Python daturlash maktabi 🐍
الذهاب إلى القناة على Telegram
إظهار المزيد
647
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-17 أيام
-430 أيام
أرشيف المشاركات
Repost from Adizbek Ergashev's blog
Tikka reklama, 16k user kerak ekan yana. Robocontest.uzda 20 000 user bo’lsa kurslar bo’limidagi videolarni bepul qilamiz 🔥
Repost from Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz
Dasturlashda matematika kerak bo’ladimi deb ko’p so’rashadi.
Javob: Kerak, biznesni bankrotga uchratmaslik uchun ham matematika kerak)
Assalomu alaykum, bu kitobni aynan sizlar uchun topdim. Bu qo'shimcha bilim siz uchun. Kitob nomi
Python Dasturlash bo'yicha o'zbekcha kitob
Sizga foydali bo'ladi degan umiddaman. Bu sizga markazimiz online darslari dek oson va tushunarli bo'lmasada, pythonni biladiganlar uchun takrorlashga bo'ladi. Marhamat, bu kitob sizga😊
Biz sizni yaxshi ko'ramiz
Bu xabarni sizga samimiyat ila Python online o'quv markazi asoschisi Xalilov Habibulloh yozmoqda
Repost from abdulbositqoriuz
#ибрат
Океанларнинг қаърида бир жонивор яшайди. Товус қушига ўхшаган, номи денгиз узумидир. Унинг мияси бор, фикрлайдиган бир ҳайвондир аслида. У ҳайвон бир ин қуриб, ҳаётини тинчгина яшаб ўтиш учун қояликларнинг тагидан ҳар доим жой қидиради. Қачонки кўнгилдагидек қояни топса, ўзини қояга уради ва бундан кейин мияга эҳтиёжим йўқ деб таҳмин қилади. Шу тақлидда ўз миясини ўзи ейишга тушади. Натижада ҳайвон секин-аста ўсимликка айланади.
Жуда қизиқ, шундай эмасми?
Аммо ишонингки, Ислом умматининг бугунги аҳволи шу ҳолатда. Ўз миямизни ўзимиз емоқдамиз. Аллоҳ мия каби бир неъматни берган. Аммо биз ундан фойдаланмаймиз. Биз нега ўйланайлик, қайғурайлик, бошлиқлар ўйласин буни деймиз. Иродамизни ижарага бериб, миямизни ейишда давом этмоқдамиз.
Икки юз йилдир Ислом умматида ихтиро, кашфиёт йўқ. Илм ва билим тўхтади гўё. Андалусдек тажрибага эга бир уммат, ҳозир бошқаларнинг иродасига бўйсунишга маҳкум. Вақтию-замонида бутун дунёдан роҳиблар Андалусга илм ўрганиш учун келар эди. Бир кун бир роҳиб Андалусни тарк этар экан, қўйнида бир нарса ўғирлаб қўлга тушади. У нарса «Абакус» яъни, ўша даврнинг компьютери эди. Компьютерни ижод қилган бир умматнинг болалари, компьютер программаларида чўққиларни забт қилиши керак эмасмиди? Биз фойдаланаётган бутун программа, ижтимоий сайтларнинг ижодкори баъзан биз қарғаб қўядиган қарши тарафдаги умматникидир.
Миямизни ейишдан тўхтайлик. Аллоҳ бу мияни бизга егин деб эмас, фойдалангин, ишлатгин деб берган. Уни ишлатганимиз сари янада кўп ишлайди аслида.
©️ Марзия Сайдам
Яқинларингизга ҳам улашинг!
👉 @AbdulbositQori
Repost from Azim Pulat
Dastuchi Emas, Sotuvchi Bo’ling
Ikki muhim mavzu - ITda pul topish va “soft skill”lar haqida gaplashamiz.
Manba: youtu.be/TPixtEUh5l0
Repost from AHBS | Alisher Kasimov’s Blog
Nega dasturlash zerikarli?
#shaxsiy_fikr
Ko’pincha menga yosh dasturchilar qiziqarli bitta savolni qayta-qayta berishadi — “Siz dasturlashdan zerikkan paytlaringiz bo’lganmi?”
Savol berganlarning aksariyati suhbat davomida o’zlari dasturlashni yaqinda boshlab, hozirda zerikib qolishgani haqida aytishadi. Ba’zan “ishim har doim faqat kod yozishdan iborat bo’ladimi?” deb savol ham berishadi.
Aslida ham. Nima uchun dasturlash zerikarli narsa? Keling, hozir shu savol biroz chuqurroq, o’yga tortadigan shaxsiy fikrim bilan bo’lishsam.
