Umar Sadullayev | Blog
الذهاب إلى القناة على Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
إظهار المزيد4 803
المشتركون
-124 ساعات
-287 أيام
-1030 أيام
أرشيف المشاركات
Repost from Umar Sadullayev
Tafsiri hilol kitobini o'qir ekanman, Furqon surasi, 3-oyatdagi ushbu Butparastlik haqidagi tafsirni o'qib, beehtiyor kulib yubordim. Albatta ba'zilar uchun yig'lashga arzigulik so'zlar bular.
« ...Boshqalarga foyda yoki zarar yetkazish u yoqda tursin hatto o’zlariga ham na foyda va na zarar yetkaza olmaydigan narsa va shaxslar qanday qilib xudo bo’la oladilar? Butga cho’qinayotganlarning but «xudo»lari o’zlariga foyda yoki zarar yetkaza oladimi? Ustiga pashsha o’tirsa, hayday olmaydi-ku, qanday qilib Xudo bo'ladi? Molga sig’inayotganlarning «xudo»sini birovlar bilmay so'yib qo’ysa "Xudomizni so’yib qo’yibsan" deb qirpichoq bo’lib, qirg’inbarot urush qiladilar-ku, ammo birovning qo’lida so’yilib ketgan sigir ularga qanday qilib xudo bo’la olishini o’ylab ko'rmaydilar"
@UmarSadullayev
Pokistonlik hakerlar Hindistonda ota-onamizdan ham oldin turuvchi Rosulimiz Muhammad sollallohu alayhi vassallamni haqorat qilishga urunganlarga javob tariqasida ularning yangiliklar Youtube kanalini buzib kirishdi.
MaaShaaAlloh . 🌺
@JoshDeveloper
Bu galgi intervyu ishtirokchisi haqida qisqacha fikrim:
Bilimlari juda yaxshi faqat ular backendchi bo'lganliklari sabab bu narsalarni ancha unutib qo'yibdilar. Ustiga ustak ularga tayyorlanishga uncha ko'p vaqt berilmadi. Backend bilimlariga shubha qilmayman, ammo frontend bo'yicha ishga Junior sifatida bilimlarini mustahkamlash sharti bilan qabul qilsa bo'ladi.
Bu galgi ishtirokchimizga omad tilaymiz va biz davom etamiz.
@JoshDeveloper
Intervyu savollariga javob video chiqarmoqchiman. Ammo talab kamdek 🤔.
O'sha video kommentiga kirib sizga bu qiziqmi yo'qmi aytsangiz, shunga qarab javob video chiqaraman.
InshaaAlloh
@JoshDeveloper
JavaScriptsa DOM va BOM bo'yicha intervyu boshlanyapti.
Marhamat kiring:
https://www.youtube.com/watch?v=IGUcYzcxy04&ab_channel=Josh%2aDeveloper
Ulashing ✈
@JoshDeveloper
Bugun soat 19:00 da “JavaScriptda BOM va DOM” nomli intervyu premyerasi bo’lib o’tadi.
Unutmang.
@JoshDeveloper
Oxiri JavaScriptdan DOM va BOM haqidagi intervyumiz tayyor.
Ertaga, 12-iyun, soat 19:00 da premyera bo'ladi.
Ushbu link orqali kuzatishingiz mumkin. Video oxirida kichik so'rovnoma ham qildim.
Marhamat:
https://www.youtube.com/watch?v=IGUcYzcxy04&ab_channel=Josh%2aDeveloper
@JoshDeveloper
Bo'ldi olindi bir odam(random qildim). Ular bilan gaplashib ko'rib intervyuni boshlaymiz. Agar muommolari bo'lsa qolgan yozganlardan birini olamiz.
Rahmat.
@JoshDeveloper
Hozi JSdan DOM va BOM bo'yicha intervyu bo'lishi kerak edi. Yana bir muommo bo'lib ishtirokchimiz qatnasha olmadi.
Hozirni o'zida qo'shilishga tayyor kimdir bormi ?
Kommentga Goooo, faqat bilimingizga 100% ishonsangiz yozing.
Vaqtini kelishishimiz mumkin keyinroqqa.
@JoshDeveloper
Repost from Umar Sadullayev
Dangasalarga bahona topib, inkor qilishdan yaxshisi yo'q.
Nimadur qiyin ko'rinyaptimi ?
"Bahona top. Inkor qil. Qilma uni. O'zingni ustingda ishlama. Nima qilasan. PUBG'dan olsangchi. Boshni og'ritib nima qilasan. Yoshligingda o'qolmading, endi o'qiysanmi. Avval qanday bo'lsang shunday bo'lib qolaver. "Loser" eding "Loser" bo'lib qol. Chunki bu ish qiyin. Sen qilolmaysan."
