cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Yurist_Mamayusupov_KHusan.

Mazkur kanal sizlar bilan 24 soat davomida faoliyat olib boradi. Murojaat uchun: https://t.me/Yuristmaslahatlari Advokat bilan bog'lanish uchun. @Mamayusupov_KHusan Savollar uchun: @YuristVIPbot Yaratildi: 6.08.2021.

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 383
المشتركون
+624 ساعات
+287 أيام
-1830 أيام
توزيع وقت النشر

جاري تحميل البيانات...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
تحليل النشر
المشاركاتالمشاهدات
الأسهم
ديناميات المشاهدات
01
❗️21 YoSHGA TOʻLMAGAN SHAXSLARGA SIGARET SOTISH TAQIQLANADI! 📃 24.05.2023-yil kungi OʻRQ-844-son “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan ⚡️Qonun bilan alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish bilan bogʻliq munosabatlar, shuningdek, sohaga masʼul organlarning vakolatlari belgilanib, mazkur sohaga bir qancha cheklovlar kiritilgan. ❌ Belgilangan cheklovlardan biri, 21 yoshga toʻlmagan shaxslarga va ular tomonidan alkagol va tamaki maxsulotlarini sotish taqiqlanadi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1450Loading...
02
🔥🔥🔥Aziz obunachilarimizga 56-maslahat. ⭕️ Diqqat: 120 mlnlik kreditni qanday olish tartibi haqida. Batafsil videoda koʻrishingiz mumkin. Ketgan MBga achinmaysiz. 💻 Video post @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov tomonidan tayyorlandi. 📥Savol yo'llash uchun. @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov 🕕Navbatchi advokat bilan 24 soat davomida bogʻlanib konsultatsiya olish narxi 50 000 so'm. ☎️Call center👇 +998919701002 +998994204602 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling.
3696Loading...
03
Notarial idoraga bormasdan amalga oshiriladigan notarial harakat turlari ko‘paydi Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda. ✅ Endilikda quyidagilarni "E-notarius.uz" axborot portali orqali videokonferensiyada (onlayn) notarial rasmiylashtirish mumkin: ➖ er va xotinning umumiy mol-mulkni, shu jumladan ko’chmas mulkni tasarruf etish boʻyicha bitim tuzish uchun xotin (er)ning rozilik arizasini; ➖ avtomototrnasport vositasini tasarruf etish (sotish, hadya, qilish, ayirboshlash, garovga qoʻyish va boshqa turdagi tasarruf qilish) ishonchnomasini; ➖ hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlashni. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
5381Loading...
04
Ishsizlik nafaqasini olish tartibi. 1. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan va yoki avtorizatsiyadan o‘tadi hamda mahalliy mehnat organiga so‘rov yuboradi. 2. Mahalliy mehnat organi ariza beruvchini ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga oladi va “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunning 45-moddasi birinchi qismi to‘rtinchi–o‘ninchi xatboshilariga muvofiq ariza beruvchini ishsiz deb e’tirof etishni rad qilish uchun asoslar mavjud yoki mavjud emasligini tekshiradi. Ishsiz deb e’tirof etishni rad qilish uchun asoslar mavjud bo‘lmasa, ariza beruvchi Qonun talablarga muvofiq mahalliy mehnat organiga maqbul keladigan ish yuzasidan taklif olish uchun borishi lozimligi to‘g‘risida xabardor qilinadi. 3. Ariza beruvchi ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida mahalliy mehnat organiga maqbul keladigan ish yuzasidan taklif olish uchun boradi. 4. Mahalliy mehnat organi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq ariza beruvchini ishsiz deb e’tirof etish yoki rad qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, ariza beruvchini ishsiz deb e’tirof etish va unga ishsizlik nafaqasini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi yoki uni ishsiz deb e’tirof etish rad etilganligi to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan xabarnomani ariza beruvchiga elektron tarzda YIDXP orqali yuboradi. Ishsizlik nafaqasini olish uchun online ariza berish. 👉@professional_yuristlar- eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1 3838Loading...
05
Milliy sertifikat olib beraman deb, aldaydigan shaxslarga qanday chora koʻrish mumkin? Savol: Assalomu alaykum. Bitta tanishimga nomalum shaxs milliy sertifikat olib berish taklifini bildirgan va bunga tanishim rozi bölgan shundan söng tanishim unga ishongani uchun attestatsiyadan ötish uchun ham yordam bera olishini söragan va nomalum shaxs unga yordam bera olishini aytgan va tanishimdan jami 5 mln 20 ming sömni telegramdan qabul qilgan    tanishimga milliy sertifikat ham olib bermagan attestatsiyadan ham öta olmagan. Tanishim endi nima qilsa böladi. Telegramdan yozilgan barcha habarlari turibdi Javob: Bu vaziyatda tuman prokuraturasiga murojaat qilishingiz lozim. Qarang! Jinoyat kodeksining 210-moddasiga asosan davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsining oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan oʻzi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor boʻlishi – pora olish hisoblanib, buning uchun: ➖ bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-centyabrdagi 19-sonli “Poraxoʻrlik ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 1-bandiga koʻra pora beruvchining manfaati uchun tegishli harakatlarni bajarish vakolatiga ega boʻlmasada, lekin oʻzining egallab turgan lavozimi mavqeyiga koʻra pora uchun ushbu harakatlar boshqa mansabdor shaxs tomonidan bajarilishi uchun chora koʻrish mumkin boʻlgan mansabdor shaxslar ham ushbu jinoyatning subekti deb topilishi lozim. Shunga koʻra oʻsha shaxsning harakatlariga nisbatan yuqoridagi tartibda jinoyat ishi ochilishi mumkin. ➡️ Lekin masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Agar oʻsha shaxs haqiqatda tanishingizdan olgan pul summasini biror ishni hal qilish maqsadida mansabdor shaxsga berishni maqsad qilgan boʻlsa, unda JK 212-moddasi qoʻllanilishi mumkin. Unga koʻra pora olish-berishda vositachilik qilish, yaʼni pora olish yoki berish xususidagi kelishuvga erishishga qaratilgan faoliyat, shuningdek manfaatdor shaxslarning topshirigʻi bilan porani bevosita berish jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi (JK 212-m). Shunga koʻra siz aytgan holat haqiqatda shunday boʻlgan boʻlsa, oʻsha shaxsga yuqoridagi modda bilan ish qoʻzgʻatilishi mumkin. Yuqoridagi holatlarda tanishingizga nisbatan ham JK 211-moddasiga asosan pora berish jinoyati uchun javobgarlik qoʻllanilishi mumkin. Agar oʻsha shaxs pulni olib oʻz ehtiyojlariga ishlatib yuborgan boʻlsa, unda bu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksi 168-moddasida firibgarlik, yaʼni aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing mulkini yoki oʻzganing mulkiga boʻlgan huquqni qoʻlga kiritish jinoyati uchun ish ochilishi mumkin. Agar oʻsha shaxsga shu modda bilan (168) jinoiy ish ochilsa, tanishingiz pullarini qaytarib olishi mumkin. Kanalga ulanish👇👇👇👇 https://t.me/professional_yuristlar
7701Loading...
