cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

АОКА Xorazm || Rasmiy kanali

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi rasmiy kanali Murojaat uchun tel: 62 2231326 || 97 5297227 Savollar uchun: @aokaxorazm_bot sayt www.aokaxorazm.uz

إظهار المزيد
Advertising posts
4 359المشتركون
-2124 hour
-327 يوم
+40730 يوم

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

✔️ Семинар иштирокчиларига сертификатлар топширилди Жорий йилнинг 27-28 апрель кунлари Паркент туманидаги Ёзувчилар ижод уйида “Ноширлар ва муаллифлар учрашуви: китоб нашр этиш ва китобхонликни ривожлантиришнинг долзарб муаммолари”мавзусида семинар бўлиб ўтди. Семинарнинг биринчи кун дастурига кўра давра суҳбатлари, В2В учрашувлар, маҳорат дарслари, тақдимотлар ўтказилди. Бугун семинар доирасида иштирокчилар ўртасида турли спорт ўйинлари ташкил этилди. Дўстона руҳда ўтказилган мусобақа ғолибларига қимматбаҳо эсдалик совғалари топширилди. Шунингдек, семинар якунида барча иштирокчиларга сертификатлар тақдим этилди. Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
إظهار الكل...
📺📺 Xivada «Lazgi» II xalqaro raqs festivalining yopilish marosimi 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
إظهار الكل...
Prezident Shavkat Mirziyoyev olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasiga tabrik yoʻlladi «Ishonchim komilki, sizlar bu yutuqdan yanada ruhlanib, final bellashuvida «Osiyo chempioni» degan sharafli nom uchun munosib kurash olib borasiz. Fursatdan foydalanib, barchangizga, sizlarning mehribon ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringizga ham chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman», deyiladi tabrikda. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
إظهار الكل...
Mamlakatimizdagi eng birinchi informatsion telekanal – "Uzreport TV" faoliyatiga 10-yil toʻldi. Axborot olish va uzatish, tarqatish jurnalistikaning eng masʼuliyatli, zalvorli funksiyasi hisoblanadi. "Uzreport TV" xolislik, haqqoniylik, tezkorlik prinsiplariga sodiq qolgan holda 10-yildirki, oʻz auditoriyasiga global yangiliklarni taqdim etib kelmoqda. "Uzreport TV telekanali AOKAning OAVlar uchun yaratgan platformasida eng faol hamkori desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Zero AOKAda davlat idoralari mutasaddilari ishtirokida oʻtkaziladigan kunlik media-tadbirlar telekanalning ekranlarida jonli efirda aks ettiriladi. AOKA jamoasi "Uzreport TV ijodkorlarini 10-yillik yubiley bilan chin yurakdan qutlaydi. OAV uchun muhim boʻlgan mezonlardan ogʻishmay, yuksak marralarni zabt etishlarini, jahon axborot bozorida eng talabgor, xaridorgir va reytingi yuqori media-platformaga aylanishlarini tilaydi! 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
إظهار الكل...
💎Mutolaa Shijoatli kishilarni do‘st tut, chunki Alloh jasur kishilarni ardoqlaydi. Amir Temur 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
إظهار الكل...
O'zbekistonda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilishga oid yangi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga eʼlon qilindi. Korrupsiya haqida xabar berganlarga nimalar kafolatlanadi? Batafsil 👉 videoda _______ На портале regulation.gov.uz идет обсуждение проекта закона о защите граждан, сообщивших о случаях коррупции. Какие гарантии будут у заявителей? Ответ 👉 в видео. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
إظهار الكل...
Mahalliy hokimlik organlari mutaxassislarining malakasi oshirildi ✅Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Xorazm viloyati filiali tashabbusi bilan Urganch Davlat universiteti bilan hamkorlikda qisqa muddatli 18 soatlik malaka oshirish kurslari joriy yilning 24-25 aprel hamda 26-27 aprel kunlari bo‘lib o‘tdi. 🔺Xususan, siyosiy mavzular - "Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati", "Asosiy maqsadimiz – O‘zbekistonni barqaror rivojlantirish. “O‘zbekiston – 2030” Strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari", "O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati va davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy etikasi va odob-axloq qoidalari" va "Mahallabay ishlash bo‘yicha yangi tizimning mazmun-mohiyati va “mahalla yettiligi”ni joriy etishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oldida turgan asosiy vazifalar" mavzulari, shuningdek hokimlikning iqtisodiy, investitsiya, qurilish, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy va xotin-qizlar bo‘limlari mutaxassislari uchun sohaviy kasbga aloqador dolzarb vazifalardan kelib chiqib ma’ruzalar qilindi. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
إظهار الكل...
🟢Poraning har qanday shakli – korrupsiya illati! 🟢Pora taklif qilish toʻxtamas ekan, pora olish ham tugamaydi. 🟢Oʻzingizni oʻzgartiring. Poraxoʻrlikka yoʻq deng! 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
إظهار الكل...
💎Mutolaa Boshqalardan ustun boʻlishimiz muhim emas. Asli muhim boʻlgan narsa, bugun, kechagi holatimizdan ustunroq boʻlishimizdir! ✍️Jaloliddin Rumiy Boshlangan yangi haftangiz omadli boʻlsin! 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
إظهار الكل...
XORAZMDAGI GO‘ZAL AN'ANA DAVOM ETMOQDA
O‘zbеk xalqining to‘ylari go‘zal urf-odatlarga nihoyatda boy. Ayniqsa, Xorazmda yo‘lga qo‘yilgan yangi loyiha — oila qurayotgan yoshlarning sarposiga kitob javoni hadya etish an'anasi to‘ylarimizga yanada fayzu tarovat baxsh etmoqda.
Xorazm viloyati hokimligi, Xorazm viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi mas'ullari joylarda o‘tkazilayotgan nikoh to‘ylarida bevosita ishtirok etib, yoshlarga oila ilmidan saboq beruvchi kitoblar to‘plamini tuhfa etmoqdalar. Viloyatimizning Bog‘ot, Shovot, Xonqa, Urganch tumanlari hamda Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan to‘y tantanalarida Oila va xotin-qizlar bo‘limlari boshliqlari ishtirok etib, xayrli tashabbusga munosib hissa qo‘shdilar. Har bir insonning ma'naviy kamolotida kitobning o'rni beqiyos. Vohamizda yuksak qadriyat sifatida qadrlanayotgan loyiha oila qurayotgan yoshlarni kitobsevarlikka undash, ularda kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz. 🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram
إظهار الكل...