cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

AHBS | Alisher Kasimov’s Blog

Application has been started. @a_kasimovv

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدلم يتم تحديد اللغةالفئة غير محددة
مشاركات الإعلانات
625
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

​​Avtobusga uyga borish uchun chiqamiz, avtobus yoqib qolganligi uchun emas Tasavvur qiling, Siz biror joy (maktab, ish xona, mahmondorchilik, choyxona)dan uyga ketmoqdasiz. Tabiiyki, uyga yetib olish uchun Siz shahardagi o’zingizga qulay bo’lgan transportga chiqasiz. Aynan ushbu transport Sizni aniq uyga eng yaqin joyga eltib qo’yadi. Endi o’ylab ko’ring. Avtobusga chiqishdan maqsad nima? Avtobusda yurishdan bahra olishmi? Yo’q. Yoki odamlarni tamosha qilishmi? bu ham Sizning maqsadingizga kirmasa kerak. Sizning maqsadingiz uyga yetib olishdir. Avtobus esa aynan shu maqsadga yetkazuvchi bir vosita, instrument. Aynan shu instrument orqali biz uyga tezroq yetib olishga harakat qilamiz. Albatta, piyoda ketsak ham bo’ladi, lekin, misol uchun, 10 kilometrlik yo’lni avtobusda bosib o’tish ancha qisqa vaqtni oladi. Charchab ham qolmaysiz. Maqsadingiz uyga yetib olish bo’lganligi uchun, Siz avtobusga chiqgach, undan qachon tushishni, qaysi avtobusni tanlashni va tahminan yo’lga qancha vaqt ketishini ham bilasiz. Endi tasavvur qiling, Sizning maqsadingiz faqat avtobusga chiqish edi. Nima bo’ladi? Albatta, Siz birinchi bo’lib bekatga to’xtovchi 10 xil avtobusdan qay birini tanlashni bilmay qolasiz, chunki maqsad aniq emas-da! Hop, biror avtobusni tanladik ham deylik, unga chiqib olgandan keyin nima? Taqdirga tan berishdan boshqa iloj yo’q. U qayerga bizni olib borsa, shu yerga ketaveramiz. Shaharning biz bilmagan yerlariga borib qolsa-ku, bundan ayanchli hol bo’lmasa kerak. Ham pul behuda sarflangan, ham vaqt ketgan, yetmaganiga biz endi qaytib olishimiz ham kerak. Bu misolni bekorga keltirganimiz yo’q. Juda ko’p yoshlar dasturlashga sohasiga kelgandan keyin har doim faqat Frontend, Backend kabi yo’nalishlarning o’zini tanlashadi. JavaScript, Java, C#, Pythonlarning faqat o’zini o’rganishni o’zlariga maqsad qilishadi. Vaqt o’tib esa, resurslar ketib bo’lganidan keyin, tanlangan narsa qiziqarsiz ekani aniq bo’lganidan keyin, “Aka, men Python o’rgangan edim, menga yoqmay qoldi. Endi nima qilsam bo’ladi?”, deb savol berishadi. Axir bu xuddi avtobusni o’zini maqsad qilib tanlagandek gap-ku. Yana bir turdagi yoshlar esa, Python yoki JavaScriptning bozordagi o’rnini so’rab murojaat qilishadi. Axir bu instrument-ku! Uning bozorda har doim o’rni bo’ladi. Lekin bu taniqlilik texnologiyaning qiziqarli bo’lib qolishiga sababchi bo’lmaydi-ku! Dasturlash qiyin yo’nalish. Agar uni katta maqsad uchun ishlata olsangiz, shundagina uning qiziqarliligini tushunib yetasiz. Elon Musk, Jeff Bezos, Bill Gates, Steve Jobs’lar dasturlashni C yoki Python taniqli bo’lgani uchun, yoki NodeJS “krutoy” bo’lgani uchun tanlashmagan. Ular odamlar hayotida biror katta o’zgarishlarni qilish niyatida bo’lishgan. Agar Siz kuzatuvchanlikni oshirsangiz, ilm izlashga qiziqishni oshirsangiz, odamlar hayotida nima kamchiliklar borligini bilib olasiz. Shundagina Siz katta maqsadlar sari yo’l olasiz va Siz kelajakda tanlaydigan til yoki freymwork oddiy instrumentga aylanib, Sizning ishlaringizni hal qiladi va Sizga yaxshi daromad keltiradi. Va eng asosiysi — Siz bu texnologiyaning zerikarli emasligini tushunib yetasiz. Ilm izlashdan to’xtamang! @app_hbs
إظهار الكل...