06
❗️AHOLI IPOTEKA KREDITLARI ORQALI UY-JOY BILAN TAʼMINLANADI 📄 30.04.2024-yil kungi PF-70-son “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilingan ➖ Farmonga koʻra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturi doirasida: ✅ hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat boʻlgan koʻp qavatli uy-joylar qurilishi; ✅ qurilish tashkilotlariga bozor tamoyillari asosida ajratilgan kreditlar boʻyicha kompensatsiya va kafilliklar taqdim etilishi; ✅ koʻp qavatli uy-joylar qurish jarayonlariga “yashil” uy-joy standartlari joriy qilinishi belgilangan. ✔️ Farmonda shuningdek; ➖ kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun 120 million soʻmgacha ipoteka kreditlari ajratilishi nazarda tutilgan. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
7234Loading...
07
🔥🔥🔥Aziz obunachilarimizga 55-maslahat. ⭕️ Diqqat: Ayolingizni ishlashiga toʻsqinlik qilmang, aks holda... Batafsil videoda koʻrishingiz mumkin. Ketgan MBga achinmaysiz. 💻 Video post @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov tomonidan tayyorlandi. 📥Savol yo'llash uchun. @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov 🕕Navbatchi advokat bilan 24 soat davomida bogʻlanib konsultatsiya olish narxi 50 000 so'm. ☎️Call center👇 +998919701002 +998994204602 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling.
8116Loading...
08
⚡️⚡️Firibgarlik uchun qanday jazo belgilangan? ⚠️ Firibgarlik – bu oʻzganing mulkini yoki mulkga boʻlgan huquqini aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan qoʻlga kiritishdir. 🔰 Firibgarlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs: ▫️BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (17 mln soʻmdan 34 mln soʻmgacha) miqdorda jarima; ▫️2 yilgacha axloq tuzatish ishlari; ▫️1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash; ▫️3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. 📌 Shuningdek, firibgarlikning miqdori, takroriyligi, sodir etgan shaxslar, sodir etish vositasidan kelib chiqib javobgarlik chorasi ogʻirlashishi mumkin. 🔰 Firibgarlik bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa: ▫️BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha (34 mln soʻmdan 102 mln soʻmgacha) miqdorda jarima; ▫️3 yilgacha axloq tuzatish ishlari; ▫️3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash; ▫️3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 🔰 Firibgarlik xizmat mavqeidan foydalangan holda yoki axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan boʻlsa: ▫️ BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha (102 mln soʻmdan 136 mln soʻmgacha) miqdorda jarima; ▫️ 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari; ▫️ muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 🔰 Firibgarlik uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa: ▫️BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha (136 mln soʻmdan 204 mln soʻmgacha) miqdorda jarima; ▫️ 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. ❗️Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
7164Loading...
09
Kreditga olingan uyni sotsa boʻladimi? Savol: Men ipoteka shartnomasi asosida kreditga uy olgan edim. Xozirgi extiyojimdan kelib chiqib uyni sotmoqchi boʻlsam, menga bir tanishim uyni kreditini toʻlab boʻlmagunimcha buni iloji yoʻq ekanligini aytyabdi. Shu toʻgʻrimi ? Javob: Amaliyotda kreditga olingan uylar olingan kreditning taʼminoti sifatida garovga olinadi. Yaʼni, oʻrtada tuzilgan garov shartnomasiga asosan to kredit qarzdorligi toʻlanmaguncha oʻsha olgan uyingizga banklar tomonidan sotish uchun taqiq qoʻyilgan boʻladi. Nima qilish mumkin ? “Ipoteka toʻgʻrisida”gi qonunning 26-moddasida,➖ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulk, agar ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan sotish, hadya etish, ayirboshlash orqali yoki oʻzgacha usulda faqat ipotekaga oluvchi (Bank) ning roziligi bilan tasarrufdan chiqarilishi mumkingi koʻrsatilgan. Yaʼni, agar bank Sizga mabodo oʻsha uyni sotishingiz uchun yozma ravishda rasman rozilik bersa, shunda uyni sotishingiz mumkin boʻladi lekin, amalda banklardan bunday rozilikni olishdan koʻra Mayk Taysonni Oʻzbekistonga olib kelish usonroq.. Demak imkoni yoʻq ekanda ? Fuqarolik kodeksi 322-moddasida qarzni boshqa shaxsga oʻtkazish degan norma bor. Agar kredit bergan bank rozilik bersa, shu ipoteka kreditini boshqa bir toʻlovga layoqatli shaxsga (yangi qarzdorga, yoki Siz sotmoqchi boʻlgan oʻsha odamga) oʻtkazish mumkin. Bu qanday bajariladi ? Bunda Siz bilan bank oʻrtasida tuzilgan shartnomaga oʻzgartirish kiritiladi va shartnoma boʻyicha Sizni zimmangizda boʻlgan barcha majburiyatlar oʻsha shaxsga oʻtadi vassalom. Banklarning shu shartga rozi boʻlish extimoli yoʻq emas. 👉@professional_yuristlar- eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
7511Loading...
10
❗️Test sinovlari 14–28-iyul kunlari oʻtkazilishi kutilmoqda Shuningdek, rejaga koʻra, 1–25-iyul kunlari ijodiy imtihonlar oʻtkaziladi. Abituriyentlar ijodiy imtihonda toʻplagan balini oʻsha kunning oʻzida, testda toʻplagan balini yertasiga bilishi mumkin. ✅ Ijodiy imtihon va test sinovlari toʻliq yakunlangandan soʻng, roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida abituriyentlar 15 kun davomida test ballaridan kelib chiqib, 5 tagacha yoʻnalishni, taʼlim shaklini (kunduzgi, kechki, sirtqi), tanlov ustuvorligini tanlaydi. Shundan soʻng mandat chiqadi. Yiqilganlarga esa kollej yoki texnikumga kirishga imkoniyat beriladi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1 3608Loading...
11
❗️Tuhmat qilganlik uchun qanday javobgarlik bor? ☑️ Tuhmat, yaʼni bila turib yolgʻon, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatganlik uchun qonunchilikda maʼmuriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. ❕Xususan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda tuhmat qilgan shaxsga nisbatan 6.8 mln soʻmdan 20.4 mln soʻmgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan. ⏩ Agar ushbu huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, 68 mln soʻmgacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. 🔰Tuhmat nashr qilish yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan tarzda, shu jumladan OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internetda joylashtirish orqali amalga oshirilsa, ushbu harakat jinoyat hisoblanadi va aybdor: ▫️68 mln soʻmdan 136 mln soʻmgacha miqdorda jarima; ▫️300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari; ▫️2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari; ▫️1 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanishi mumkin. ✅ Agarda tuhmat: ➖ ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda ayblab; ➖ ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlgan holda; ➖ xavfli retsidivist tomonidan; ➖ gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda qilinsa: ▫️102 mln soʻmdan 170 mln soʻmgacha miqdorda jarima; ▫️360 soatdan 400 soatgacha majburiy jamoat ishlari; ▫️1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishi mumkin. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1 76511Loading...
