ENGLISH || SELF-DEVELOPMENT
قناة بسيطة
Ingliz tilini eng samarali va effektiv metod va usullardan foydalanib o'rganing! Creator: Baxtiyor Toshboyev Online Speaking kursga yozilish uchun: https://t.me/online_speaking_kurs
إظهار المزيد3 617
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام
أرشيف المشاركات
#attention #diqqat #mustread
⚠️ E'LON
Do'stlar online kurs ochganimni e'lon qilmoqchiman 🥳
Kurs davomida har bitta skilni:
Speaking; Listening; Reading; Writing
Vocabulary; Pronunciation
skillarini eng effektiv, eng samarali metodlardan foydalanib rivojlantirasiz.
Asosiy maqsad — umumiy darajangizni ADVANCED ga olib chiqish! Kurs faqat oldiga yuqori maqsad qo'yganlar: IELTS 8+ yoki CEFR C1 olishni maqsad qilganlar, o'z ustida qattiq ishlashga tayyor bo'lganlar uchun.
Kurs narxi: 180 ming
▪️Kursdan qoniqish hosil qilmasangiz 1 oy ichida pulingiz 100% qaytariladi!
▪️Darslar ZOOM orqali o'tkaziladi.
▪️Dushanba, Chorshanba, Juma.
soat 19:00 – 20:30.
Murojaat uchun: @Baxtiyor_Toshboyev
Fikrlashingizni, dunyoqarashingizni tubdan o'zgartirgan kitob bo'lganmi?
#attention #diqqat #mustread
INGLIZ TILIDA ERKIN MULOQOT QILA OLISHIM UCHUN NECHTA SO'Z BILISHIM KERAK?
part1
"Oxford English Dictionary" ga ko'ra hozirda Ingliz tilida 171,146 mingta so'z mavjud.
#1 maslahat yangi so'z o'rganish masalasida bu — eng ko'p ishlatiladigan so'zlarni o'rganing!
Ko'pchilikni asosiy muommosi Vocabulary masalasida bu so'zlarni jadval asosida, "common words" mi yo "uncommon words" e'tibor bermasdan o'rganishidadir. Bu bilan nima demoqchiman, inglizlar ni o'zi 171,146 so'zning bor yo'g'i taxminan 10% dan foydalanishadi.
"Native speaker"lar 10 ming 20 ming atrofida so'z bilishadi. Og'zaki nutqda esa, ya'ni kundalik muloqotda 5 ming – 7 ming atrofida so'zlardan foydalanishadi.
Kundalik muloqotni 100% deb oladigan bo'lsak, Ingliz tilida eng ko'p ishlatiladigan 1000 ta so'z — uning 88% ni tashkil etadi.
Eng ko'p ishlatiladigan 2000 ta so'z esa og'zaki nutqning deyarli 93% ni tashkil etadi.
Eng ko'p ishlatiladigan 3000 ta so'z og'zaki nutqning 94% ni tashkil etadi.
Qisqasi, Ingliz tilida gaplashishni boshlash uchun 1000 ta so'z yetarli. Eng ko'p ishlatiladigan 1000 ta so'zni nazarda tutyapman, duch kelgan so'zlarni jadval ko'rinishida yodlang demoqchimasman. O'zizga ishonch bilan, erkin va ravon hamda tabiiy muloqot qila olish uchun eng ko'p ishlatiladigan 2500-3000 ta so'z yetarli.
2500-3000 ta so'z bilan deyarli istagan temada, istagan inson bilan, u native bo'ladimi yoki non-native mi farqi yo'q bemalol muloqot qila olasiz!
Endi asosiy muommaga etiborizni qarating.
"Men 2500-3000 so'zni bilaman lekin shunda ham gaplasha olmayapman" deyishingiz mumkin. So'zni "bilish" boshqa uni gapda "ishlata olish" umuman boshqa narsa. Mana asosiy muommo nimada, har kuni yangi so'zlar yodlimiz, lekin ularni "Active Vocabulary" ga aylantirmasdan(bu ni o'zi alohida katta bir tema, hali bu haqida alohida gaplashamiz) "Passive Vocabulary" holatida qoldiramiz. Speakingga kelganda esa nimaga shuncha yodlagan so'zlarimiz miyamizga kemayapti deb o'zimizga o'zimiz savol beramiz.
