cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Telegramdagi rasmiy sahifasiga XUSH KELIBSIZ! Web page | https://dtpi.uz/ Facebook | https://facebook.com/DTPI.UZ/ Telegram | https://t.me/DTPI_uz/ Instagram| https://instagram.com/dtpi.uz/

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 323
المشتركون
+124 ساعات
+37 أيام
-330 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Repost from Mutolaa
01:24
Video unavailableShow in Telegram
80 kun davomida 8 ta kitob oʻqing va 20 million soʻm yuting. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oyina.uz portali sovrin miqdori 66 mln soʻm boʻlgan “Kitoblararo 80 kun” marafonini boshladi! Toʻrt bosqichdan iborat marafonda 8 kitobni oʻqing va maxsus sinovlardan oʻtib, gʻolib boʻling! 1-o‘ringa 20 million so‘m va’da qilingan. Sovrinli o‘rinlar esa odatdagidek uchta emas, o‘ndan ortiq! To‘liq ma’lumot va marafonda ishtirok etish uchun manzil: @oyinatanlovbot Telegram | Instagram | Ilova
إظهار الكل...
IMG_4655.MP430.26 MB
Photo unavailableShow in Telegram
ОТМларга кириш тестлари 14 июлдан бошланади Олийгоҳларга кириш имтиҳонлари 14-28 июл кунлари ўтказилиши, шундан кейин 30 июл – 13 август кунлари абитуриентларга йўналиш танлаш имкони берилиши, мандат эса 21-22 августда эълон қилиниши кутилмоқда. 👉 https://kun.uz/kr/56480215 Kun.uz расмий канали
إظهار الكل...
27-iyun-Matbuot va ommaviy axborot xodimlari kuni Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot kotibi Sharofiddin Shamsutdinov Denov tuman hokimligi, Hayrabod garnizoni hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti vakillari tomonidan o'z iste’dodi va mahorati, fidokorona mehnati bilan jamiyatimiz uchun sidqidildan xizmat qilib kelayotgan milliy jurnalistikamiz rivojiga munosib hissa qo'shib kelayotganligi hamda “27-iyun-Matbuot va ommaviy axborot xodimlari kuni” munosabati bilan tashakkurnomalar hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. dtpi.uz
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
✒️ Bugun 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni So‘z eng qudratli kuch. Bu kuch esa faqatgina mahoratli ijodkorga boʻysunadi, uning qo‘lida jangovar qurolga aylanadi. Jurnalist ana shunday ijodkor. Aslida xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini o‘tovchi qalam sohiblari ham Vatan posbonlari kabidir. Ular ham axborot maydonida hamisha sergak, o‘tkir qalam, xolis so‘z va fikr bilan "qurollangan". 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Shu munosabat bilan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi o‘z iste’dodi va mahorati, fidokorona mehnati bilan oliygohimizga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan matbuot kotibi, jonkuyar xodim Shamsutdinov Sharofiddin Xayriddinovichni bugungi kasb bayrami bilan muborakbod etadi! Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida olib borilayotgan islohotlar, ularni keng jamoatchilikka yetkazish hamda institutimizning nufuzini yanada oshirishdek keng ko'lamli jarayonlarda Sh.Shamsutdinovning xizmatlarini e'tirof etish o'rinlidir. Shu munosabat bilan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ma'muriyati hurmatli ustozga ijodiy va kasbiy muvafaqqiyatlar, kuch-quvvat, omad va zafarlar, sihat-salomatlik, ezgu faoliyatlarida yutuq va omadlar, oilaviy baxt, xonadonlariga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilaydi! 🌐@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring! DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram
إظهار الكل...