12
Pensionerlar yoki I va II guruh nogironlari uchun qanday soliq imtiyozlari mavjud? Javob: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 421-moddasiga muvofiq quyidagi jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan mol-mulk oltmish kvadrat metrgacha soliq solishdan ozod qilinadi : a) pensionerlar; b) I va II guruh nogironlari. Ushbu moddada ko'rsatilgan soliq imtiyozlariga ega bo'lgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq ob'ekti joylashgan joydagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadilar. Ushbu moddada belgilangan soliq imtiyozlari faqat bitta turar joy uchun mo'ljallangan ko'chmas mulk ob'ektiga mulkdorning tanloviga ko'ra qo'llaniladi. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq quyidagilar jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘idan ozod qilinadi: a) I va II guruh nogironlari. b) yolg'iz nafaqaxo'rlar. Alohida uyda yolg'iz yoki voyaga etmagan bolalari yoki nogiron bolasi bilan yashovchi pensionerlar yolg'iz pensionerlar deb hisoblanadi. v) boquvchisini yo'qotgan ko'p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasidan biri vafot etgan ko‘p bolali oilalar soliqqa tortish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar hisoblanadi. Ushbu soliq imtiyozlari yakka tartibdagi uy-joy qurish va fermer xo‘jaligi uchun yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga beriladi. Bunda mazkur soliq imtiyozlari faqat bitta yer uchastkasiga soliq to‘lovchining xohishiga ko‘ra berilishi mumkin. Ushbu moddada ko‘rsatilgan soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar yer uchastkasi joylashgan yer uchastkasidagi soliq organlariga soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadilar. Ushbu postni huquqshunos @Mamayusupov_KHusan tayyorladi. Savollar boʻlsa murojaat qilishingiz mumkin. Kanalga ulanish👇👇👇👇 https://t.me/Professional_yuristlar
6099Loading...
13
Assalomu alaykum, xurmatli obunachilar. Bugun sizlarga muhim bir yangilik bilan yuzlanmoqchiman, bugun, yaʼni 25.06.2024-yilda instagramdagi Twin lawyers profilimizning obunachilari soni 30 000 taga yetdi. Shu munosabat bilan barchangizga qoʻllab-quvvatlaganliklaringiz uchun kattakon raxmatlar aytamiz. Xudo xohlasa, oldinda bundanda qiziqarli va foydali kontentlar tayyorlab sizlar bilan millionlarni zabt etamiz. Maqsadimiz bitta fuqarolarning huquqiy ongini oshirish va asossiz qonun buzilishi holatlarini bartaraf etishdir. Bizdan uzoqlashmasdan kuzatib boring va sizlarga manzur keladigan kontentlar tayyorlashda davom etamiz. Instagramdan foydalanuvchilar pastdagi koʻrsatilgan link orqali instagramda ham bizni kuzatib borishlari mumkin. Instagramga obuna boʻlish. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati- eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling.
7032Loading...
14
🔥🔥🔥Aziz obunachilarimizga 54-maslahat. ⭕️ Diqqat: Uylanish uchun kredit olish mumkin... Batafsil videoda koʻrishingiz mumkin. Ketgan MBga achinmaysiz. 💻 Video post @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov tomonidan tayyorlandi. 📥Savol yo'llash uchun. @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov 🕕Navbatchi advokat bilan 24 soat davomida bogʻlanib konsultatsiya olish narxi 50 000 so'm. ☎️Call center👇 +998919701002 +998994204602 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling.
7129Loading...
15
“Hamster Kombat” ўйини қонунийми? Истиқболли лойиҳалар миллий агентлиги ижтимоий тармоқларда фаол муҳокамаларга сабаб бўлган “Hamster Kombat” ўйини ҳақида батафсил маълумот берди: ❓“Hamster Kombat” – Play-to-earn тоифасидаги ўйинми? ☑️ Play-to-earn - ўйин орқали реал пул ёки бошқа қимматли мукофотларни олиш мумкин ўйин тури. “Hamster Kombat” ўйини мазкур тоифадаги ўйинлар қаторига кирмайди, чунки ўйинда тўпланган тангалар (ҳисоб бирликлари) утилитар крипто-активлардан фарқли ўлароқ, таъминланмаган ва реал фойда келтирмайди. ❓“Hamster Kombat” ўйинида тўпланган хисоб бирликларини улар крипто-платформаларда рўйхатга олинганидан кейин харид қилиш ёки сотиш қонуний бўладими? ☑️ “Hamster Kombat” ўйинида тўпланган хисоб бирликлари крипто-актив деб тан олинса, уларни фақат крипто-активлар айланмаси соҳасидаги миллий хизмат кўрсатувчи провайдерлар орқали харид қилиш ёки сотиш мумкин бўлади. Бунда улар крипто-биржа котировкалаш варағи ёки крипто-дўконнинг савдо саватига киритилган бўлиши зарур. Каналга уланиш👉🏻 @Bankxabar
80810Loading...
16
Qabul tugashiga 1 kun qoldi 24-iyun soat 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 742 ming 479 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan: joriy yil bitiruvchilari — 380 ming 583 nafar; avvalgi yillar bitiruvchilari — 361 896 nafar. Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti: 🤵‍♂️ erkaklar — 353 ming 698 nafar; 👩🏻‍🔧 ayollar — 388 ming 781 nafar. 👉 @xushnudbek 👈
6921Loading...
17
🔥🔥🔥Aziz obunachilarimizga 53-maslahat. ⭕️ Diqqat: Soqol bilan rasmga tushish mumkinmi? Batafsil videoda koʻrishingiz mumkin. Ketgan MBga achinmaysiz. 💻 Video post @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov tomonidan tayyorlandi. 📥Savol yo'llash uchun. @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov 🕕Navbatchi advokat bilan 24 soat davomida bogʻlanib konsultatsiya olish narxi 50 000 so'm. ☎️Call center👇 +998919701002 +998994204602 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
6944Loading...
18
Haqorat qilganlik uchun qanday javobgarlik bor? Haqorat qilganlik – shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganlik yoki beodoblik bilan qasddan tahqirlaganlik uchun qonunchilikda maʼmuriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda haqorat qilgan shaxsga nisbatan 6 mln soʻmdan 12 mln soʻmgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan. Agar ushbu huquqbuzarlik bir yil ichida takroran sodir etilsa, huquqbuzarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanadi. Jinoyat kodeksiga asosan haqorat qilgan shaxsga: 60 mln soʻmgacha miqdorda jarima; 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari; 1 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi berilishi mumkin. Haqorat qilish nashr qilish, boshqacha usulda koʻpaytirilgan matnda yoki OAV orqali amalga oshirilsa, ushbu harakat toʻgʻridan-toʻgʻri jinoyat hisoblanadi va aybdor: 60 mln soʻmdan 120 mln soʻmgacha jarima; 240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari; 1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin. Agarda haqorat qilish: ➖jabrlanuvchini oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bogʻliq holda; ➖xavfli retsidivist tomonidan; ➖tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan boʻlsa: 120 mln soʻmdan 180 mln soʻmgacha miqdorda jarima; 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari; 1 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishi mumkin.   👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
7074Loading...