Davomi bor...
🔥IELTS va ingliz tili darslarini o'rganish uchun eng zo'r kanal;
👉@cambridgeIELTSbooks
👉@cambridgeIELTSbooks
👉@cambridgeIELTSbooks
‼️ Men tavsiya qilaman.
#attention #diqqat #mustread
TO UNDERSTAND SOMETHING
These words refer to knowing all about something and especially how or why it works or happens.
The most common word for this is understand. Understand is used in all contexts.
- I understand why he did that.
- Scientists still don't fully understand how the brain works.
Comprehend is a slightly more formal way of saying understand.
- He doesn't seem to comprehend the scale of the problem.
The phrase get the picture can be used in more informal situations to mean understand.
- OK. Don't say any more. I get the picture.
Follow can be used when someone understands something as it is being said.
- It was so complicated I couldn't follow what he was saying.
If you understand something that is difficult, the verb grasp can be used.
- I think I grasped the main points of the lecture.
If you understand something that you read or hear after taking time, you could use the verb digest.
- This chapter is so difficult to digest. I'll have to read it again later.
Fathom can be used in UK English when someone understands something that is mysterious.
- For years, people have been trying to fathom the mysteries of the whale's song.
If you understand a joke, the verb get is sometimes used.
- I told him a joke, but he didn't get it
P.s. Aksariyat sinonim so'zlar manosi bir xil yoki bir-biriga yaqin bo'lsa ham ishlatilish o'rni va holatida farqi bo'ladi.
#attention #diqqat #mustread
⭕️ HIT THE BOOKS
It means “to study,” and is a way of telling your friends that you’re going to study.
“Sorry but I can’t watch the game with you tonight, I have to hit the books. I have a huge exam next week!”
⭕️ HIT THE SACK
It means to go to bed, and you’d use this to tell your friends or family that you’re really tired, so you’re going to sleep.
“It’s time for me to hit the sack, I’m so tired.”
⭕️ TWIST SOMEONE'S ARM
If your arm has been twisted it means that someone has done a great job of convincing you to do something you might not have
wanted to to do.
— Jake, you should really come to the party tonight!
— You know I can’t, I have to hit the books (study).
— C’mon, you have to come! It’s going to be so much fun and there are going to be lots of girls there. Please come?
— Pretty girls? Oh all right, you’ve twisted my arm, I’ll come!
⭕️ STAB SOMEONE'S IN THE BACK
to stab someone in the back means to hurt someone who was close to us and trusted us by betraying them secretly and breaking their trust.
— Did you hear that Sarah stabbed Kate in the back last week?
— No! I thought they were best friends, what did she do?
— She told their boss that Kate wasn’t interested in a promotion at work and Sarah got it instead.
— Wow, that’s the ultimate betrayal! No wonder they’re not friends anymore.
⭕️ LOSE YOUR TOUCH
to lose your touch means that you
lose an ability or talent you once had when dealing with things, people or situations.
“It looks like you’ve lost your touch with the ladies.”
⭕️ SIT TIGHT
If a person tells you to sit tight they want you to wait patiently and take no action until you hear otherwise.
— Mrs. Carter, do you have any idea when the exam results are going to come out?
— Who knows Johnny, sometimes they come out quickly but it could take some time. You’re just going to have to sit tight and wait.
⭕️ PITCH IN
It means to contribute (give) to something or someone or to join in.
— What are you going to buy Sally for her birthday?
— I don’t know. I don’t have much money.
— Maybe we can all pitch in and buy her something great.
⭕️ GO COLD TURKEY
To go cold turkey means to suddenly quit or stop addictive or dangerous behavior such as smoking or drinking alcohol.
— Shall I get your mom a glass of wine?
— No, she’s stopped drinking.
— Really, why?
— I don’t know. A few months ago, she just announced one day she’s quitting drinking.
— She just quit cold turkey?
— Yes, just like that!
⭕️ FACE THE MUSIC
It means to “face reality” or to deal with the reality of the situation and accept all the consequences
— I can’t understand why I failed math.
— You know you didn’t study hard, so you’re going to have to face the music and take the class again next semester if you really want to
graduate when you do.