إظهار الكل...
Dasturlash fenomeni. I-qism. Universitet kerakmi?

“Assalomu Alaykum! Mening ismim Falonchi. Bir savol bilan murojaat qilmoqchiman. Men dasturlashga qiziqaman. Shunda menga universitetda o’qish kerakmi? Yoki markazlarda o’rganib ketsam bo’ladimi?”, — eng ko’p beriladigan savol. Aslida ham, shu dasturlashni o’rganish yo’lida universitetning o’rni qanday? Nima uchun ayrim odamlar universitetda o’qimay turib ham yaxshi dasturchi bo’lib ketishmoqda? Nega ota-onalar tinmay shu universitetni “tiqishtiraverishadi”? O’zi aslida dasturlash universitetga muxtojmi? Boshqa…

Nega dasturlash zerikarli? #shaxsiy_fikr Ko’pincha menga yosh dasturchilar qiziqarli bitta savolni qayta-qayta berishadi — “Siz dasturlashdan zerikkan paytlaringiz bo’lganmi?” Savol berganlarning aksariyati suhbat davomida o’zlari dasturlashni yaqinda boshlab, hozirda zerikib qolishgani haqida aytishadi. Ba’zan “ishim har doim faqat kod yozishdan iborat bo’ladimi?” deb savol ham berishadi. Aslida ham. Nima uchun dasturlash zerikarli narsa? Keling, hozir shu savol biroz chuqurroq, o’yga tortadigan shaxsiy fikrim bilan bo’lishsam. Biz, odamlar, o’ylab, ishlab chiqargan narsalarning hammasi zerikarli Hech zamonda meditsina yoki, misol uchun, astronomiya, yoki biologiya bilan qiziqib ko’rganmisiz? Shu yo’nalishlardagi biror hodisa, predmetlar haqida, qayerda bo’lsa ham, maqolalar o’qib ko’rganmisiz? Qanchalik qiziqarli bu fanlar? Oddiygina Saturn sayyorasi haqida o’qib, savollar tugamaganini, va o’qigan sari savollar ko’payib borayotganini, yana bu ham yetmaganidek, bizga nuqtadek ko’rinuvchi bir koinot jismining yana ham qiziqlashib borayotganini hech sezmaganmisiz? Bu faqat bitta sayyora edi. Yetmaganiga, “Olimlar uchun bu masala hali qorong’u” degan gaplarni o'qib, et jimirlab ketadi. Olim bo'lib, shuncha yillar izlanib hali oxiriga yeta olmagan. Ketidan odam yuragi haqida ham biror ma’lumot o’qib ko’rsa bo’ladi. Bu yerda ham o’qigan sari sir-sinoatlar ko’pligi, lekin ularning naqadar qiziqarliligi ochilib boradi. Odam ongiga sig’mas darajada hamma narsa mukammal ekanligini his qilishi bilan odam, ilmga naqadar chanqoqligini, va aynan shu yo’nalishlarda o’z ilmini oshirish niyatida ekanini his etadi. Shu o’rinda kishi Allohning naqadar buyuk zotligiga yana amin bo’ladi. Odamning bir kichik bandaligi, Alloh yaratgan barcha jismlar oldida ojizligi, unining shu jismlarni o’rganishga bo’lgan chanqoqligini yanda oshiradi, Allohga ishonchini kuchaytiradi. Biz o’zimiz ishlab chiqargan kompyuter-chi? Dastrulash tillari-yu, o’zimizcha mukammal deb biluvchi sun’iy ong-chi? Ular har doim zerikarli bo’lib tuyulaveradi. Xatolar ko’p bo’ldiki, biz kompyuterni o’ylab topdik. Mukammallik kam bo’ldiki, dasturlash tillarini ko’paytirib tashladik. Lekin shunda ham ko’nglimiz taskin topa olmaydi. Sababi esa oddiy — Alloh yaratgan jismlar, atrof muhit oldida bizning o’ylab topgan narsalar sodda va zerikarlidir, mukammallikdan yiroqdir. Bu gaplar bilan men Sizlarni dasturlashni o’rganishdan qaytarish niyatim yo’q. Aksincha, ilm izlashga, unga chegara qo’ymaslikka chaqirmoqchiman. Zerikish paydo bo’ldimi, demak Siz dasturlashni faqat shu odamzod o’ylab topgan narsasi uchun o’rganayotgandirsiz. Bu ilm zerikarlidir, lekin uni Alloh yo’lida halol va buyuk ishlar uchun o’rgansangiz, dasturlash zerikarli bo’lmay qoladi. Uning oxiri bor, lekin yo'l oxirida Alloh yaratgan narsalarga bog'liqlik paydo bo'ladi. Va shu damdan boshlab dasturlash ham qiziqlashib boradi. Shu haqida bo’sh vaqtingizda fikrlab ko'ring. Ilm izlashdan to’xtamang! @app_hbs
إظهار الكل...
إظهار الكل...
"Maqsadim ishga kirish, suhbatdan yiqilish emas"