19
🔥🔥🔥Aziz obunachilarimizga 52-maslahat. ⭕️ Diqqat: Hamster oʻynaganlik uchun javobgarlik yoʻq. Batafsil videoda koʻrishingiz mumkin. Ketgan MBga achinmaysiz. 💻 Video post @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov tomonidan tayyorlandi. 📥Savol yo'llash uchun. @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov 🕕Navbatchi advokat bilan 24 soat davomida bogʻlanib konsultatsiya olish narxi 50 000 so'm. ☎️Call center👇 +998919701002 +998994204602 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
6785Loading...
20
🔄 “Perevod” qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish Quyidagi tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyunda imzolangan PQ-279-son Prezident qarori. 1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi: 1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa; 2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida). ❌Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham. 2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. ‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti” degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi. 3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab ko‘chirishi mumkin. 4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring. 5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak. 6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak. 7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi (transfer.edu.uz yoki my.uzbmb.uz sayti orqali emas). Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin. 8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, sirtqidan kunduzgiga o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin kunduzgidan sirtqiga ko’chirish muammosiz hal bo’ladigan masala. *** Arizalar quyidagicha qabul qilinadi: ➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida; ➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga; ➡️ rektor nomiga yozma yoki OTMda mavjud elektron tizim orqali — bir davlat OTM ichida yo’nalish, fakultet, ta'lim shakli yoki tilini ko‘chirish. ☝️Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. Kerakli hujjatlar: ◾️ ariza (onlayn tarzda); ◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli); ◾️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun). 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
8607Loading...
21
🔥🔥🔥Aziz obunachilarimizga 51-maslahat. ⭕️ Diqqat: Aliment uchun online ariza berish tartibini bilib oling. Batafsil videoda koʻrishingiz mumkin. Ketgan MBga achinmaysiz. 💻 Video post @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov tomonidan tayyorlandi. 📥Savol yo'llash uchun. @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov 🕕Navbatchi advokat bilan 24 soat davomida bogʻlanib konsultatsiya olish narxi 50 000 so'm. ☎️Call center👇 +998919701002 +998994204602 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
8103Loading...
22
Bankni litsenziyasi bekor qilinsa, omonatga qo’yilgan pullarni qanday qilib qaytarib olish mumkin? Savol; Assalomu alaykum xurmatli yurist savolim bor edi. Men bankga omonatga pul qo’ygan edim. Hozirgi vaqtda o’sha bankni litsensiyasi bekor qilinibdi. Endilikda men ushbu pullarni qanday qilib qaytarib olsam bo’ladi yoki ololmaymanmi? Omonatga qo’yilgan pullarimga kuyib qolamanmi? Iltimos yordam bersangiz. Javob; Vaalaykum assalom xurmatli fuqaro. Bu holatda siz omonatga qo’ygan pullaringizga kuyib qolmaysiz. Qarang tushuntiraman, O‘zbekiston Respublikasining, 05.04.2002 yildagi 360-II-sonli “FUQAROLARNING BANKLARDAGI OMONATLARINI HIMOYALASH KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDA”gi qonunning 4-moddasida ushbu Qonunning maqsadini amalga oshirish uchun fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tuziladi. Fond faoliyatining maqsadi bankning bank operatsiyalarini o‘tkazish huquqini beruvchi litsenziyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chaqirib olingan taqdirda fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha haq to‘lanishini ushbu Qonunda nazarda tutilgan shartlarda va miqdorda kafolatlashdan iboratdir. Fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha Fondning haq to‘lanishini kafolatlashi bank qayta tashkil etilganligi munosabati bilan litsenziya chaqirib olingan hollarga taalluqli emas deyilgan. Bundan kelib chiqib, aytadigan bo’lsam siz pullaringizni omonatga qo’yganingizdan keyin omonatni kafolati sifatida fond tuziladi. Shuningdek, mazkur qonunning 11-moddasiga ko’ra, Fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha haq to‘lash maqsadida bankning tugatish komissiyasi litsenziya chaqirib olingan kundan e’tiboran ikki oy mobaynida kreditorlarni aniqlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zaxiralari fondiga depozitga qo‘yilgan debitorlik qarzlari va mablag‘larini olish choralarini ko‘radi. Mazkur mablag‘lar birinchi navbatda tugatilayotgan bankning fuqarolar omonatlari bo‘yicha qarzlarini to‘lashga yo‘naltiriladi deyilgan. Shundan kelib chiqib aytadigan bo’lsam, yuqoridagi tartib bo’yicha omonatga qo’yilgan pullaringiz qaytarib beriladi. Ushbu postni huquqshunos @Mamayusupov_KHusan tayyorladi. Savollar boʻlsa murojaat qilishingiz mumkin. Kanalga ulanish👇👇👇👇 @professional_yuristlar
9003Loading...
23
❗️Xususiy tashkilot xodimlariga xam homiladorlik nafaqasi toʻlab berilishi belgilangan.. 📃 Hukumat 20.09.2022-yil kungi 515-son qarori qabul qilingan va qaror bilan Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizom tasdiqlangan ✅ Nizomga koʻra, byudjet tashkilotlaridan boshqa barcha yuridik shaxslarda 6 oy uzluksiz ishlayotgan ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlash tartibi belgilangan. ✅ Nafaqa Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi hisobidan farzand tugʻilgunigacha minimal isteʼmol xarajatlari (568 000 soʻm)ning 4 baravari (2 mln 272 ming soʻm) miqdorda beriladi. ✅ Shunga koʻra, yuridik shaxslarning nafaqa toʻlash majburiyati Jamgʻarma hisobidan toʻlangan nafaqa miqdoriga kamaytiriladi. 🟢 Mehnatga layoqatsizlik varaqasi nafaqani tayinlash va toʻlash uchun asos boʻladi. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgandan 5 ish kunida maʼlumotlar masʼul tibbiyot xodimi tomonidan “Tibbiyot” axborot tizimiga kiritiladi va maʼlumotlar “Yagona reyestr” tizimiga yuboriladi. 🟢 “Yagona reyestr” tizimi tomonidan nafaqa tayinlash yoki rad etish haqida qaror qabul qilinib asoslantirilgan holda nafaqa oluvchining telefoniga SMS-xabar yuboriladi. Nafaqa oyning 10-sanasigacha nafaqa oluvchining plastik kartasiga oʻtkazib beriladi. Plastik karta boʻlmaganida esa oyning 27-sanasigacha naqd koʻrinishda beriladi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
7679Loading...
24
Кўпчилик кутган қонун қабул қилиниш арафасида қонун Сенат томонидан ҳам маъқулланди ❗️ Ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер участкаларига ҳамда уларда қурилган бинолар ва иншоотларга бўлган ҳуқуқлар эътироф этилмоқда Сенатнинг ялпи мажлисида “Ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер участкаларига ҳамда уларда қурилган бинолар ва иншоотларга бўлган ҳуқуқларни эътироф этиш тўғрисида”ги Қонун маъқулланди. Таъкидланганидек, ушбу Қонуннинг мақсади ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер участкалари ҳамда уларда қурилган бино ва иншоотларга бўлган ҳуқуқларни эътироф этиш соҳасидаги муносабатларни тартибга солишдан иборат. Қонун билан ер участкаси ва унда қурилган иморатга бўлган ҳуқуқни, шунингдек якка тартибдаги уй-жой қурилган ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер участкасига ижара ҳуқуқини эътироф этишнинг аниқ тартиблари белгиланмоқда. Саволингизни: @yuristgamurojaat гa қолдиринг 👉 @yuristlar_maslahati 👈
8457Loading...
