Umar Sadullayev | Blog
الذهاب إلى القناة على Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad
إظهار المزيد5 137
المشتركون
-324 ساعات
-197 أيام
-5030 أيام
أرشيف المشاركات
Shaxsiy kanalimda allaqachon yangi kitobni boshlab yubordik. Avvalgisi Vaqt haqida bo'lgan bo'lsa, bu safargisi ilm olish borasida juda ajoyib kitob.
Orada shaxsiy kanalimga kichik iqtiboslar keltirib turaman.
Bizga qo'shiling: @UmarSadullayev
Avvalgi kitoblar ro'yhati
@UmarSadullayev
Shu kungacha qilgan suhbatlarimiz ro'yhati:
1. AI haqida nimalar bilamiz ? - Anvar Narzullayev bilan.
2. Dasturchi sifatida vaqtni to'g'ri boshqarish - Ulug'bek Samigjanov bilan.
3. Junior va Middle dasturchi farqi, freymvork tanlash - Umar Muhandis bilan.
4. "Soft skill"lar nima ? - Javaholics (Humoyun) bilan.
5. EPAM va ITransition haqida - Umar Sadullayev
Safni yana kengaytiramizmi ?
Nima mavzu va kim bilan ?
@JoshDeveloper
Ha aytgancha, biror foydali postni kommentida tanishingizni ko'rib qolsangiz lichkasiga yozing iltimos. 🙂
Borgan sari kommentlar "bozor" bo'lib boryapti. Komment bu "izoh" degani.
Insonlar kommentga kirib, boshqa insonlarni fikrlarini o'qiydi, izohlarga va postga o'z fikrlarini qoldiradi.
"Subscriber odoblari" deb kitob yozsammikan-a ? 🙂😄
@JoshDeveloper
Kanal obunachilariga eslatma va tavsiyalar. (Bu boshqa kanallar uchun ham)
1. Postni yaxshilab o'qimasdan oldin post kommentida fikr bildirmang, savol so'ramang. Avval o'qing.
2. "Forward" qilingan postlar meniki emas. Boshqa kanaldan yuborilgan bo'ladi. Boshqa kanaldan kelgan postni meni yozdi deb o'ylamang.
3. Kommentda "Men birinchi, Men ikkinchi" deb yozadiganlarga savol: "Joningizga tegmadimi ?" 🙂
4. Fikr bildirish uchun alohida kanal ochish qo'rqoqlikdek tuyuladi menga. Iloji boricha ochiqroq bo'ling.
5. Kanal faoliyati haqida "feedback" berib turing.
Beshinchini hozir qilsangiz bo'ladi 🙂.
Share ✈️
@JoshDeveloper
Repost from Khumoyun Codes
Pul motivatsiya bo‘la oladimi?
Ko‘pchilik ikki-uch kun oldin ko’targan mavzu haqida yozish endi xayolimga keldi, o‘zimning va atrofimdagilarning karyerasidan kelib chiqib o‘z fikrimni bildirishga qaror qildim. Fikrimni cho‘zmasdan aniq qilib aytaman, PUL motivatsiya BO‘LA OLADI! Lekin, o‘rganishni boshlashda motivatsiyalardan biri bo‘lishi mumkin, shu bilan birgalikda yaxshi ish o‘rni, kafolatlangan oylik va bir “stol”ning egasi bo‘lish ham motivatsiya bo‘lishi mumkin.
O‘zimdan kelib chiqib gapiraman, oilada 4 ta aka ukamiz, ota-onam OTMlarni yakunlashmagan, yaʼni “ziyolilar” oilasida tug‘ilmaganman. Lekin sobiq ittifoq paytida hozirgi o‘rta-maxsus taʼlim kollejlariga to‘g‘ri keladigan o‘quv muassasalarini bitirib o‘z kasblarini topib ishlashgan. Ammo katta oilani va ro‘zg‘orni eplash uchun, qulupnay, atirgul, pomidor va bodring ekib, fermerlik orqali hozirgi darajamizga yetib kelganmiz. Ota-onamning bizni ilmga mehr qo‘yishimizga, asosiy sabab qilib ko‘rsatishgan narsalardan biri, yaxshi ish o‘rni. Issiqda ularga o‘xshab dalada ishlamasligimiz uchun, sovuqda issiq ish o‘rnini egasi bo‘lishimiz uchun bizga tog‘ri motivatsiya berishgan. Kasb tanlashda moddiy tomonga eʼtibor berish va agar bu motivatsiya noto‘g‘ri bo‘lganda, men sizlarni qarshingizda turmagan bo‘lardim.