@UmarSadullayev
Google'ga bu so'zni tashlab ko'ring nima bo'lishini ko'rasiz.
"do a barrel roll"
Bunaqa narsa borligini bilmasdim 😄 Just for fun
@JoshDeveloper
JS o'rganishga yana bir yaxshi saytni sinab ko'rdim.
Menga shaxsan yoqdi.
Marhamat: https://www.javascripttutorial.net/
#tavsiya
@JoshDeveloper
"Rossiyaga ishlashga ketish qachon to'xtaydi ?"
degan mavzuda o'z munosabatimni bildirdim.
Marhamat buyerda o'qishingiz mumkin:
https://t.me/UmarSadullayev/165
Ulashing ✈️
@JoshDeveloper
Karyeramda katta o'zgarish bo'lganligini xabarini bergandim.
Ammo hali 100% aniq emasligi uchun aytmayotgandim.
Xo'sh, bu narsa aniq bo'ldi InshaaAlloh.
Ammo, bu yangilikni hozir ayta olmayman. Biroz kutishimizga to'g'ri kelar ekan.
Na iloj, iyul oyi boshida bu haqida batafsil yozaman. InshaaAlloh.
O'ylaymanki bu sizga qiziq bo'ladi.
Ichingizni juda erta qizdirib qo'yganim uchun kechirasiz. 😄
@JoshDeveloper
Qarasam, "AMA"(Ask me anything" qilish avjiga chiqyapti shekilli.
Men ham qilib yuboray-a ? 😄
Ushbu post ostiga xohlagan mavzuda menga o'z savollaringizni yuboring. (Texnik savollar bo'lmasa yaxshi edi)
Goo ✈️
@JoshDeveloper
Oyliklarni kelishayotganingizda "Net" yoki "Gross" degan so'zlarga duch kelasiz.
Bularni bilmasangiz bilib oling.
100$ Gross - degani bu, soliqlar shu summani ichida hisoblanadi degani. Masalan, bizda soliq 7.5%.
100$ - 7.5% = 92.5$
Demak sizga tegadigan summa 92.5$
100$ Net - degani bu, soliqlarni olib tashlaganda qoladigan sizga qoladigan summa.
Masalan, bizda soliq 7.5%.
100$ + 7.5% - 7.5% = 100$
Demak sizga tegadigan summa 100$
Siz Gross'da olasizmi oylikni yoki Net'dami ?
@JoshDeveloper
IT'dan tashqari mavzular uchun alohida shaxsiy kanalim borligini bilarmidingiz ?
Marhamat: @UmarSadullayev
Ushbu kanalda ba'zida IT dan tashqari postlar bo'lib turadi. Ammo, 80% postlar shaxsiy blogimda.
Go ✈️
@JoshDeveloper
Meni ba'zi obunachilarim zo'rda.
Post tashlasam chiqib ketishadi, hech narsa tashlamasam jim o'tirishadi 😄.
Unda kanalni nima keragi bor ekan 🤷♂️😄
#joke
@JoshDeveloper
Repost from Nurmukhamedoff
Frontend online dasturlash kursi uchun 5 ta grant e'lon qilaman.
Shartlari
1. Pullik kurslar qimmatlik qilayotgani sabab yaxshi online kurs va ustoz topa olmayotganlar ( ta'lim uchun ziqnalik qilayotganlar budan mustasno).
2. Online o'rganishga layoqatli borlar.
Iltimos 1 oydan so'ng dasturlash sohasi men uchun emas ekan, ishlarim ko'payib ketdi deb tashlab qo'yadiganlar bo'lsa o'zini ham meni ham vaqtimni olmasligini so'rab qolaman. Sabrli bo'lsangiz va kursni ohirigacha bitirishni maqsad qilsangizgina ushbu grantni olishga harakat qiling.
So'rovnomada shartlarga mos kelgan barcha qantashishi mumkin.
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScET3YyTDzeDKCF451FNTPbftuxdOQ7E_lg9PY0kF2ZR6Tbhg/viewform?usp=sf_link
Qabul chorshanba 23:59 gacha davom etadi, iltimos shartlarga mos kelsangiz so'rovnomada qatnashing yoki kamida ushbu postni boshqalar bilan ulashing.
@nurmukhamedoff_dev
متاح الآن! بحث تيليغرام 2025 — أهم رؤى العام 