25
🔥🔥🔥Aziz obunachilarimizga 50-maslahat. ⭕️ Diqqat: Soliq huquqbuzarligini sodir etganlik uchun chiqarilgan jarima bekor qilinadi. Agarda.... Batafsil videoda koʻrishingiz mumkin. Ketgan MBga achinmaysiz. 💻 Video post @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov tomonidan tayyorlandi. 📥Savol yo'llash uchun. @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov 🕕Navbatchi advokat bilan 24 soat davomida bogʻlanib konsultatsiya olish narxi 50 000 so'm. ☎️Call center👇 +998919701002 +998994204602 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
7715Loading...
26
MAHALLA YETTILIGI TAVSIYASI BILAN UY-JOY QURISH VA TAʼMIRLASH UCHUN 120 MILLION SOʻMGACHA AJRATILADIGAN IPOTEKA KREDITLARI TOʻGʻRISIDA (Koʻp berilgan savollarga javob beramiz) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (PF-70-son, 30.04.2024-y.) Farmoni qabul qilindi. ☑️Farmonga koʻra, 2024-yil 1-iyundan “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj shaxslarga uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun 120 million soʻmgacha ipoteka kreditlari ajratiladi. Savol: Ushbu kreditlarning muddati qancha? Javob: Ipoteka kreditlari 120 million soʻmgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga ajratiladi. Savol: Kreditlarning foizi qancha? Javob: Markaziy bankning asosiy stavkasidan toʻrt foiz bandga yuqori stavkada uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash maqsadlari uchun ajratiladi (Ayni paytda asosiy stavka 14%ni tashkil etadi. Unga 4 foiz qoʻshilsa, fuqarolarga 18%dan ajratiladi); Savol: Mazkur ipoteka kreditlariga subsidiya olsa ham boʻladimi? Javob: Ha, boʻladi. Ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun – ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun – kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya toʻlanishi belgilangan. 2024-yilgi Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 12 foizdan oshgan qismiga, 2025-yil va undan keyingi yillar Dasturlari doirasidagi kreditlar boʻyicha esa – Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga toʻlanadi. Birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 2024-yilgi Dasturdan boshlab qatʼiy belgilangan 30 million soʻm miqdorida toʻlanadi. Savol: “Mahalla yettiligi” tavsiyasi nima? Uni qayerdan oladi? Javob: Farmonda belgilanganidek, ushbu ipoteka kreditlari barchaga ajratilmaydi. Faqatgina kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj shaxslarga ajratiladi. Bu masalada mahallangizdagi hokim yordamchisiga uchrashing. Aynan u oʻzining “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali “Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar” roʻyhatini shakllantirmoqda. Savol: Hozir ushbu kreditlarni qaysi banklar ajratmoqda? Javob: Banklarning rasmiy sahifalaridan olingan maʼlumotlarga koʻra, ayni kunda quyidagi tijorat banklari mazkur ipoteka kreditlarini ajratmoqda: ▪️Mikrokreditbank (Bank saytiga havola); ▪️Oʻzsanoatqurilishbank (Bank saytiga havola); ▪️Oʻzmilliybank (Bank saytiga havola); ▪️Aloqabank (Bank saytiga havola). 👉@professional_yuristlar- eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
98922Loading...
27
​​⚡️⚡️MAHALLA YETTILIGI TAVSIYASI BILAN UY-JOY QURISH VA TAʼMIRLASH UCHUN 120 MILLION SOʻMGACHA AJRATILADIGAN IPOTEKA KREDITLARI TOʻGʻRISIDA (Koʻp berilgan savollarga javob beramiz) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (PF-70-son, 30.04.2024-y.) Farmoni qabul qilindi. ☑️Farmonga koʻra, 2024-yil 1-iyundan “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj shaxslarga uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun 120 million soʻmgacha ipoteka kreditlari ajratiladi. Savol: Ushbu kreditlarning muddati qancha? Javob: Ipoteka kreditlari 120 million soʻmgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga ajratiladi. Savol: Kreditlarning foizi qancha? Javob: Markaziy bankning asosiy stavkasidan toʻrt foiz bandga yuqori stavkada uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash maqsadlari uchun ajratiladi (Ayni paytda asosiy stavka 14%ni tashkil etadi. Unga 4 foiz qoʻshilsa, fuqarolarga 18%dan ajratiladi); Savol: Mazkur ipoteka kreditlariga subsidiya olsa ham boʻladimi? Javob: Ha, boʻladi. Ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun – ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun – kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya toʻlanishi belgilangan. 2024-yilgi Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 12 foizdan oshgan qismiga, 2025-yil va undan keyingi yillar Dasturlari doirasidagi kreditlar boʻyicha esa – Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga toʻlanadi. Birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 2024-yilgi Dasturdan boshlab qatʼiy belgilangan 30 million soʻm miqdorida toʻlanadi. Savol: “Mahalla yettiligi” tavsiyasi nima? Uni qayerdan oladi? Javob: Farmonda belgilanganidek, ushbu ipoteka kreditlari barchaga ajratilmaydi. Faqatgina kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj shaxslarga ajratiladi. Bu masalada mahallangizdagi hokim yordamchisiga uchrashing. Aynan u oʻzining “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali “Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar” roʻyhatini shakllantirmoqda. Savol: Hozir ushbu kreditlarni qaysi banklar ajratmoqda? Javob: Banklarning rasmiy sahifalaridan olingan maʼlumotlarga koʻra, ayni kunda quyidagi tijorat banklari mazkur ipoteka kreditlarini ajratmoqda: ▪️Mikrokreditbank (Bank saytiga havola); ▪️Oʻzsanoatqurilishbank (Bank saytiga havola); ▪️Oʻzmilliybank (Bank saytiga havola); ▪️Aloqabank (Bank saytiga havola). 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1 96519Loading...
28
❗️KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERGAN SHAXSLAR RAGʻBATLANTIRILADI 📄 Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020-yildagi 829-son qaroriga asosan, ➖ Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslar BHMning 25 baravarigacha (8 mln 500 ming soʻm) miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1 5076Loading...
29
❗️HARBIY XIZMATCHILARGA BERILADIGAN IMTIYOZLI IPOTEKA KREDITI 📄 Vazirlar Mahkamasining 11.08.2017-yildagi 619-son qaroriga asosan, ➖ Qurolli Kuchlarning harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish yoki qurish uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari beriladi. ✅ Imtiyoz uy-joy narxining 25 foizini davlat tomonidan qoplab berish shaklida beriladi. ✅ Shuningdek, uy qurib bitkazulguniga qadar harbiylarga xizmat turar joyi kvartira uchun har oylik pul kompensatsiya beriladi. ❗️Kredit olgan harbiy xizmatchi halok boʻlgan yoki xizmat vazifalarini bajarishda ogʻir tana shikastlanishi oqibatida mehnat qobiliyatini yoʻqotganda kredit va uning foizlari tashkilot rahbarining qarori asosida byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qoplab beriladi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1 0815Loading...