Avvalgi postimizda Sizlar bilan nima uchun Junior dasturchilar ish topa olmay yurishgani haqida suhbat qilgan edik. Albatta, maqolada hamma holatlar ham yoritilmagan edi. Ko'pchilikni bu masala qiynab kelayotgani tufayli, ushbu maqolaning mantiqiy davomini bugun yoritishga harakat qilamiz. Maqola uzun bo'ladi, oldindan buning uchun uzr so'raymiz. Quyida keltiradigan sabablarimiz oz bo'lsada ish topishda ko'maklashadi degan umiddamiz. Recruiter bilan urush Ko'pchilik yosh dasturchilar ish topishni boshlashlari…

Repost from Ziyodbek's Blog
إظهار الكل...
Junior-misiz? Sizga ish yo’q!

“Yarim yil oldin, men dastrulashni o’rganishni boshlagan edim. Hozirda falon, falon va falon texnologiyalarni bilib oldim! Bir necha joylarga rezyumeyimni yuborgan edim. Lekin tajriba yo’q deb, xatoo suhbatga ham chaqirishmadi. Hech tushuna olmayabman, nega meni chaqirishmaydi? Axir, hamma yerda dasturchi kerak deb gapirishadi, oldiga dasturchi kelganda esa, suhbat ham qilib ko’rishmaydi!” Sizda ham shunday holat kuzatilayotgan, unda Siz Juniorlar Armiyasining birisiz. Unda nega bunday bo’lmoqda? Nega yosh…

إظهار الكل...
Junior-misiz? Sizga ish yo’q!

“Yarim yil oldin, men dastrulashni o’rganishni boshlagan edim. Hozirda falon, falon va falon texnologiyalarni bilib oldim! Bir necha joylarga rezyumeyimni yuborgan edim. Lekin tajriba yo’q deb, xatoo suhbatga ham chaqirishmadi. Hech tushuna olmayabman, nega meni chaqirishmaydi? Axir, hamma yerda dasturchi kerak deb gapirishadi, oldiga dasturchi kelganda esa, suhbat ham qilib ko’rishmaydi!” Sizda ham shunday holat kuzatilayotgan, unda Siz Juniorlar Armiyasining birisiz. Unda nega bunday bo’lmoqda? Nega yosh…

