ar
Feedback

لا تقع ضحية للمخادعين! تيليمتريو يكتشف ويُميّز هذه القنوات 👉 إذا كنت تريد رؤية العلامة، اشترك

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT

ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT

قناة بسيطة

Ingliz tilini eng samarali va effektiv metod va usullardan foydalanib o'rganing! Creator: Baxtiyor Toshboyev Online Speaking kursga yozilish uchun: https://t.me/online_speaking_kurs

إظهار المزيد
3 617
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام
أرشيف المشاركات
People think that the purpose of memory is to remember the past. That's not the purpose of memory. The purpose of memory is t
People think that the purpose of memory is to remember the past. That's not the purpose of memory. The purpose of memory is to extract out, from the past, lessons to structure the future. And that's the purpose of personal memory. So, you're done with a memory when you've extracted the information that you can use to guide yourself properly in the future. If you have a traumatic memory, for example, that's obsessing you, if you analyse that memory to the point where you figured out how you put yourself at risk, you can determine how you might avoid that in the future. Then the emotion associated with that goes away.

#attention #diqqat #mustread RONALDU EFFEKTI Do'stlar bugun ingliz tili o'rganuvchilarning eng katta muommolaridan biri haqida gaplashamiz. Nima uchun Ronaldu effekti deb nomladim. Chunki, videoni diqqat bilan ko'rgan bo'lsangiz Ronalduni gramatik jihatdan ko'plab xatolarga yo'l qo'yganini payqagan bo'lishingiz kerak. Zamonlarni to'g'ri qoyishda, gap tuzish strukturasida xatolar qildi. Lekin, bilasizmi Ronalduda bir jihat borki, u ko'pchiligimizga yetishmaydi, ana o'sha jihat aksariyatimizni ingliz tilida gapirish qobiliyatimizni shakllantirish va rivojlnatirishimizga to'sqinlik qiluvchi asosiy sabablardan biridir. Ronalduni o'ziga xos jihati — o'ziga bo'lgan ishonchi, qatiyatining o'ta yuqori darajada ekanligi, xato qilishdan qo'rqmasligi, atrofdagilar nima deb o'ylashi haqida umuman bosh qotirib o'tirmasligidadir. Ronalduni har bitta bergan intervyusini dunyoda millionlab insonlar kuzatishadi. Nima deb o'ylaysiz insonlarning u gapirganda yo'l qo'yayotgan gramatik xatolari haqidagi fikrlari uni qiziqtiradimi. Katta ehtimol bilan — yo'q. Mana nima uchun ko'pchilik ingliz tili bilan yillab shug'ullansa ham gapira olmaydi. Sababi esa talant yo'qligida, yoki daraja yetishmasligida emas. Aksincha, o'ziga bo'lgan ishonchni yetishmasligi, xato qilishdan, atrofdagi insonlar nima deb o'ylashidan qo'rqish tufayli gapirish qobiliyatimizni praktika qilishni ortga surib yuraveramiz. Ingliz tilida birinchi 5 mingta so'z o'rganishim kerak, keyin speakingimni rivojlantiraman deb oldingizga noto'g'ri maqsadni qo'yib yurmang. Nechta so'z bilsangiz ana o'shalardan foydalaning. Har kuni 100 talab yangi so'z yodlagandan, 20 ta yangi so'z yodlang, lekin aktiv vocabulary bo'lsin, ya'ni ishlata oling. Shu paytgacha yodlagan so'zlaringizni aktiv lug'atga aylantiring. Unutmang speaking — har qanday tilda asosiy skil hisoblanadi. Til bu — insonlar bir birlari bilan aloqa o'rnatish maqsadida foydalanadigan vosita. Tillar aloqa o'rnatish uchun yaratilgan. Speaking asosiy skil ekan, demak kunlik jadvalingizda ham asosiy o'rinnni egallasin. 1 haftada bitta video Shadowing qilib speakingimni ustida ishlayapman deb o'zingizni aldamang. Ingliz tilida erkin va ravon, o'zingizga ishonch bilan, tabiiy va miyangizda har bitta so'zni tarjima qilmasdan gapirishni istaysizmi? Buning faqat bitta yo'li bor — doimiy praktika. P.s. Speakingni rivojlantirish uchun nimalar qilyapsiz?

Videoni oxirigacha ko'rib, Ronalduni gramatik xatolarini topishga urinib ko'ring, qayerda xato qildi sizningcha, izohlarda yozib qoldiring.

📹 Cristiano Ronaldo : In My Mind I am the best | English Speech With Subtitles

Kursga yozilish: @Baxtiyor_Toshboyev

Do'stlar oxirgi guruhga qabul ketyapti. Shoshiling, joylar soni chegaralangan.

#attention #mustread #diqqat "FROM INTERMEDIATE TO ADVANCED" ONLINE KURSIDA NIMALAR O'RGANASIZ: ➕ SPEAKING ni chiqarish uchun
#attention #mustread #diqqat "FROM INTERMEDIATE TO ADVANCED" ONLINE KURSIDA NIMALAR O'RGANASIZ: ➕ SPEAKING ni chiqarish uchun kerakli ko'nikma va bilimlar ➕ LISTENING va READING ni rivojlantirishning samarali va effektiv metodlari va usullari ➕ VOCABULARY har kunlik ("context" dan o'rganish) ➕ PRONUNCIATION qoidalari ( linking, contractions, fast speech) ➕ PHRASES and PHRASAL VERBS ( most common ones ) ⭕️ Kurs 3 oy davom etadi. ⭕️ Kurs narxi: 180 ming ⭕️ Darslar ZOOM orqali o'tkaziladi. ⭕️ 1 oy ichida agar kursdan ko'nglingiz to'lmasa to'lovingiz 100% qaytariladi. ⚠️ Ingliz tilida "ADVANCED" darajaga chiqish imkoniyatingizni qo'ldan boy bermang Murojaat uchun: @Baxtiyor_Toshboyev.

#attention #diqqat #mustread INGLIZ TILIDA TEZ GAPIRISH YO'LI ▪️Ain't = Am not/are not/is not - emas • I ain't sure - ishonchim komil emas ▪️Ain't = Has not/have not - ...magan • He ain't finished yet - u tugatmagan hali ▪️Wanna = Want to - hohlayman • I wanna go home. - men uyga ketishni hohlayman ▪️Wanna = Want a - hohlayman bitta • I wanna coffee. - hohlayman bitta kofe ▪️Whatcha = What are you - san nima • Whatcha gonna do? - san nima qimoqchisan? ▪️What Kinda = Kind of - qanaqa • What kinda movie is that? - U qanqa kino ▪️Sorta = Sort of - sal, ozgina • I’m sorta tired - man sal charchadim ▪️Outta = Out of - ...dan tashqari • Get outta here - chiq bu yerdan tashqariga ▪️Alotta = A lot of - ko'p • I eat alotta cake. - man ko'p to'rt yeyman ▪️Lotsa = Lots of - ko'p • I have lotsa money - manda ko'p pul bor ▪️Mucha = Much of - ko'pi • Much of time was wasted - vaqtni ko'pi bekor ketti ▪️Cuppa = Cup of - bir chashka • Would you like a cuppa coffee? - bir chashka kofe hohlaysizmi? ▪️Dunno = Don’t know - bilmadim • I dunno - bilmadim ▪️Lemme = Let me - ruhsat ber • Lemme see! - ruhsatiz bn ko'raychi ▪️Gimme = Give me - ber manga • Gimme the pen! - ber manga ruchkani ▪️Tell’em = Tell them - ayt ularga • I don’t wanna tell’em - man hohlamiman etishni ulaga ▪️Cos = Because - chunki • I don’t like this house cos it’s too big - manga bu uy yoqmayapti chunki o'ta katta ekan ▪️Bitta = bit of - ozgina, sal ▪️I’mma = I’m going to - ...moqchiman • I’mma talk to her - man u bn gaplashmoqchiman ▪️Gonna = Going to - ...moqchi • I'm not gonna tell you - sanga aytmoqchimasman ▪️Needa = Need to - kerak/muhtoj • You needa know about him - sen u haqida bilishing kk ▪️Oughta = Ought to - kerak • You oughta phone your sister - Siz singlizga tel qiliwingiz kk ▪️Hafta = Have to - kerak • You hafta go - siz ketishiz kk ▪️Hasta = Has to - kerak • She hasta work today - u bugun ishlashi kerak ▪️Usta = Used to - manosi: oldin shunaqa edi, hozi unaqa emas • She usta live in London - u (oldin) Londonda yashar edi.

Yangi so'zlarni qanday o'rganish bo'yicha foydali audio dars.

Audio Lesson

#attention #diqqat #mustread INGLIZ TILIDA ERKIN MULOQOT QILA OLISHIM UCHUN QANCHA SO'Z BILISHIM KERAK? part2 Demak, birinchi o'rinda Active va Passive vocabulary o'rtasidagi farqni ko'rib chiqamiz. Passive Vocabulary ni siz ko'rganingizda va eshitganingizda manosini bilasiz va tushunasiz. Lekin, muloqot jarayonida ishlata olmaysiz(ya'ni speakingda). Active Vocabulary ni ma'nosini bilasiz, vaziyat talab qilganda esa so'zlashuvda qo'llay ham olasiz. Mana nima kerak bizga, odatda ko'pchilik buni e'tiborsiz qoldiradi, yangi so'zlar yodlimiz har kuni, ularni eshitganimizda yoki o'qiganimizda ma'nosini bemalol tushuna olamiz va keyin men ham qiyinchiliksiz speakingda foydalana olaman deb o'ylimiz. Lekin, speakingga kelganda nimagadir hamma o'rgangan so'zlarimiz yodimizdan bir zumda chiqib ketadi. Kimnidir ingliz tilida gapirganini ko'rganimizda ular aytayotgan har bitta so'zni bilashimiz mumkin, biroq o'zimiz ularni nimagadir qo'llay olmaymiz. Chunki "kerak bo'lganda miyaga kelmaydi" aksariyat so'zlar. Shuning uchun men doim til o'rganuvchilarga yangi lug'at yodlashga qancha vaqt sarflayotgan bo'lsangiz, shundan kam bo'lmagan miqdordagi vaqtni ana o'sha yangi so'zlarni Active Vocabulary ga aylantirishga sarflang deb maslahat beraman. Sababi, o'zingiz o'ylab ko'ring, yangi so'z o'rganishdan asosiy maqsad ham ularni o'z nutqingizda foydalana olish emasmi? Sizda qanday qilib Passive Vocabulary ni Active Vocabulary ga aylatirish mumkin degan tabiiy savol tug'ilishi mumkin? Birinchi qadam Active va Passive Vocabulary ni farqiga borish. Chunki ko'pchilik buni farqiga bormaydi. Keyingi qadam esa imkon qadar ko'proq yangi so'zlardan foydalanish: ular ishtirokida gaplar tuzish, hikoyalar to'qish, aktiv listening va reading qilish, writingda turli xil so'zlardan foydalanishga harakat qilish. P.s Pastdagi🎙 audioda batafsil tushuntirdim active va passive vocabulary o'rtasidagi farqni. 👇

Let's go to Bookland 📜📚 Bilamizki, telegram tarmog'ida ko'plab kitob bloglar mavjud.Lekin eng zo'rlari ozchilikni tashkil q
Let's go to Bookland 📜📚 Bilamizki, telegram tarmog'ida ko'plab kitob bloglar mavjud.Lekin eng zo'rlari ozchilikni tashkil qiladi.Biz ulardan birini topdik. Qizigi shundaki SiZ u yerga kirib kitoblar olamidan chiqa olmaysiz. Tezroq shoshiling!!! P/S:Dunyodagi eng katta kutubxonalarning jonli rasmlari va ular haqida yetarli ma'lumotni ham shu yerdan topasiz.😍📖

KITOB O'QISHNING FOYDALI JIHATLARI. 1. INSON RUHIY JIHATDAN KUCHLI BO'LADI. 2. STRESSNI YENGISHDA YORDAM BERADI. 3. YANGI BILIMLARNI EGALLASHNING ENG QULAY YO'LI. 4. XOTIRANI RIVOJLANTIRADI. 5. INSONNI TANQIDIY VA MANTIQIY FIKRLASH QOBILAYATLARI KUCHAYADI. 6. DIQQATNI JAMLASHGA KO'MAKLASHADI. 7. DUNYOQARASHNI KENGAYTIRADI. 8. MUTOALA INSON MIYASI UCHUN " BADANTARBIYA " 9. KREATIVLIKNI OSHIRADI. 10. KUCHLI NOTIQ BO'LISHINGIZGA IMKON YARATADI. P.s. Sizningcha kitob o'qishni yana qanday foydali jihatlari bor.

1 yilda nechta kitob o'qiysiz?
Anonymous voting

#attention #mustread #diqqat "FROM INTERMEDIATE TO ADVANCED" ONLINE KURSIDA NIMALAR O'RGANASIZ: ➕ SPEAKING ni chiqarish uchun
#attention #mustread #diqqat "FROM INTERMEDIATE TO ADVANCED" ONLINE KURSIDA NIMALAR O'RGANASIZ: ➕ SPEAKING ni chiqarish uchun kerakli ko'nikma va bilimlar ➕ LISTENING va READING ni rivojlantirishning samarali va effektiv metodlari va usullari ➕ VOCABULARY har kunlik ("context" dan o'rganish) ➕ PRONUNCIATION qoidalari ( linking, contractions, fast speech) ➕ PHRASES and PHRASAL VERBS ( most common ones ) ⭕️ Kurs 3 oy davom etadi. ⭕️ Kurs narxi: 180 ming ⭕️ Darslar ZOOM orqali o'tkaziladi. ⭕️ 1 oy ichida agar kursdan ko'nglingiz to'lmasa to'lovingiz 100% qaytariladi. ⚠️ Ingliz tilida "ADVANCED" darajaga chiqish imkoniyatingizni qo'ldan boy bermang Murojaat uchun: @Baxtiyor_Toshboyev.

#attention #diqqat #mustread Dunyoqarashimni o'zgartirgan birinchi kitob Birinchi marta chinakam ta'sir qilgan kitob Deyl Karnegini " Do'st orttirish va odamlarga tasir o'tkazish" kitobi bo'lgan. Litseyda o'qib yurgan paytim shu kitobni kursdoshmni tavsiyasi bilan sotib olgandm, adashmasam 2-kurs lar edim, kitob oldim lekin ochib o'qishga hech o'zimda kuch topa olmayotgan edim. Institutni bitiray degan paytim, o'qish qaror qildim. Kitobni to'liq o'qib chiqqanimdan keyin hayolimga kelgan birinchi fikr, nega shuncha paytdan beri bu kitobni yonimda olib yurganimga qaramasdan o'qimaganligim haqidagi hayol edi. Kitobdan inson tabiatiga oid eng muhim hayotiy darslarni oldim. Ana o'sha darslarni eng muhimlari: — atrofingizdagi insonlarga sizni muommolaringizni umuman qizig'i yo'q chunki hammani o'ziga yarasha muommolari, tashvishlari yetarli. Shu oddiy konsepsiyani tushunib yetganimdan keyin, boshqalar bilan suhbatga kirishganimda shaxsiy muommolarimdam bahona sifatida foydalanishni to'xtatdim. Hammaga tanish bo'lgan bir misol keltiraman: Yaqin do'stingiz sizdan yordam so'rab keldi, moliyaviy jihatdan qiynalib qolganini aytib pul berib turishingizni so'radi. Gapni esa nima uchun bu ahvolga tushib qolganligi, ishi yurishmayotganligi, kimdir undan pul olib qaytarmaganligi va shunga o'xshash shaxsiy muommolarini aytishdan boshlaydi. Menimcha bu holat sizga tanish bo'lsa kerak. Shunda sizni hayolingizdan " Seni muommolaringiz menga nima qizig'i bor" degan firk o'tadi. Lekin, uni ochiq ayta olmaysiz. Yarim soat do'stingizni hayotdan nolishini tinglab keyin unga qarz berib turasiz. Hech qachon bir nimani yodimizdan chiqarmasligimiz kerak — hammani shaxsiy hayotida o'ziga yarasha tashvishlari bo'ladi. P.s. Siz qanday hayotiy dars olgansiz kitoblardan?

1.05 KB

20:00 da live chatda savol-javob o'tkazamiz, umumiy ingliz tilini rivojlantirish bo'yicha savolingizni tayyorlab turing, shuningdek kurs haqida qo'shimcha savollar bo'lsa unga ham to'liq javob olasiz!