27 июнь — Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни Ўзбекистон Республикаси Президентининг Сурхондарё вилоятидаги Халқ қабулхонаси мудири Абдулҳаким Эшмуродов Денов тумани ҳокими Илҳом Аброров бир гуруҳ журналист ва ижтимоий тармоқ фаолларини байрам муносабати билан табриклади. Тадбирда Ўзбекистон Республикаси Президентининг Сурхондарё вилоятидаги Халқ қабулхонаси мудири Абдулҳаким Эшмуродов журналист ва ижтимоий тармоқ фаолларининг жамиятимизда юз бераётган муҳим ўзгаришлар, устувор ғоя ва ташаббусларнинг маъно-моҳиятини аҳолига тезкорлик ва холислик билан етказиш баробарида мамлакатимиз тараққиётига қўшаётган ҳиссаси беқиёс эканлигини таъкидлади. Тадбир давомида Денов тумани ҳокими Илҳом Аброров сўз эркинлигини таъминлаш, аҳолига ҳаққоний ахборотларни ўз вақтида етказиб бериш, мамлакатимизда инсон қадрини улуғлаш, одамларнинг онгу тафаккурини юксалтириш, жамиятимизда очиқлик ва ошкоралик муҳитини мустаҳкамлаш йўлидаги масъулиятли ва машаққатли фаолиятида журналист ва ижтимоий тармоқ фаолларига улкан ютуқлар ҳамрох бўлишини тилади. Денов тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати 🕊@dthaxborotxizmati 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
إظهار الكل...
27 июнь — Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни Ўзбекистон Республикаси Президентининг Сурхондарё вилоятидаги Халқ қабулхонаси мудири Абдулҳаким Эшмуродов Денов тумани ҳокими Илҳом Аброров бир гуруҳ журналист ва ижтимоий тармоқ фаолларини байрам муносабати билан табриклади. Тадбирда Ўзбекистон Республикаси Президентининг Сурхондарё вилоятидаги Халқ қабулхонаси мудири Абдулҳаким Эшмуродов журналист ва ижтимоий тармоқ фаолларининг жамиятимизда юз бераётган муҳим ўзгаришлар, устувор ғоя ва ташаббусларнинг маъно-моҳиятини аҳолига тезкорлик ва холислик билан етказиш баробарида мамлакатимиз тараққиётига қўшаётган ҳиссаси беқиёс эканлигини таъкидлади. Тадбир давомида Денов тумани ҳокими Илҳом Аброров сўз эркинлигини таъминлаш, аҳолига ҳаққоний ахборотларни ўз вақтида етказиб бериш, мамлакатимизда инсон қадрини улуғлаш, одамларнинг онгу тафаккурини юксалтириш, жамиятимизда очиқлик ва ошкоралик муҳитини мустаҳкамлаш йўлидаги масъулиятли ва машаққатли фаолиятида журналист ва ижтимоий тармоқ фаолларига улкан ютуқлар ҳамрох бўлишини тилади. Денов тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати 🕊@dthaxborotxizmati 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
إظهار الكل...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#bayram_tabrigi 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi ushbu sana munosabati bilan yurtimizda fidokorona mehnat qilib kelayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan axborot xizmati xodimlari hamda faol blogerlarni samimiy muborakbod etadi! Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilaymiz. Mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yangi yutuq va omadlar yor bo‘lsin!
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#tabrik Prezident 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi Президент направил свои поздравления работников отрасли с 27 июня – Днем работников печати и средств массовой информации
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
Repost from DTPI rasmiy kanali
#Surxon_vohasi_ichki_turizm 🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga biriktirilgan Denov, Sariosiyo, Uzun va Qumqo'rg'on tumanidagi ijtimoiy himoya restoriga kiritilgan oila farzandlari bilan vohamizning tarixiy qadamjolaridan biri al-Hakim at-Termiziy maqbarasiga sayohat uyushtirishdi. 🌐@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
إظهار الكل...
Repost from DTPI rasmiy kanali
Hokim va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi 🏛 O‘sib kelayotgan yosh avlodning qiziqishlari va intilishlarini rag'batlantirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Qolaversa, yoshlarning ma'lum bir kasbni egallashlarida Oliy ta'lim muassasalari ham muhim o'rin tutadi. ✅ Hududlarda yashovchi kam ta'minlangan oila farzandlarining qiziqishlari hamda taklif va muammolarini o'rganish ularni oliy ta'lim muassasalariga o'qishga topshirish va ularga to'g'ri yo'nalish berish maqsadida “Hokim va yoshlar uchrashuvi” bo'lib o'tdi. 🔰 Uchrashuvda har bir yoshning qiziqishlari tinglanib, batafsil o'rganildi. 🌐@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.