​​Cybersecurity vs Information Security Juda ko’pchilik Cybersecurity, ya’ni Kiberxavfsizlik nimaligini yaxshi biladi, lekin Information Security, ya’ni Ma’lumot xavfsizlik nimaligini bilmaydi. Ba’zan bu ikki tushunchalar haqida odamlar to’liq ma’lumotga ega emaslar. Keling, bugun shu mavzuni qisqacha maqolada yoritib olamiz. Information Security IT dunyosida xavfsizlik yo’nalishlarining eng asosiy qismi hisoblanadi. Information Security — InfoSec — Ma’lumotlar Xavfsizligi — bu qimmatli ma’lumotlarni, qanday ko’rinishda bo’lishidan qat’iy nazar, himoyalash uslub va amallari. Qanday ko’rinishda bo’lishidan qat’iy nazar deganda biz ma’lumotlarning istalgan ko’rinishini, ya’ni raqamli, ovozli, vizual, matnli, fizik ko’rinishini nazarda tutamiz. Bu degani, InfoSec mutaxassisi kompaniyaga yoki biror mijozga tegishli bo’lgan istalgan ma’lumotni himoya qilish uslublarini qo’llashi ko’zda tutladi. Bunga xatto server kompyuterlarining binodagi himoyasini ham misol qilsa bo’ladi. Cybersecurity InfoSec’ning bir qismi bo’lgan Cybersecurity (Kiberxavfsizlik) esa aynan raqamli ma’lumotlarning kiber-hududda himoyasi haqida qayg’uradi. Kiber-hudud (cyberspace) deganda kompyuter tarmoqlari orqali aloqa sodir bo'ladigan muhit tushuniladi. Bundan kelib chiqadiki, kiberxavfsizlik mutaxassisi biror kompaniya yoki mijozga tegishli ma’lumotlarni, mijozning xatti-harakatlarini tarmoqda himoya qilish choralarini. E’tibor berayotgan bo’lsangiz, yo’nalishlar bir qaraganda bir-biriga juda o’xshaydi, lekin ularning ta’sir doirasi aniq belgilangan. Albatta, ITda xavfsizlik yo’nalishlari bu bilan to’xtab qolmaydi. Bu ikki yo’nalishdan tashqari Network Security (Tarmoq Xavfsizligi) ham mavjuddir. Tarmoq xavfsizligi yo’nalishi o’z o’rnida Kiberxavfsizlikning bir qismi hisoblanadi. Bitta odam qila oladimi? Ilgari tarmoq texnologiyalari hali kuchli rivojlanmagan paytlarda Information Security’ning o’zi yetarli bo’lgan edi. Lekin vaqt o’tishi bilan, Internet tarmog’i, Cloud texnologiyalar va boshqalar juda rivojlanib, odamlarning tarmoqdagi xatti-harakatlarini himoya qilish o’ta murakkablashib ketdi. Shuning uchun ham ilgari bitta deb tan olingan InfoSec Cybersecurity yo’nalishini o’zidan ajratib chiqardi. Bu degani bir yo’nalishdagi mutaxassis, boshqasida ishlab ko’rishiga vaqti ham yetmasligi mumkin. Albatta, bu kompaniya ma’lumotlarining qimmatliligiga, Internet tarmog’iga bog’liqlik darajasiga borib taqaladi. O’ylaymizki, maqola manfaatli bo'ldi va asosiy savollarga javob bera oldi. Ilm izlashdan to’xtamang! @app_hbs
إظهار الكل...

​​Mening o’zgaruvchim. Sening o’zgaruvching. —— Dasturlashni o’rganayotgan bo’lsangiz, Siz o’zgaruvchilar (variables) haqida aniq o’qigansiz. Shunda ko’pchilik o’rganadigan standart o’zgaruvchi a = 5 bo’ladi. Shunda ko’pchilikda savol paydo bo’ladi: Men o’zgaruvchimni a = 5 deb qilsam, boshqa biror dasturda ham a o’zgaruvchisi bo’lsa, kompyuter qanday qilib adashib ketmaydi? —— Aslida ham, o’zgaruvchilar aralashib ketmasligiga kim javob beradi? Kompyuter ularni qanday ajratib oladi? Keling, shuni aniqlab olamiz. Tarjimonlar fokusi Birinchidan, Siz yozgan dastur tarjimon bo’lgan kompilyator yoki interpretator tomonidan kompyuter tiliga tarjima qilinganida unda a, b, c deb nomlangan o’zgaruvchilarga o’rin qolmaydi. Ya’ni dastur machine code’ga o'tkazilgan payt unda faqat protsessor va operativ xotira registrlari nomlari qoladi. Virtual muhitlar Ikkinchidan, har bir dastur virtual muhitda ishga tushiriladi. Ho’p, bu nima degani? Dasturlash birinchi paydo bo’lganida o’zgaruvchilarni nomlash, ularni qat’iy tekshirib borish katta muammolarni keltirib chiqargan. Boshida har bir dasturchi e’lon qilayotgan o’zgaruvchisini shunday atashi kerak edi-ki, u butun tizim ichida unikal bo’lishi va uni qurilmaning o’zi tushuna olishi shart edi. Lekin Virtuallash mexanizmi o’ylab topilganidan keyin hamma dasturchilar yengil nafas ola boshladilar. Texnik tomondan Virtulization — bu biror dasturiy ta’minotni alohida virtual muhitda ishga tushirishdir. Ammo bu nima degani? Bu degani, Operatsion Tizim Sizning dasturingizni ishga tushirish vaqtida uni to’g’ridan-to’g’ri xotiraga yubormaydi. Aksincha, Tizim muhitida virtual RAM xotira, virtual CPU ishga tushiriladi va Sizning dasturingiz aynan shu virtual xotiraga yuboriladi. Bu degani Sizning dasturingiz hech qachon haqiqiy qurilma bilan ishlamaydi (istisnoli holatlar albatta bor) degani. Shuning uchun ham o’zgaruvchilar bir-biri bilan hech qachon aralashib ketmaydi, va dasturlardagi ma’lumotlar bir-biriga ta’sir qila olmaydi. Kelgusi maqolada Virtualization haqida batafsilroq gaplashamiz. Ilm izlashdan to’xtamang! @app_hbs
إظهار الكل...

Nega aynan videokarta (GPU)? Hech o’ylab ko’rganmisiz — nima uchun aynan blokchain texnologiyalari, mining uchun aynan videokarta ishlatiladi? Nima uchun aynan Bitcoin, Etherium paydo bo’lishi bilan videokartalar tanqisligi va o’ta qimmatlashishi hodisalari kuzatilmoqda? Keling, shu savollarga bugun javob izlab ko’ramiz. FLOPSlar. CPUni bir chetga surib qo’ygan ko’rsatkich. FLOPS (Floating-point operations per second) — bu biror hisoblash qurilmasining (dasturiy ta’minotdan holi holda) bir soniya ichida “nuqtali” (misol, 1.2, 45.12e10) sonlar o’rtasida amalga oshiruvchi matematik amallar soniga aytiladi. Bu holatda qurilmaning boshqa bajaradigan vazifalari hisobga olinmaydi, ya’ni xotiraga yozish/o’qish, koderlash/dekoderlash vazifalari hisobga olinmaydi. FLOPSlarning Protsessor chastotasidan farqi — FLOPS faqat hisob-kitobning sonini o’lchasa, Chastota ko’rsatkichi bir soniyada Protsessorning umumiy bajargan vazifalar sonini ko’rsatadi. FLOPSlar ham huddi chastotaga o’xshab mega-, giga-, terra-larda o’lchanadi. Ya’ni misol uchun hozirda eng kuchli protsessorlardan (CPU) biri sifatida AMD kompaniyasining EPYC 7H12 (Zen 2) Protsessorini keltirsa bo’ladi, va uning tezligi 4.2 TerraFLOPS (TFLOPS). Videokartalar (GPU) orasida esa misol qilib — Nvidia RTX 3090ni keltirsa bo’ladi. Uning tezligi — 36 TFLOPS. GPU eng qudratli qurilmami? Yuqoridagi raqamlar sizni taajublantirishi tabiiy hol. Nega hamma yerda Protsessor kuchli qurilma, kopyuterning eng asosiy qurilmasi deb gapiriladi-yu, lekin hozirgi videokartalar FLOPS tezligida bir necha barobar o’zib ketdi? Bu yerda gap aynan tezlik o’lchashdagi uslublarga borib taqaladi. Gap shundaki, FLOPSlar qurilmaning aynan faqat hisob-kitoblar sonini belgilaydi. Chastota esa — qurilma bajarishi mumkin bo’lgan barcha ammallar sonini. Videokarta protsessorining asl vazifasi esa aynan faqat hisob-kitobdan iborat. Kompyuter markaziy protsessori (CPU) esa juda ko’p vazifalarni amalga oshiradi. Uning qo’lida ma’lumotlar va qurilmalar boshqaruvi, ichki va tashqi tartiblarni belgilash kabi katta-katta vazifalar ham yotadi. Shuning uchun ham FLOPSlarni hisoblashga kelganda CPU o’ta sekin ishlovchi qurilmadek ko’rinadi. Bitcoin faqat hisob-kitobni talab etadi Videokartalar faqat hisob-kitoblarni amalga oshirilishini tushunishning o’zi Bitcoin uchun shu qurilmaning qimmatliligini belgilab beradi. Umuman olganda, Bitcoin mining (o’zbekchada — mayning) bu bir soniyada bir necha trillion hisob-kitob amallari yig’indisidir. Shuning uchun ham Bitcoin bilan ishlash maqsadida yurgan odamlar aynan videokartalar yordamida “ferma” qurishadi. Artificial Intelligence Yana ham qizig’i shundaki, Sun’iy ong, Neyrotizimlar ham aynan faqat matematik hisob-kitobdan iborat yo’nalishlardir. Shuning uchun AI bilan shug’ullanish niyatida bo’lgan odamga Videokartasi kuchli bo’lgan kompyuter tavsifa etiladi. Chunki Markaziy protsessor kuchiga tayanib AI yo’nalishida ish bajarish o’ta ko’p vaqt va kuch talab etishi mumkin. CPUning boshqa vazifalar bilan “chalg’ib” qolishi, uning bu yo’nalishlarda GPU oldida kuchsizligini belgilab beradi. Ilm izlashdan to’xtamang! @app_hbs
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.