cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

NamMQI_Rasmiy | YANGILIKLAR

Namangan muhandislik-qurilish instituti rasmiy sahifasi ✅ Rasmiy saytimiz: www.NamMQI.uz

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
2 438
المشتركون
-424 ساعات
-257 أيام
-6930 أيام
أرشيف المشاركات
03:07
Video unavailableShow in Telegram
#Video NamMQI media markazi taqdim etadi: Institutda o'tkazilgan voleybol boʻyicha xotira turnirining taqdirlash marosimi.
إظهار الكل...
Nabixon Gʻoziyev va Muhammadjon Jalilovning 70-yillik yubileylari nishonlandi Institut jamoasi “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi katta oʻqituvchisi Nabixon Gʻoziyev va institut musiqa rahbari Muhammadjon Jalilovni tabriklash uchun toʻplandi. Prorektorlar Odiljon Jakbarov va Muhammadjon Dadamirzayev 70 yoshni qarshilayotgan yubilyarlarni jamoa nomidan qutladi. Nabixon Gʻoziyev 1954-yili Toshkent viloyatida tugʻilgan, 1976-yilda Nizomiy nomidagi pedagogika institutini tamomlagan. 1980-yildan beri tanaffuslar bilan institutda ishlab kelmoqda. Muhammadjon Jalilov 1954-yili Namangan shahrida tugʻilgan, 1982-yili shu yerdagi madaniy-oqartuv texnikumini tamomlagan. 1987-yildan beri tanaffuslar bilan institutda musiqa yoʻnalishida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. U kishini rahbarligi ostida institutda dutorchi qizlar va “Oltin davrim” ansambllari tashkil etilgan, turli tanlovlarda gʻolib boʻlingan. Jamoa nomidan yubilyarlarga toʻn kiydirildi va esdalik sovgʻalari topshirildi.
إظهار الكل...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#OAV_nigohida “Oʻzbekiston bunyodkori” gazetasining 2024-yil 9-may, 38/39-sonida Canoatni axborotlashtirish fakulteti dekani, dotsent Abdurahim Qahharovning “Zilzilabardosh inshootlar barpo etishda taʼlim muassasalarining ahamiyati” nomli maqolasi eʼlon qilindi.
إظهار الكل...
👍 3
Ҳурматли профессор-ўқитувчилар, ишчи-ходимлар ва талабалар! Наманган муҳандислик-қурилиш институтида очиқлик, шаффофлик муҳитини таъминлаш мақсадида ишонч телефони ва Коррупцияга қарши курашиш бўлимининг телеграм-бот канали фаолияти йўлга қўйилганини эслатиб ўтамиз. Коррупциявий ҳуқуқбузарликлар, ноқонуний фаолият билан шуғулланиш, манфаатлар тўқнашувига йўл қўйиш ҳамда институт нуфузига путур етказиши мумкин бўлган барча бошқа ҳолатлар юзасидан ушбу рақамга қўнғироқ қилишингиз ёки каналга мурожаат йўллашингиз мумкин. Ишонч телефони: (69) 234-02-11; Телеграм-бот канал: https://t.me/NamMQI_kompleks_nazorat
إظهار الكل...
👍 2
Institutda “Halollik vaksinasi – taraqqiyot garovi” mavzusidagi davra suhbati o'tkazildi Davra suhbatida institut rektori, prorektorlar, rektor maslahatchilari, psixologlar, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi. Tadbir avvalida mavzu boʻyicha rolik namoyish etildi. Talabalar bilan ushbu rolik va halollik haqidagi tushunchalari yuzasidan muloqot oʻtkazildi. Institut rektori Sharifjon Ergashev oliy oʻquv yurtida korrupsiyaga toqatsizlik muhiti shakllangani va bu borada olib borilayotgan targʻibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi haqida gapirdi. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi Ilhomjon Payziyev yoshlarni “halollik vaksinasi” bilan emlash ustuvor vazifa ekanligi, bu kabi tadbirlar esa oʻziga xos eslatma ekanligini taʼkidlab oʻtdi. Davra suhbati yakunida talabalarning mavzu yuzasidan savollariga batafsil javoblar berildi. NamMQI media markazi
إظهار الكل...
👍 2
11:00
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_nigohida Namangan viloyati MTRKning “Guldasta” dasturida Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti 2-bosqich talabasi, Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti koordinatori Asadbek Bekchonov institutda olib borilayotgan ma’naviy-marifiy ishlar, ilmiy yutuqlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ustoz-shogird anʼanalari haqida soʻz yuritdi.
إظهار الكل...
👍 3💯 1
02:04
Video unavailableShow in Telegram
#Video NamMQI media markazi taqdim etadi: Institutda o'tkazilgan voleybol boʻyicha xotira turniri.
إظهار الكل...
👍 1
Institutda voleybol boʻyicha xotira turniri yakuniga yetdi Xotira va qadrlash kuni arafasida oʻtkazilgan voleybol boʻyicha turnir oʻz nihoyasiga yetdi. Unda saralash bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalar oʻzaro bellashdi. Qizgʻin bahslarga boy oʻtgan musobaqa yakunida Transport fakulteti jamoasi birinchi, Mashinasozlik fakulteti ikkinchi va Qurilish fakulteti jamoasi uchinchi oʻrinlarni egalladi. Gʻolib va sovrindorlarga turnir tashkilotchilarining tashakkurnomalari va esdalik sovgʻalari topshirildi. NamMQI media markazi
إظهار الكل...
👍 3👏 1
Namangan shahridagi "Xotira maydoni"da bo'lib o'tgan marosimda Namangan muhandislik-qurilish instituti vakillari ham ishtirok etdi. "Motamsaro ona" haykali poyiga gul qo'yilib, o'tganlar xotirasi yodga olindi.
إظهار الكل...
👍 3🏆 1