cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI BULUNG'UR TUMAN BO'LIMI

YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI BULUNG'UR TUMAN BO'LIMI

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
389
المشتركون
-124 ساعات
-117 أيام
-1630 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Stol tennisi musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi Samarqand viloyati o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashgan sport maktabida boshlangan musobaqaning ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari H.To‘xtayev, Sport boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ro‘ziyev ishtirok etib,  "Besh tashabbus" olimpiadasi ishtirokchilariga omad tilashdi.  Yoshlarimiz stol tennisi musobaqalarida respublika miqyosida ham doimo yuksak natija ko‘rsatib kelayotganligi e'tirof etildi.
Musobaqada 16-21, 22-26, 27-30 yosh toifasi bo‘yicha yoshlar o‘zaro bellashdi.
Yakuniy natijalar quyidagicha: 16-21 yosh: 1-o‘rin: Ishtixon tumani jamoasi 2-o‘rin: Nurobod tumani jamoasi 3-o‘rin: Urgut tumani jamoasi 16-21 yosh (qizlar): 1-o‘rin: Pastdarg‘om tumani jamoasi 2-o‘rin: Ishtixon tumani jamoasi 3-o‘rin: Samarqand shahar jamoasi 22-26 yosh: 1-o‘rin: Ishtixon tumani jamoasi 2-o‘rin: Narpay tumani jamoasi 3-o‘rin: Nurobod tumani jamoasi 22-26 yosh (qizlar): 1-o‘rin: Payariq tumani jamoasi 2-o‘rin: Bulung‘ur tumani jamoasi 3-o‘rin: Ishtixon tumani jamoasi 27-30 yosh: 1-o‘rin: Samarqand tumani jamoasi 2-o‘rin: Toyloq tumani jamoasi 3-o‘rin: Kattaqo‘rg‘on tumani jamoasi 27-30 yosh (qizlar): 1-o‘rin: Pastdarg‘om tumani jamoasi 2-o‘rin: Ishtixon tumani jamoasi 3-o‘rin: Samarqand shahar jamoasi Musobaqa g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 📝Telegram | 📝Facebook | 💻 Instagram|🎞Youtube
إظهار الكل...
Repost from Xushnudbek.uz
⚡️ Rasman: Qurbon hayiti 2024-yil 16-iyun, yakshanba kuni nishonlanadi 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Respublika bo’ylab yoshlar oyligiga start berildi Bilasiz, “Yoshlar oyligi” doirasida respublikamizning barcha hududlarida madaniy-marifiy tadbirlar, tanlov va musobaqalar bayramona shukuhda tashkil etiladi. Aynan shunday madaniyat va san’at haftaligini Qoraqalpog’iston Respublikasi birinchilardan boshlab beradi. Bugun Nukus shahrida “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostidagi gala-konsert dasturi o’tkazildi. https://t.me/kuranbayev_k
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Qadrli yoshlar! “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili” munosabati bilan yoshlar va keng jamoatchilik vakillaridan yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash, sohaga oid muammolarga samarali yechimlarga oid takliflar olishni boshladik.
Har bir taklif biz uchun juda muhim!
📝Takliflaringizni shu yerga yozib qoldiring ➡️ Anketa havolasi Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
إظهار الكل...
00:50
Video unavailableShow in Telegram
#диққат ⚡️Болаларни 1-синфга қабул қилиш тартиби ўзгардими? Бизда кузатиб боринг👇🏻                 ➥ @Kunvideolari24 - Кун давомида Барча Янгиликлар!
إظهار الكل...
2.82 MB
Repost from Xushnudbek.uz
❗️Maktablarda 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi Bu yil 1-sinfga 2017-yilning 1-yanvaridan 31-dekabrigacha tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi. 2️⃣ 1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi: 1-bosqich: mikro-hudud doirasida (20-iyundan 31-iyulgacha); 2-bosqich: mikro-hududdan tashqarida (1-15-avgust). 📲 Yuqoridagi ro’yxatda nomi keltirilgan 43 ta tuman (shahar)da 1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi. Ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin. 📝 Qolgan tumanlarda an’anaviy shaklda, ya’ni bevosita maktab tomonidan qabul qilinib, 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi va nazorat qilib boriladi. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
Repost from Xushnudbek.uz
Londonda Oʻzbekiston madaniyati va milliy taomlari festivali oʻtkazildi   Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi, “Vatandoshlar” jamoat fondi, Oshpazlar uyushmasi jamoasi, Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi bilan birgalikda joriy yilning 8-9-iyun kunlari Buyuk Britaniyaning London shahrida “Birlashamiz!” shiori ostida “Oʻzbekiston madaniyati va milliy taomlari festivali” oʻtkazildi. Festival Londonning ramzi boʻlmish “Tower Bridge” – mashhur Tauer koʻprigi yonida, Temza daryosi boʻyidagi “Potters Fields” bogʻida boʻlib oʻtdi. Festival juda zo’r o’tdi. Nafaqat Buyuk Britaniyada, balki butun Yevropada yashaydigan Vatanini sog’ingan ko’plab yurtdoshlarimiz festivalga kelib, bir olam taassurot bilab qaytishdi. Hatto aynan shu festival uchun AQShdan kelgan yurtdoshlarimizga ham guvoh bo’ldim. Festivalga kelganlar milliy taomlarimizdan yeb, qo’shiqlarimizga raqsga tushib, vatandoshlar bilan o’zbek tilida chaqchaqlashib, mazza qilishdi. Eng asosiysi festival faqat o’zbeklar uchun emas edi. Mehmonlarning yarmi xorijliklar, jumladan yoki mahalliy aholi, yoki Londonga turizm uchun kelgan turli millat vakillari bo’lishdi. Ularning aksariyati umrida birinchi marta o’zbek milliy taomlarini tatib ko’rishdi, birinchi marta o’zbekcha kuy-qo’shiqlarni tinglashdi, balki o’zi birinchi marta O’zbekiston degan davlat borligini eshitgandir ham, kim bilsin. Ya’ni festival o’z-o’zidan milliy qadriyatlarimizni yoyish uchun ham yaxshi maydon bo’ldi, deya olamiz. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
IMG_6969.MOV11.57 MB
IMG_6984.MOV4.47 MB
IMG_6979.MOV17.92 MB
IMG_6981.MOV8.77 MB
IMG_6987.MP410.37 MB
Repost from Xushnudbek.uz
❗️Bugundan akademik litseylarga qabul boshlandi 10-iyundan 2024/2025-oʻquv yili uchun akademik litseylarga my.edu.uz portali orqali hujjatlarni qabul qilish boshlandi. Qabul 10-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi. ✔️ Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseylari uchun hujjatlar https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi. 📌 Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritishlari va quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim: ● 3,5x4,5 cm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat; ● O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa). ☝️Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda: ➖ oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak); ➖ qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi. 📍 Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
Repost from Xushnudbek.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Jazirama issiq mutolaa uchun ajoyib imkoniyat. Togʻda, xiyobonda, hovlida yoki shunchaki muzdek xonada qiziqarli kitob mutolaa qilishga nima yetsin?! Yoz oylarida oʻqish uchun Asaxiy’dan chegirma narxda qiziqarli kitoblardan iborat toʻplam. Beshtasi birda va super chegirma narxda: 1. Devid Bax, Jon Devid Mann: “Latte omili”; 2. Ato Hamdam, Leonid Chigrin: “Yapon zobiti. Yutaro Todaning asirlikda boshdan kechirganlari”; 3. Devid Nikolls: “Bir kun. Bir muhabbat tarixi”; 4. Henri Marsh: “Ozor berma: Hayot, oʻlim va neyrojarrohlik”; 5. Gabriel Garsia Markes: “Buzrukning kuzi”. Toʻplam 199 000 soʻmdan sotilmoqda! Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish bepul! Taklif 12-iyungacha amal qiladi. 🌐 Hoziroq xarid qiling: asaxiy.uz/u/6662b14035d57 Reklama
إظهار الكل...
Repost from Xushnudbek.uz
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Yerosti kabellaridagi yongʻin sababli davlat xizmatlarida uzilishlar kuzatilmoqda Bugun, 10-iyun kuni soat 08:10 lar atrofida Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi Ichki ishlar vazirligi binosi yonidan oʻtgan yerosti tunnelida yongʻin sodir bo‘ldi. Yongʻin kelib chiqishiga “Oʻzbekiston” podstansiyasidan chiqqan kabel tarmogʻi shikastlanishi sabab boʻlgani maʼlum qilindi. Yongʻinni oʻchirish uchun 9 ta yongʻin qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri ham yetib borgan. Yongʻin 1 soatda bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq, ammo Yakkasaroy tumanining Konstitutsiya va Yunus Rajabiy mahallalari hamda Mirobod tumanining Abdulla Avloniy va At-Termiziy mahallalaridagi aholi isteʼmolchilari elektr energiyasidan uzilgan. Shuningdek, IIV binosi yonidan oʻtgan yerosti kabellari yonishi oqibatida Davlat xizmatlarida pasport va manzil bilan bogʻliq xizmatlarni koʻrsatishda uzilishlar kelib chiqqan. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...