Oramizda ota-onasi va oilasiga yordam berish uchun o‘qib, ilm o‘rganayotganlar kam bo‘lmasa kerak. Otangizni 12 soatlik smenalardan va sovuq o‘lkalarda qurilishdagi ishdan, onangizni ishlaridan kelib, oilaga qarab, yana 1-2 so‘m orttirish uchun hovlidagi yoki issiqxonadagi ekinlarni kechgacha parvarish qilib yurib, o‘zlariga vaqt ajrata olmaslikdan qutqarmagan bo‘larmidingiz? Yoki otangizni tug‘ilgan kunlariga yangi avtomashinani sovg‘a qilishni hohlamaysizmi? Ja bo‘lmaganda, sizni moddiy tomondan o‘ylamasliklarini taʼminlash uchun, o‘zingizni o‘zingiz eplagani yaxshi oylik daromad beradigan ish tanlamagan bo‘larmidingiz? Albatta tanlar edingiz, chunki biz Birlashgan Arab Amirliklarida tug‘ilmaganimiz, yashayapganimiz, farzandlik bo‘lganimiz, to‘y qilayotganimiz va hkz lar uchun “hech kim” BONUSlar bermaydi.
Shuning uchun, “Donʼt tell me that money cannot be a good motivation. It is complete nonsense”. Dasturlash og‘ir jismoniy mehnat emas, uni tanlab o‘rganib olgandan keyin mehr baribir tushadi, faqatgina pul ortidan quvib ketmasdan sabr qilishni o‘rganish ham kerak.
Ammo, suhbatda aytib o‘tilgan raqamlarning to'g‘ri-noto'g‘riligi bo‘yicha maʼlumot berishimni iloji yo‘q. Fikrimga keladigan bo‘lsak, dasturlash kurslarini bitirib bir yil tajriba orttirgan o‘quvchi o‘rtacha 500-700 olishi mumkin. Menga shubhali tuyilgan narsa faqat «patalok» 3000$ va 90% o‘quvchilarni ish bilan taʼminlangani. Meni o‘zimni kursimdan bitirgan o‘quvchilarimni 70% ish bilan taʼminlangan, bu 8-9 oy kursni bitirib chiqgan o‘quvchilar uchun juda yaxshi natija deb o‘ylayman.
Rizqni albatta Alloh beradi, lekin biz sababini qilib qo‘yishimiz kerak.
Siz nima deb o’ylaysiz, meni fikrlarimga qo’shilasizmi yo pul motivatsiya bo’lolmaydi deb o’ylaysizmi?
@khumoyun_codes
EPAM va ITransition haqida va bu kompaniyalarda ishlash.
00:23 - Mavzular ro'yhati
02:08 -Ikki kompaniya haqida umumiy ma'lumotlar
03:44 - Ofislari qayerlarda joylashgan
05:02 - Ustunlik va kamchiliklari
12:47 - Internship (Stajyorlik)
16:02 - O'sish jarayoni. Bilim va daraja oshirish.
18:54 - O'zim buyerlaga qanday kirganman ?
24:52 - Qaysi kompaniya maslahat beraman ?
27:33 - Savollar qismi
Siz qidirayotgan mavzu buyerda 🙂:
06:06 - Oylik 💸
Internship'ga qayerlardan topshirish bo'yicha linklarni komment qismida qoldiraman.
@JoshDeveloper
Suhbat tugadi. Yaxshi bo’ldi. (deb umid qilaman)
Ertaga suhbat audiosini linklarga ajratib, kerakli manbalar bilan birga yuboraman inshaaAlloh.
Qatnashgan barchaga rahmat.
@JoshDeveloper
Bugungi suhbatda nimalarni gaplashamiz ?
1️⃣ EPAM va Itransition haqida umumiy ma'lumot.
2️⃣ Internship'ga kirish (Stajyorlikka kirish).
3️⃣ O'sish.