⭕️ RING A BELL
It means that somebody has mentioned something that sounds familiar to you, perhaps you’ve heard it before.
— You’ve met my friend Amy Adams, right?
— Hmmm, I’m not sure, but that name rings a bell. Was she the one who went to Paris last year?
Tips To Improve Your Grammar! 👉 English Auxiliary Verbs | BE, DO & HAVE
Knowing more about auxiliary verbs and how they are used in English will definitely help you to improve your English grammar.
In this lesson, you'll learn my top tips to use these important 'helping' verbs correctly and dramatically improve your English grammar! 🙌🏼
A quick summary:
The auxiliary verb DO exists in the simple tenses.
The auxiliary verb BE exists in the continuous tenses - and in the passive voice
And the auxiliary verb HAVE exists in the perfect tenses.
TIK TOK 🎶 so'zini ma'nosini bilasizmi?🎵
Bilishni xohlaysizmi unda kettik😁😃😃
#attention #diqqat #mustread
IELTS...
IELTS ga keladigan bo'lsak, juda katta tushunmovchilik deymizmi, muommo deymizmi: ko'pchilik yuqori ball olish uchun yillab tayyorgarlik ko'rish kerak deb o'ylashadi. IELTS bo'yicha bir ekspert, ismi yodimda yo'q, IELTS strukturasi va qoidalarini o'rganish uchun 2 hafta yetadi deganini eshitgandim. Shunda o'ylanib qoldim. Agar 2 hafta yetarli bo'lsa, nima uchun ba'zilar oylar va yillarni sarflashadi. Buni sababi esa, ingliz tili darajangizga bog'liq. Darajangiz qancha past bo'lsa, shuncha ko'p vaqt IELTS ga tayyorgarlikka ketadi. Aksincha, darajangiz qancha yuqori bo'lsa, shuncha tez natijaga erishasiz.
IELTS ga tayyorlanayotganlar yoki oldin tayyorlanganlar buni yaxshi bilishadi. Misol uchun olaylik, darajangiz intermediate, IELTS ga tayyorlanishni boshladingiz, vaqtingizni asosiy qismini umumiy ingliz tili darajangizni oshirishga qaratayapsiz.
IELTS o'tkazilishidan birdan-bir maqsad — ingliz tilini bilish darajangizni baholashdir. Olgan balingiz ingliz tilini qay darajada bilishingiz dalilidir.
IELTS dan yuqori bal olmoqchi bo'lganlarga berishim mumkin bo'lgan eng to'g'ri maslahat shuki: Umumiy ingliz tili darajangizni Advancedga chiqarmaguncha IELTS haqida uniting. IELTS 8+ olmoqchi bo'lsangiz eng effektiv metod bu ingliz tili skillaringizni advanced darajaga olib chiqing. Har bitta skilni: Speaking, Listening, Reading, Writing, Vocabulary, Pronunciation, Grammar. Faqat gramatikani tugatganingiz bilan darajangiz advanced bo'lib qolmaydi. Ko'pchilik, IELTS kurslar qatnashuvchilarni kamida intermediate levelida bo'lishni talab qilishida. Intermediate levelida IELTS boshlaganingizda natijangiz misol uchun 5,5–6 chiqyapti deylik. IELTS qonun qoidalarini suv qilib ichib yuborsangiz bilan balingiz oshib qolmaydi. 8 va undan yuqori bal olmoqchimisiz, umumiy ingliz tilingiz shu balga loyiq bo'lishi kerak.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | TikTok
📚 The Confidence Code: The Science and Art of Self-Assurance---What Women Should Know
#attention #diqqat #mustread
The Confidence Code: The Science and Art of Self-Assurance – What Women Should Know by Katty Kay
#review
Working women today are better educated and more well qualified than ever before. Yet men still predominate in the corporate world. In a modern world most women are blaming man for not having enough capital in a corporate business. Not all men, of course, their target is white men who is in the power. This book shows you what are actual reasons for why women are not as successful as men in business and politics.
Oxirgi yillarda g'arbda feminism eng ko’p ishlatiladigan terminlardan biriga aylandi. Zamonaviy feministlar ayollar haq-huquqlari, ularga nisbatan tengsizlik va diskriminatsiyaga qarash kurash olib borishyapti.