30
❗️JINOYAT UCHUN QOʻLLANILADIGAN JAZOLAR 📄 Jinoyat kodeksining 43-moddasiga asosan, ➖ jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan quyidagi asosiy jazolar qoʻllanilishi mumkin: a) — jarima; b) — muayyan huquqdan mahrum qilish; v) — axloq tuzatish ishlari; g) — xizmat boʻyicha cheklash; ye) — intizomiy qismga joʻnatish; j) — ozodlikdan mahrum qilish; z) — umrbod ozodlikdan mahrum qilish. ❗️Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tarzidagi qoʻshimcha jazo ham qoʻllanilishi mumkin. ✔️ Xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismga joʻnatish tariqasidagi jazolar faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qoʻllaniladi. ‼️ Muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki qoʻshimcha jazo tariqasida ham qoʻllanilishi mumkin. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
9441Loading...
31
Oʻqituvchilar maktablardagi boʻsh sinfxonalarda pullik repititorlik kurslarini tashkil etishi mumkinmi? ❌ Yoʻq, oʻqituvchilari sinflarda oʻzlari mustaqil repitirorlik qila olishmaydi. ✅ Bu vaziyatda siz 2 xil yoʻl tutishingiz mumkin. Yo repititor sifatida shartnoma imzolaysiz yoki shu kursni maktab tashkil etadigan usulni tanlaysiz. 1⃣ Birinchi holatda 3 tomonlama ijara shartnomasini imzolaysiz. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qaroriga ilovada tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 17-bandiga koʻra Ijara shartnomasi ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va balansda saqlovchi oʻrtasida tuziladi. 🔹Bunda ijaraga beruvchi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari huzuridagi Davlat mulkini ijaraga berish markazlari; 🔹Ijarga oluvchi – repititor yaʼni siz. 🔹Balansda saqlovchi – maktab hisoblanadi. Maktab oʻziga operativ boshqaruv huquqi asosida berilgan binodan faqat belgilangan maqsadlardagina foydalanishga haqli. Agar u binoni yoki uning bir qismini ijaraga bersa, unda albatta hududiy ijara markazlari bilan 3 tomonlama shartnoma imzolashi shart. ✅ Birinchi usulda faoliyat yuritish uchun YATT ochishingiz yoki oʻzini oʻzi band qilgan fuqaro sifatida roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin. 2⃣ Ikkinchi usul. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 343-son qaroriga ilovada tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pullik taʼlim xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga maktablarda tashkil etiladigan qoʻshimcha taʼlim berishga qaratilgan pullik taʼlim xizmatlari maktablarning oʻquv dasturlarida nazarda tutilmagan (davlat taʼlim standartlaridan tashqari) mashgʻulotlar boʻyicha maktab direktori va oʻquvchilarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida koʻrsatiladi. Shuningdek, nizomning 8-bandiga koʻra buyurtmachilar tomonidan kelib tushadigan mablagʻlar (lekin 50 foizidan kam boʻlmagan miqdori) oʻqituvchilarga haq toʻlashga yoʻnaltirilishi mumkin. Bunda qonunchilikda belgilangan soliqlar va yigʻimlar mazkur summadan chegirib olinadi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1 0393Loading...
32
Kimlar kasbiy sertifikat olishi kerak? Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni 3-bandida 2024-yil 1-yanvardan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik kasblariga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan talabgorlarni kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etilishi belgilangan. Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy Reglamenti 2-bandiga koʻra davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilingan oliy maʼlumotli jismoniy shaxs – stajyor oʻqituvchi hisoblanib, ular kasbiy sertifikat olish uchun nazorat sinovlariga jalb qilinadilar. ❗️Agar tugallangan oliy maʼlumotli shaxs stajyor oʻqituvchi sifatida ishga qabul qilingan boʻlsa, unda nazorat sinovidan oʻtish lozim. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1 0102Loading...
33
Barcha moʻmin musulmonlarga Qurbon hayiti muborak boʻlsin! 👉 @professional_yuristlar
1 0081Loading...
34
Bugun ishga chiqqan xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak! Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi. Ertaga, 16-iyun — Qurbon hayitining birinchi kuni, ishlanmaydigan bayram kuni. Demak, bugun, 15-iyun kuni rasman ishga chiqqanlar, xususan 6 kunlik ish haftasida ishlovchi barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor. Eslatib o’taman, bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1 0430Loading...
35
QACHON AVTOMOBILLARNI TEXNIK KOʻRIKDAN OʻTKAZISH KERAK? 📄 Prezidentimizning 28.06.2022-yil kungi PQ-298-son qaroriga koʻra;  ✅ Jismoniy shaxslarga tegishli ishlab chiqarilganiga 10 yilgacha boʻlgan yengil avtomototransportlar texnik koʻrikdan ixtiyoriy ravishda oʻtkaziladi; ❗️Yengil avtomototransportlar (tijorat asosida yoʻlovchilar tashish faoliyatida foydalaniladigan yengil avtomototransportlar bundan mustasno)quyidagi muddatlarda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkaziladi: ✅ ishlab chiqarilganiga 11 yildan 14 yilgacha boʻlgan yengil avtomototransportlar – 2 yilda bir marta; ✅ ishlab chiqarilganiga 15 yil va undan ortiq boʻlgan yengil avtomototransportlar – 1 yilda bir marta. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
9721Loading...
36
⚡️ YANGI FARMON. ❗️JINOYAT ISHLARI BOʻYICHA TUMAN, SHAHAR SUDLARIDA TERGOV SUDYASI LAVOZIMI JORIY ETILADI 📄 Prezidentning 10.06.2024-yil kungi PF-89-son “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. ⚡️Farmonga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan: ✅ jinoyat ishlari boʻyicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish masalasi jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarida alohida sudyalar – tergov sudyalari tomonidan koʻrib chiqilishi tartibi joriy etiladi; ✅ jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi kiritiladi; ✅ jinoyat ishlari boʻyicha sudga qadar ish yurituv davrida tergov sudyasi tomonidan protsessual qarorlarga berilgan sanksiyalar faqatgina apellyatsiya instansiyasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudi tomonidan yakka tartibda qayta koʻrib chiqilishi tartibi belgilandi; ✅ tergov sudyalariga maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolati beriladi; ✅ tergov sudyalari tomonidan koʻrib chiqiladigan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuqori instansiyalarda qayta koʻrib chiqishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1 0593Loading...
37
❗️Test sinovlari 14–28-iyul kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda #abituriyent Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi. Shuningdek, rejaga ko’ra, 1–25-iyul kunlari ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi. Abituriyentlar ijodiy imtihonda to‘plagan balini o‘sha kunning o‘zida, testda to‘plagan balini ertasiga bilishi mumkin. ✅ Ijodiy imtihon va test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida abituriyentlar 15 kun davomida test ballaridan kelib chiqib, 5 tagacha oliygoh (yo‘nalish), ta’lim shaklini, tanlov ustuvorligini tanlaydi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1 3937Loading...
38
Nomaqbul bayonot beradigan chet elliklarning Oʻzbekistonga kirishi taqiqlanadi Oʻzbekistonning davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga zid boʻlgan, davlatlararo, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni keltirib chiqaruvchi hamda Oʻzbekiston xalqining shaʼnini, qadr-qimmatini yoki tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlar qilgan yoxud harakatlar sodir etgan chet el fuqarolari (yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar) mamlakatda boʻlishi nomaqbul deb topiladi. Bir guruh deputatlar tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasiga koʻra, bunday shaxslarga besh yil davomida Oʻzbekistonga kirish, banklarda hisobvaraq ochish, koʻchmas mulk sotib olish, davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etish, moliyaviy va shartnomaviy munosabatlarga kirishish taqiqlanadi. Oʻzbekiston hududida qonuniy asoslarda yashash va boʻlish huquqi bekor qilinib, mazkur shaxs deportatsiya qilinadi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
1 0410Loading...
39
❗️ Qurbon Hayiti munosabati bilan 16-iyun, yakshanba kuni Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin, ya’ni, tongi soat 03:00 dan ish boshlaydi. Shuningdek, bu kunda metropoliten soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi. Boshqa dam olish kunlarida esa yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat ko‘rsatiladi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
9413Loading...
❗️21 YoSHGA TOʻLMAGAN SHAXSLARGA SIGARET SOTISH TAQIQLANADI! 📃 24.05.2023-yil kungi OʻRQ-844-son “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan ⚡️Qonun bilan alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish bilan bogʻliq munosabatlar, shuningdek, sohaga masʼul organlarning vakolatlari belgilanib, mazkur sohaga bir qancha cheklovlar kiritilgan. ❌ Belgilangan cheklovlardan biri, 21 yoshga toʻlmagan shaxslarga va ular tomonidan alkagol va tamaki maxsulotlarini sotish taqiqlanadi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
إظهار الكل...
01:58
Video unavailableShow in Telegram
🔥🔥🔥Aziz obunachilarimizga 56-maslahat. ⭕️ Diqqat: 120 mlnlik kreditni qanday olish tartibi haqida. Batafsil videoda koʻrishingiz mumkin. Ketgan MBga achinmaysiz. 💻 Video post @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov tomonidan tayyorlandi. 📥Savol yo'llash uchun. @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov 🕕Navbatchi advokat bilan 24 soat davomida bogʻlanib konsultatsiya olish narxi 50 000 so'm. ☎️Call center👇 +998919701002 +998994204602 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling.
إظهار الكل...
25.90 MB
1
Notarial idoraga bormasdan amalga oshiriladigan notarial harakat turlari ko‘paydi Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda. ✅ Endilikda quyidagilarni "E-notarius.uz" axborot portali orqali videokonferensiyada (onlayn) notarial rasmiylashtirish mumkin: ➖ er va xotinning umumiy mol-mulkni, shu jumladan ko’chmas mulkni tasarruf etish boʻyicha bitim tuzish uchun xotin (er)ning rozilik arizasini; ➖ avtomototrnasport vositasini tasarruf etish (sotish, hadya, qilish, ayirboshlash, garovga qoʻyish va boshqa turdagi tasarruf qilish) ishonchnomasini; ➖ hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlashni. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
إظهار الكل...
👍 1
Ishsizlik nafaqasini olish tartibi. 1. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan va yoki avtorizatsiyadan o‘tadi hamda mahalliy mehnat organiga so‘rov yuboradi. 2. Mahalliy mehnat organi ariza beruvchini ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga oladi va “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunning 45-moddasi birinchi qismi to‘rtinchi–o‘ninchi xatboshilariga muvofiq ariza beruvchini ishsiz deb e’tirof etishni rad qilish uchun asoslar mavjud yoki mavjud emasligini tekshiradi. Ishsiz deb e’tirof etishni rad qilish uchun asoslar mavjud bo‘lmasa, ariza beruvchi Qonun talablarga muvofiq mahalliy mehnat organiga maqbul keladigan ish yuzasidan taklif olish uchun borishi lozimligi to‘g‘risida xabardor qilinadi. 3. Ariza beruvchi ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida mahalliy mehnat organiga maqbul keladigan ish yuzasidan taklif olish uchun boradi. 4. Mahalliy mehnat organi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq ariza beruvchini ishsiz deb e’tirof etish yoki rad qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, ariza beruvchini ishsiz deb e’tirof etish va unga ishsizlik nafaqasini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi yoki uni ishsiz deb e’tirof etish rad etilganligi to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan xabarnomani ariza beruvchiga elektron tarzda YIDXP orqali yuboradi. Ishsizlik nafaqasini olish uchun online ariza berish. 👉@professional_yuristlar- eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
إظهار الكل...
Milliy sertifikat olib beraman deb, aldaydigan shaxslarga qanday chora koʻrish mumkin? Savol: Assalomu alaykum. Bitta tanishimga nomalum shaxs milliy sertifikat olib berish taklifini bildirgan va bunga tanishim rozi bölgan shundan söng tanishim unga ishongani uchun attestatsiyadan ötish uchun ham yordam bera olishini söragan va nomalum shaxs unga yordam bera olishini aytgan va tanishimdan jami 5 mln 20 ming sömni telegramdan qabul qilgan    tanishimga milliy sertifikat ham olib bermagan attestatsiyadan ham öta olmagan. Tanishim endi nima qilsa böladi. Telegramdan yozilgan barcha habarlari turibdi Javob: Bu vaziyatda tuman prokuraturasiga murojaat qilishingiz lozim. Qarang! Jinoyat kodeksining 210-moddasiga asosan davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsining oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan oʻzi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor boʻlishi – pora olish hisoblanib, buning uchun: ➖ bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-centyabrdagi 19-sonli “Poraxoʻrlik ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 1-bandiga koʻra pora beruvchining manfaati uchun tegishli harakatlarni bajarish vakolatiga ega boʻlmasada, lekin oʻzining egallab turgan lavozimi mavqeyiga koʻra pora uchun ushbu harakatlar boshqa mansabdor shaxs tomonidan bajarilishi uchun chora koʻrish mumkin boʻlgan mansabdor shaxslar ham ushbu jinoyatning subekti deb topilishi lozim. Shunga koʻra oʻsha shaxsning harakatlariga nisbatan yuqoridagi tartibda jinoyat ishi ochilishi mumkin. ➡️ Lekin masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Agar oʻsha shaxs haqiqatda tanishingizdan olgan pul summasini biror ishni hal qilish maqsadida mansabdor shaxsga berishni maqsad qilgan boʻlsa, unda JK 212-moddasi qoʻllanilishi mumkin. Unga koʻra pora olish-berishda vositachilik qilish, yaʼni pora olish yoki berish xususidagi kelishuvga erishishga qaratilgan faoliyat, shuningdek manfaatdor shaxslarning topshirigʻi bilan porani bevosita berish jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi (JK 212-m). Shunga koʻra siz aytgan holat haqiqatda shunday boʻlgan boʻlsa, oʻsha shaxsga yuqoridagi modda bilan ish qoʻzgʻatilishi mumkin. Yuqoridagi holatlarda tanishingizga nisbatan ham JK 211-moddasiga asosan pora berish jinoyati uchun javobgarlik qoʻllanilishi mumkin. Agar oʻsha shaxs pulni olib oʻz ehtiyojlariga ishlatib yuborgan boʻlsa, unda bu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksi 168-moddasida firibgarlik, yaʼni aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing mulkini yoki oʻzganing mulkiga boʻlgan huquqni qoʻlga kiritish jinoyati uchun ish ochilishi mumkin. Agar oʻsha shaxsga shu modda bilan (168) jinoiy ish ochilsa, tanishingiz pullarini qaytarib olishi mumkin. Kanalga ulanish👇👇👇👇 https://t.me/professional_yuristlar
إظهار الكل...
