Josh*Developer
الذهاب إلى القناة على Telegram
IT blog of: Umar Sadullayev Senior Software Engineer @ EPAM Google Developer Expert Founder of @vector_academy_uz Reklama: @joshdeveloper_ad Shaxsiy: @umar_shares
إظهار المزيد4 828
المشتركون
-324 ساعات
-137 أيام
+2030 أيام
أرشيف المشاركات
4 827
Repost from UNICON SOFT
📱Google I/O 2024: nimalar vaʼda qilinmoqda?
Umar Sadullayev (GDE) bilan Google I/O 2024 konferensiyasi haqida #texnosuhbat
✔️Premyera bugun soat 19:00da, o'tkazib yubormaslik uchun kanalga obuna bo'lib qo'ying
Kanalga obuna bo‘ling👉 https://www.youtube.com/channel/UC-fYBsOfMBkZMf_D5QctsDg?sub_confirmation=1
📱Videoni to'liq tomosha qilish👉 https://youtu.be/P-xKDKKKmVg
4 827
Native-federation
Ushbu maqoladan keyin o’ylagan bo’lsangiz kerak, “Webpack uchun bor ekan bunday narsa, ammo, biz Esbuild yoki Vite ishlatamizku”, deya.
Unday holatlar uchun, hozirda o’zimiz ishlatayotganim, “Native-federation” yaxshi tanlov ekan.
Ammo, bitta “No” tomoni, bu bilan Webpack’da qilingan loyihalarni birgalikda ishlata olmaysiz.
Shu paytgacha ikkala holatda ham eng ko’p qiynagan narsa, “paket”larni versiyalari. Shu sabab oxirgi loyihamizni Monorepo’da ko’tarishga qaror qildik. Hamma loyihalar bitta versiyada bo’ladi.(Birxil package.json ishlatadi-da)
“Monorepo” - Birnechta loyihalarni bitta repository’da ishlatish.
Maqolani uzunroq yozmoqchi edim, ammo hali beri vaqt ajrata olmasam kerak deb, qisqa ma’lumot beraqolay dedim.
#architecture
@JoshDeveloper
4 827
Kecha ushbu Frontint.uz kursi o’quvchilari orasida so’rovnoma o’tkazgan edim.
123 ta inson ovoz beribdi.
Ushbu rasmda kurs qanchalik ma’qul kelgani keltirilgan.
Bugun tungi 12:00 gacha ushbu chegirmalar amal qiladi. Olishga ikkilanayotganlar bo’lsa, zo’r fursat 😎
#frontint
@JoshDeveloper
4 827
#offtop
Bugun o'zimcha uyga mushuk bolasi olmoqchi bo'lib, narxlarini ko'rgandim. (Skottish Fold yoqyapti)
Buncha qimmat 😅
Oramizda bu masalada yordamlasha oladiganlar yo'qmi-a?)
Bor bo'lsa, @UmarSadullayev ga "Xoy" dvoriylar 🌚
4 827
Repost from Umar shares
Yurtimizda shunday insonlar ko’payaversin.
Ayniqsa yoshlardan, farzandlardan…
P.s: @TsAngular kanali haqida gap ketyapti.
#thoughts
@Umar_shares
4 827
Har hayit bayramida Frontint.uz kursiga chegirma berar edim. Bu safargisi to’y ishlari bilan esimdan chiqibdi.
Ammo, hechdan ko’ra kech 🌚
Kursning Pro tarifiga 40% chegirma 😅
Premium tarifiga esa 20% chegirma 😎
Narxlar 💰:
Pro - 650 000 so’m (390 000 so’m 👍)
Premium - 790 000 so’m (632 000 so’m 👍)
❗️Chegirma 1-iyulgacha davom etadi.
