘rsatadi. 🔹 Ijarachilar uchun: 1 xonali xonadonlarda narx bosimi yuqoriroq. 4+ xonali xonadonlarda esa kelishuv imkoniyati kengroq bo‘lishi mumkin. 🔹 Mulkdorlar uchun: ijara narxini belgilashda shahar bo‘yicha umumiy medianaga emas, aniq tuman, xona soni va segmentdagi taklif hajmiga tayanish muhim. 👉 Batafsil 🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

photo content
+2

Toshkent uy-joy bozori: narxlar umumiy bozorda keskin o‘zgarmagan, biroq segmentlar kesimida farqlar kuchaymoqda. 🟥 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan 2026-yilning aprel oyida Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uy-joy narxlari va bozor faolligi tahlil qilindi. 📊 Aprel oyida uy-joy bozorida faollik pasaydi. Mazkur davrda umumiy e'lonlar soni 44,5 mingtani tashkil qilib, mart oyiga nisbatan 13,4%ga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,7%ga qisqardi.
E'lonlar sonida birlamchi bozor ulushi ortib bormoqda. Uy-joy e’lonlari tarkibida birlamchi bozor ulushi 2024-yil yanvar oyidagi 33,8% dan 47,6% gacha oshdi, ikkilamchi bozor ulushi esa 66,2% dan 52,4% gacha kamaydi.
📌 Uy-joy bozorida 2–3 xonali segmentlarda narx nisbatan barqaror saqlanmoqda. Birlamchi bozorda 4+ xonali yuqori narx segmentida pasayish saqlanmoqda, ikkilamchi bozorda esa ushbu segmentda mo‘tadil o‘sish qayd etildi. 📈 Birlamchi bozorda narxlarning o'zgarishi: 🔹 3 xonali — +1,8% 🔹 2 xonali — +0,7% 🔻 1 xonali — −1,6% 🔻 4+ xonali — −2,1% Ikkilamchi bozorda narxlarning o'zgarishi 🔹 1 xonali — +3,5% 🔹 2 xonali — +0,4% 🔹 3 xonali — +1,2% 🔹 4+ xonali — +0,6% 🏙 Markazga yaqin hududlarda to'liq ta’mirlangan uylar narxi yuqoriligicha qolmoqda.
🏠 To'liq ta'mirlangan uy-joylar bo'yicha 1 m² uchun o'rtacha taklif narxlari tumanlar kesimida farqlanmoqda: Mirobod, Yakkasaroy, Mirzo Ulug'bek: $1413 -$2121, Shayxontohur, Yunusobod, Chilonzor, Yashnabod: $1195-$1797, Uchtepa, Olmozor, Sirg'ali: $900-$1367.
💰 To'liq ta'mirlangan xonadonlarning hududlar o‘rtasidagi narx tafovuti birlamchi bozorda 2 barobardan oshdi. 4 xonali to‘liq ta’mirlangan xonadonlarda: Birlamchi bozor: Mirobod — $2 117/m² Sirg‘ali — $922/m² ➡️ 2,3 baravar tafovut Ikkilamchi bozor: Mirobod — $1 677/m² Sirg‘ali — $900/m² ➡️ 1,9 baravar tafovut 🌆 Yashnoboddagi o‘sish va “Yangi Toshkent” omili. Yashnobod tumanida kuzatilayotgan narx o‘sishiga qurilish faolligi, infratuzilma rivoji hamda “Yangi Toshkent” loyihasi bilan bog‘liq kutilmalar ta’sir qilayotgan bo‘lishi mumkin.
🏦 Naqdsiz oldi-sotdi tartibining joriy etilishi dastlabki oyda narxlarda keskin o‘zgarish keltirib chiqarmadi. Yakuniy ta’sirni baholash uchun 2026-yilning 2–3-choraklaridagi dinamika muhim bo‘ladi.
📍 Xulosa: Markazga yaqin hududlarda narx darajasi yuqoriligicha qolmoqda, Yashnobodda esa infratuzilma va “Yangi Toshkent” omili o‘sish kutilmalarini qo‘llab-quvvatlamoqda. Shu bilan birga, 4+ xonali yuqori narx segmentidagi pasayish riskini alohida baholash zarur. 📎 Tahlillar OLX.UZ ochiq e’lonlari asosida tayyorlangan bo‘lib, undagi narxlar taklif narxlarini aks ettiradi; yakuniy bitim narxlari bundan farq qilishi mumkin. 👉 Batafsil 🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

photo content
+3

🟥 АгроТренды: мировой продовольственный рынок #6 📄 Введение экспортных пошлин на зерно и масличные рассматривают в Казахста
🟥 АгроТренды: мировой продовольственный рынок #6 📄 Введение экспортных пошлин на зерно и масличные рассматривают в Казахстане. 🌻 В сезоне 2026/27 прогнозируется рост мирового производства подсолнечного масла. 📈 Россия за пять лет увеличила экспорт халяльной продукции в 1,9 раза. 🌧 Казахстан и ОАЭ запускают проект искусственного вызова дождя для пополнения водохранилищ. 🌾 США прогнозируют минимальный за 54 года урожай пшеницы из-за засухи и роста затрат на производство. ❇️ В Грузии появились постоянные зоны со скидками на базовые продукты питания в сетевых маркетах. ⚖️ Египет намерен довести самообеспеченность пшеницей до 70% к 2030 году. ❌ ЕС исключил Бразилию из списка одобренных поставщиков животноводческой продукции. 🧪 Индия закупает рекордные 1,35 млн тонн диаммонийфосфата на фоне роста цен на удобрения. 🥩 Бразилия за январь–апрель увеличила экспорт говядины на 15%, несмотря на спад поставок на Ближний Восток. 👉 Подробнее 🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

🟥 AgroTrendlar: Jahon oziq-ovqat bozori #6 📄 Qozog‘istonda don va moyli ekinlar eksportiga boj joriy etish masalasi ko‘rib
🟥 AgroTrendlar: Jahon oziq-ovqat bozori #6 📄 Qozog‘istonda don va moyli ekinlar eksportiga boj joriy etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. 🌻 2026/27-yilgi mavsumda jahon miqyosida kungaboqar yog‘i ishlab chiqarish hajmining o‘sishi prognoz qilinmoqda. 📈 Rossiya besh yil ichida halol mahsulotlar eksportini 1,9 barobarga oshirdi. 🌧 Qozog‘iston va BAA suv omborlarini to‘ldirish uchun sun’iy yomg‘ir chaqirish loyihasini ishga tushirmoqda. 🌾 AQSh qurg‘oqchilik va ishlab chiqarish xarajatlarining oshishi tufayli 54-yildagi eng past bug‘doy hosilini prognoz qilmoqda. ❇️ Gruziyada tarmoq supermarketlarida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari uchun doimiy chegirma zonalari tashkil etildi. ⚖️ Misr 2030-yilgacha bug‘doy bilan o‘z-o‘zini ta’minlash darajasini 70 foizga yetkazishni maqsad qilgan. ❌ Yevropa Ittifoqi Braziliyani tasdiqlangan chorvachilik mahsulotlari yetkazib beruvchilar ro‘yxatidan chiqarib tashladi. 🧪 Hindiston o‘g‘itlar narxining oshishi fonida rekord darajadagi 1,35 million tonna diammoniyfosfat sotib olmoqda. 🥩 Braziliya yanvar-aprel oylarida Yaqin Sharqqa yetkazib berishning pasayishiga qaramay, mol go‘shti eksportini 15 foizga oshirdi. 👉 Batafsil 🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn