cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Profi University Sirtqi ta'lim

✔️ Profi University - O'zbekiston va dunyoga professional kadrlar tayyorlaydigan universitet. Murojaat uchun - @nazarov_20 ✔️ Profi University- университет, занимающийся подготовкой профессиональных кадров мирового уровня. 📱787771111

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
2 789
المشتركون
+324 ساعات
+27 أيام
+1830 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

"Akam bor"... Hayotda juda koʼp yashamagan boʼlsam ham (32 yil endigina yashadim 😁), no, - "Bilasanmi man kimmaaaan?"..., - "Voy, man palonchini ukasimaaan"..., - "Manga qaragin, okamga bir ogʼiz gapim, yoʼq boʼpketasan"... va hokazolar deydigan "ukachalar"niyam koʼrdim, ularni kooootta-kotta "akalari"niyam koʼrdim. Hammasi oʼtib ketti... Osmonni qoʼllarida koʼtarib turganday yuradigan "akalar" bor edi. Eh-eeeee... Salobatlaridan yer titrardi goʼyo... Dovrugʼi olamni buzaman derdi... Alloh rahmatiga olsin... Ketti... Boʼm-boʼsh ketti... "Ukalar" qoldi... Boshqa "akalar" topishadi endi... Demoqchi boʼlganim, "Akalari"ga "ukalariday" boʼlib qolgan ukachalar, koʼpam "akalarga" suyanib qolmang! Buni hayot deydilar, bir kun undoq, bir kuni bundoq... Bugun akangizni uyida toʼy boʼlyapti, nogʼorasiga siz oʼynayapsiz. Ertaga bu xovlida toʼy tugab, boshqa "aka"ning xovlisida karnay-surnay chalinsa, oʼsha xovlida oʼyinga tushib berasiz... 😉 Bu haqida bir oʼylab koʼring 🦋
إظهار الكل...
06. Ex ko'chalar.mp38.50 MB
👍 17 4🤔 2 1😢 1
Repost from Profi University
Photo unavailableShow in Telegram
Profi University'da bitiruv oqshomi🥳 📌 24-iyun soat 19:00da Bektemir kampusida ilk bitiruv oqshomi Dastur davomida sizni nimalar kutayapti? -Ilk Bitiruvchilarimizga diplom topshirish marosimi; -Sizlar va talabalarimiz o’rtasida qiziqarli o’yinlar; -Charchadingizmi? Ovqatlanish kerak. Shu uchun shved stoli tayyorlanmoqda😉 - Bayram bayramdek bo’lsin. DJ sizlar uchun eng oxirgi versiyadagi qo’shiqlarni taqdim qiladi! Bayramda yuqori kayfiyatdan qo’rqmaydigan, ovqatlanishni yaxshi ko’radigan va sovg’alar olishni yaxshi ko’radigan har qanday inson qatnashishi mumkin! Biz sizlarni Bektemir kampusimizda kutamiz! 📍Manzil: Toshkent sh., Bektemir tumani, Husayn Boyaro ko‘chasi, 117-uy 🕸 Batafsil: profiuniversity.uz 📲 78-777-11-11 yoki @profiqabul @profiuniversity
إظهار الكل...
👍 20😢 4 2🔥 2
Repost from N/a
Qissadan xissa: Xiyonat, uning turi qanday bo'lishidan qat'iy nazar kechirilmaydi. Hoh, sha'ningizga nisbatan bo'lsin, hoh, nomingizga. Yoki, joningizgami, molingizgami va yoki boshqa bir narsagami, u KECHIRILMAYDI! Do'stlikda, sevgida, ishda, umuman olib aytganda ijtimoiy olamda xiyonatga uchradingizmi, xoyinlardan vaqtida voz keching! Bu bilan siz o'zingizni juda ko'p yomonliklardan saqlagan bo'lasiz. Xiyonat xoyinlar uchun huddi "narkotik" moddadek gap. Bir marta uni "tatib" ko'rdimi, albatta yana bir bor shu ishni qilishadi. Xoyinlarga nisbatan: - "Hamma ham xato qiladiku, mayli, yana bir imkon beray" degan kuningiz bilib qo'ying, orqangizdan uriladigan navbatdagi pichoq zarbi sizni "o'ldiradi"! Ruhan qatl qiladi xiyonatning tig'i insonni. Musulmon kishi zakiy bo'lishi kerak, sezgir bo'lishi kerak. Xadislarda ham - "Mo'min kishi o'zini bir teshikdan ikki marta ilonga chaqtirmaydi" deb bekorga aytilmagan. Ya'ni, aql-u, farosati joyida kishi bir marta qilgan xatosini boshqa takrorlamaydi degan ma'no yashirilgan bunda. Hikoyamizdagi sulton ham, haddan ziyod ishonib yuborgan vaziri taxt toʼntarilishiga zamin hozirlayotganini, sultonga sodiq amaldorlarni turli sabablarni boxona qilib qatl qilyotganini tushunib yetdi va saroyga qaytib borgach, u vazirini huddi choʼponning iti kabi dorga osib qatl qilishga qaror qildi. Xoyinlardan vaqtida voz kechish kerak! Bu haqida bir o'ylab ko'ring ... 🦋
إظهار الكل...
👍 25💯 7 3
Repost from Bektosh Khatamov
Биз жонли эфирни бошладик. Барчани кутиб қоламиз. https://www.instagram.com/profiuniversity/live/17921863253919317?igsh=MXFuYmw0ZzFlbTF0dA==
إظهار الكل...
👌 5
Repost from Profi University
Bugun Profi University uchun muhim kun. 14-iyun uchun 2 ta muhim hodisa 1) 15:30 da jonli efir - Ta'limdagi so'nggi yangiliklarni gaplashamiz 2) 16:00 da kirish imtihoni Imtihon manzili: Profi University Bektemir kampusi 📍 - https://maps.app.goo.gl/t2Qk7HNi6LMX57sZ7 📞 Batafsil: 78-777-11-11 @profiuniversity
إظهار الكل...

Find local businesses, view maps and get driving directions in Google Maps.

👍 5 3🌚 2👌 1
Repost from N/a
Ishonch nima?.. Kim uchundir bu - ojizlik... Kimdurga esa, imkoniyat... Kimlargadir qayta va qayta sindirsa boʼladigan tuygʼu... Kimlar unga yana bir bor yetishish ilinjida... Kimdir unga tupurgan... Kimlar u bilan oʼzini "aldab" yuribti... Yana kimdirlar oxirgi umid sifatida uni oqlash payida... Kimdir ishonchni pul bilan sotib olsa, boshqa birov uni arzonga sotish bilan ovvoraaa... Ishonch, shunchalik hokisor va shu bilan birga oʼta qimmatbaho tuygʼu-ki, uni yillaaaaaaar davomida misqollab yigʼib, soniyalarda yoʼqotib qoʼyishingiz mumkin. Ishonch bu - rishta! Ishonch bu - qadr! Ishonch bu - oliy tuygʼu-ki, uni toptagan insonlar oʼzlarini naqadar pastkash ekanliklarini, bu tuygʼu oldida naqadar past ekanliklarini anglashadi... Ishonch har kimga ham berilmaydi! U, har kasning qoʼllarida koʼkaravermaydi. Sizga ishonch urugʼi berildimi, demak siz bu urugʼni sizga topshirgan inson uchun shunchaki bir tanish yoki, oʼtkinchi kishi emassiz. Bu haqida oʼylab koʼring... 😉🦋
إظهار الكل...
16👍 13
04:48
Video unavailableShow in Telegram
Qanot chiqarolsang, uchishing mumkin 🦋
إظهار الكل...
25.20 MB
👍 36👏 4 3😢 3👌 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Marifat_ulashib "Profi University"ning kitobga, she’riyat-u, adabiyotga oshno jamoasi! Siz qadrdonlarni zamondosh o‘zbek adiblari hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish, ular yozgan yangi asarlarni yetkazib borish maqsadida "Profi University"da “Ma’rifat ulashib” adabiy loyihasi tashkil etildi. Loyihaning birinchi mehmonlari: - Qoraqalpog'iston xalq shoiri Rustam Musurmon; - O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, iste’dodli shoir Yahyoxon Fayoz; - O'zbekiston Prezidenti admnistratsiyasi matbuot kotibiyati mas'ul xodimi Jo‘rabek (Jahon) Jangirov taklif etilgan. 📌 Ular bilan 5 may kuni, soat 16 : 00 da universitet kutubxonasida she’riyat va ma’rifat haqida guruglashamiz. 📌 Universitet TTJ da soat 18 : 00 da Gulxan atrofida suhbat quramiz. ✅“Ma’rifat ulashib” loyihasiga faol qatnashing, shoirlarimizning she’rlarini yod oling, shunda siz adiblar dastxati tushirilgan kitoblarga ega bo‘lasiz. @profiuniversity
إظهار الكل...
👍 13👌 5😁 1
Repost from Profi University
Photo unavailableShow in Telegram
📌 Diqqat, KASTING! "Profi University" talabalari diqqatiga! Siz bizga keraksiz! 📺 Universitet Media bo‘limi "Profi" haqidagi videroliklarga suratga tushish uchun talabalarni izlayapti. Sizdan asosiy talab qilinadigan vazifa "Profi University" talabasi bo‘lishingiz va o‘zingiz haqingizdagi ma'lumotlarni biz bilan bo‘lishishdir. Darvoqe, bizda umumiy yutuq midori 4 million so'm, omadingizni sinab ko'rishni unutmang! ✅ Murojaat uchun: @forprofiuniversity "Profi University"ga yordam berasiz, degan umiddamiz! @profiuniversity
إظهار الكل...
👍 19👌 2😁 1
Repost from Nodirjon Khoshimov
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ Rasman: sirtqi va kechki ta’lim talabalari uchun nohush habar ❗️2024/2025 oʻquv yilidan boshlab oliy oʻquv yurtlari talabalariga taʼlim kreditlari quyidagi hollarda ajratiladi: 1️⃣ faqat kunduzgi bo'lim talabalari uchun; 2️⃣ ta'lim krediti 1-kurs talabalariga shartnomaning to'liq miqdorida beriladi 3️⃣ yuqori kurs talabalariga fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi (GPA) “3” dan yuqori bo'lsa to'liq kredit summasi miqdorida, agar "3"dan past bo‘lsa, kontrakt summasining 80 % miqdorida ta’lim krediti beriladi ⚠️“Ijtimoiy himoyaning yagona reyestri”ga kiritilgan oilalarning farzandlari bundan mustasno. @NodirjonKhoshimov
إظهار الكل...
👍 11😢 5 3👏 1🌭 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.