#frontint
@JoshDeveloper
4 827
Ingliz tili o'rganayotganlarga zo'r kanal topib keldim 🌚
Quyidagi videosi "recommended"da chiqib kelgan edi, yoqdi 👍
There we go ⬇️:
https://youtu.be/4UDPaC5tUH0?si=Dpiv_GsDbr474vtB
#english
@JoshDeveloper
4 827
Bir tanishimizni ukalari Macbook Pro sotayotgan ekan. Barcha hujjatlari mavjud.
Narxi: 800$
Bog'lanish: +998933644819
#riklom
@JoshDeveloper
4 827
2 kundan so'ng ushbu professional "verstka" kursi start oladi inshaaAlloh.
Ulgurmaganlar uchun juda yaxshi imkoniyat.
Adminga bog’lanish: @vector_academy_admin
#workshop
@JoshDeveloper
4 827
Mana bu maqolaga qiziqish bildirganlar kam bo'ldi.
Davom etamizmi bu seriyani?
#sorovnoma
@JoshDeveloper
4 827
Kompaniyaning qadriyati ishchisining kompaniya oldidagi qadriga qarab belgilanadi.
©️ Mavlono Joshiy
#quote
@JoshDeveloper
4 827
Accessibility, responsive sayt qilish, “verstka”ni to’g’ri usulda, sifatli qila olish…
Shunday ajoyib ko’nikmalarni olishingizga atigi birnecha kun qoldi.
1.5 oylik kursimizga qo’shilib olinglar. Afsuslanmaysiz, inshaaAlloh.
Adminga bog’lanish: @vector_academy_admin
#workshop
@JoshDeveloper
4 827
Module-federation vs Native-federation
Bir necha haftalardan beri shu mavzular ichida yuribman. Loyiha quryapman. Sizlarga ham ozgina ma’lumotlar ulashsam degandim.
Shu paytgacha loyihalar arxitekturasiga har xil talablar qo’shilib kelgan. Ulardan biri, bir loyiha ichida boshqa loyihalarni chaqirib ishlata olish, loyihalarni kichik, bir biridan mustaqil qismlarga bo’lib ishlash(Micro-frontend architecture).
Ajoyib usul. Sizda birnechta loyiha bo’lsa, uni bir joyda jamlay olasiz.
Yoki, bir juda katta loyihangizni birnechta qismlarga bo’lib, alohida jamoalarga topshirsangiz bo’ladi. Va hkz.
Avval bunday usulni “Iframe” bilan qilish moda edi.
Bitrix24 saytini ko’rgandim, shunday qilishgan ekan.
Lekin Iframe’ni o’ziga xos muommolari bor.
- SEO muommolari
- Xafvsizlik muommolari
- Data ulashish
- va hkz
Webpack shu sabab yangi alternativ usul o’ylab chiqdi. Module-federation.
Bunda dasturlar 2 turda bo’ladi. Host va remote.
Host - O’z ichida boshqa loyihalarni(remotes) chaqirib, ishlatuvchi loyiha 🏠
Remote - Boshqa bir loyihada ishlatiluvchi sub-loyiha 🛋
Bunda “remote” loyihalar o’zini ishlatish uchun Webpack sozlamalariga ega bo’ladi(remoteEntry).
Host shu faylga murojaat qilgan holda, ikkinchi loyihani kodlarini oladi. So’ng, ularni o’z loyihasi ichiga yangi “Module” sifatida yuklaydi. Bunda istasangiz “route” orqali shu loyihani ochadigan kod yozsangiz bo’ladi.
Ha, shu bilan birga “remote” loyiha yuklanishi tez bo’lishi uchun, uning ichidagi kutubxonalar “host” ichida ishlatilgan bo’lsa, Webpack bu kutubxonalarni qayta yuklamaydi. Bu orqali esa “singleton” ravishda istalgan modulingizni ishlatsangi bo’ladi(Shared data uchun ajoyib usul) 👍
Qisqacha aytganda shular. Savollaringizni kommentda qoldirishingiz mumkin 💬
#moduleFederation #architecture
@JoshDeveloper
متاح الآن! بحث تيليغرام 2025 — أهم رؤى العام 