Yurist_Mamayusupov_KHusan.

Mazkur kanal sizlar bilan 24 soat davomida faoliyat olib boradi. Murojaat uchun:

https://t.me/Yuristmaslahatlari

Advokat bilan bog'lanish uchun. @Mamayusupov_KHusan Savollar uchun: @YuristVIPbot Yaratildi: 6.08.2021.

👍 1
❗️AHOLI IPOTEKA KREDITLARI ORQALI UY-JOY BILAN TAʼMINLANADI 📄 30.04.2024-yil kungi PF-70-son “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilingan ➖ Farmonga koʻra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturi doirasida: ✅ hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat boʻlgan koʻp qavatli uy-joylar qurilishi; ✅ qurilish tashkilotlariga bozor tamoyillari asosida ajratilgan kreditlar boʻyicha kompensatsiya va kafilliklar taqdim etilishi; ✅ koʻp qavatli uy-joylar qurish jarayonlariga “yashil” uy-joy standartlari joriy qilinishi belgilangan. ✔️ Farmonda shuningdek; ➖ kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun 120 million soʻmgacha ipoteka kreditlari ajratilishi nazarda tutilgan. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
إظهار الكل...
👍 3 1
00:55
Video unavailableShow in Telegram
🔥🔥🔥Aziz obunachilarimizga 55-maslahat. ⭕️ Diqqat: Ayolingizni ishlashiga toʻsqinlik qilmang, aks holda... Batafsil videoda koʻrishingiz mumkin. Ketgan MBga achinmaysiz. 💻 Video post @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov tomonidan tayyorlandi. 📥Savol yo'llash uchun. @Yurist_bloger_Hasan_Mamayusupov 🕕Navbatchi advokat bilan 24 soat davomida bogʻlanib konsultatsiya olish narxi 50 000 so'm. ☎️Call center👇 +998919701002 +998994204602 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling.
إظهار الكل...
12.35 MB
👍 3
⚡️⚡️Firibgarlik uchun qanday jazo belgilangan? ⚠️ Firibgarlik – bu oʻzganing mulkini yoki mulkga boʻlgan huquqini aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan qoʻlga kiritishdir. 🔰 Firibgarlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs: ▫️BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (17 mln soʻmdan 34 mln soʻmgacha) miqdorda jarima; ▫️2 yilgacha axloq tuzatish ishlari; ▫️1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash; ▫️3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. 📌 Shuningdek, firibgarlikning miqdori, takroriyligi, sodir etgan shaxslar, sodir etish vositasidan kelib chiqib javobgarlik chorasi ogʻirlashishi mumkin. 🔰 Firibgarlik bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa: ▫️BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha (34 mln soʻmdan 102 mln soʻmgacha) miqdorda jarima; ▫️3 yilgacha axloq tuzatish ishlari; ▫️3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash; ▫️3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 🔰 Firibgarlik xizmat mavqeidan foydalangan holda yoki axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan boʻlsa: ▫️ BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha (102 mln soʻmdan 136 mln soʻmgacha) miqdorda jarima; ▫️ 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari; ▫️ muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 🔰 Firibgarlik uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa: ▫️BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha (136 mln soʻmdan 204 mln soʻmgacha) miqdorda jarima; ▫️ 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. ❗️Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
إظهار الكل...
👍 4
Kreditga olingan uyni sotsa boʻladimi? Savol: Men ipoteka shartnomasi asosida kreditga uy olgan edim. Xozirgi extiyojimdan kelib chiqib uyni sotmoqchi boʻlsam, menga bir tanishim uyni kreditini toʻlab boʻlmagunimcha buni iloji yoʻq ekanligini aytyabdi. Shu toʻgʻrimi ? Javob: Amaliyotda kreditga olingan uylar olingan kreditning taʼminoti sifatida garovga olinadi. Yaʼni, oʻrtada tuzilgan garov shartnomasiga asosan to kredit qarzdorligi toʻlanmaguncha oʻsha olgan uyingizga banklar tomonidan sotish uchun taqiq qoʻyilgan boʻladi. Nima qilish mumkin ? “Ipoteka toʻgʻrisida”gi qonunning 26-moddasida,➖ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulk, agar ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan sotish, hadya etish, ayirboshlash orqali yoki oʻzgacha usulda faqat ipotekaga oluvchi (Bank) ning roziligi bilan tasarrufdan chiqarilishi mumkingi koʻrsatilgan. Yaʼni, agar bank Sizga mabodo oʻsha uyni sotishingiz uchun yozma ravishda rasman rozilik bersa, shunda uyni sotishingiz mumkin boʻladi lekin, amalda banklardan bunday rozilikni olishdan koʻra Mayk Taysonni Oʻzbekistonga olib kelish usonroq.. Demak imkoni yoʻq ekanda ? Fuqarolik kodeksi 322-moddasida qarzni boshqa shaxsga oʻtkazish degan norma bor. Agar kredit bergan bank rozilik bersa, shu ipoteka kreditini boshqa bir toʻlovga layoqatli shaxsga (yangi qarzdorga, yoki Siz sotmoqchi boʻlgan oʻsha odamga) oʻtkazish mumkin. Bu qanday bajariladi ? Bunda Siz bilan bank oʻrtasida tuzilgan shartnomaga oʻzgartirish kiritiladi va shartnoma boʻyicha Sizni zimmangizda boʻlgan barcha majburiyatlar oʻsha shaxsga oʻtadi vassalom. Banklarning shu shartga rozi boʻlish extimoli yoʻq emas. 👉@professional_yuristlar- eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
إظهار الكل...
👍 1
❗️Test sinovlari 14–28-iyul kunlari oʻtkazilishi kutilmoqda Shuningdek, rejaga koʻra, 1–25-iyul kunlari ijodiy imtihonlar oʻtkaziladi. Abituriyentlar ijodiy imtihonda toʻplagan balini oʻsha kunning oʻzida, testda toʻplagan balini yertasiga bilishi mumkin. ✅ Ijodiy imtihon va test sinovlari toʻliq yakunlangandan soʻng, roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida abituriyentlar 15 kun davomida test ballaridan kelib chiqib, 5 tagacha yoʻnalishni, taʼlim shaklini (kunduzgi, kechki, sirtqi), tanlov ustuvorligini tanlaydi. Shundan soʻng mandat chiqadi. Yiqilganlarga esa kollej yoki texnikumga kirishga imkoniyat beriladi. 👉@Hasan_Mamayusupov_maslahati - eng muhim, huquqiy, rasmiy xabarlar kanaliga obuna boʻling
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.