Biz, odamlar, o’ylab, ishlab chiqargan narsalarning hammasi zerikarli
Hech zamonda meditsina yoki, misol uchun, astronomiya, yoki biologiya bilan qiziqib ko’rganmisiz? Shu yo’nalishlardagi biror hodisa, predmetlar haqida, qayerda bo’lsa ham, maqolalar o’qib ko’rganmisiz? Qanchalik qiziqarli bu fanlar?
Oddiygina Saturn sayyorasi haqida o’qib, savollar tugamaganini, va o’qigan sari savollar ko’payib borayotganini, yana bu ham yetmaganidek, bizga nuqtadek ko’rinuvchi bir koinot jismining yana ham qiziqlashib borayotganini hech sezmaganmisiz? Bu faqat bitta sayyora edi. Yetmaganiga, “Olimlar uchun bu masala hali qorong’u” degan gaplarni o'qib, et jimirlab ketadi. Olim bo'lib, shuncha yillar izlanib hali oxiriga yeta olmagan.
Ketidan odam yuragi haqida ham biror ma’lumot o’qib ko’rsa bo’ladi. Bu yerda ham o’qigan sari sir-sinoatlar ko’pligi, lekin ularning naqadar qiziqarliligi ochilib boradi. Odam ongiga sig’mas darajada hamma narsa mukammal ekanligini his qilishi bilan odam, ilmga naqadar chanqoqligini, va aynan shu yo’nalishlarda o’z ilmini oshirish niyatida ekanini his etadi.
Shu o’rinda kishi Allohning naqadar buyuk zotligiga yana amin bo’ladi. Odamning bir kichik bandaligi, Alloh yaratgan barcha jismlar oldida ojizligi, unining shu jismlarni o’rganishga bo’lgan chanqoqligini yanda oshiradi, Allohga ishonchini kuchaytiradi.
Biz o’zimiz ishlab chiqargan kompyuter-chi? Dastrulash tillari-yu, o’zimizcha mukammal deb biluvchi sun’iy ong-chi? Ular har doim zerikarli bo’lib tuyulaveradi. Xatolar ko’p bo’ldiki, biz kompyuterni o’ylab topdik. Mukammallik kam bo’ldiki, dasturlash tillarini ko’paytirib tashladik. Lekin shunda ham ko’nglimiz taskin topa olmaydi. Sababi esa oddiy — Alloh yaratgan jismlar, atrof muhit oldida bizning o’ylab topgan narsalar sodda va zerikarlidir, mukammallikdan yiroqdir.
Bu gaplar bilan men Sizlarni dasturlashni o’rganishdan qaytarish niyatim yo’q. Aksincha, ilm izlashga, unga chegara qo’ymaslikka chaqirmoqchiman.
Zerikish paydo bo’ldimi, demak Siz dasturlashni faqat shu odamzod o’ylab topgan narsasi uchun o’rganayotgandirsiz. Bu ilm zerikarlidir, lekin uni Alloh yo’lida halol va buyuk ishlar uchun o’rgansangiz, dasturlash zerikarli bo’lmay qoladi. Uning oxiri bor, lekin yo'l oxirida Alloh yaratgan narsalarga bog'liqlik paydo bo'ladi. Va shu damdan boshlab dasturlash ham qiziqlashib boradi.
Shu haqida bo’sh vaqtingizda fikrlab ko'ring.
Ilm izlashdan to’xtamang!
@app_hbs
Repost from Janob Panda | AI
Xech qachon mahzun bo’lmang!
Agar hayotda bir narsani yo’qotgan bo'lsangiz, tushkunlikka tushmang - hali ko’p narsani yo’qotganingiz yo’q.
Agar hayotda ko’p narsani yo’qotgan bo’lsangiz, tushkunlikka tushmang - hali hamma narsani yo’qotganingiz yo’q.
Agar hayotda hamma narsani yo’qotgan bo’lsangiz, tushkunlikka tushmang - endi yo’qotadigan narsangiz yo’q. 😂
@mukhammadkarim_tukhtaboev
Repost from Botir Ziyatov
Telegram username bozori ishga tushti
👉 https://fragment.com/
Endi foydalanuvchilar Telegram jamoasi tomonidany yig‘ilgan username larni olishlari mumkin.
misol: @base, @bank, @game
Nomlarni sotib olish kim oshdi savdosi asosida amalga oshiriladi.
Hozir narxlarni ko‘rsam mazza ekan )
4 harfli nomlar 10 500 Toncoin (taxminan 19 950 dollar).
Agar xaridor topilmasa, narxi pasayib boradi.
👨🏻💻 @botirziyatov
🎲 “Python basic test !”
Barcha o'tilgan darslar bo'yicha test. Testni ishlash davomida kodni dasturga kiritib javob olmang testni javobini o'zingiz toping. testi
🖊 20 ta savol · ⏱ 45 soniya