Lekin, ularning yo'l qo'yayotgan eng katta xatosi aybni jamiyatdan, hukumatdan erkaklardan qidirayotganligidadir. Ushnu kitobda siz nima uchun ayollar o'z karyeriyasida intelektual jihatdan erkaklardan farq qilmasligiga qaramasdan yuqori lavozimlarga ko'tarilishda muommolarga duch kelishini asosiy sabablar va ularni keltirib chiqargan omillar bilan tanishasiz.
#attention #diqqat #mustread
SPEAKING...
Do'stlar bugun siz bilan ochiqchasiga gaplashib olamiz. Speakingni rivojlantirishga to'sqinlik qiluvchi sabablarni siz bilan ko'rib chiqdik. Demak, o'ziga bo'lgan ishonchni yetishmasligi, xato qilishdan qo'rqish va ko'pchilk oldida gapirishdan uyalish speaking pratika qilish jarayonida eng asosiy to'siqlar ekan. Bunga yuzaki qaramasligingizni so'rardim.
Chunki, mana shu 3 ta muommo shaxsan meni ham speakingni rivojlantirishimga halaqit qilgan, mana shu to'siqlarga yechim topmaganim uchun yillarni yo'qotganman. Til o'rganishni boshlaganimga 8 yil dan oshdi, uzilishlar bilan, albatta. Lekin, 1 yil oldin mendan ingliz tilida nimadir deyishimni so'raganingizda katta ehtimol bilan hech nima deyolmasdim.
Chunki, ingliz tilini yillardan beri o'rganayotganimga qaramasdan, asosan passiv o'rganayotgan edim. Listening, Reading, Vocabulary va Pronunciation skillarimni Advancedga olib chiqdim, lekin spekingni o'z holicha tashlab qo'ygandim. Doim o'zimga qayta–qayta aytadigan bahona esa — "Speking praktika qilishni istayman, lekin sherigim yo'q".
Hozirgi kunda sherik yo'q degan bahona o'tmaydi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali dunyoning istagan qismidan sherik topishingiz mumkin. O'zbekistonni o'zida ham sizga o'xshagan, ingliz tilini mustaqil o'rganayotgan yoki darajasiga teng sherik qidirayotgan minglab insonlar bor. Shunchaki, ortiqcha bahonalarni chetga surib turib, ularni qidirish kerak. Qidirish deganimda, guruhlarda ingliz tilidan haftada bir necha kun gaplashmoqchilingizni yozib qoldirishni nazarda tutdim. Ishonchim komil, hozirni o'zida minglab yoshlar ingliz tilida gapirishni praktika qilish uchun sherigi bo'lishini istaydi.
Faqatgina, shu bilan cheklanib qolmang. Har kuni Shadowing qiling, ovoz chiqarib kitob o'qing, kamera oldida gapiring, ovozingizni yozib olib eshiting, ingliz tilida o'ylashni mashq qiling. Shu maslahatlarimni o'zi aslida, speakingingizni o'stirish uchun yetarli bo'lishi mumkin. Albatta, bu maslahatlarga amal qilish yoki qilmaslik bu sizga bog'liq. Oldin ham aytganimdek, men o'z vazifamni bajarayapman va nimani to'g'ri, foydali, samarali deb bilsam shuni sizga o'rgatayapman. Chunki, 90-95 % ingliz tili o'qituvchilar, repetitorlar bularni sizga o'rgatishmaydi. Noto'g'ri tushunmang, tizimni ham aybi bor bu yerda. Institutga kirish testlari faqat gramatikada tuzalganidan keyin, o'qishga kirish uchun faqatgina gramatikani o'rganishdan boshqa ilojingiz yo'q. Boshqa skillarni o'rganishni istaganingiz bilan, o'qituvchingiz qolipdan tashqariga chiqmasa va faqat gramatik qoidalarni yodlatayotgan bo'lsa hech nima o'zgarmaydi. Bu bilan o'qituvchilarni tanqid qimoqchi emasman. Ta'lim tizimi ularni shunga majbur qilyapti.
Davomi bor...
P.s. Kanalni kuzatib borib nimadir o'rgana olyapsizmi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | TikTok