4️⃣ O'zim bu ikki kompaniyaga qanday kirganim.
Savollaringiz yuqorida birinchi qilingan e'lon kommentiga qoldiring.
@JoshDeveloper
Eslatib o'taman, ertaga soat 20:30 da EPAM V ITransition kompaniyalarida ishlash haqida gaplashamiz.
InshaaAlloh
Unutmang 😉
@JoshDeveloper
Front-end bo'yicha intervyu keyingi hafta oxirida qilinadigan bo'ldi. Biroz ishlarim bilan ulgurmay qolganim sabab bo'ldi.
Tahminan Xudo xohlasa 15-16-avgustlargacha video chiqadi.
Bu safargisi 🔥 bo'ladi inshaaAlloh.
Cho'zilayotgani uchun uzr.
@JoshDeveloper
EPAM va ITransition
Ikki kompaniya haqida umumiy fikrlar, solishtirishlar va uyerda ishlash haqida maqola yoki video yozishni o'ylab oxiri ikkisini ham qilmaydigan bo'ldim.
Podcast qilamiz 🙂
EPAM'da salkam 1.5 yil ishlagan va hozirda ITransition'da ishlayotgan dasturchi sifatida ushbu kanalimda ikki kompaniya haqida shaxsan o'zim "Voice chat" qilib gapirib o'taman.
InshaaAlloh.
Qachon ?
15-avgust, 20:30
Oldindan savollaringiz bo'lsa kommentda qoldiring.
Postni "Share" qilamizmi ? 😉
@JoshDeveloper
EPAM va ITransition haqida va ikki joyda ishlash haqida ma'lumot ulashishimga nima deysiz ? 😋
Video ko'rinishida bo'lsinmi yoki maqolami ?
Izohda fikringizni va nima mavzularni olib chiqishimni xohlashingizni qoldiring.
@JoshDeveloper
"Devs'Blog Community" dasturchilarining foydali kanallarini siz uchun bir joyga yig'dik:
@sardoroga_blog - axborot texnologiyalariga oid qiziq/qiziqmas ma’lumotlar berish, atrofimizda IT olamida bo’layotgan ba’zi hodisalar haqida postlar
@mayoquz - dasturlash haqida turli fikrlar, foydali manbalar va tavsiyalar
@khumoyun_codes - dasurlash va dasturchi hayotiga oid maqola va media kontentlar.
@yunus_code - IT olamida bo’layotgan voqealarga sharhlar, muallifning shaxsiy fikri va dasturlashga oid postlar.
@JsTutorial - fullstack Javascript dasturlash tilini o'rganmoqchi bo'lganlar uchun maxsus kanal.
@nurmukhamedoff_dev frontend dasturlash bo’yicha online kurslar va shu sohaga doir maqolayu maslahatlar
@mabrur_dev - dasturlashga oid foydali blog, JavaScript bo'yicha maslahatlar va mock intervyular
@nizamoff - dasturchining lifestyle blogi, sohaviy fikrlar va dasturchilar bilan podcast'lar.
👨💻 Dasturchilarning sahifalarini kuzatgan xolda o'zingizga kerakli va foydali bo'lgan kontentlarni kutib oling!
Tepadagi savol javobi.
Kodni tepadan o'qib tushunib olsangiz bo'ladi. Tushunarsiz bo'lsa kommentda "discuss" qilsangiz bo'ladi.
Sizga yoqdimi ?
@JoshDeveloper
Ushbu kod console'ga nimani chiqaradi va nega ?
Negaligini o'zim ham boshida uncha tushunmadim, eski hamkasblar guruhida bahsga qo'yganimdan keyin "Tepdi" negaligi 😄
Oddiy ekan.
Qani ketdik, o'z javobingizni qoldiring. 🚀
@JoshDeveloper
Tepadagidek kodni chiroyli rasm qilib chiqarish uchun ray.so saytidan foydalandim.
Kimga qiziq bo'lsa marhamat.
"What is the output ?" ko'rinishida ko'p kodlarni shuyerda yasashadi. Siz ham urunib ko'ring va kommentga qoldiring. 🙂
@JoshDeveloper
fetch("get", "Josh*Developer/from_php")
.then(response => { // handle the response }) .catch(error => { // handle the error });
